scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TOG'AY MUROD ASARLARIDA BADIIY MAKON VA ZAMON TUSHUNCHALARINING AKS ETISHI

Otaboyeva Dilnoza

Full text

182 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman TOG‘AY MUROD ASARLARIDA BADIIY MAKON VA ZAMON TUSHUNCHALARINING AKS ETISHI Otaboyeva Dilnoza Urganch RANCH texnologiya universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381742 Annotatsiya: Ushbu maqolada, zamonaviy oʻzbek adabiyotining taniqli vakili Tog‘ay Murod asarlarida badiiy makon va zamon tushunchalarining ifodalanishi tahlil qilindi. Tadqiqotda asosiy eʼtibor “Otamdan qolgan dalalar”, “Oydinda yurgan odamlar” asarlaridagi falsafiy va ijtimoiy mazmunli makon-zamon munosabatlari, ularning inson ruhiyati, milliy xotira va maʼnaviy qadriyatlar bilan bogʻliqligiga qaratilgan. Maqolada M.M.Baxtinning “xronotop” (vaqt-makon) nazariyasi asosida badiiy makon va zamonning oʻzaro birligini namoyon etuvchi badiiy usullar ochib beriladi. Xususan, muallif asarlaridagi uy, dala, tabiat, ona еr kabi makonlar hamda xotira, nostalgiya, avlodlar zanjiri kabi zamanaviy unsurlarning badiiy funktsiyalari va ramziy maʼnolari tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: Badiiy makon, badiiy zamon, xronotop, milliy xotira, nostalgiya, ramziylik. Аннотaция: В статье анализируется выражение концепций художественного пространства и времени в творчестве известного представителя современной узбекской литературы Тогая Мурода. Основное внимание в исследовании уделяется философским и социально значимым пространственно-временным отношениям в произведениях «Поля, оставленные отцом», «Люди, идущие по луне», их связи с психикой человека, нatsiональной памятью и духовными ценностями. В статье раскрываются художественные методы, демонстрирующие единство художественного пространства и времени, основанные на теории М.М. Бахтина о «хронотопе» (времени-пространстве). В частности, анализируются художественные функции и символические значения таких пространств, как дом, поле, природа, родная земля, а также современных элементов, таких как память, ностальгия и цепь поколений в творчестве автора. Ключевые слова: Художественное пространство, художественное время, хронотоп, нatsiональная память, ностальгия, символизм. Abstract: This article analyzes the expression of the concepts of artistic space and time in the works of the famous representative of modern Uzbek literature, Togay Murod. The main attention in the study is paid to the philosophical and socially meaningful space-time relations in the works “Fields Left by My Father”, “People Walking on the Moon”, their connection with the human psyche, national memory and spiritual values. The article reveals artistic methods that demonstrate the unity of artistic space and time based on M.M. Bakhtin’s theory of “chronotope” (time-space). In particular, the artistic functions and symbolic meanings of such spaces as home, field, nature, native land, as well as contemporary elements such as memory, nostalgia, and the chain of generations in the author’s works are analyzed. Keywords: Artistic space, artistic time, chronotope, national memory, nostalgia, symbolism. Adabiyotshunoslikda badiiy asar tahlilining muhim yo‘nalishlaridan biri – uning