Full text
9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar TASVIRIY SAVODXONLIK – MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGINING KASBIY MAHORATIDA MUHIM KO‘NIKMA Muallif: Axmedova Nazokat Erkinovna 1 Affiliyatsiya: XNU “Psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi; XNU mustaqil tadqiqotchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17383690 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, xususan, tasviriy savodxonlikni kasbiy kompetentligining ajralmas tarkibiy qismi sifatida shakllantirish masalasi yoritiladi. Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Kanada va Avstraliya tajribasi hamda Yevropa Ittifoqi dasturlarining (Erasmus+) samarali amaliyoti tahlil qilinib, ularning uzluksiz kasbiy rivojlanish, mentorlik va innovatsion metodikalarni joriy etishdagi afzalliklari ko‘rsatib beriladi. O‘zbekiston sharoitida davlat-xususiy sheriklik, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va zamonaviy grafik dasturlarni o‘qitishga integratsiya qilish yo‘nalishlari asoslanadi. Bo‘lajak tarbiyachilarda chiziq-shakl, rang uyg‘unligi, mutanosiblik va fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish, “yaxlit ko‘rish” malakasini shakllantirish hamda bolalar ijodini metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar beriladi. Natijalar tasviriy san’atni didaktik vosita sifatida qo‘llash maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik rivojlanishi, nutqi va mayda motorikasini samarali qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim, kasbiy kompetensiya, tasviriy savodxonlik, badiiy-estetik tarbiya, innovatsion ta’lim texnologiyalari. KIRISH Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bugungi kunda jahon miqyosida dolzarb masalalardan biridir. Zamonaviy dunyoda ta’lim sifatini oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash va raqobatbardosh avlodni tarbiyalashda aynan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlovchi pedagoglarning salohiyati katta ahamiyat kasb etadi.Rivojlangan davlatlar — Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Kanada va Avstraliya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim bosqichi davlat ta’lim siyosatida strategik darajada muhim bo‘lib, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi ustuvor yo‘nalish sifatida qaraladi. Masalan, Finlandiyada pedagoglar uchun amaliy mashg‘ulotlar, mentorlik dasturlari va innovatsion metodikalarga asoslangan doimiy o‘quv kurslari tashkil etiladi. Bu yondashuv maktabgacha ta’lim sifatini oshirish bilan birga hududlar o‘rtasidagi farqlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining Erasmus+ ta’limi va kadrlarni tayyorlash dasturlarida, shuningdek Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda badiiy ta’limni rivojlantirishda fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini joriy etish hamda tasviriy san’at sohalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha yirik loyihalarni amaliyotga tadbiq etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu sababli bugungi kunda tasviriy san’at turkumidagi fanlarni o‘qitish jarayoniga “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda zamonaviy grafik dasturlarni joriy qilish pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Tasviriy san’atning o‘qitilishida zamonaviy ta’lim maskanlarini eng yangi metodik va dasturiy ta’minotlar, multimedia, grafika va o‘quv majmualari