scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA TARBIYA HAQIDA SHARQ ALLOMALARI FIKRLARI VA QARASHLARI

Xurramova Roziya

Full text

895 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA HAQIDA SHARQ ALLOMALARI FIKRLARI VA QARASHLARI Xurramova Roziya Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17382919 Annotatsiya: Ushbu tezisda har doim ham dolzarb masala hisoblangan ta’lim va tarbiya masalalari o'zaro tahlilga olingan. Bu tahlillar sharq allomalarining ta’lim va tarbiya hamda ilmma’rifatga oid fikrlari, qarashlari ularning asarlarida amalga oshirilgan. Sharqda ilk uyg'onish davrida mashhur bo'lgan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasir Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqa allomalar fikrlari keltirilgan. Kalit so'zlar: ta’lim-tarbiya, bilim, ma’rifat, qarashlari, hadis, manba, ilmiy meros, donolik, sifat, fazilat. Kirish. Hozirgi davrda ta'lim va tarbiya jarayoni to'g'ri talqin qilishda ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ulkan merosga amal qilsak muddao bo'lar edi. Chunki qadimgi sharq o'zining ma'naviyati va yuksak madaniyati, qarashlari, fikr va mulohazalari bilan insoniyat tamaddunining gultoji hisoblanadi. Bu borada Abu Nasr Forobiyning qarashlari, juda o'rinli. Sababi Forobiy «Muallimi-soniy» («Ikkinchi muallim») nomiga sazovor bо'lib, yoshlarning ta'lim-tarbiyasi haqida «Agar yoshlar kasb-hunar egallashga moyil bо'lsalar, qiziqsalar, ushbu qiziqish ularni butunlay shunga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig'i bо'ladilar, uning sirlarini mukammal о'zlashtiradilar», deydi. Alloma yoshlarni kasb-hunar egallashga о'rgatishda ikki xil usuldan foydalanish lozimligini aytib o'tgan: a)ilhomlantirish usuli - samarali birinchi usul bо'lsa; b)ikkinchisi esa, majburlash usuli: bu usul qaysar, dangasalarga nisbatan ishlatiladi. Chunki bunday yoshlar о'z xohish-istaklari bilan sо'z va g'ayratga kirmaydilar, intilmaydilar va ularga nisbatan majburlash usuli qо'llanilishi kerak. Forobiy ham tabiatga mansublik tamoyiliga amal qiladi. Uning o'yicha, tabiatning oliy mahsuli bо'lgan insongina tabiatning mohiyatini bilish va haqiqatga intilish qobiliyatiga ega. Bular о'zicha vujudga kelmasdan о'z-о'zini tarbiyalash va ta'lim olish orqali insonning mohiyatiga aylanishi kerak. U bir qancha ta'lim-tarbiya uslublarini kо'rsatib beradi va asoslaydi. Quyidagilar berilganlar, u kо'rsatgan bilish uslublari kompleksi bilan bog'langan: ishontirish, idrok qilish; о'rganish; tadqiq qilish; bilish; о'rgatish. Albatta, «Ikkinchi muallim» nomiga sazovor bо'lgan buyuk ustoz, о'qituvchi va о'quvchi munosabatlariga alohida e'tibor qaratadi. О'qituvchi juda qattiqqо'l yoki juda yumshoq kо'ngil bо'lmasligi kerak degan fikrni ilgari suradi. Qattiqqо'llik о'quvchilarni unga qarshi qaratadi, ortiqcha oqkо'ngillilik, yumshoqlik ustoz shaxsini, uning fanini hurmat qilmaslikka olib keladi. О'qituvchi va о'quvchi munosabatlari hamisha hurmat va ishonchga asoslanishi lozim. Yana bir Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning ta'lim va tarbiya haqidagi qarashlari, avvalo, inson aqli tо'g'risidagi ta'limot bilan bog'liq. U о'z aqlini har tomonlama rivojlantirish va haqiqatni bilishga qodir inson qobiliyatiga ishonadi. Ibn Sino asosiy e'tiborini bolalarni maktabda о'qitish va tarbiyalashga qaratdi. О'zining «Manzil tadbirlari» asarining bir bо'limini «Bolalarni maktabda о'qitish va tarbiyalash» deb nomladi. U maktabda bolalarni jamoa bо'lib о'rgatishning ahamiyatini quyidagicha kо'rsatib beradi: 1) agar bolalar birgalikda ta'lim olsalar, ularda zerikish bо'lmaydi. 896 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Ularning fanni о'rganishga bо'lgan qiziqishi kuchayadi. Ular bir-birlaridan qolmaslik uchun musobaqalashadi; 2) suhbatlarda ular bir-birlariga kitoblarda о'qigan yoki kattalardan eshitgan qiziqarli hikoyalarni aytib beradi. Bu ularning nutqini о'stiradi va xotirasini mustahkamlaydi; 3) bolalar bir-birlarini hurmat qilishni ham bir joyga tо'planishganda yaxshi о'rganishadi. Faqat musobaqalashish emas, о'rtoqlariga о'quv materiallarini о'zlashtirishga ham kо'maklashadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni о'rganadilar.Umuman olganda, Ibn Sinoning ta'lim dasturiga kо'ra, bolalar 14 yoshgacha maktabda Qur'oni Karimni, til, pand nasihat, axloq, sport va hunarni о'rganishi lozim. Ibn Sino an'anaviy ta'limning gumanistik mohiyatini inson axloqiy-estetik tarbiyasini