IRIMLARNING MIFOLOGIK ASOSLARI VA QADIMIY E`TIQOD MASALASIGA DOIR
Full text
92 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman IRIMLARNING MIFOLOGIK ASOSLARI VA QADIMIY E`TIQOD MASALASIGA DOIR Nasiba Tursunova Navoiy davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori https://doi.org/10.1063/5.0257460 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381582 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek irimlari orasida fetishizm va totemizmlarning sehrli kuchiga ishonishga qaratilgan misollar tahlilga tortilgan.Totemizm va hayvonlar bilan bog‘liq irimlar inson madaniyatining muhim qismi hisoblanaganligi ilmiy mulohazalar bilan asoslangan. Kalit so‘zlar: fetishizm, totemizm, tumor, mifologiya, sehr-jodu, to‘y, motam, irim. Аннотация: В данной статье проанализированы примеры веры в магическую силу фетишизма и тотемизма среди узбекских поверий. Научными рассуждениями обосновано, что тотемизм и поверья, связанные с животными, являлись важной частью человеческой культуры. Ключевые слова: фетишизм, тотемизм, амулет, мифология, колдовство, свадьба, траур, поверье. Annotation: This article analyzes examples of belief in the magical power of fetishism and totemism among Uzbek folk superstitions. It is scientifically substantiated that totemism and superstitions related to animals constituted an important part of human culture. Keywords: fetishism, totemism, amulet, mythology, magic, wedding, mourning, superstition. Irimlar avloddan avlodga o‘tib, xalqimiz madaniy merosining bir qismi hisoblanadi. Ular asrlar davomida shakllangan turli ko‘rinishda mavjud bo‘lgan asosiy qadriyatlarni, e’tiqodlarni va dunyo haqidagi tasavvurlarni aks ettiradi. Irimlarning mifologik o‘ziga xosliklari shundaki, ular insonlarning dunyo, uning tuzilishi, hodisalar va hayotni boshqaradigan yutuqlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar haqidagi qadimgi tasavvurlarining aks ettiradi. O‘zbek irimlari orasida fetishizm va predmetlarning sehrli kuchiga ishonishga asoslangan irimlar ham talaygina. Xalqimiz orasida o‘zini va yaqinlarini yovuzlikdan himoya qilish va omadni jalb qilish uchun tumorlar va talismanlardan foydalanish holatlari ko‘p uchraydi. Tumorlarni taqib yurgan kishilar nazardan xolos bo‘lamiz deb ishonishadilar. Tumorning ichida sehrli afsun – duo yozilgan bo‘ladi. Xuddi shuningdek, amuletlar taqish ham tez-tez uchrov hodisalardan. Amulet sehrlangan taqinchoqdir. Odatda sehrgarlar biror predmetga sehrli so‘zlarni o‘qib dam uradi va uni boshqa kishiga yovuz kuchlardan asrashiga ishontirib taqdim qiladi. Xalqimiz orasida ko‘pincha qishloq uylarining darvozalari yuqori qismida ba’zilar cho‘pkori imoratning sinchiga otning taqasini qoqib qo‘yish odatlarini guvohi bo‘lamiz. Otning taqasini hovliga sehrli buyum sifatida saqlash ham qadimgi