fazoviy-vaqtliy tuzilishini, ya’ni badiiy makon va badiiy zamon kategoriyalarining o‘zaro munosabatini o‘rganishdir. Mazkur kategoriyalar asarning mazmuniy chuqurligi, uning obrazlar sistemasi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi. Rus adabiyotshunosi M.M.Baxtin tomonidan adabiyotshunoslikka joriy 183 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman etilgan xronotop (vaqt-makon) tushunchasi, aynan, makon va zamonning badiiy asarda ajralmas birligini ifodalaydi va har bir yozuvchining o‘ziga xos badiiy dunyosini tahlil qilishda muhim nazariy vosita sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Tog‘ay Murod ijodida badiiy makon va zamon muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Uning “Otamdan qolgan dalalar”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo еr qo‘shig‘i” kabi asarlari nafaqat o‘zbek xalqining ma’naviy-qadriyatlari, tarixiy xotirasi va istiqlol davridagi ijtimoiy o‘zgarishlarini aks ettirish bilan qolmay, balki muallifning ushbu jarayonga munosabatini namoyish etadi. Tog‘ay Murod nasrida uy, dala, qishloq kabi makonlar hamda xotira, nostalgiya, avlodlar zanjiri, bolalik davri kabi zamanaviy unsurlar asarning sujet qurilmasi va ideyasini shakllantiruvchi markaziy elementga aylanishi bilan diqqatni tortadi. Ijodkor asarlarida badiiy makon bir qator muhim vazifalarni bajaradi: u nafaqat voqelikni yaratadi, balki qahramonlarning ruhiy holati, ularning orzulari, xotiralari va maʼnaviy qadriyatlarini ifodalaydi. Har bir makon muayyam ramziy maʼnoga ega boʻlib, asarning mavzuviy chuqurligini oshiradi. Togʻay Murod asarlarida badiiy makon nafaqat voqealar joylashadigan fon emas, balki asarning mavzuviy chuqurligini ochib beruvchi, qahramonlarning ruhiyatini va maʼnaviy izlanishlarini aks ettiruvchi muhim badiiy vosita hisoblanadi. Uni quyidagi jihatlari bilan tahlil qilish mumkin: Togʻay Murod qahramonlarining ichki kechinmalari koʻpincha muayyan makonlar bilan chambarchas bogʻliq. “Otamdan qolgan dalalar” asarida “dala” tushunchasi nafaqat jismoniy joy, balki qahramonning bolalik xotirasi, beqiyos baxt va poklik ramzidir. Bu makon uning ruhiy tayanchiga aylanadi va butun hayoti davomida unga yoʻl koʻrsatadi: “Meni hamisha dalalarim qo‘llaydi. Meni hamisha dalalarim quvvatlaydi. Meni hamisha dalalarim yoqlaydi”. [1.119] Dehqonqulning bu kabi dalaga munosabati unga bo‘lgan mehri yozuvchi tomonidan yuksak mahorat bilan tasvirlanadi. “Oydinda yurgan odamlar” asarida esa uy – bu orzular, umid va intizorlik makonidir. Qahramonlar aynan shu makonda yashab, eng muhim orzularining ro‘yobini kutishadi. Muallif ushbu makon orqali ularning ichki dunyosi, his-tuygʻulari va maʼnaviy izlanishlarini ochib beradi. Tog‘ay Murodning ushbu ikkala asarida ham makon va zamon to‘liq namoyon bo‘ladi. Muallif obyektiv voqelikni (masalan, Sovet davri qishlog‘i “Otamdan qolgan dalalar” asarida yoki farzandsizlik muammosi “Oydinda yurgan odamlar”) asarida o‘ziga xos badiiy olamga aylantirib, birlashgan makon va zamon vositasida qahramonlarning murakkab ichki kechinmalarini ochib, asarning asosiy g‘oyasini еtarli darajada еtkazishga erishadi. “Otamdan qolgan dalalar” asarida ijtimoiy fojiani, “Oydinda yurgan odamlar” asarida esa shaxsiy fojiani ko‘tarishga intiladi, ammo