scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"TAZKIRAT USH-SHUARO" ASARI OLIM NATAN MALLAYEV TALQINIDA

Temirova Anora Cho'yan qizi

Full text

187 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman “TAZKIRAT USH-SHUARO” ASARI OLIM NATAN MALLAYEV TALQINIDA Temirova Anora Cho‘yan qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘qituvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17381749 Annotatsiya: Ushbu maqolada Natan Mallayevning “O‘zbek adabiyoti masalalari” adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamining 1959-yil 1-sonida nashr qilingan dastlabki maqolasi xususida, ya’ni “XV asr tazkiralarining tarixiy-adabiy ahamiyati” nomli maqolasidagi Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asariga oid fikrlari tahlilga olingan. Avvalgi e’lon qilingan maqolalarimizda “XV asr tazkiralarining tarixiy-adabiy ahamiyati” nomli maqolaning dastlabki qismlari ya’ni Muhammad Avfiyning “Lubob ul-albob” hamda Jomiyning “Bahoriston” asariga oid o‘rinlari tahlil qilingan edi. Sababi, professor Natan Mallayevning ushbu maqolasi jami 36 sahifani tashkil qiladi. Maqolada olim N.Mallayev “Tazkirat ush-shuaro” tazkirasining asosiy qismi — “Tabaqot”lar o‘ziga xos yutuq va kamchiliklarga egaligini o‘z maqolasida keltirib, ushbu asarning qismlari haqida olim zaruriy ma’lumotlarni bergan. Kalit so‘zlar: tazkira, “Tazkirat ush-shuaro”, “Majolis un-nafois”, “Tuhfat ul-afkor”, “Tabaqot”, o‘zbek tazkiranavisligi, bosmaxona, qo‘lyozma kitoblar, afsona, rivoyat, yozuvchilar biografiyasi. Аннотaция: В данной статье анализируется первая статья сборника литературнокритических статей Натана Маллаева «Вопросы узбекской литературы», опубликованного в №1 за 1959 год, а именно размышления Давлатшаха Самарканди в статье «Историколитературное значение тазкиратов XV века» о произведении «Тазкират уш-шуаро». В ранее опубликованных нами статьях анализировались первые части статьи «Историколитературное значение тазкиратов XV века», а именно отрывки о произведениях Мухаммада Авфи «Лубоб ул-албоб» и Джами «Бахористан». Объём статьи профессора Натана Маллаева составляет 36 страниц. В статье ученый Н. Маллаев утверждает, что основная часть Тазкират уш-шуаро тазкир - «Табакат» - имеет свои достоинства и недостатки, и ученый дает необходимые сведения о частях этого произведения. Ключевые слова: тазкира, «Тазкират уш-шуаро», «Маджолис ун-нафоис», «Тухфат уль-афкор», «Табакат», узбекское тазкиранизм, типография, рукописные книги, легенда, повествование, биографии писателей. Abstract: This article analyzes the first article of Natan Mallayev's collection of literary and critical articles "Issues of Uzbek Literature" published in issue 1 of 1959, namely, the thoughts of Davlatshah Samarkandi in the article "Historical and Literary Significance of 15th-Century Tazkiras" about the work "Tazkirat ush-shuaro". In our previously published articles, the first parts of the article "Historical and Literary Significance of 15th-Century Tazkiras" were analyzed, namely, the passages about Muhammad Avfi's "Lubob ul-albob" and Jami's "Bahoristan". The reason is that this article by Professor Natan Mallayev consists of a total of 36 pages. In the article, the scholar N. Mallayev states that the main part of the Tazkirat ush-shuaro tazkir - "Tabaqat" - has its own advantages and disadvantages, and the scholar provides necessary information about the parts of this work. Keywords: tazkira, "Tazkirat ush-shuaro", "Majolis un-nafois", "Tuhfat ul-afkor", "Tabaqat", Uzbek tazkiranism, printing house, manuscript books, legend, narration, biographies of writers. 