93 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman ajdodlarimizning animatik mifologiyasiga borib taqaladi. Qadimgi grek mifologiyasida taqa osmon va momaqaldiroq xudosi Zevs bilan assotsiyalashtiriladi. Taqaning mifologiyadagi ramziy timsollari: omad, ravnaqdan iborat[4]. Ajdodlar kulti va o‘lganlarning ruhlariga ishonish marhumlarni xotirlash va qabristonda o‘zini tutish qoidalariga rioya qilish bilan bog‘liq irimlarning maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Karmana va Xatirchiliklarda qabrni ko‘rsatgich barmoqni bigiz qilib ko‘rsatish ta’bulashtiriladi. Agar kim shunday qilsa, dar hol ko‘rsatgich barmog‘ini tishlab “Astag‘furillah”-deyishi kerak ekan. Aks holda qo‘li og‘rishi yoki biror bir yomonlikka duchor bo‘lishi xavfi bashorat qilinadi. Ba’zan xalqimiz orasida gul xayri o‘simligini hovliga ekish mumkin emas, uy oldiga terak ekish yaxshi emas, hovlida oq jangal o‘ssa yomon bo‘ladi,- degan irimlarni ham uchratamiz. Tabiat hodisalari va o‘simliklar bilan bog‘liq bu irimlar o‘simlik kulti bilan bog‘liq mifologik tasavvurlar zamirida vujudga kelgan. Qadimgi ajdodlarimiz o‘simliklarning yaxshi va yomon singari ikki toifaga ajratishgan. Yomon o‘simliklar o‘zlariga yovuzlik kuchlarini jalb qiladi deb tasavvur qilishgan. Oq jangal ham xuddi shunday yovuzlik ruhlarini o‘ziga jalb qiluvchi o‘simlik sanalgan. Bu o‘simlik odatda qarovsiz qabristonlarda, kimsasiz qo‘riqlarda o‘sgan. Bunday o‘simliklar tagida mortu yashaydi deb ishonishgan. Shuning uchun hovlida oq jangalning o‘sishiga yo‘l qo‘yilmagan. Xalqimizning maishiy hayoti marosimlari bag‘rida ko‘plab irimlar yashab keladi. Masalan, to‘y va motam bilan bog‘liq marosimlarda an’anaviy xarakter kasb etuvchi amallar borki aslida ular ham irim. Masalan, dafn marosimida mayitni olib ketayotganda farzand ko‘rmasdan qiynalib yurgan ayolni tobutning yo‘lini kesib o‘tkazadilar. Natijada shu ayol tez farzandli bo‘ladi,-deb irim qilinadi. Yoki dafn marosimiga so‘yilgan jonliqning suyaklarini itga berish man etiladi. Agar itga berilsa, mayit qabrida qiynalar ekan. O‘lik chiqqan xonadonga qirq kun chiroq yoqib qo‘yiladi. Mazkur irim ham qadimiy otashparastlik e’tiqodi bilan bog‘liq holda maydonga kelgan degan qarashlar mavjud. Bizningcha, marhumning ruhini shod qilish uchun chiroq yoqish an’anasi animistik mifologiya mahsuli bo‘lib, zardo‘shtiylik e’tiqodi bilan o‘zaro bog‘langan. Folklorshunos O.Qayumovning ilmiy kuzatishlarida chilchiroq yoqish shomon marosimining muhim atributlaridan biri, ayni chilchiroq shomonning mifologik homiy ruhlarini chorlash vositasi sifatida talqin qilinadi[7]. Chunki, qadimiy e’tiqodlar doimo bir birini mantiqan to‘ldirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Biz bu hodisani animizm va islom, animizm va zardo‘shtiylik, totemizm va animizm kabi e’tiqodlar kesimida maydonga kelgan irimlar mazmunida kuzatishimiz mumkin. Totemizm – ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, jamoa yoki urug‘ning muayyan hayvon, o‘simlik yoki narsa bilan mistik bog‘liqligiga asoslanadi. Bu bog‘liqlik totem deb ataluvchi obyektga sig‘inish, uni muqaddas deb bilish va unga hurmat bajo keltirish