bilan boyitish, shuningdek bu jarayonni ilmiy-nazariy jihatdan asoslash zarur. O‘zbekistonda ham maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, xalqaro hamkorlik asosida loyihalar amalga oshirilmoqda. Islom taraqqiyot banki va OPEK bilan hamkorlikda imtiyozli mablag‘lar jalb etilishi evaziga davlatxususiy sheriklik asosida ko‘plab loyihalar rejalashtirilgan bo‘lib, bu yo‘nalish ta’lim sifatini oshirish hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi 1 . ASOSIY QISM Bugungi globallashuv jarayonida san’at va madaniyat sohalarida tezkor o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu bois oliy ta’lim tizimida tasviriy san’at fanlarini zamonaviy talablar asosida o‘qitish pedagogika fanining dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlari ta’lim muassasalarida o‘quv rejalari talabalarda badiiy-estetik dunyoqarashni shakllantirish, kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish hamda san’atning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur egallashga qaratilgan. Mazkur yo‘nalishda qator olimlarning ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Jumladan, N. Abdullayev, S. Abdullayev, S. Abdurasilov, X. Alyaminov, A. Amanullayev, B. Boymetov, S. Bulatov, A. Vosiqov, J. Darmenov, A. Inog‘omov, O‘. Nurtayev, N. Oydinov, B. Oripov, R. Rajabov, A. Sulaymonov, N. Tolipov, A. Turdaliev, O. Xudoyorova, I. Yusupov, K. G‘ulomov, R. Hasanov va B. Qo‘chqorovlarning tadqiqotlari tasviriy san’at ta’limining rivoji va metodikasini shakllantirishga katta hissa qo‘shgan.Shuningdek, B. Azimova, B. Jabborov, J. Majidov, M. Nabiyev, X. Egamov, M. Shahodatov kabi pedagog-metodistlarning ilmiy ishlari tasviriy san’at ta’limining turli metodik masalalarini yoritishga bag‘ishlangan. San’atshunos olimlar (K. Oqilova, A. Xakimov, A. Egamberdiyev va boshqalar) tasviriy san’atning taraqqiyot tendensiyalari va ijtimoiy funksiyalarini o‘rgangan bo‘lsalar, faylasuflar (T. Mahmudov, N. Oydinov, A. Eshonqulov, E. Umarov va boshqalar) uning ma’naviy-estetik mohiyati haqida ilmiy izlanishlar olib borganlar. Tarixchilar (A. Madraimov, N. Noqulov, G. Pugachenkova, I. Rempel va boshqalar) esa tasviriy san’atning tarixiy bosqichlarini o‘rganib, fundamental tadqiqotlar yaratganlar. So‘nggi yillarda ta’lim sohasida “kasbiy kompetentlik” tushunchasi keng ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasi sifatida ilmiy muomalaga kiritildi. Jumladan, N. A. Muslimov, M. H. Usmonboyeva, D. M. Sayfurov, A. B. To‘rayevlarning izlanishlarida kasbiy kompetentlik “mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni amaliyotda samarali qo‘llay olish” sifatida ta’riflangan. A. K. Markova va B. Nazarovaning ilmiy izlanishlari bevosita pedagogning kasbiy kompetentligi va uning shaxsiy sifatlarini o‘rganishga qaratilgan. B. Nazarova olib borgan tadqiqotlar natijasida kasbiy-pedagogik kompetentlikning turli ko‘rinishlari ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, ular pedagogning nazariy bilimlari, metodik salohiyati, innovatsion yondashuvlarga tayyorligi va ijodkorlik qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. 1 https://www.lex.uz/docs/-7120156?ONDATE=28.09.2024%2000