ikkala 184 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman asarda ham makon va zamon – bu asarning mazmuni va g‘oyasini ifodalovchi asosiy badiiy vositalardir. Ijodkorning ushbu asarlarida badiiy makon va zamon tushunchalarining namoyon bo‘lishi quyidagi jadvalda to‘rt xususiyat asosida qisqacha qiyosiy tahlil qilingan: № Xususiyati “Otamdan qolgan dalalar” asarida “Oydinda yurgan odamlar” asarida 1 Obyektivlik Sovet davri O‘zbekiston qishlog‘ining real hayoti: paxta majburiyati, dehqonlarning qashshoqligi, “markazdan kelgan mehmonlar” obrazi. Maishiy realizm: Farzandsizlik muammosi, jamiyatning sovuqqonligi kundalik hayotning obyektiv voqeligi sifatida tasvirlanadi. 2 Birlashganlik (Xronotop) Dala (makon) bilan avlodlar qulligi (zamon) ajralmas: Dehqonqul dalada ishlaganda nafaqat o‘zi, balki otasi va bobosining xotirasi yashaydi. Uy (makon) bilan farzand intizorligi (zamon) birlashgan: Uydagi har bir daqiqa, kun, oy ularning asosiy maqsadi – farzand ko‘rish orzusi bilan o‘tadi. 3 Qahramon xarakterini ochish Dehqonqulning dalaga berilganligi uning sadoqati, mehnatsevarligi, lekin bir vaqtning o‘zida oilasiga nisbatan beparvoligini ochib beradi. Qoplon va Oymomoning uydagi harakatlari va oy nurida yurishlari ularning umidsizlikdagi umidi, birbiriga bo‘lgan sadoqati va chuqur mehribonligini ko‘rsatadi. 4 Mavzu va g‘oyani ochib berish Asosiy g‘oya: Odam qullik sharoitida ham o‘z qadriyatlarini, ildizlarini saqlab qolishi mumkin. Dala – bu ozodlik va milliy o‘zlik ramzi. Asosiy g‘oya: Hayotdagi eng katta muammolar ham o‘zaro mehr va sadoqat bilan еngiladi. Uy – bu oilaviy baxt va orzularning qarorgohi. “Otamdan qolgan dalalar”, asarida makonning badiiy funktsiyasi: Asarda makon voqelikni tasvirlash darajasidan chiqib, to‘liq psixologik va ramziy ma’no kasb etadi. Dala – bu nafaqat еr, balki Dehqonqul shaxsiyatining davomi. Uning dalaga qarashlari, u bilan tillasha olishi uning ona tabiat, an’ana va erkinlik bilan bo‘lgan tish-tirnog‘iga qadalgan aloqasini ko‘rsatadi. Dala uning qalbidagi eng chuqur hislarning ifodasiga aylanadi. Shu nuqtayi nazardan, dala ona vatanning kichik, ammo juda quvvatli va hissiy modelidir. Makon va zamonning xronotopdagi uyg‘unligi: Asarning eng kuchli tomoni – bu makon va zamonning qahramonning ichki dunyosida uyg‘unlashishidir. Masalan, Dehqonqul dalada ishlaganda, u nafaqat hozirgi zamonda yashaydi, balki o‘tmashdagi otasining xotirasi ham unga sherik bo‘ladi. Bu еrda dala (makon) va ota xotirasi (zamon) birlashib, qahramonning shaxsiyatini shakllantiruvchi yagona kuchga aylanadi. Asarning oxirida, qamoqxona yopiq makoni uning hayotidagi eng qorong‘u vaqtga 185 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘g‘ri keladi, lekin aynan shu joyda uning ongi ochiladi va u yangi, ozod hayotga intilish vaqtini boshlaydi. “Oydinda yurgan odamlar” asarida makonning badiiy funktsiyasi: Bu asarda uy Qoplon va Oymomo uchun nafaqat (makon) boshpana, balki ularning orzularining qarorgohidir. Uydagi har bir jimjitlik, har bir buyum ularning farzand intizorligi va hasratini ifodalaydi. Bu asarda zamon o‘ziga xos xususiyatga ega. Har bir kun, har bir oy ular uchun bir xil: yangi umidlar va yangi muvaffaqiyatsizliklar davri. Vaqt ular uchun doimiy takrorlanadigan intizorlik