scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQ MAQOLLARINING IJTIMOIY HAYOTDAGI O`RNI

Vazira DAVIROVA

Full text

127 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman XALQ MAQOLLARINING IJTIMOIY HAYOTDAGI O`RNI Vazira DAVIROVA, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktaranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381637 Annotatsiya. Mazkur maqolada xalq maqol va matallarining ijtimoiy hayotda tutgan o`rni, ularning shakllanish omillari va rivojlanish jarayonlari tahlil qilingan. Maqollardagi ibratli xulosalarning dastlab yakka shaxs tafakkuri va hayotiy tajribasi asosida yuzaga kelib, so`ng omma ongida umumlashib, sayqallanib xalq hikmatiga aylanishi izohlangan. Shuningdek, maqollarning turli ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida shakllanishi haqida turli folklorshunos va tilshunos olimlarning nazariyalari keltirilgan. Maqollarning xalq dunyoqarashi, turmush tarzi va ma’naviy qadriyatlarini aks ettirishi, shuningdek, ularning tarjima yo`li bilan boshqa xalqlar madaniyatiga ta’sir ko`rsatishi masalalari ham yoritilgan. Kalit so`zlar: maqol, matal, folklor, ijtimoiy hayot, turmush tajribasi, xalq dunyoqarashi, ma’naviy meros, shakllanish omillari. Аннотatsiя. В данной статье анализируется роль народных пословиц и поговорок в социальной жизни, а также факторы их формирования и процессы развития. Объясняется, что назидательные выводы, содержащиеся в пословицах, первоначально возникают на основе мышления и жизненного опыта отдельной личности, а затем, обобщаясь в общественном сознании, оттачиваются и превращаются в народную мудрость. Кроме того, приводятся теории различных фольклористов и лингвистов о влиянии социальных и культурных факторов на формирование пословиц. В статье также освещаются вопросы отражения в пословицах мировоззрения народа, его образа жизни и духовных ценностей, а также их влияние на другие культуры посредством перевода. Ключевые слова: пословица, поговорка, фольклор, социальная жизнь, жизненный опыт, мировоззрение народа, духовное наследие, факторы формирования. Abstract. This article analyzes the role of proverbs and sayings in social life, as well as the factors of their formation and processes of development. It is explained that the instructive conclusions embodied in proverbs initially emerge from the thought and life experience of an individual, later becoming generalized in the public consciousness, refined, and transformed into collective wisdom. In addition, the article presents the theories of various folklorists and linguists regarding the influence of social and cultural factors on the formation of proverbs. The study also highlights how proverbs reflect the worldview, lifestyle, and spiritual values of the people, and discusses their impact on other cultures through translation. Keywords: proverb, saying, folklore, social life, life experience, worldview, spiritual heritage, factors of formation. Maqol va matallar – uzoq o`tmish qatlaridan kelayotgan xalq xotirasi, u xalq dunyoqarashining inikosi, ruhiyatining ko`zgusi, tarixi, madaniyati va hayot haqidagi falsafiy xulosalarini o`zida mujassamlashtirgan siqiq shaklga ega ibrat. Maqol va matallar o`zida nafaqat