scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANGʻICH TA'LIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI

Ishmamatova Risolat

Full text

934 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANGʻICH TAʼLIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI Ishmamatova Risolat Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 4BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17383028 Annotatsiya: Maqolada boshlangʻich ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va integratsion yondashuvning ahamiyati tahlil qilingan. Boshlangʻich sinflarda fanlarni uyg‘unlashtirib o‘qitishning samarali usullari, zamonaviy metodlar, xorijiy tajribalar va ularning O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiqi yoritilgan. Kalit so‘zlar: boshlangʻich ta’lim, innovatsiya, integratsiya, pedagogik texnologiya, STEAM, loyiha asosida ta’lim. Аннотация : В статье анализируется значение применения инновационных педагогических технологий и интегративного подхода в начальном образовании. Рассматриваются эффективные методы преподавания интегрированных дисциплин в начальных классах, современные подходы, зарубежный опыт и их применение в системе образования Узбекистана. Ключевые слова: начальное образование, инновации, интеграция, педагогические технологии, STEAM, обучение на основе проектов. Annotation : The article analyzes the importance of applying innovative pedagogical technologies and integrative approaches in primary education. It discusses effective methods of teaching integrated subjects in primary school, modern approaches, international experience, and their implementation in Uzbekistan’s education system. Keywords: primary education, innovation, integration, pedagogical technology, STEAM, project-based learning. Boshlangʻich ta’lim — bu o‘quvchi shaxsini shakllantirishning eng muhim bosqichi bo‘lib, uning keyingi ta’lim jarayoni uchun poydevor yaratadi. Shu bois ushbu bosqichda qo‘llaniladigan metod va texnologiyalar kelajak ta’lim samaradorligini belgilab beradi. Bugungi kunda ta’limda innovatsiyalarni keng joriy etish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish va o‘quv jarayonini kompetensiyaga yo‘naltirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Innovatsion texnologiyalar ta’lim jarayoniga interaktiv metodlarni, axborotkommunikatsiya vositalarini, loyihaviy ishlashni olib kirsa, integratsiya esa fanlar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirib, bilimlarni yaxlit tizim sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bois, boshlangʻich ta’limda innovatsiya va integratsiya uyg‘unligi o‘quvchilarni zamonaviy dunyo talablariga javob beradigan shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Innovatsiya” atamasi lotincha innovatio so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish”, “yangicha yondashuv” ma’nolarini bildiradi. Ta’lim tizimida innovatsion yondashuv — bu o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va o‘quvchilarda mustaqil, kreativ tafakkurni shakllantirishni anglatadi. “Integratsiya” lotincha integratio so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtirish”, “yaxlitlash” ma’nolarini bildiradi. Ta’lim jarayonida integratsiya — bu turli fanlar mazmunini uyg‘unlashtirish, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni ta’minlash va bilimlarni yaxlit tizim sifatida shakllantirish demakdir. 935 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz Boshlangʻich ta’limda integratsiya turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin: Mazmuniy integratsiya – fanlarning o‘xshash mavzularini birlashtirib o‘qitish (masalan, tabiatshunoslik va matematika). Metodik integratsiya – bir xil metod va usullarni turli fanlarda qo‘llash. Texnologik integratsiya – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali turli fanlarni uyg‘unlashtirish. Kompleks integratsiya – loyihalar, tajribalar va o‘yinlar orqali bir necha fanlarni birgalikda o‘qitish. Ta’lim jarayonida integratsiya — bu zamonaviy pedagogikaning asosiy tamoyillaridan biri. U boshlangʻich ta’limda bilimlarni yaxlit tizim sifatida o‘zlashtirishga yordam beradi, darslarni samarali qiladi va bolalarni hayotiy tajribaga yaqinlashtiradi. Boshlangʻich ta’lim dasturlarida o‘quv fanlari o‘zaro aloqador. Shu sababli darslarni samarali tashkil qilishda fanlararo bog‘lanishlarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Masalan: Matematika va tabiatshunoslik – uzunlik, og‘irlik va hajm tushunchalarini o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan bog‘lab o‘qitish. O‘qish va ona tili – tabiat hodisalari yoki tarixiy voqealar haqida matnlar o‘qib, ularni tahlil qilish va yozma nutq bilan uyg‘unlashtirish. Texnologiya va san’at – buyum yasash jarayonini chizmachilik bilan bog‘lash. O‘qituvchi bir nechta fan elementlarini birlashtirib, bitta dars mashg‘ulotida qo‘llashi mumkin. Masalan: “Tabiatdagi suv aylanishi” mavzusida matematika darsida suv hajmini o‘lchash, tabiatshunoslikda suvning aylanish jarayonini tushuntirish, ona tili darsida esa suv haqidagi badiiy matnlarni o‘qish. “Oziq-ovqat mahsulotlari” mavzusida texnologiya darsida taom tayyorlash, matematika darsida ingredientlarni o‘lchash, tabiatshunoslikda esa ovqatlanish gigiyenasini o‘rganish. Loyiha ishlari o‘quvchilarni bir vaqtning o‘zida bir nechta fanlardan foydalanishga undaydi. Masalan, “Mening bog‘im” loyihasi doirasida: Tabiatshunoslik darsida o‘simliklarni o‘rganish, Matematika darsida yer maydonini hisoblash, Texnologiya darsida bog‘ maketini yasash, O‘qish darsida bog‘ haqida matnlar o‘qish va yozish. Boshlangʻich ta’lim fanlarini integratsiyalashning samarali yo‘llari — bu fanlararo bog‘lanish, integratsiyalashgan darslar, loyiha faoliyati, AKT vositalaridan foydalanish va o‘yin metodlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, tafakkurini kengaytirish va ta’limni qiziqarli qilishda muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib aytganda, Boshlangʻich ta’limda innovatsiya va integratsiya jarayonlarini joriy etish bugungi kun ta’limining eng muhim talablaridan biridir. Chunki bu bosqichda qo‘yilgan poydevor bolaning keyingi ta’limdagi muvaffaqiyati va shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar — loyiha asosida ta’lim, AKTdan foydalanish, STEAM yondashuvi — boshlangʻich sinf o‘quvchilarining bilimlarni qiziqarli, samarali va amaliy faoliyat bilan bog‘liq tarzda o‘zlashtirishiga imkon beradi. Integratsion yondashuv esa fanlarni bir-biriga bog‘liq holda o‘rgatib, bilimlarni yaxlit tizim sifatida 936 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz shakllantirishga yordam beradi.Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, integratsiya va innovatsion texnologiyalarni uyg‘unlashtirish o‘quvchilarni ijodkor, mustaqil fikrlovchi va global miqyosda raqobatbardosh shaxs sifatida tarbiyalaydi. O‘zbekiston ta’limida ham mazkur yondashuvlar bosqichma-bosqich joriy etilib, samarali natijalar bermoqda.Shunday qilib, boshlangʻich ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, yosh avlodni kelajak hayotiga puxta tayyorlashning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. References: 1. Avliyoqulov N.H., Musayev B.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 2. Nishonova Z.M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. 3. Xoliqberdiyev K., To‘xtayeva M. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2021. 4. Meliyeva, D. O. (2025). Boshlangʻich sinf o‘quvchilarining mustaqil ishlash ko‘nikmalarini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish mexanizmi. Inter education & global study, (2), 320–328. 5. Мелиева, Д. (2024). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirishning davlat miqyosidagi ahamiyati. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 1106–1108. 6. Jalolov J., Usmonov B. Pedagogika asoslari. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2018. 7. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 2017.