va hasrat davriga aylanadi. Biroq, muallif bu zamonni oddiy takror emas, balki har safar yangi psixologik chuqurlikda ko‘rsatadi. Kecha-kunduz (zamon) o‘zgarishi ularning kayfiyatining o‘zgarishi, umid va umidsizlikning almashinuviga mos keladi. “Otamdan qolgan dalalar” va “Oydinda yurgan odamlar” asarlariga o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, Tog‘ay Murod badiiy makon va zamon tushunchalarini ifodalashda sodda tasvirlovchilik darajasidan chiqib, ularni asarning mazmuni, g‘oyasi va qahramonlar ruhiyatini ifodalovchi asosiy badiiy vositalardan biriga aylantiradi. Tadqiqot natijalari M.M.Baxtinning “xronotop” (vaqt-makon) nazariyasining Tog‘ay Murod nasrida ham o‘zining to‘liq aksini topishini aniq ko‘rsatdi. Muallif asarlarida makon va zamon bir-biridan ajralmas bo‘lib, ularning o‘zaro uyg‘unligi orqali qahramonlarning ichki dunyosi, ularning maʼnaviy izlanishlari va ijtimoiy muhit bilan bo‘lgan munosabati chuqurroq ochib beriladi. “Otamdan qolgan dalalar” asarida bosh qahramon Dehqonqulning shaxsiy tragediyasini, balki butun bir davrda yashagan o‘zbek xalqining og‘ir taqdirini ifodalashga xizmat qiladi. Asarning kuchli jihati shundaki, muallif makon va zamonni harakatsiz holatda emas, balki ularning o‘zgaruvchanligi, qahramon taqdiriga taʼsiri jihatidan ko‘rsatadi. “Oydinda yurgan odamlar” qissasida esa boshqa turdagi xronotopni kuzatish mumkin. Bu еrda uy makoni farzand intizorligi zamoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Tog‘ay Murod asarlarida badiiy makon va zamonning ifodalanishi uning badiiy uslubining asosiy xususiyatlaridan biridir. Uning nasrida makon va zamon nafaqat voqealar fonidir, balki asarning asosiy qahramoniga aylanadi, u orqali muallif murakkab ijtimoiy, psixologik va falsafiy muammolarni ko‘taradi. “Otamdan qolgan dalalar” asari keng ijtimoiy xronotopga ega bo‘lib, unda makon (dala) va zamon (tarixiy qullik davri) butun bir xalqning fojiali taqdirini ifodalashga xizmat qilsa, “Oydinda yurgan odamlar” asari shaxsiy xronotopni ko‘tarib, insoniy his-tuyg‘ularning eng chuqur, eng shaxsiy qirralarini ochib berib, Tog‘ay Murodning badiiy go‘zaliklar dunyosining boyligi va rang-barangligini yaqqol ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot natijalari zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida individual yozuvchilarning badiiy olamini, xususan, ularning xronotopini o‘rganishning 186 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman dolzarbligini ko‘rsatadi va kelajakda boshqa yozuvchilar asarlariga shu nuqtayi nazardan yondashish uchun metodologik asos yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Baxtin M.M. “So‘z san’ati estetikasi”. – Toshkent: Fan, 1986. – 345 b. 2. Karimov N. “Tog‘ay Murod nasrida milliy xotira va zamon tasviri” // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2018. – № 4. – B. 28-32. 3. Qayumov A. “Badiiy asar tahlili”. – Toshkent: Universitet, 2010. – 167 b. 4. Tog‘ay Murod. “Otamdan qolgan dalalar” – Toshkent: Sharq, 2005. – 256 b. 5. Togʻay Murod. “Oydinda yurgan odamlar”. – T.: Nurafshon-kitob-ta’minot, 2022. – 190 b. 6. To‘rayeva Z. “Zamonaviy o‘zbek nasrining psixologik jihatlari (Tog‘ay Murod asarlari misolida)” // Filologiya masalalari. – 2021. – № 3. – B. 77-82.