11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritadigan tarbiyachining kasbiy mahorati faqatgina pedagogik bilim va tarbiyaviy ko‘nikmalar bilan cheklanib qolmaydi. Ularning badiiy-estetik saviyasi, tasviriy san’at asoslarini bilishi, bolalarga oddiy chizmalar, ranglar uyg‘unligi va shakllar mutanosibligini o‘rgata olish qobiliyati ham katta ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak tarbiyachilarning tasviriy savodxonligi ularning kasbiy kompetentligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tasviriy savodxonlik deganda, avvalo, bo‘lajak tarbiyachining quyidagi qobiliyatlari tushuniladi: • chiziq va shakllarni to‘g‘ri ifodalay olish; • ranglar uyg‘unligini anglay olish va qo‘llash; • hajm, mutanosiblik va fazoviy tasavvurlarni shakllantira olish; • bolalar ijodiga rahbarlik qilish uchun zarur metodik yondashuvlarni egallash. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun chizish, bo‘yash va turli tasviriy mashg‘ulotlar nafaqat ijodiy qobiliyatni rivojlantiradi, balki ularning tafakkuri, nutqi va mayda motorikasining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois tarbiyachining tasviriy savodxonligi yuqori bo‘lsa, u bolalarga estetik didni shakllantirishda samarali rahbarlik qila oladi. Shuningdek, tasviriy savodxonlik bo‘lajak tarbiyachilarning o‘z kasbiy faoliyatiga ijodkorona yondashishiga, tarbiyaviy mashg‘ulotlarda rangtasvir, grafika va boshqa san’at turlaridan vosita sifatida foydalanishiga zamin yaratadi. Masalan, oddiy geometrik shakllar orqali bolalarda fazoviy tasavvur uyg‘otish, tabiat manzaralarini chizdirish orqali ularning kuzatuvchanligini oshirish mumkin. «Taqqoslash, — deb aytadi Q.D.Ushinskiy, — har qanday tushuncha va har qanday fikrning asosidir. Olamda barcha narsalarni taqqoslash orqaligina o‘rganamiz. Agar bizning qar - shimizda hech qanday jism bilan solishtirish yoki farqlash mumkin bo‘lmagan jism tursa va bu jism haqiqatda mavjud bo‘lsa, biz u haqida hech qanday fikr va hattoki hech qanday so‘z ayta olmas edik». Bo‘lajak tarbiyachi shakl va ranglarning proporsional munosabatlari bilan ishlaydi. Tasvirlash jarayonida naturada mavjud bo'lgan o‘zaro farqlami saqlab qolishga harakat qiladi. Bu farqlarni esa buyumlarm o'zaro taqqoslash orqaligina ko'rish mumkin. Turli masofada joylashgan buyumlarning o‘zaro tafovutini taqqoslagan holda, ya’ni ulaming kattaligi, yorug‘lik darajasi va rang sifatlari orasidagi farqni solishtirish natijasida har bir buyumning o‘ziga xos perspektiv olchamini va rangini aniqlash mumkin. «Predmetlar qiyofasini biz tunda g‘ira-shira, kunduzi aniq ko‘ramiz. Yoruglik predmetlar chegaralarini namoyon qiladi, qorong‘ilik ulami berkitadi» 2 Rassom — pedagoglar proporsiya va tus munosabatlarini belgilashning naqadar muhim ekanligini ta’kidlash maqsadida odatda o‘z shogirdlariga quyidagi jumlani tez-tez takrorlab turishadi: «Insonning bosh qismini tasvirlash jarayonida, uning oyog‘iga e’tibor qarating va aksincha oyoq qismini chizish jarayonida insonning boshiga ahamiyat bering». Mazkur g‘ayritabiiy jumlada haqqoniy mohiyat mavjud. Zero, predmet va obyektlaming o‘lchami, yorugiik darajasi va rang sifatlarini o‘zaro taqqoslash orqali ularning aniq kattaligi yoki rangini belgilash hamda buyum va ranglar orasidagi o‘zaro tafovutni ko‘rish mumkin. Biroq taqqoslashdagi amaliy jarayonda ba’zi bir murakkabliklar bo‘lib, buyumlarni deyarli odatiy ko‘rib bolmaydi. Agar inson nigohi turli masofadagi shakl va obyektlarni bir vaqtning o‘zida aniq va tiniq ko‘ra olganda edi, taqqoslash jarayoni biroz yengil kechardi. Gap shundaki, inson 2 R. Xudayberganov Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari 21 b.
