FUQAROLIK JAMIYATIDA HUQUQIY TARBIYANING O'RNI
Abstract
Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining mazmuni, uning shakllanishi va rivojlanish jarayoni, huquqiy ong va madaniyatning ahamiyati, ta’lim tizimidagi roli hamda xorijiy, xususan Buyuk Britaniya tajribasi misolida yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib fuqarolik ongini oshirish taklif etiladi O‘zbekistonda.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 257 FUQAROLIK JAMIYATIDA HUQUQIY TARBIYANING O‘RNI Harifov Sobirjon Zokir o‘g‘li Toshkent shahar Shayxontohur tumani, 186-maktab huquq fan o‘qituvchisi. e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17381827 Annotatsiya. Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining mazmuni, uning shakllanishi va rivojlanish jarayoni, huquqiy ong va madaniyatning ahamiyati, ta’lim tizimidagi roli hamda xorijiy, xususan Buyuk Britaniya tajribasi misolida yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib fuqarolik ongini oshirish taklif etiladi O‘zbekistonda. Kalit so‘zlar: Fuqarolik jamiyati, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ta’lim tizimi, elektron hukumat, demokratik jamiyat. THE ROLE OF LEGAL EDUCATION IN CIVIL SOCIETY Annotation. This article explores the concept and formation of civil society, the importance of legal awareness and culture, and the role of education in its development. It also highlights the experience of the UK and proposes the use of modern technologies to strengthen civic consciousness in Uzbekistan. Keywords: Civil society, legal consciousness, legal culture, education system, egovernment, democratic society. РОЛЬ ПРАВОВОГО ВОСПИТАНИЯ В ГРАЖДАНСКОМ ОБЩЕСТВЕ Аннотация. В статье рассматриваются понятие и формирование гражданского общества, значение правового сознания и культуры, роль образования, а также приводится опыт Великобритании. Предлагается использовать современные технологии для повышения правовой грамотности населения. Ключевые слова: Гражданское общество, правовое сознание, правовая культура, система образования, электронное правительство, демократическое общество. Fuqarolik jamiyatini shakillantirish bugun bizning asosiy vaizfalarimizdan hisoblanadi. Bu masala prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning PF–5938-sonli Farmoni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. Bu farmonda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish masalalari ko‘zda tutilgan 1 . Fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini yanada oshirib borish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishdagi ularning roli va ahamiyatini kuchaytirish, “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini izchillik bilan bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish, shuningdek fuqarolik jamiyatining tizimini keng rivojlantirish, ularni tashkil etish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy mexanizmlar hamda tartibtaomillarni takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida fuqarolik jamiyati shakillantirilmoqda 2 . 1 PF–5938-sonli Farmon – “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” (2020-yil 4fevral). 2 “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida’’ qonun
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 258 Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish dolizarb ahamiyat kasb etar ekan, dastaval fuqarolik jamiyati nima ekan degan savolga javob jopishimiz zarur deb hisoblaymiz. Fuqarolik jamiyatihaqiqiy fuqarolikdan, axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyatiga A.X.Saidov shunday tarif bergan “Fuqarolik jamiyati — bu davlatdan nisbatan mustaqil faoliyat yuritadigan, fuqarolarning ijtimoiy faolligi asosida shakllangan va jamiyatni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltiruvchi institutlar majmuasidir’’ 3 . Yana bir olim S.S.Ziyayev shunday ifodalaydi; “Fuqarolik jamiyati — bu davlatdan nisbatan mustaqil faoliyat yuritadigan, fuqarolarning ijtimoiy faolligi asosida shakllangan va jamiyatni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltiruvchi institutlar majmuasidir’’ 4 . Bizning fikrimizcha fuqarolik jamiyatida asosan huquqlar to‘laqonli tartibga solingan holda konstitutsiyaviy