188 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman Davlatshoh Samarqandiyning hayot yo‘li va faoliyatini N.Mallayev tahlil qilar ekan, bir ko‘p mirzodalardan farq qilishi, buni Navoiy ham ta’kidlashi, u mansab va martabaga intilmagani, dehqonchilik bilan shug‘ullanib, kamtarona hayot kechirgani, u o‘z davrining xiyla donishmand kishilaridan biri bo‘lgani haqida ma’lumot beradi. “Tazkirat ush-shuaro” tazkirasining muqaddimasida avtor, umrim g‘aflatda kechdi, deb afsuslanadi va qolgan umrini san’at hamda ilm-fanga bag‘ishlashga ahd qilganini so‘zlaydi. Davlatshoh san’atni sevadi. San’at haqida fikr yurituvchi kishining san’atshunos bo‘lishini ta’kidlab (Zar qadrini zargar, gavhar qadrini gavharshunos biladi) degan mashhur maqolni keltiradi. Davlatshoh ulug‘ san’atkorlardan, xususan zamondoshlari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylardan ko‘p narsani uqub olgan edi. Munaqqidning diqqatini ko‘proq taraqqiyparvar yozuvchilar, ulug‘ ustoz so‘z sanatkorlari o‘ziga jalb etadi. U har qanday yozuvchini dam so‘z sanatining g‘avvosi deb hisoblamaydi. Davlatshoh, asosan, she’rning mazmundorligi va yuksak badiiy bo‘lishini talab qiladi. U sirtqi yaltiroqlik va jimjimadorlikni qoralaydi. N.Mallayev ushbu asarni yuqori baholagan holatda, mo‘tabar bir asar deb nomlaydi hamda ushbu asarning shoirlar va adabiyotning xilma-xil muhiblari orasida shuhrat qozongani bu tazkira estetik qarashlar rivoji va umuman adabiyotning taraqqiyotiga ma’lum foyda keltirganini ma’lum qiladi. N.Mallayev fikricha, kitob muqaddimasidagi yana bir holat o‘z ijobiy mohiyati bilan diqqatni jalb etadi. Bu arab yozuvchilariga nisbatan tazkira avtorining munosabatiga oiddir. “Xususan she’r ilmi – badiiylik ilmi bo‘yicha arablarning bu sohadagi mahorati keyin еtishgan hamda islomga qadar va islomdan keyin еtishgan arab shoirlarikim, o‘z devonlarini yaratganlar, ularning zikri olamda mashhurdir …[1:272]” Olim N.Mallayev o‘z maqolasida Davlatshoh Samarqandiy faqat islom dini vujudga kelgandan keyin еtishgan arab shoirlarigagina e’tibor berib qolmay, balki islomga qadar еtishgan arab shoirlariga ham e’tibor beradi. Bu bilan u musulmon o‘lkalaridagi islomgacha bo‘lgan madaniyatni rad etmaydi boshqa din vakillari madaniyatini kamsitmaydi. Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asari, mazkur asar turkiy adabiyotda Alisher Navoiy nomi keltirilgan ilk tazkiradir. Shuningdek, asar orqali besh asr davomida yashab ijod qilgan 150 ga yaqin ijodkor haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz. Bundan tashqari, Mu’iniddin Muhammad alZamjiy al-Isfizoriyning “Ravzat ul-jinnot” (“Jannat bog‘i”), Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, “Haft avrang” (“Yetti taxt”), “Nafahot ul-uns” (“Do‘stlik tarovati”), Husayn Boyqaroning “Risola”, G‘iyosiddin ibn Humomiddin Xondamirning “Xulosat 189 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman ul-axbor” (“Xabarlar xulosasi”), “Habib us-siyar” (“Do‘stlar siyrati”), “Makorim ulaxloq” (“Yaxshi xulqlar”), Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” (“G‘o‘zal voqealar”), Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” tazkirasi, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Mirzo Haydar Do‘g‘lotning “Tarixi Rashidiy” kabi asarlardan ham buyuk shoir hayoti va ijtimoiy-siyosiy, obodonchilik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin [2:10] N.Mallayev fikricha, “Tazkirat ush-shuaro” asarining muqaddimasida kitob avtorining yana ba’zi bir adabiy-tanqidiy qarashlari mavjud. Biroq shunga qaramay, Davlatshohning qarashlarida jiddiy qarama-qarshiliklar ham yo‘q emas. Bu qaramaqarshilik ayniqsa shakl va mazmun masalasida ravshan ko‘rinadi. Davlatshoh, asosan, mazmunning еtakchiligini e’tirof qilsa ham, u ba’zan shakliy murakkabliklarga ortiqcha e’tibor va baho berib, mazmunning еtakchiligini unutadi, badiiy soddalikni mensimaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, avtor shoir Rudakiy haqida so‘zlab, uning mashhur “Bo‘yi jo‘yi Mo‘liyon” she’rini va bu she’r bilan bog‘liq bo‘lgan hikoyani keltirib, shunday sodda bir she’rning bunchalik kuchli ta’sir etishiga ishonmoq qiyin deydi [3:274] N.Mallayev “Tazkirat ush-shuaro” tazkirasining asosiy qismi — “Tabaqot”lar o‘ziga xos yutuq va kamchiliklarga egaligini o‘z maqolasida keltirib, ushbu asarning tugal bo‘lmasa ham bu qismlar haqida olim quyidagilarni ta’kidlaydi: 1. “Tazkirat ush-shuaro” besh asr davomida fors-tojik tilidagi poeziya еtishtirgan shoirlar haqidagi asar bo‘lib, shu poeziya haqida ma’lum tasavvurga ega bo‘lishga xizmat qiladi. 2. X-XV asrlarda fors-tojik tilidagi poeziya Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Hindiston va boshqa o‘lkalarda katta muvaffaqiyatlarga erishgan edi. Tazkira fors-tojik tilidagi poeziyaning mana shu muhim bosqichiga bag‘ishlanadi. 