12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar nigohi bir qancha predmetlarga e’tibor qaratgan bo‘lsa ham, ular bir xil qabul etilmaydi. Masalan: bir guruh buyumlarni ikki qismga bo‘lib joylashtirilsa va yaqin masofada turgan birinchi qismga nigoh qaratilsa, ikkinchi qismdagi buyumlar noaniq ko‘rinish kasb etadi. Yoki aksincha, uzoqroq masofaga joylashtirilgan ikkinchi qismdagi buyumlarga nigoh qaratilsa, ularning rangi hamda bo‘rtma shakllari aniqlik kasb etib, birinchi qismdagi buyumlar noaniq ko‘rinadi. Yana bir misol: agar kitobni ochib, ikki ko‘z nigohi varaqning markaziga qaratilsa, hattoki bir xil masofa va bir xil tekislikda ham, besh-olti harfdan iborat bitta so‘zdan ortiq so‘zni ko‘rish mumkin emas. Qolgan atrofdagi so‘zlar yoki butun varaq noaniq ko‘rinadi. Bu hodisa bir guruh narsalarni ko‘rish jaravonida yagona predmet shakligina ko‘z setkachadagi aniq ko‘rish makoniga joylashish imkoniyatiga ega ekanligi bilan izohlanadi. Tabiiy ravishda, inson nigohi bir buyum yuzasini yoki bir nechta buyumlarni aniq ko‘ra olish imkoniyatiga ega emas. Shu bilan birga turli masofada joylashgan buyumlarning shakl chiziqlari aniqligi, yoruglik va rang sifatlarining farqi va o‘xshashligini taqqoslash va belgilash uchun ularni bir vaqtning o‘zida va bir xil aniqliqda ko‘rish zarur. Barcha obyektiarni bir vaqtning o‘zida ko‘rish — «bir varakayiga ko‘rish» hamda barcha obyektiarni yaxlitlikda ko‘rish — «yaxlitlikda his etish» jarayoni ko‘rinayotgan naturaning nur - soya va rang munosabatlarini perspektiv va boshqa o‘zgarishlar bilan belgilashga imkoniyatini beradi. Masalan: shahar manzarasi ko‘rinayotgan ochiq deraza oldiga qo‘yi!gan guldastadan iborat natura joylashuvidagi nur - soya va rang munosabatlarini aniq topish uchun inson nigohi qamrayotgan barcha narsalarga deraza pardasi, guldasta va oyna ortidan ko‘rinayotgan shahar manzarasiga bir vaqtning o‘zida qarashiga va ularni ko‘rishi kerak bo‘ladi. Yaxlitlikda his etish natijasida inson ongida tasvirlanayotgan kartinaning umumiv qiyofasi muhrlanadi va bo‘lajak tarbiyachilar naturadagi turli obyektlarning rang munosabatlarini to‘g‘ri belgilay oladi. Odatiy ko‘rish jarayonida nur — soya va rang munosabatlarini aniqlashda qiyinchilik tug‘diruvchi ko‘rish xususiyatining yana bir o‘ziga xosligi mavjud. Ma’lumki, turli darajada yoritilgan yuzalarga nisbatan ko‘rish hissiyoti o‘zgaruvchandir. Natura joylashuvidagi yorqin yoritilgan obyektni ko‘rish holatida buyumlami taqqoslash va tus munosabatlarini topish jarayonida ko‘zning his etish faoliyati kuchsizlanadi. Nur — soya va rangning nozik xususiyatlarini his etish qiyinlashadi. Agar bo‘lajak tarbiyachining nigohi xira yoritilgan obyektga qaratilsa, aksincha, teskari jarayon sodir bo‘ladi. Bu holat tus munosabatlarini to‘g‘ri belgilashga to‘sqinlik qiladi, chunki buyumlar ko‘zning turli xil ta’sirchanligida ko‘rib chiqiladi. Agar buvumning o‘zigagina e’tibor qaratmasdan, bir vaqtning o‘zida turli yoritilgan buyumlarning barchasiga qaralsa, ko‘z doimiy yoritilish sharoitlarida bo‘ladi va uning ta’sirchanligi o‘zgaradi. Bu jarayon tuslardagi tafovutni to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi. Ko‘rish his tuyg‘usining yana bir o‘ziga xosligini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Ko‘rish markaziga yaqin masofada joylashgan naturadagi buyumlarni ko‘rib chiqish jarayonida ularning nafaqat shakl chizig‘i, balki, nur va soya o‘yinlarming qarama-qarshiligi ham aniqroq ko‘rinadi. Buyum ko‘rish markazidan qay darajada yiroqlashgani sari, tuslarning o‘zaro ziddiyati shu darajada kamayib boradi. Agar buyumlarni navbatma-navbat ko‘rib chiqilsa, haqiqiy tus munosabatlarini belgilash qiyin bo‘ladi. Demak, ko‘rish his tuyg‘usining barcha xususiyatlari umumiy yaxlit ko‘rishni, ya’ni ko‘zni bir nuqtaga emas, balki bir vaqtning o‘zida barcha obyektlarga qaratishni talab etadi. Bo‘lajak tarbiyachilar bir vaqtda nigohi bilan tasvirlanayotgan naturani qamrab olishni hamda barcha tuslami diqqat markazida ushlashni o‘rganishi darkor. Shu bilan birga, nigohni birgina qismga qaratish lozim emas.
