scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FARG'ONA VODIYSI NIKOH TO'YI MAROSIM FOLKLORI JANRLARI

Kasimova Zuxraxan Fatxiddinovna

Full text

147 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman FARG‘ONA VODIYSI NIKOH TO‘YI MAROSIM FOLKLORI JANRLARI Kasimova Zuxraxan Fatxiddinovna ADPI katta o‘qituvchisi, [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381698 Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi nikoh to‘yi marosim folklori janrlari haqida, ya’ni to‘y arafasida tashkil etiladigan kichik marosimlar jarayonida asosan olqish janrining ijro etilishi, olqishlar kelin va kuyovning baxt-saodatini tilashga qaratilganligi, qurilajak oilaning mustahkam bo‘lishi, kelin va kuyov serfarzand hamda baxtli hayot kechirishini tilashdan iborat bo‘lishi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, nikoh to‘yi arafasida kelinni ko‘chirish, ya’ni qizni otasi uyidan kuyovnikiga ko‘chirishi bilan bog‘liq “Fotiha to‘yi”dan keyin “Qiz oshi” marosimida qizni olib ketishga kelgan kuyovnavkarlar hamda kelin dugonalar tomonidan “o‘lan” janrining ijro etilishi, kelinni kuyovning uyiga olib ketish, chimildiqqa kiritish, kuyovning uyiga olib kirishda mazmunan birbiridan farqlanuvchi yor-yor janrining ijro etilishi, nikoh to‘yining ertasi kuni kuyovning uyida kuyovning qarindoshlari bilan kelinni tanishtirishga asoslangan “Kelinsalom” marosimi jarayonida qarindoshlarga salom berishiga qaratilgan “Kelinsalom” qo‘shiqlarining ijro etilishi haqida bayon qilingan. Kalit soʻzlar: nikoh, to‘y, yor-yor, olqish, kelinsalom, marosim, oila, sovchi. Аннотaция. В данной статье рассматриваются жанры свадебного фольклора Ферганской долины, в частности, исполнение жанра благопожеланий (олқиш) во время небольших обрядов, организуемых накануне свадьбы. Благопожелания направлены на пожелание счастья и благополучия жениху и невесте, прочности создаваемой семьи, многодетности супругов и их счастливой совместной жизни. Кроме того, отмечается, что после обряда «Фотиха туйи», связанного с переселением невесты, то есть переводом девушки из дома отца в дом жениха, на «Киз ош» исполняется жанр улан — со стороны друзей жениха и подруг невесты. В процессе проводов невесты в дом жениха, введения её в свадебное помещение (чимилдик), а также в момент ввода в дом жениха исполняется жанр йор-йор, который отличается содержательной вариативностью. На следующий день после свадьбы в доме жениха проводится обряд «Келинсалом», основанный на знакомстве невесты с родственниками жениха. В этом процессе исполняются песни «Келинсалом», смысл которых заключается в приветствии родственников. Ключевые слова: брак, свадьба, йор-йор, благопожелание, келинсалом, обряд, семья, сваха. ABSTRACT. This article discusses the folklore genres of wedding ceremonies in the Fergana Valley, particularly the performance of the blessing genre during minor rituals organized on the eve of the wedding. These blessings are aimed at wishing the bride and groom happiness and prosperity, ensuring the strength of the new family, and expressing hopes for many children and a joyful life. Furthermore, it explains that after the “Fotiha wedding,” connected with moving the bride from her father’s home to the groom’s house, during the “Qiz oshi” ceremony, the groom’s companions and the bride’s friends perform the “o‘lan” genre. It also highlights the performance of various forms of the “yor-yor” genre, which differ in meaning, during the process of taking the bride to the groom’s home, bringing her into the bridal chamber, and escorting her into the groom’s house. Finally, it describes the “Kelinsalom” ceremony held the day after the wedding, where the bride greets the groom’s relatives, accompanied by the performance of “Kelinsalom” songs. Keywords: wedding, marriage, yor-yor, blessing, kelinsalom, ritual, family, matchmaker. 