scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH TA`LIMDA INNOVATSIYA, INTEGRATSIYA VA PEDAGOG TEXNOLOGIYALAR

Suyunova Fotima

Full text

979 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz BOSHLANG'ICH TA`LIMDA INNOVATSIYA, INTEGRATSIYA VA PEDAGOG TEXNOLOGIYALAR Suyunova Fotima Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 4bosqich 4BTs -guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17383187 Annotatsiya: Ushbu tezis maktablardagi boshlang‘ich sinflarda ta’lim sifatining samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlar, integratsion g'oyalardan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish usullari haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, tezis koʻp yillik tajribalar natijasida ustozlar tomonidan egallangan ko'nikma va malakalar orqali taʼlimni eng ilgʻor hamda samara beradigan yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi va tahlil qiladi. Kalit so'zlar: Boshlang’ich ta’lim, innovatiya, ta'lim-tarbiya, texnologiya, islohot, pedagogik texnologiya, ilgʻor va samarali yoʻllar, ko'nikma, malaka, integratiya. ИННОВАЦИИ, ИНТЕГРАЦИЯ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ Аннотация: В данном тезисе рассматриваются инновационные подходы, интеграционные идеи и эффективные методы использования современных педагогических технологий для повышения качества и эффективности образования в начальных классах. Кроме того, анализируются и раскрываются наиболее передовые и результативные способы обучения, основанные на навыках и компетенциях, приобретённых учителями в ходе многолетнего опыта. Ключевые слова: начальное образование, инновация, обучение и воспитание, технология, реформа, педагогическая технология, передовые и эффективные методы, навыки, компетенция, интеграция. INNOVATION, INTEGRATION, AND PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN PRIMARY EDUCATION Abstract: This thesis discusses innovative approaches, integrative ideas, and effective methods of using modern pedagogical technologies to improve the quality and efficiency of education in primary schools. It also analyzes and highlights the most advanced and effective ways of teaching based on the skills and competencies gained by teachers through many years of experience. Keywords: Primary education, innovation, teaching and upbringing, technology, reform, pedagogical technology, advanced and effective methods, skills, competence, integration. KIRISH. Hozirgi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan globallashuv davrida mamlakatimiz barqaror taraqqiy etib borish uchun har tomonlama modernizasiyalashgan tizimli yondashuvni taqozo qilayotganligi munosabati bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish hamda davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, hayotning barcha sohalarini yanada yuksaltirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Respublikamizda umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli 980 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz isloh qilishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviyaxloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi pog’onaga olib chiqish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, 2018-yil 5sentabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha choratadbirlari to’g’risida”gi PF-5538-son Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish borasida bir qancha ishlarni amalga oshirishni ko’zda tutdi. Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan davrda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari qisman eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga bilim berishda samarali qo‘llansa bo‘ladigan interfaol uslublar, didaktik o‘yinlar, o‘quvchilarga mos metodlar, ta’limiy mashqlardan kiritila boshlandi. Oʻquvchilarga darslarda singdirilgan kompetensiyaviy yondashuvlar, ularning hayotida, albatta, foyda keltiradi, degan fikrda. Zero, bugungi kunda o‘qituvchining qilayotgan mehnati, berayotgan ta’lim - tarbiyasi ertaga o‘z samarasini bermasdan qolmaydi. Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning vazifasiga aylandi. Ushbu texnologiyalar o‘quvchilarni harakatlarini ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan narsaning ko‘p xilma-xil ma’lumotlardan keraklisini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Bu texnologiya davomida o‘quvchilar o‘zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o‘tkaza oladilar, chunki bu shunga to‘liq sharoit yaratib beradi. O‘quv jarayonida motivatsiyadan foydalanish va rag‘batlar berish ham, albatta, innovatsion yondashuvda juda qo‘l keladi. Har bir o‘qituvchi darslarga innovatsion yondashib, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslar o‘tsa bu o‘z natijasini beradi. Mustaqil O‘zbekistonimiz kelajagi bilimli, mustaqil fikrlaydigan tadbirkor va tashabbuskor kadrlarga bog‘liq. Darslarda axborot texnologiyalarining ishlatilishi, innovatsion g‘oyalardan va yangi pedagogik texnologiyalardan o‘z o‘rnida foydalanish o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini, ularning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Bulardan samarali foydalanish o‘qituvchidan juda yuksak pedagogik mahorat talab qiladi. Biz o‘qituvchilar har doim jajji o‘quvchilarimiz uchun izlanishda, yangiliklar yaratishda bo‘lishimiz lozim va bizning eng dolzarb vazifalarimizdan biridir. Xulosa qilib aytganda, ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda innavatsion va integratsion ta’limni rivojlantirish hamda yangi pedagogik texnologiyalar borasidagi ishlarni amalga oshirishda barcha fanlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hamda mahoratli pedagoglarni har tomonlama barkamol inson sifatida ko’rish, ularga o’z qiziqishlarini inobatga olgan holda qo’shimcha bilimlar berish hamda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishlariga shartsharoitlar yaratib berish maqsad qilib olingan. O‘quvchilar qanchalik kreativ fikrlab, mustaqil bajara olsalar biz maqsadga erishgan bo‘lamiz. References: 981 Vol. 5, No. 10 – Special Issue, Part 2 (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 HZTTRMY HOZIRGI ZAMON TA’LIM-TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR” XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA DENOV, 16-OKTABR 2025 YIL in-academy.uz 1. “Mahoratli pedagog” jurnali, 2019-yil, 5-son. 2. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali, 2018-yil, 9-son, 8-bet. 3. “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, 4. T.G‘afforova, Toshkent-2016. N.A.Muslimov va boshqalar.”Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”.Toshkent2016,147 bet 5. J.Yo’ldoshev, S.Usmonov,”Pedagogik texnologiya asoslari”,T.,2004. 6. 4-sinf o’qituvchilari uchun ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha metodik qo’llanma “Sharq” nashriyoti, Toshkent-2017. 7. T.G’offorova “BOSHLANG’ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR” “Tafakkur nashriyoti”- 2011.