nazariyalar va demokratiyaga oid ijtimoiy hayotning ta’minlanishidir. Bu o‘rinda insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini erkin tanlash imkoniyatini fuqarolik jamiyati beradi. Chunki biz bilamizki, qachonki huquq rivojlanishi uchun aynan uning fundamental qismi rivojlanishi zarur. Bu esa o‘z-o‘zidan ko‘rinadiki, fuqarolar ichida jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan joyda esa, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko‘ppartiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadi. Bu esa davlatda turli xil davlatga oid bo‘lgan yumushlarni, ya’ni, idoraviy ishlarni fuqarolik jamiyatiga topshirishi mumkin bo‘ladi, bu davlatga uning tasarrufiga doir bo‘lgan ishlarni, ya’ni, davlatni rivojlantirish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanish imkoniyatini beradi. Yana bir Italiyalik faylasuf va siyosatshunos Antonio Gramshi shunday tarif bergan “Fuqarolik jamiyati — bu fuqarolarning turli uyushmalar, tashkilotlar va jamiyatlar orqali o‘z manfaatlarini himoya qiladigan va hokimiyatni cheklashga xizmat qiladigan erkin sohadir’’ 5 . Bundan tashqari, pul-moliya, soliq, jahon hamjamiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga ko‘proq o‘rin ajratishi mumkin boladi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o‘tish orqali ro‘y beradi. Biz birinchi o‘rinda fuqarolik jamiyatida huquqiy tarbiyani rivojlantirmoqchi bo‘lsak, turli xil oldi-qochdi gaplardan yiroq bo‘lib, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarini o‘rgatishimiz zarur bo‘ladi. Bu tushunchalarni o‘rgatishda yoki o‘rganishda ‘‘Davlat va huquq nazariyalari,, kitoblariga yuzlanishimiz zarur bo‘ladi. Shunday darsliklardan biri, yuridik texnikumlar uchun darslik ‘‘Davlat va huquq nazariyasi’’ kitobiga yuzlanasak bu kitobdagi berilgan huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalariga atroflicha to‘xtalib o‘tishga harakat qilmiz. Bu yerda berilgan jamiyatning ma’naviy ongida ijtimoiy ongning turli shakllari axloq, madaniyat, din, fan va insonning ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa huquqiy qonunlar orqali inson ongini rivojlantirish mumkin 6 . 3 “Fuqarolik janiyati va huqauqlari:nazarya va amaliyoti’’ 2006 A.X.saidov 4 “Fuqarolik jamiyat: nazariy va amaliy jihatlar’’ (ilmiy maqola)S.S.Ziyayev 5 ‘’Democracy in America’’Antonio Gramshi. 6 ‘‘Davlat va huquq nazariyasi’’ X.T.Odilqoriyev.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 259 Huquqshunoslik fanlari butun huquqiy tizimning jamiyatda barqarorlik, huquqiy tartibot va qonuniylik muhitini vujudga keltirish, inson huquqi va erkinliklarini ta’minlash borasidagi ahamiyatidan kelib chiqadi. Ijtimoiy hayotda aksariyat vaziyatlar, holat-hodisalar faqat huquq, majburiyat, mas’uliyat, javobgarlik nuqtayi nazaridan boshlanadi. Bunda hozirgi zamon bilan bog‘laydigan bo‘lsak, bugun ko‘plab fuqarolarimiz, ya’ni, uning ichiga yoshlar, o‘rta yoshdagilar va yoshi kattalar kiradi va bu fuqarolar ichida yoshlarning o‘rni keng, chunki yoshlar O‘zbekiston Respublikasining asosiy qismini tashkil qiladi. Davlatning 65% yoshlar tashkil qiladi, bugungi kunda mening o‘zim maktabda faoliyat yuritayotganligim sababli, yoshlar bilan ishlayman, lekin bu yoshlarning aksariyat qismi huquqiy savodsiz, nimaga bunday fikrdaman, asosan bugungi kundagi ,, media’’ rivojlanayapti, bu esa jamiyatning hamma fuqarolariga ta’sir ko‘rsatmoqda, bu nafaqat huquqshunoslikda, balki hamma sohalarda ham o‘zining aksini topadi. Bu odamlarning qarashida hamma narsalarni bajarish yoki qilish oson, deb o‘ylashadi. Ammo bu jarayonlar insonning ongiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Huquqiy ong huquq bilan umumiy ildizlar, jihatlar va tabiatiga ega. Huquqiy ong jamiyatning obyektiv ehtiyojlari va manfaatlari, turli ijtimoiy guruhning ta’sirida shakllanadi; o‘zgarib boruvchi hayotiy shart-sharoitlar va jarayonlar tufayli jo‘shqin rivojlanadi; huquqiy ong ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, falsafiy, mafkuraviy va siyosiy qarashlar ta’siriga uchraydi. Biz, asosan bilishimiz mumkinki, qachonki inson ma’lum bir sohalarda rivojlanishi uchun kitoblar va manbalarni o‘qiydi va izlanadi. Bu jarayonlar har bir