148 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Nikoh kishilik jamiyatining shakllanishi, odamlarning bir maqsadda birlashishi, oila institutining maydonga kelishi, odob-axloq me’yorlarining paydo bo‘lishi, insonning olam mavjudotlari gultoji sifatida o‘z o‘rnini aniqlashiga sabab bo‘lgan muhim hodisa deya qaralmog‘i lozim. Nikoh ikki jinsning bir-birini tanlashi, o‘zidan ko‘payishi, kishilik jamiyatining taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zaro bitim bo‘lib, u odam bolasining yaratgan tangri oldida bir-biriga nisbatan sadoqatli, mehrli, oqibatli bo‘lish uchun ont ichish marosimi sifatida shakllangan. Bir to‘da bo‘lib yashayotgan qadimgi odam qabilalari o‘z qavmining sog‘lom va bardavom bo‘lishini ta’minlash maqsadida, nikoh bitimini tanlaganlar. Yangi oila qurish qabila a’zolarining safi kengayishini, oilada farzand dunyoga kelishi, qabila a’zolariga yangi bir odam qo‘shilganligi, bular ko‘pchilik bo‘lsa, har qanday xavf-xatarni, og‘irchiliklarni еnga olishi mumkinligini his qilganlar. Shuning uchun yangi oila qurilganda, farzand dunyoga kelganda, qavmlari bu kunni shodiyona sifatida nishonlaganlar. Tarixan shu tariqa to‘y marosimlarini nishonlash an’ana tusiga kirgan. Dastlabki nikohlar tasodifiy xarakterda bo‘lib, bir-biriga mehri tushgan yigit va qiz nikohlangan. Keyinchalik oila qurish nikohni rejalashtirish jamiyat a’zolarining hayotiy tajribalari asosida amalga oshirilishi an’anaga kiritilgan. Davrlar o‘tishi bilan nikoh to‘yini nishonlash marosimi takomillasha borgan. “An’anaga ko‘ra, nikoh to‘yi marosimi, albatta, sovchilikdan boshlangan. Sovchilik – o‘zbek xalqining azaldan e’zozlanib, muqaddas sanalib kelayotgan odatlaridan biri” [1, 12]. Yangi oila barpo etishdek yaxshi niyatda bo‘lgan ikki oila yoshlarning nikohlanishlari uchun dastlab yigit tomonidan bir kishini qiz tomonga sovchi bo‘lib borishini ta’minlaganlar. Buxoro to‘y marosim folklorini o‘rgangan G.Y.Sherbekova o‘z tadqiqotining ikkinchi bobi birinchi faslida ovchilik qo‘shiqlari, sovchilik qo‘shiqlari singari sovchilik jarayonini ham bosqichlarga ajratgan holda bu jarayonda ijro etiladigan aytimlar borasida to‘xtalgan edi [2, 18]. Tadqiqotchining fikricha, Buxoroda nikoh qurish uchun dastlab qiz izlab ovchilikka chiqishadi. Mabodo ovchilar borib ko‘rib kelgan kelinlikka nomzod yoqmasa, ovchilar boshqa xonadonlarga borisharkan. Agar ovchilar tomonidan aniqlangan kelinlikka nomzod bo‘lgan qiz kuyov tomonga ma’qul kelsa, keyin sovchilikka borisharkan. Bu, albatta, Buxoro nikoh to‘ylarining lokallik belgilaridan birini ko‘rsatadi. Farg‘ona vodiysida esa ovchilik qiladigan holat kuzatilmaydi. Bu hudud aholisi nikohdan oldin sovchilarni yuborishadi. Sovchilar qizning xonadoniga kamida uch marta tashrif buyurishlari lozim. Ikki tomon yangi oilaning qurilishiga rozilik bergach, non sindirdi marosimi bo‘lib o‘tadi. Non sirdirdi – unashtirish marosimlarida aksariyat hollarda olqish janri ijro etiladi. Namangan viloyati Chortoq tumani Peshqo‘rg‘on QFY, Shodiyona