94 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman orqali namoyon bo‘ladi. Ba’zi irimlari ko‘pincha hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu hayvonlar jamoaning ajdodi, homiysi yoki ramzi sifatida qabul qilinadi. Turkiy qavmlarda bo‘ri va uning tirnog‘i, tishini bolalarning beshigiga, bosh kiyimiga tikib qo‘yish irimi bor guyoki shunday qilsa, bolaga yovuz ruhlar dorimas emish. Turkiy qavmlarda bo‘ri ajdod boshi sifatida qaraladi. Qadimgi turkiylar haqidagi mashhur afsonada turkiylarning bo‘ri ajdodboshisi ekanligi hikoya qilinadi: “Bir turkiy oilaning erkin yashashi qo‘shni shahzodani bezovta qilardi. To‘g‘ri vaqtni tanlab, ularga qarshi o‘z qo‘shinini yubordi. Turk urug‘i mag‘lubiyatga uchradi. Dushman askarlari odamlarni o‘ldirib, chorva mollarini o‘g‘irlab ketishdi. Ammo jang paytida o‘n yoshli bola omon qoldi. Askarlar bolani o‘ldirishmadi. Ammo, qonxo‘r xonning g‘azabidan qo‘rqib, turkiylar urug‘ini bir kishi qoldirmasdan qirib tashlashni buyurgan, askarlar haligi bolaning qo‘l-oyoqlarini kesib tashlab, uni o‘tloq ko‘lga tashlashgan. Bu yerda u og‘ir azoblarda o‘lishi kerak edi. O‘tib ketgan dushman qo‘shini ortidan chang allaqachon bosilgan. Bola hushidan ketgan edi. Bir urg‘ochi bo‘ri kelib bolani aylanib chiqib, hidladi va qirg‘oq bo‘yidagi qalin butalarga orasiga g‘oyib bo‘ldi. Bir muncha vaqt o‘tgach, bo‘ri tishlarida sirli dori - darmonlarni olib keldi. Bo‘ri bolaning yaralarini tuzatish uchun ko‘p mashaqqat chekdi. Qancha vaqt o‘tgani noma’lum, ammo xonga bolaning tirik ekani haqida mish - mishlar eshitildi. Bolani yo‘q qilish uchun ko‘lga yana askarlar yuborildi. Urug‘ning oxirgi vakiliga nima bo‘lgani noma’lum, ammo ayol bo‘ri qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi. Bir muncha vaqt o‘tgach, Oltoy tog‘larida bo‘ri paydo bo‘ldi. Tog‘larda g‘or, g‘orda esa qalin o‘tlar bilan qoplangan tekislik bor edi. G‘orning to‘rt tomonida tog‘lar bor. Bu yerda bo‘ri boshpana qilib, haligi yigitdan har biri o‘z naslini olgan o‘nta o‘g‘il tug‘di. Bo‘rining o‘g‘illaridan biri avvalgi nasl nomi Ashina edi. Bu odam katta qobiliyatga ega edi va shuning uchun u oila boshi etib saylandi. Ashina mo‘jizaviy tug‘ilishi xotirasiga o‘z bayrog‘ini bo‘ri bosh surati bilan bezatdi. Uning oilasi astasekin bir necha yuz oilaga ko‘paydi. Bir necha vaqtdan so‘ng, Asyan-she ismli bir kishi butun hudud bilan g‘ordan chiqib, o‘zini Jujan xonining vassali deb tan oldi. Vaqt o‘tdi. O‘g‘il va bo‘ri nasli ko‘payib, odamlar xalq bo‘lishni xohlashdi. Birodarlar yig‘ilib, qarindoshlarini kim birlashtirib, birinchi xoqon bo‘lishini hal qila boshladilar. Ular uzoq vaqt bahslashib, kelisha olmadilar. Oxiri ular qamdan maslahat so‘radilar. Qam ko‘p o‘yladi. U o‘zining muqaddas marosimini boshladi, ruhi tanasidan chiqib, osmonga uchib ketdi. U besh osmondan o‘tib, Tengri tayog‘ining dastagida - Oltin Qoziq yulduzida to‘xtadi. Bu yerda qamning ruhi muqaddas so‘zlarni eshitib, qaytib keldi. U og‘ir yo‘ldan ketib, Tengrining irodasini birodarlariga yetkazdi. Qam Bayterekga ko‘tarilib, barcha birodarlardan balandroq bo‘lsa, demak Tengriga eng yaqin, xoqon bo‘ladi. Bayterek shunchaki daraxt emas, balki osmonga, Buyuk Tengri taxtiga boradigan yo‘l. Birodarlar Buyuk daraxtga kelib, yuqoriga ko‘tarila boshladilar.