insonga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiyning fikricha, huquq normalari, ularning bajarilishining shartligi va majburiyligi komil inson ongining bir qismi bo‘lishi kerak 7 . Shuning uchun, huquq ma’naviy hodisa hisoblanadi. Biz bilamizki, huquq sohasi murakkab soha va buni o‘rganish bir muncha og‘ir kechadi. Jamiyatimizda huquqiy tarbiyani rivojlantirish uchun esa avvalo huquq sohasini ularga tushuntirishimiz zarur. Bunda esa asosan biz bugun jamiyatimiz ko‘p foydalanayotgan mediaga yuzlansak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, huquqiy maslahatlar beriladigan dasturlarni ko‘paytirish yoki yuridik maslahatlar beruvchi jonli muloqotlarni ko‘paytirish orqali biz jamiyatimizga huquq sohasini tushuntirishimiz mumkin. Bunda biz fuqarolarni o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish orqali huquq sohasi va boshqa sohalarni ham birmuncha rivojlantirishga erishishimiz mumkin bo‘ladi. Shu o‘rinda bizning davlat yoshlari majburiy ta’lim, ya’ni, maktab ta’limini olishadi, ularni o‘qitish jarayonida biz simulatsiyadan kengroq foydalanishimiz zarur. Chunki, inson ko‘p holatlarda o‘zi ko‘rgan jarayonlarni ko‘proq eslab qoladi. Bu usul esa huquqiy jarayonlarni bolaning ko‘z o‘ngida gavdalanishini ta’minlab beradi. Bu jarayon maktablarda o‘z aksini topsa, insonning huquqiy ongiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, xorijiy tajribaga ham to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, dastlab, Buyuk Britaniya ta’limiga bir nazar tashlab o‘tamiz, chunki biz bilamizki, har qanday tarbiya va bilimlar maktabdan boshlanadi. Bu jarayon kuzatilgan va amalda sinab ko‘rilgan usuldir. Buyuk Britanyada asosiy huquq fanini o’qitishda 4 ta bosqichdan foydalaniladi. 1.Asosiy huquq faniga qiziqmaydigan bolalarga mo’ljallangan, ularga faqatgina o‘zining hayotida qo‘llay oladigan masalalar haqida ma’lumotlar beriladi. 7 ‘’Fozil odamlar shahri’’ Abu Nasr Farobiy
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 260 2. O‘quvchilarga bu bosqichda bilim olish uchun A, A* diplomlari berilishi kerak. Bu esa ularga huquq sohasida bilimlari boshqalardan ko‘ra ustunroq bo‘lishini kafolatlagan, ya’ni, bu bosqichda o‘quvchilar huquqiy bilim va tarbiyani yaxshiroq egallashgan. 3. Bu bosqichda esa o‘quvchilar huquq faniga yondosh bo‘lgan fanlar, ya’ni, ijtimoiy fanlar; geografiya, tarix va tilshunoslikga oid bo‘lgan fanlarni ham bilishi talab etiladi. Bu jarayonga o‘tish uchun esa ulardan turli xildagi test va savollar olinadi va ularni shu bosqichga olib chiqadi. 4. Yakuniy bosqichda esa bolalardan ancha ko‘proq talablar qo‘yiladi. Chunki, ular oliy ta’limga kirishi yoki o‘z faoliyatlarini yuristkonsullik bilan bog‘lashga zamin yaratiladi. Shu asnoda Buyuk Britaniyada huquq fani o‘qitiladi 8 . Bu o‘rinda Buyuk Britaniyada dastlab feodal monarxiya hukm surganligi va shu davrdan boshlab, anglo-sakson huquq tizimi shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan so‘ng esa burjua inqilobi davrida esa huquq sohasi rivojlangan. So‘ng sanoat inqilobi davri boshlanadi. Va bu davrdan so‘ng, demokratik davlatchilik o‘z cho‘qqisiga chiqadi. Bunga turtki bergan asosiy omil esa ingliz tilining dunyo tili sifatida yoyilganligi misol bo‘ladi. Bugun ko‘rishimiz mumkinki, huquq Buyuk Britaniyada nechog‘liq ustun turishini. Biz huquqiy tarbiya va huquqiy bilimni maktabdan boshlaganligimizning asosiy sababi, fuqarolik jamiyatimizning katta qismi yosh bolalarni tashkil qilganligi va maktab davrida insonda o‘rganish instinktlari rivojlanganligi uchun biz misolni maktabdan keltirdik. Biz bilamizki, huquqiy ongiga ega bo‘lgan inson fuqarolik jamiyatini shakllantiradi. Shundan so‘ng esa insonlar o‘z-o‘zlarini boshqara boshlaydi, bu esa asosiy huquqiy tarbiyaning rivojlanganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, bugun ‘’Raqamli texnologiya va sun’iy intellekt ‘’ rivojlanmoqda, bu esa ko‘plab fan sohalaridagi bilimlarni yanada oshirmoqda, bugun biz shu sohani rivojlantirishimiz kerak, deb o‘tirganimiz bilan soha rivojlanib qolmaydi. Biz hozir hamma texnik resurslardan foydalangan holda, huquqiy ong va madaniyatni oshirishimiz mumkin. Qachonki, aholi bu sohada bilimli bo‘lsa, qonunlarning buzilishi