xalq o`tmishini jam etadi, balki ijtimoiy hayotning buguni va kelajagi uchun dasturulamal bo`ladi desak yanglish bo`lmaydi. Shu sabab o`z tarixi, o`z qadriyati, o`z tafakkuri rivoji uchun qayg`urgan el maqollarni hayot qonuniyati tarzida 128 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman doimiy nutqida qo`llaydi va ularga amal qilish bilan birga to`plash, o`rganish va ommalashtirishga intiladi. Xalq maqol va matallar shunchaki shakllanmaydi. Xalqqa yaqin va ko`ngliga ma’qul kelgan ibratomuz xulosaga ega jumla yoki siqiq nutq shakli ma’lum zamon va ma’lum makonda omma tafakkurida sayqallanib maqolga aylanadi. Ular muntazam ravishda takomillashib ijtimoiy hayot bilan yonma-yon yashaydi va vaqt o`tgan sari rivojlanib, takomillashib va kengayib, variantlashib boravеradi. Shu bilan birga, maqol va matallarning mazmuni joriy zamon va makonga moslashib, mavjud zamon hayoti va falsafasiga xizmat qiladi. Demakki, maqol va matallar barcha zamonlar uchun mazmunan yangi va yoshlik kasb etadi. Odatda maqol va matallar shaklan va mazmunan makon bilan zamonga taalluqlashadi, hajmi ba’zan kengayib, ba’zan ixchamlashib turishi ham tabiiy hol. “Odatda, maqolni, – deb yozadi professor B.M.Karriev, – dastlab o`tkir kuzatuvchanlik va o`z fikrini bir necha so`z bilanoq ravshan ifodalab berish qobiliyatiga ega bo`lgan bir kishi to`qib chiqaradi. O`rinli ifodalangan bu fikr, individual bo`lgan bu xulosa keyinchalik jamoa tomonidan qabul qilinishi, qo`llanishi, qayta ishlanishi, sayqallanishi mumkin. Bu esa maqolning paydo bo`lishiga olib keladi. Bunday maqol dastavval bir aniq voqeaga, ayrim, yagona bir holga bag`ishlangan bo`ladi. Bunday o`rinli aytilgan gap omma orasida qanday ishlatilishiga qarab, asta-sekin keng umumlashma ma’noga ega bo`la boradi”[2.162.]. Darhaqiqat, maqol va matallar ilk bor xalqning ko`nglidan joy olgan, katta hayotiy tajribaga ega va ma’lum bir urug`, qabila, ovulni boshqaruvchi oqsaqol yoki onaxon nutqida paydo bo`ladi. Ma’lum bir ibratomukz fikrni xalq orasida maqol darajasiga etishi uchun qator omillar sabab bo`ladi: - maqol va matallar kishilar orasidagi aloqa-aralashuvni yuzaga keltiruvchi gap emas, balki ijtimoiy-siyosiy jamiyat va kundalik hayotiy turmushni sinchkovlik bilan kuzatish orqali yuzaga kelgan fikrlardan chiqarilgan ibratomuz xulosa bo`lishi kеrak; - chiqarilgan ibratomuz xulosa omma tomonidan qabul qilingan, xalqning tafakkuri va istak-xohishiga to`g`ri kelishi lozim. Maqol va matallar tabiatan tasodif aytilgan fikr emas, balki chuqur mulohaza, omilkor tajriba va hayotiy kuzatuvlar natijasida yuzaga kelgan hamda mag`zida yuqori axloqiy ideallarni jamlashtirgan xulosa, ilk bor bir shaxs tomonidan ifoda etilgan nutq bo`lagi bo`lmog`i lozim. Mazkur bir kishilik turmush tajribasidan shakllangan xulosa vaqt o`tishi bilan og`izdan-og`izga o`tib ommalashadi. Maqol va matallarning mazmunga kelajak zamon ruhiyasi singishib boradi, tarkibidagi arxaik so`zlar o`rnida neologizmlar aralashadi. Bu haqda folklorshunos olim M.Hakimov shunday deydi: “Tildagi har bir maqol qachonlardir ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan bo`lib, davrlarning o`tishi natijasida yaratuvchining nomi noma’lum bo`lib qoladi. Yakka shaxs tomonidan yaratilgan afforizm uzoq muddat davomida og`izdan-og`izga o`tib, silliqlashib, pardozlanib keladi 129 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman va umumxalq maqoliga aylanib kеtadi”[6.9.]