95 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Ular shox-shabbalardan, qo‘llari va oyoqlari yirtilib, charchaganlaridan pastga tushishdi. Hammadan yuqoriga ko‘tarilgan yagona odam Ashina edi. U hatto pastga tushishdan oldin muqaddas burgutning qanotlariga ham tega oldi. Daraxtning cho‘qqisida odamlarni g‘azablantirib, Ashina shunchaki qalin shoxlarga yashirinib, daraxtdan yiqilib tushishini kutganini aytishdi. Shundan keyingina u pastga tushib, o‘zini g‘olib deb atadi. Xalq kimga ishonishni bilmas edi. O‘shanda qamlar daraxt poyiga kelib, Tengri belgisini kutishga qaror qilishdi. Ertalabki quyosh chiqishi bilan birodarlar Bayterak tojida turishdi. Bir muncha vaqt o‘tgach, qudratli burgut daraxtdan tushib ketdi va yettita muqaddas davrani amalga oshirib, Ashinaning boshiga tushdi. Endi Tengrini tanlashiga hech kim shubha qilmadi. Shunday qilib, turklarning birinchi xoqoni paydo bo‘ldi va Ashinaning avlodlari xalqni yana ko‘p yillar boshqargan. Ashina – ismi “olijanob bo‘ri”– degan ma’noni anglatadi. Ashinaning ustiga har doim oltin bo‘ri boshli bayroq osilgan. Turklar o‘zlarini boqilgan bo‘ri suti deb atashadi. Turklarning avlodi botqoqlikda halok bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan qarg‘aga hurmat belgisi sifatida Ashinaning oltin urug‘i oltin qush yoki oltin qizil qarg‘a urug‘i deb atalgan. Ashinaning avlodi Asyan-shod besh yuz oilani g‘ordan olib chiqib, Oltoyga kelib, qo‘shni xalqlar bilan aralashib, turk nomini olgan. Qachonki turklar ko‘payib ketgach, ularning oldiga sinegrivor bo‘ri kelib, ularni quyosh botganda yangi yurtlarni zabt etishga olib bordi. Borish kerak bo‘lganda, bo‘ri «Kosh, Kosh - yo‘lga!» - deb baqirdi va odamlar uning orqasidan ergashib ketishdi. Ular ko‘p yerlarni zabt etib, ulkan imperiya barpo etishdi”[2]. O‘zbek xalqida ham bo‘ri qadimdan ajdodboshi sifatida qaralganligi bois uning terisi, tirnoqlari va tishi ham avlodlarini yovuzlikdan asraydi,- degan inonch paydo bo‘lgan. S.A. Tokarevning qayd etishicha, “Totemistik afsonalar Amerika va Afrikada ham ma’lum, ammo umuman olganda odatiy ko‘rinishda emas, chunki totemizm erta tug‘ilgan ijtimoiy tuzum bilan birga yo‘qoladi”[5]. Totemlar bilan bog‘liq madaniy qahramonlar - bushmenlarda Tsagnaning makkajo‘xori, Shimoliy Osiyo va Amerika xalqlarida qarg‘alar va boshqalar, shuningdek, ob o‘g‘rilarida Por va Moose fratriyalarining kelib chiqishi haqidagi afsonalada ham ko‘zga tashlanadi. Mifologiyada odamning zoomorfik ibtidoiy, zooantropomorfik tabiat mavjudotiga yoki evrilishga qodir mavjudot bilan nikohi bilan bog‘liq tasavvurlar keng tarqalgan. Bu nikoh xalqni dunyoga keltiradi. Bular haqida orochlarda Duse yo‘lbarsi, qirg‘izlarda oleinx Myuzdyu, samlarda Myak Eash haqidagi afsonalar hikoya qiladi. Afsonalar bilan zoomorfik belgilar (Mars kulti bilan bog‘liq hayvonlar va joylashish joylarini ko‘rsatuvchi hayvonlar), egizak ruhlarning fathlari (nagual) va boshqalar ham totemistik tasavvurlar bilan bog‘langan[3].