va unga amal qilmaslik holatlari kamayadi. Misol qilib olaylik, Qonunchilik palatasi va Senat chiqargan qonun va qarorlar, Prezident farmoni va qarorlari hammasi bizda “Huquqiy axborot’’ va “Lex.uz’’ va boshqa gazeta va jurnallarda yoritib boriladi, lekin oddiy aholi uni ochib qaramaydi. Chunki, ularning kunlik yumushlari va ishlari mavjud va bu qonunlar oddiy xalq uchun qiyin hisoblanadi. Biz televideniye orqali qonun va qaror sharhlarini oddiy ommaga berish orqali yoki oddiy xalq tushunadigan tildagi oddiy saytlar ochish orqali huquqiy bilimni boyitishimiz mumkin. Bu esa fuqarolik jamiyati va huquqiy tarbiyani bilish uchun zamin yaratadi. Huquqiy jamiyat qurish bilan biz ko‘plab sohalarning rivojlanishiga zamin yaratib beramiz, deb hisoblaymiz. Ta’lim sohasiga Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev shunday jumlalarni keltiradi “Bir kun emas, bir soat ham kechiksak, iqtisodiyotimizga, ertangi kunimizga, yoshlarimizga katta ziyon bo‘ladi 9 ’’ deydi, 2022-yil 28-yanvarda so‘zlagan nutqida. Bu bilan biz ta’limimizni dunyo davlatlari qatoriga chiqarish orqali Fuqarolik jamiyatimizni yanada kuchliroq qilishimiz haqida ham so‘z yuritgan ekan. 8 ‘’Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi’’ 9 Sh.Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvarda so‘zlagan nutqi URL daryo.uz
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 261 Fuqarolik jamiyatidagi huquqiy tarbiyaning rolini biz teng huquqli demokratik jamiyatda ham ko‘rishimiz mumkin. Teng huquqlilik bizning davlatimiz konstitutsiyasi va qonunlarning prinsiplarida hamda demokratiyaning muhim elementlarida o‘zining aksini topgan. Bu o‘rinda Konstitutsiyamizning 19-moddasiga yuzlanmoqchimiz, Fuqarolarning shani,qadr-qimmati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi va dinidan qat’iy nazar, teng huquqliligi keltirib o‘tilgan. Bu jarayonlar bugun mamlakatimizda o‘zining aksini topganligi va ko‘p holatlarda bu normaning ishlayotganligini biz bugun guvohi bo‘lmoqdamiz. Bundan tashqari, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi’’da ham fuqarolik jamiyati va teng huquqli davlat qurish haqida ma’lumotlar berilgan. Ushbu deklaratsiyaning 21-moddasida “Har bir fuqaro davlat boshqaruvida ishtirok etishi kerakligi berilgan. Ishtirok etish esa asosiy saylovlarda ovoz berish yo‘li bilan saylangan shaxs orqali o‘zining ifodasini topishi keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari, “Elektron hukumat’’ni rivojlantirish orqali ham biz fuqarolik jamiyatini huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirishimiz mumkin. Ammo, biz bilamizki, My.gov.uz saytida bugun 500 ga yaqin davlat funksiyalarining ishlayotganligi ham fuqarolik jamiyatining ishlashiga katta zamin yaratmoqda. Chunki, bu jarayon turli xil byurokratik holatlarning oldini oldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkunki, fuqarolik jamiyati — bu demokratik jamiyatning asosiy tayanchi bo‘lib, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish va ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini ta’minlaydi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va xorijiy tajribalarni tatbiq etish orqali, fuqarolik jamiyatining shakllanishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning PF–5938-sonli Farmoni. “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’’, 2019-yil. 2. Saidov A.X. “Fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent, 2018. 3. Ziyayev S.S. “Fuqarolik jamiyati: mohiyati, shakllanish bosqichlari va istiqbollari”, Toshkent, 2020. 4. “Davlat va huquq nazariyasi” darsligi, yuridik texnikumlar uchun, Adliya vazirligi nashriyoti, Toshkent, 2021. 5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023-yilgi tahrir. 6. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, BMT, 1948-yil. 7. My.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. 8. Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi. 9. “Huquqiy madaniyat asoslari” darsligi, Toshkent, 2022. 10. Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, Toshkent, 2021. 11. Antonio Gramshi. “Selections from the Prison Notebooks”, 1971. 12. Forobiy A.N. “Fozil shahar ahlining qarashlari”, O‘zbek tilidagi tarjimasi, Toshkent, 2002.