ko‘chacida istiqomat qiluvchi 71 yoshli Dehqonova Nazira ayaning ma’lumoticha, kuyovnakarlar kelganda o‘yin bo‘ladi, “Qora qo‘y” deb qichqirishadi va kelin tomondan kuyov 149 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman tomonga qo‘y yoki qurbi еtgancha polos yoki gilam beriladi. So‘ng poyandoz talashadilar. Poyandoz qo‘lga tekkanda bir parchadan yirtib olishadi, poyandozni tumor qilib tikib beshikka yoki biror kiyimga tabarruk qilib, to‘ylarga еtkazish maqsadida taqib qo‘yiladi. Chortoqliklar nikoh to‘ylarida yor-yorlar turli o‘rinlarda ijro qilinadi. Masalan, kelin uydan chiqayotganda aytiladigan yor-yor: Doka ko‘ylak еngini Yirtdim ona yor-yor Oq sutingga rozi bo‘l, Ketdim ona yor-yor Hay hay o‘lan, jon o‘lan, Jonona qiz, yor-yor. Va’dasida turmagan, Yolg‘onchi qiz, yor-yor. Uzun uzun arg‘amchi, Holinchakka yor-yor. Doka ko‘ylak yarashibdi, Kelinchakka yor-yor Yig‘lama qiz yig‘lama, To‘y seniki, yor-yor. Ostonasi tillodan, Uy seniki, yor-yor. Hay hay o‘lan, jon o‘lan, Jononasi yor-yor. Kelinga xushtor bo‘lgan, Qaynonasi yor-yor. Qaynona yaxshi bo‘lsa, O‘z bolasi yor-yor. Qaynona yomon bo‘lsa, Yot bolasi yor-yor. Hay hay o‘lan jon o‘lan, Kelin olib keldik yor-yor. Ikki qo‘li ko‘ksida Oyim olib keldik, yor-yor. Mazkur qo‘shiq garchi yor-yor bo‘lsa-da, uning mazmunida qizning otaonasinikidan o‘zga uyga ketishi, qaynonaning munosabatiga ikkilanish motivi еtakchilik qiladi. Qizni olib otlangan yangalar tomonidan to kuyovning xonodoniga borguncha quyidagi qo‘shiq ijro etiladi: 150 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Hay hay o‘lan, jon o‘lan, Jon qayda bor, yor-yor. Bir yaxshiga bir yomon, Har qayda bor, yor-yor. Ikki yaxshi bir bo‘lsa, Kun qayda bor yor-yor. Kelin olib keldik yor-yor. Ikki qo‘li ko‘ksida Oyim olib keldik, yor-yor. Qo‘shiq mazmunan boshqa yor-yorlardan farq qiladi. Uning farqi yangi ostonaga tushayotgan kelin tomonning iltijosi, iltimosiga o‘xshab ketadi. Mazkur matnda bokira qizning yangi ostonaga iffat-u latofat bilan kirib kelganligi uning ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, kuyov qarindoshlariga hurmat keltirishiga urg‘u beriladi. Biroq, kelin bo‘lgan qizning chimildiq ichiga olib kirishda aytiladigan yor-yorlarda kelin bo‘lmishning tavsifi va kelinlik gashtiga ishora ko‘zga tashlanadi: Chimildiqda chip chinor, Bo‘ylaring chumor, yor-yor. Bo‘yingga ko‘z tegmasin, Men taqay tumor, yor-yor. Daryoga tosh otmanglar, Oqar ketar yor-yor. Uzoqqa qiz bermanglar, Olar ketar, yor-yor. Uzoqqa bergan qizning, Rangi sariq yor-yor. Hay hay o‘lan, jon o‘lan, Jon qayda bor yor-yor. Bir yaxshiga bir yomon, Har qayda bor, yor-yor. Demak, nikoh to‘yi marosim qo‘shiqlaridan eng ommalashgani yor-yorlar bo‘lib, ular to‘y marosimining turli o‘rinlarida ijro etishi va o‘z mazmun mohiyati bilan farqlanib turadi. Chortoqliklar nikoh to‘ylarida to‘ydan keyingi kuni kelinni hovliga olib chiqib, kuyovning qarindosh urug‘lariga tanishtirib, salom soldiradilar. Mazkur marosim “Kelinsalom” marosimi deb yuritiladi: O‘ho‘ o‘ho‘ yo‘talgan Obdastani ko‘targan Salom salom, kelin salom, Opodadalariga salom. 