96 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Jahoning ko‘pgina xalqlar mifologiyasida bo‘ri kuch, jasorat, mustaqillik va erkinlik ramzi sifatida tasvirlanadi. Shuningdek, bo‘ri xavf, vahshiylik va yovuzlik bilan ham bog‘lanishi mumkin. Masalan, turk xalqlarida bo‘ri muqaddas hayvon hisoblanib, uning surati bayroqlarda va boshqa ramziy belgilarda aks ettiriladi. Aksincha, xristianlikda bo‘ri shayton va gunoh ramzi sifatida qabul qilinadi[1. – C.92]. O‘zbeklar orasida ham bo‘rini yovuz kuch sanash hollari uchraydi. Masalan xatirchiliklar tunda bo‘rini qarshiqul deb tilga oladilar. Guyo bo‘ri desa u kechasi kelib ularning hayotiga mol-joniga zulm qiladi deb ishonishadi. Ko‘pgina xalqlar mifologiyasida ilon donolik, maxfiy bilim, unumdorlik, davolash va qayta tug‘ilish ramzi sifatida tasvirlanadi. Shu bilan birga, ilon xavf, aldamchilik va yovuzlik ramzi sifatida ham tasavvur qilinadi. Masalan, qadimgi Yunonistonda ilon tibbiyot xudosi Asklepiyning ramzi hisoblangan. Xristianlik e’tiqodi ta’limotida esa, ilon shayton va vasvasa ramzi sifatida qabul qilinadi [6. – S. 278]. Totemizm va hayvonlar bilan bog‘liq irimlar inson madaniyatining muhim qismi hisoblanadi. Ularni o‘rganish orqali biz qadimgi jamiyatlarning dunyoqarashini, ularning axloqiy va diniy qadriyatlarini, shuningdek, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tushunishimiz mumkin. Ba’zan hayvonlar bilan bog‘liq irimlar voqealarning xabarchisi sifatida ijro qilinadi: “Agar it ulisa, balo bo‘ladi”, “O‘rgimchakni ko‘rish – pul kelishining belgisi”. Irimlarda hayvonlar sifat va kuchni tavsiflovchi ramzlar sifatida ham keladi. Masalan, tulki - hiylakorlik, mug‘ambirlik, bo‘ri - kuch, ilon – donolik, makkorlik timsoli sifatida keladi. O‘zbek xalqida totemistik irimlar mavjudki, ular jonivorlarni ta’bulashtirishga asoslanadi. Biz yuqori aytib o‘tganimiz bo‘ri singari Zarafshon vohasi o‘zbeklari ilonni ham ta’bulashtiradilar. Xatirchi va nurotaliklar ilonni nomini tunda uzunopa deb aytishadi. O‘zbek irimlari orasida sehrli tafakkur va marosimlarga aloqador irimlar ham alohida bir turkumni tashkil etadi. So‘zlar va harakatlarning kuchiga ishonishga asoslangan irimlar: “Nimani tilasang, shu ro‘yobga chiqadi”, “Yangi yilni qanday kutib olsang, shunday o‘tkazasan”. Omadni jalb qilish va baloni daf qilish marosimlari: chap yelkasi orqali tupurish, yog‘ochni taqillatish, salbiy hissiyotlarni yoqib yuborish kabilarda ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek irimlarida reallikni o‘zgartirish uchun ramziy harakatlardan foydalanish: omad uchun tugunlar bog‘lash, muammolarni yerga ko‘mish kabi xatti harakatlarda ko‘rishimiz mumkin. Ko‘pincha, odamlarimiz tog‘lardagi band joyda o‘sgan daraxtlarga, ziyoratgohlardagi o‘simliklarga niyat qilib latta bog‘lash irimiga amal qiladilar. Mazkur irim avvalo o‘simliklarni ruhi, joni borligiga ishonish oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchidan odamlar timsolik tugunni orzularir amalga oshgach yechishi niyat qiladilar. Latta bu istakning timsoli, tugun, muammoning ramzi sifatida irim mohiyatida o‘rinlashgan.
97 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Xullas, irimlarning mifologik ildizlarini chuqur o‘rganish, asosiy mifologik elementlarni aniqlash, ularning asosini muhokama qilish va turli madaniyatlarda ularning namoyon bo‘lishini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, an’anaviy jamiyatda irimlarning funksiyasini, ularning siyosiy xulq-atvorni tartibga solishdagi rolini va dunyo manzarasi makonida o‘rganilishi folklorshunoslikning asosiy masalalaridan biri ajdodlarimiz madaniy merosi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Гумилёв Л.Н. Древние тюрки. – Москва: Наука, 1967. 2. Легенда о тюркском отце – Ашине/ https://vk.com 3. Мелетинский Е. М. Австралийская мифология // Мифы народов мира : Энциклопедия. Электронное издание / Гл. ред. С. А. Токарев. – М., 2008 (Советская Энциклопедия, 1980). 4. Подкова // Большая Советская Энциклопедия / под ред. А. М. Прохорова. 3-е изд. том 20. М., «Советская энциклопедия», 1975. /https://www.astromeridian.ru/ 5. Токарев С. А. Тотемические мифы // Мифы народов мира : Энциклопедия. Электронное издание / Гл. ред. С. А. Токарев. М., 2008 (Советская Энциклопедия, 1980). 6. Юнг К.Г. Архетипы и коллективное бессознательное. - Принстон: Изд. Университет Принстон, 1969. – С. 278. 7. Kayumov O., Kayumova G.N. O‘zbek sehrli marosimlari folklori. – London: GlebeEdit, 2024.