3. Tazkira avtori Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Xoqoniy, Salmon, Savojiy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy kabi ulug‘ so‘z san’atkorlariga katta e’tibor beradi. 4. Tazkira ma’lum bir izchil tartibga asoslangan bo‘lib, unda xronologik prinsip еtakchidir. Bu tazkiradan foydalanishni еngillashtiribgina qolmay, balki badiiy adabiyot taraqqiyoti protsesiga ham ma’lum darajada muvofiq keladi. 5. Tazkira xiyla boy material asosida yaratilgan. Bu materialdan tanqidiy foydalanish ma’lum yozuvchilarni, ularning asarlarini va umuman adabiy protsesni o‘rganishda ahamiyatlidir. 6. Tazkirada avtorning prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim adabiy-tanqidiy mulohazalari ham borki, ular adabiyot faktlarini o‘rganish uchungina emas, balki o‘tmish estetik qarashlarni o‘rganish uchun ham ahamiyatlidir. 7. Tazkiraning ifoda uslubi diqqatga sazovor bo‘lib, uning o‘zi ham badiiy asar kabi ma’lum zavq bag‘ishlaydi. Tazkiraning yana boshqa yutuqlari ham bor. Biroq shularga qaramay, tazkira bir qator jiddiy kamchiliklarga ham ega. 190 “Hodi Zarifov – o‘zbek folklorshunosligining asoschisi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman 8. Tazkira avtori ba’zan ma’lum bir yozuvchining faoliyati va ijodi haqida so‘zlar ekan, noaniqliklarga yo‘l qo‘yadi. Shuning natijasida, u ayrim yozuvchilarning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlarni chalkashtirib yuboradi. Jumladan, tazkirani olim N.Mallayev o‘rganib chiqar ekan, Nizomiy Ganjaviy haqidagi ma’lumotlarni chuqur tahlil qiladi hamda shunday fikrlarni bildiradi: Dastlab olim, Nizomiyning “Layli va Majnun” dostonining yaratilgan yiliga to‘xtaladi. Ushbu doston 1180-yilda dostonda ko‘rsatilgan holda, Davlatshoh uni 1188yilda yaratilgan deydi. Buning ustiga u “Vis va Romin” dostonini Nizomiy dostoni deb ko‘rsatadi. Vaholanki bu doston Nizomiy vafotidan 100 yilcha keyin yaratilgan. Davlatshoh turli rivoyat va afsonalarga ortiq darajada berilib ketib, yozuvchilarning biografiyasi va ijodiga doir ma’lumotlar qimmatini kamaytiradi. Davlatshoh tazkirasida yozuvchilarning asarlari bo‘yicha mulohazalar juda kam. U badiiy asarlarning sotsial qimmatini tahlil qilmaydi, adabiy hayotdagi kurashni deyarli yoritmaydi. Davlatshoh tazkirasining yana boshqa kamchiliklari ham bor. Davlatshoh tazkirasi Sharq va G‘arbda eng mo‘tabar tazkira sanalgan. Biroq, unga tanqidiy asosda yondoshmagan adabiyotshunoslar bu tazkiraning qimmatini juda oshirib yuborganlar, lekin shu kamchiliklariga qaramay, olim ushbu tazkirani qimmatli adabiy-tarixiy yodgorlik sifatida e’tirof qiladi. Tazkira o‘tmish adabiyotini, adabiy qarashlar tarixini o‘rganishda muhim manbalardan biridir deydi. Shu bilan bir qatorda, o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish bobida tazkiraning, xususan, Navoiy haqidagi o‘rinlari diqqatga sazovorligini ta’kidlaydi [4:275] Xulosa qilib aytganda, adabiyotshunos olim N.Mallayev tazkirani chuqur tahlil qilar ekan, Davlatshoh Samarqandiy Navoiyning hayoti va faoliyatiga doir ko‘plab qimmatli ma’lumotlar berib, uning asarlaridan, jumladan, “Tuhfat ul-afkor” - “Fikrlar sovg‘asi” - qasidasidan katta parcha keltilganini aniqlaydi. Davlatshoh Samarqandiyning tazkirasi tazkirachilik an’anasining davomi va rivoji uchun ham ijobiy rol o‘ynagani, u Lutf Alibek Ozarning mashhur “Otashkada”si kabi asarlar uchun ilhom va materiallar manbayi bo‘lgani olim tadqiqotlarida aks etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Маллаев Н. “XV аср тазкираларининг тарихий-адабий аҳамияти” // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. – Тошкент, 1959. - .№. 1 - Б. 272 2. Sh.Sirojiddin, D.Yusupova, O.Davlatov. Navoiyshunoslik / Darslik. – Tошкент: Tamaddun, 2019. – B. 10. 3. Маллаев Н. “XV аср тазкираларининг тарихий-адабий аҳамияти” // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. – Тошкент, 1959. - .№. 1 - Б. 274 4. Маллаев Н. “XV аср тазкираларининг тарихий-адабий аҳамияти” // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. – Тошкент, 1959. - .№. 1 - Б. 275