151 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Uyga gilam tashlagan, Kelin olaman deb xashlagan Salom salom, kelin salom, Qaynotasiga salom. Atlas ko‘rpa taxlagan, Keliniga saqlagan Salom salom, kelin salom, Qaynonasiga salom. Tokchadagi xumdayin Ochilib turgan guldayin Salom salom, kelin salom, Qaynisinglisiga bir salom. Bozorda bo‘ladi sardori Bozorda bo‘ladi xaridori Salom salom, kelin salom, Qaynijoniga salom. Sochini o‘ngga taragan Qizlarga sekin qaragan Salom salom, kelin salom, Qayni ukalariga salom. Atlas ko‘ylak kiyganlar Yugurib xizmat qilganlar Salom salom, kelin salom, Ovsinjonlariga salom. Past devordan qaragan, To‘y qachon deb so‘ragan Salom salom, kelin salom, Qo‘shnijonlariga salom. Salom salom, kelin salom, Xizmatchilariga salom Oshga solgan ilikday Qoshi ko‘zi pilikdak Salom salom, kelin salom, Kuyovto‘raga salom. “An’anaga ko‘ra, “Kelinsalom” yakka ijrochi – yanga, maxsus chaqirilgan xushovoz ayol, kelinning yaqin dugonasi yoki qarindosh-urug‘laridan biri tomonidan kuylanadi. Ijro jarayonida atrofdagi qiz-juvonlar kelin tushirib kelgan qarindoshurug‘lar ham naqarotga jo‘r bo‘lishadi. Ba’zi hollarda bir necha ijrochi barcha bandlarni 152 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman birgalikda ijro etishadi. Ayrim hollarda esa “Kelinsalom”ning barcha bandlari bir ijrochi tomonidan aytiladi. Bu ko‘proq maxsus ijrochilar tomonidan kuylangandagi holatdir” [3, 545]. “Kelinsalom” qo‘shiqlari ham nikoh to‘yi marosim qo‘shiqlari sirasida umumo‘zbek nikoh to‘yi marosimi uchun mushtark ahamiyat kasb etadi. Odatda, kelinning salomini yo‘llashda ijrochi salom qabul qiluvchi shaxsning sifatlari, qarindoshlik xususiyati kabilarni qo‘shiq bandiga jo qiladi. Bu janr ijrochisi nihoyatda hozirjavob, salom qabul qiluvchi shaxslarni tezlik bilan badiiy sifatlash malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Xullas, Farg‘ona vodiysi nikoh to‘yi marosim folklori janrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ko‘rinadi: To‘y arafasida tashkil etiladigan kichik marosimlar jarayonida asosan olqish janri ijro etiladi. Olqishlar kelin va kuyovning baxt-saodatini tilashga qaratilganligi, qurilajak oilaning mustahkam bo‘lishi, kelin va kuyov serfarzand hamda baxtli hayot kechirishini tilashdan iborat bo‘ladi; nikoh to‘yi arafasida kelinni ko‘chirish, ya’ni qizni otasi uyidan kuyovnikiga ko‘chirishi bilan bog‘liq “Fotiha to‘yi”dan keyin “Qiz oshi” marosimida qizni olib ketishga kelgan kuyovnavkarlar ham kelin dugonalar tomonidan “o‘lan” janri ijro etiladi. O‘lanlar tarafma-taraf bo‘lib, ijro etilishi yigit va qizlarning ma’naviy bellashuviga asoslanishi bilan ajralib turadi; kelinni kuyovning uyiga olib ketish, chimildiqqa kiritish, kuyovning uyiga olib kirishda mazmunan bir-biridan farqlanuvchi yor-yor janri ijro etiladi; nikoh to‘yining ertasi kuni kuyovning uyida kuyovning qarindoshlari bilan kelinni tanishtirishga asoslangan “Kelinsalom” marosimi jarayonida qarindoshlarga salom berishiga qaratilgan “Kelinsalom” qo‘shiqlari ijro etiladi; Farg‘ona vodiysi nikoh to‘yi marosim folklorida mavjud janrlar matnlarida nikohning sakralligi, islomiy e’tiqod izlarining bo‘rtib turishi ko‘zga tashlanadi. Adabiyotlar roʻyxati: 1. Муродова М.Ш. Ўзбек никоҳ тўйи фольклорининг жанрлар таркиби ва бадиияти (Ўрта Зарафшон воҳаси материаллари асосида): Филол. фан. бўйича фалсафа док. (PhD) ... дисс. автореф. – Тошкент, 2018. – Б.12. 2. Sherbekova G.Ya. Buxoro nikoh to‘yi folklorining lokal xususiyatlari, janriy tarkibi va badiiyati: Filol. fan. bo‘yicha falsafa dokt. (PhD) ... diss. avtoref. – Buxoro, 2022. – B.18. 3. Исманова О. “Келин салом” қўшиқларининг жанр хусусиятлари / ХХ аср ўзбек фольклоршунослиги антологияси. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 2017. – Б.545.