13 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Aksincha, naturani ro‘y-rost hamda barcha narsalarni barobar ko‘rish jarayonida buyumlarning rang va yoruglik nisbatlarini solishtirish lozim: bu jarayonda nima ko‘proq ko‘zga tashlanayotganligi, nimalar esa ikkinchi darajaga tushib qolayotganligi, qaysi jismlar to‘q qaysilari esa och tusda ekanligini belgilash kerak. Alohida jismlarga e’tibor qaratmaslik va ular bilan chalg‘imaslik hamda naturada barcha buyumlarni barobar ko‘ra olish maqsadida bo‘lajak tarbiyachilar tasvirlanayotgan naturani «tasawwurdagi teksilikda» jonlantirishni yoki ko‘zni «keng yoki qisiq holatda ochib ko‘rish»ni tavsiya beradilar Oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarda tasviriy savodxonlikni rivojlantirish uchun maxsus fanlar, amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy topshiriqlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur. Bu orqali ular nafaqat tasviriy san’at bo‘yicha elementar bilimlarni egallaydilar, balki maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik rivojlanishini samarali tashkil etishga tayyor bo‘lib boradilar. XULOSA Umuman olganda, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasi va tasviriy savodxonligini rivojlantirish maktabgacha ta’lim sifatini oshirishning muhim omilidir. Bu nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etadi, balki kelajak avlodning badiiy-estetik didi, ijodkorligi va tafakkurini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur yo‘nalishda olib boriladigan ilmiy izlanishlar, metodik ishlanmalar va amaliy tajribalar pedagogika fanining dolzarb va istiqbolli vazifalari sirasiga kiradi. Oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak tarbiyachilar uchun tasviriy san’at fanlarining alohida blok sifatida kiritilishi katta amaliy ahamiyatga ega. Bu ularning: • maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda metodik yondashuvlarini boyitadi; • oddiy geometrik shakllar va rang uyg‘unliklari orqali bolalarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish imkonini beradi; • tabiat manzaralari va hayotiy voqelikni chizish orqali bolalarning kuzatuvchanligini oshiradi; • chizish va bo‘yash mashg‘ulotlari orqali ularning ijodiy tafakkuri va nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bo‘lajak tarbiyachilarning tasviriy savodxonligi — ularning kelajakdagi kasbiy mahorati va maktabgacha ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Аbdullаyev N.U. Sаn’аt tаrixi. I qism. – Tоshkent: Sаn’аt, 2001. – 167 b. 2. Аbdullаyev N.U. Sаn’аt tаrixi. II qism. – Tоshkent: Sаn’аt, 2001. – 210 b. 3. R. Xudayberganov Rangshunoslik va kompozitsiya asoslari. — Т.: Choipon nomidagi NMIU, 2019. — 192 b. 4. Аbdirаsilоv S.F. Tаsviriy sаn’аt о‘qitish metоdikаsi. – Tоshkent: “Fаn vа texnоlоgiyа”, 2012. – 232 bet. 5. Kurbanov I.G‘.Maktabgaсha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kasbiy kompеtеnsiyasini rivojlantirish mеxanizmini takomillashtirish: Avtorеfеrat. Pеdagogika fanlari bo‘yiсha falsafa doktori. – T.:2024. – 25 b 6. Axmedova, N. (2024). Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatning ahamiyati. Nordic_Press, 3(0003).
14 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar 7. Qurbonova, B., Sulaymanova, S., Akhmedova, N., & Yunusaliyev, M. (2023). Big Data, Artificial Intelligence and Smart Cities. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 03013). EDP Sciences. 8. Axmedova, N. E., & Nuriddinova, M. M. Q. (2023). Bolalarni ijodiy qobilyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 755-760. 9. https://www.lex.uz/docs/-7120156?ONDATE=28.09.2024%2000