. Darhaqiqat, har qanday fikr muayyan bir kishiga xos bo`ladi, biroq maqol dastlab ibratomuz xaraktеrga ega oddiy hayotiy kuzatuvga asoslangan fikr tarzida shakllanib, keyin ushbu nutq bo`lagi uzoq hayotiy kuzatuvlar jarayonida o`z tasdig`iga ega bo`ladi. Ijtimoiy turmush jarayonida boshqa kishilar aynan o`sha holat yoki hodisaga duch keladi va xotiradagi ibrat o`z tasdig`ini topadi va xalq bekorga shunday dеmagan, dеya tafakkurdagi ibrat jonlanadi. Zero, B.Sarimsoqov ta’kidlaganidek: “Maqollarda aks etgan voqea-hodisaga nisbatan izchil munosabat – u yoki tasdiq, yoki keskin inkor yotadi. Binobarin, u yoki bu maqolni eshitgan kishida ana shu maqolda aks etgan voqea-hodisaga nisbatan aniq munosabat yuzaga keladi. Natijada maqol kishiga g`oyaviy yo`nalish beradi, ijobiy ideallarning shakllanishiga, rivojlanishiga yo`l ochadi”. Ko`rinadiki, maqol va matallarni nutqqa kiritishdan oldin “aytishlaricha”, “otalarimiz so`ziga ko`ra”, “xalq bеkorga bunday dеmagan” kabi kiritmalardan foydalaniladi. Chunki so`zlovchi voqеaning kuzatuvchisi sifatida, xalq maqollarini qandaydir holat, jarayonni tasdiqlash uchun keltiradi. Maqollar makon va zamon ta’sirida ko`pchilikning nutqi va tafakkurida sayqallanib, umumlashma xulosa hayotiy kuzatuv, tajriba natijasi o`laroq yuzaga keladi. Ilmda maqol va matallarning shakllanish omillari turlicha izohlangan. Maqol va matallar har bir millat madaniyati va koloritni ko`rsatganligi sabab ko`pchilik olimlar ularning shakllanish omillarini o`z elati ijtimoiy-madaniy xususiyatidan kelib chiqib tasniflagan. Jumladan, rus folklorshunosi M.I.Shaxnovich xalq maqollarining quyidagi omillar asosida shakllanganini ta’kidlaydi: 1. Nutq jarayonida xalqning mеhnat qilishi va maishiy turmushida ko`rganlari haqida hukm chiqarishi orqali. 2. Nutq jarayonida xalq og`zaki ijodi namunalaridan ajralib chiqishi orqali. 3. Nutq jarayonida badiiy adabiyotdan o`zlashish orqali, bu o`tish yoki folklorlashuv dеyiladi[7.271.]. O`zbеk folklorshunosligida M.Hakimov fikricha: 1. Maqollar xalqning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy kurashlari sabab paydo bo`ladi. 2. Yozma adabiyot manbalari ham maqollarning kelib chiqishida muhim manba bo`lib xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tillardan maqollarning tarjima qilinishi ham katta ahamiyatga ega[6.9.]. Tilshunos olimlar maqollarning paydo bo`lishini quyidagicha izohlaydilar: 1. Iboralar asosida shakllangan maqollar. 2. Folklor janrlari (matallar, rivoyatlar, latifalar, afsonalar, topishmoqlar) asosida shakllangan maqollar. 3. E’tiqodiy tushunchalar asosida shakllangan maqollar. 4. Xalq udumlari asosida shakllangan maqollar. 130 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman 5. Xalq o`yinlari asosida shakllangan maqollar. 6. Hadislar asosida shakllangan maqollar.