aqliy tafakkur rivoji bilan uzviy aloqadorlikda, deb bildi. Yuzlab shogirdlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan mohir pedagog, ustoz «Shayx ur-rais” pedagogik mahorat, pedagogik faoliyatda ularni qanday aks etishi haqida va har bir pedagog amal qilishi kerak bо'lgan о'ziga xos tavsiyalarni bergan. Bular: bolalar bilan muloqotda bosiq va jiddiy bо'lish; о'quv material о'zlashtirilishini kuzatish; dars berayotganda asosiy bilimlarni ikkinchi darajalilardan ajratish; о'qitishning turli metod va usullaridan foydalanish; о'quvchining qobiliyatini bilish, uning xotirasi va shaxsiy sifatlariga tayanish; о'quvchiga topshiriqlarni uning aqliy qobiliyatlarini hisobga olgan holda berish; о'qituvchining har bir sо'zi о'quvchining fikrini uyg'otishi zarur. Sharq Uyg'onish davrining buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniyning ta'kidlashicha, ta'limda kо'rsatmalilik tamoyili muhimdir. Chunki u ta'limni ishonchli, aniq va qiziqarli bo'lishiga sabab bo'ladi. Shaxsning kuzatishi uning qobiliyati va tafakkurini rivojlantiradi. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida aniq bо'lmagan faktlarni aniqlamasdan xabar qilishdan saqlanish kerakligi aytiladi. Ikkinchi renessans davrining yirik namoyandalaridan biri, shoir, davlat arbobi, sharqda "Din va millatning nizomi" unvoni bilan sharaflangan Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "G'aroyib us-sig'ar", "Mahbub ul-qulub" va "Devoni Foniy"kabi ilmiy va ma'naviy merosida ham ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya masalalari ulug'lanadi.Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida ham ilm ahliga ko'p g'amxo'rlik qilgan. Shoir dunyoqarashining diqqat markazida komil inson tushunchasi yotadi. Uning fikricha komil inson ilm-ma'rifat va ta'lim-tarbiya sifatlari bilan oziqlangan bo'lishi lozim. Alisher Navoiy barcha bilim egallashi kerakligi, uning uchun albatta maktablar kerakligini uqtiradi. Uning aytishicha: "maktab xalqqa nur keltiradi, unga to'g'ri yo'l ko'rsatadi hamda bolalarni bilimli qilib tarbiyalaydi". Shoir mudarrislarni nuini sochib turgan quyoshga qiyos qilib, bu quyosh o'z atrofidagi yulduzlarga nur, ziyo sochishini, ilmdan xabari bo'lmagan ilmi toliblarga ilm nurini sochadi, ma'rifat beradi, deb ta'kidlaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insoniyat tarixiy tajribasi asosida Sharq va G'arb mutafakkirlari tomonidan zamonaviy ta'lim tizimi, uning asosiy subyektlari roli va vazifalari keng jihatdan o'rganoqda. Yuqoridagi misollarda ham yurtimizda dastlabki uyg'onish davrida ham ta'lim tarbiyaga qanday ahamiyat berilgani ko'rishimiz mumkin. Jamiyatda ta'lim-tarbiya to'g'ri yo'lga qo'yilmas ekan, ijtimoiy soha oqsayveradi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv va texnika zamonida yoshlarni oqni qoradan ajratib olishlari uchun ham ta'lim va tarbiyaning o'rni juda muhim va bunga davlat ham insonlar ham katta e'tibor qaratishlari zarur. Shuning uchun ham yurtimizda keyingi yillarda ta'lim va tarbiyaga katta e'tibor qaratilayotgani bejiz emas, buning uchun avvolo o'qituvchining roli ko'tarilyapdi, pedagoglar jamiyatda oldingi o'ringa olib chiqilyapdi. Chunki, ilm-fan taraqqiyoti jamiyat rivojlanishining eng asosiy bo'g'inidir. 897 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz References: 1. Safarov, M.K. (2023). Abu bakr ar-Roziyning “Tibbi Ruhoniy (Ruh tibbiyoti) asarida g’azabni va insonning o’z kamchilliklarini bartaraf qilish haqida mulohazalar. Ijtimoiygumanitar fanlarning dolzarb muammolari, 2(3), 214-219. 2. Murodova, M. F., Sattorova, F., & Jumayeva, Z. M. (2025). Bolalar mehribonlik uylarida amalga oshirilayotgan taʼlim va tarbiya jarayonlari. Shokh library. 3. Jumayeva, Z., Choriyeva, D., & Berdimurodova, M. (2024). Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib borilayotgan ijtimoiy-pedagogik jarayonlarning mazmun va mohiyati. молодые ученые, 2(36), 78-81. 4. Jumayeva, Z. (2022, october). Yoshlarni milliy tarbiya asosida tarbiyalash. in archive of conferences (pp. 9-19). bo’lajak o’qituvchilarda innovatsion pedagogik-faoliyatni shakllantirishning nazariy asoslari 5. Jumayeva, Z., Abdullayeva, Z., & Abdullayeva, N. (2024). Imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat. молодые ученые, 2(36), 135-138. 6. Jummayeva, Z., Salomova, U., & Joʻrayeva, K. (2024). Yangi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat mazmun va mohiyati. молодые ученые, 2(37), 27-30.