[1.54] Jo`rаevа tilshunoslik nuqtаi nаzаrdаn mаqollаrning shаkllаnishini dаstlаb ikki guruhgа ya’ni intrаlingvistik аsos vа ekstrаlingvistik аsosgа bo`lib ulаrni ichki guruhlаrgа ajratadi vа mаqolning shаkllаnishi uchun аsos bo`lgаn so`zlаr xususiyatini shаrhlаshgа hаrаkаt qilgаn Ushbu xulosalar natijasi o`laroq folklorshunos Y.Rahmatov o`zbеk xalq maqollarining kelib chiqish omillarini quyidagicha belgilash mumkin deb hisoblaydi: 1. Ijtimoiy hayot va turmush tajribalari asosida paydo bo`lgan maqollar. 2. E’tiqod, diniy manbalar negizida paydo bo`lgan maqollar. 3. Yozma adabiy yodgorliklar ta’sirida paydo bo`lgan maqollar. 4. Boshqa tillardan o`zlashgan yoki tarjima asarlar asosida paydo bo`lgan maqollar[3.32.]. Odatda, har bir xalq o`z ibratli maqol va matallariga ega bo`lish barobarida qo`shni xalqlar hayotiga qiziqadi, o`ziga yondosh va qardosh bo`lgan xalqlar madaniyatini bilishga, turmush tarzini o`rganishga harakat qiladi. Bundan tashqari butunjahon hamjamiyatida olib boriladigan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash va o`zaro iqtisodiy hamda siyosiy aloqalarni o`rnatish maqsadida boshqa xalqlar madaniyati, tarixi, dunyoqarashi va turmush tarzini bilish muhim omil sanaladi. Shu sabab butun dunyo xalqlari qo`shni va hamkor davlatlar tarixi, madaniyati va dunyoqarashini muttasil o`rganib keladi. Dastlab, bunday maqsadlar siyosiy qarashlar uchun xizmat qilgan, ya’ni biror hukumron mamlakat o`z еrlarini kengaytirish va davlat chegarasini mustahkamlash maqsadida, bosib olmoqchi bo`lgan davlat siyosati, xalqi, hayoti, urf-odatini yaxshi o`rgangan. Shu bois josuslar tayyorlangan, ularga til o`rgatilgan. O`z navbatida ikkinchi mamlakat xalqi nutqida qo`llanadigan maqollar to`platilgan. Bu haqda oldin ham ma’lumot bergan edik, ya’ni qadimgi Rum tarixchisi Kursiy Rufning xabar berishicha qadimgi fotihlar ma’lum mamlakatni zabt etgach, еrli aholini yaxshi bilish uchun avvalo shu xalq maqollarini o`rgangan. Binobarin, yunon jahongiri Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoni zabt etgach, mahalliy aholidan maqollarni yozib olishni buyurgan ekan[5.523.]. Ko`rinadiki, xalq maqollari eng avvalo ijtimoiy hayot uchun ahamiyatli sanaladi. Chunki maqollar nutq birligi sifatida xalq ruhiyati, dunyoqarashi, o`tmishi, turmush tarzi va ijtimoiy hayotini o`zida mujassam etadi. Xulosa o`rnida aytish mumkinki, xalq maqollari elning ko`rgan kunlari, turmush tajribasi natijasida yuzaga kelgan hayotiy saboqlari bo`lib, o`zining ixcham shakli cho`ng mazmunga egaligi bilan folklor janrlari tarkibida alohidalikni kasb etadi. 131 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. Jo`rаevа B. O`zbek xalq maqollari shakllanishining lingvistik asoslari va pragmatik xususiyatlari. Filol. fanl. dokt.(ДСs) ...diss. Samarqand. 2019. 2. Karriev B.M. Туркменские пословицы и поговорки. – Ашхабад, 1961.. 3. Rahmatov Y. Maqol va maqolshunoslik tadqiqi. – Toshkent: Фирдавс Шоҳ, 2023. 4. Sarimsoqov B.O`zbek xalq maqollari va uning ushbu nashri haqida/ O`zbek xalq maqollari. 1-jild. A– O. – Toshkent: Fan, 1987. 5. Trever K.V. Памятники греко-бактрийского искусства. – М.-Л.: Изд-во АН СССР, 1940. 6. Hаkimov M. Hаkimov M. O`zbek sovet yozuvchilarining asarlarida maqol, matal va aforizmlar. Kand.diss. – T., 1965. 7. Shаxnovich I. Пословицы и поговорки, глaвa “Русскоe нaродноe поeтичeскоe творчeство”, под рeдaксиeй П.Г.Богaтирeвa, Москвa, Учпeдгиз, 1956