scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IJODIY O'YINLAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH

Bekjanova Ro'zagul Zafarbek qizi

Abstract

Ijodiy o‘yinlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bu bolalar tilini shakllantirishda samarali pedagogik usul hisoblanadi. Ushbu maqolada, ijodiy o‘yinlarning bolalarning nutqiy malakalarini, so‘z boyligini va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Bolalar uchun ijodiy o‘yinlar nafaqat tilni o‘rganishga yordam beradi, balki ularni ijtimoiy jihatdan ham rivojlantiradi. Ushbu maqolada o‘yinlar orqali bolalarning talaffuzini, grammatika malakalarini va fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali metodlari ko‘rib chiqiladi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar IJODIY O’YINLAR ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH Muallif: Bekjanova Ro‘zagul Zafarbek qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti 2-bosqich magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17383773 ANNOTATSIYA Ijodiy o‘yinlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bu bolalar tilini shakllantirishda samarali pedagogik usul hisoblanadi. Ushbu maqolada, ijodiy o‘yinlarning bolalarning nutqiy malakalarini, so‘z boyligini va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Bolalar uchun ijodiy o‘yinlar nafaqat tilni o‘rganishga yordam beradi, balki ularni ijtimoiy jihatdan ham rivojlantiradi. Ushbu maqolada o‘yinlar orqali bolalarning talaffuzini, grammatika malakalarini va fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning samarali metodlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlar: Ijodiy o‘yinlar, nutq rivojlanishi, bolalar tilida indvidual yondashuv, pedagogik metodika, didaktik o‘yinlar. KIRISH Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning intellektual, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Nutq, bolaning muloqot vositasi sifatida, uning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy o‘yinlar bolalar nutqini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib, o‘quv jarayonining sifatini oshirishda alohida o‘rin tutadi. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishiga ijodiy o‘yinlarning ta’siri, ularning turli shakllari va amaliy metodikasi keng yoritilgan. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–5712-sonli Farmoni ushbu sohada samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Ushbu farmonda maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy va jismoniy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini oshirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘zda tutilgan. 1 Jumladan ijodiy o‘yinlarning ta’lim-tarbiyadagi o‘rniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, ular bolalarning hayotiy tajribasini boyitish, ular orasida o‘zaro muloqotni mustahkamlash va nutq madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bunday o‘yinlar bolalarda quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantiradi: 1. Lug‘at boyligini oshirish: Ijodiy o‘yinlar orqali bolalar yangi so‘zlarni o‘rganadi, ularning ma’nolarini tushunadi va faol qo‘llashni boshlaydi. 2. Grammatik ko‘nikmalarni rivojlantirish: O‘yin jarayonida turli grammatik konstruksiyalarni ishlatish bolalarning grammatik bilimlarini chuqurlashtiradi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–5712-sonli Farmoni. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar 3. Muloqot madaniyati: O‘yinlarda o‘z fikrini ravon va aniq ifoda etish imkoniyati bolalarda muloqot qobiliyatini oshiradi. ADABIYOTLAR TAHLILI Mashhur nemis pedagogi Frederix Frebel “The Education of Man”asarida shunday degan “O‘yin bolalik davrida inson rivojlanishining eng yorqin namunasidir, chunki o‘yin davomida bolalar nafaqat o‘zlarini o‘rganadilar, balki atrofdagi dunyo bilan aloqada bo‘lishadi, ijtimoiy va emotsional ko‘nikmalarini rivojlantiradilar” 2 Shu qatorda ijodiy o’yin nima va bolaning nutqini qanday rivojlantiradi degan savol tug’ilishi tabiiy. Ijodiy o‘yin – bu bolalar o‘z tasavvurlari va ijodkorliklarini ishlatish orqali o‘ynaydigan o‘yin turidir. Bunday o‘yinlarda bolalar yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishadi, fikrlarini ifoda etishadi va o‘z muammolarini ijodiy yo‘llar bilan hal qilishadi. Ijodiy o‘yinlar bolalarga tasavvur qilish, yangi narsalar yaratish va fikrlarini erkin ifoda etishda yordam beradi. Masalan, bolalar rasm chizish, hikoya yaratish yoki turli rollarni o‘ynash orqali o‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Ijodiy o‘yinlar bolalar nutqini rivojlantirishda juda muhim rol o‘ynaydi. Nutqning rivojlanishi, ya'ni bolalarning so‘zlash qobiliyatlari, talaffuz, lug‘at boyligi va muloqot madaniyatining shakllanishi ijodiy o‘yinlar yordamida tez va samarali rivojlanadi. 3 Ijodiy o‘yinlarda bolalar o‘z fikrlarini ifoda etish, yangi so‘zlar o‘rganish va ularni to‘g‘ri qo‘llashni mashq qilishadi. Masalan, bolalar turli rollarda o‘ynaganda, ular yangi so‘zlarni o‘rganishadi va ularni o‘zaro muloqotda qo‘llashadi. Shu bilan birga, bolalar muloqot qilishda erkinlikni his qilishadi, bu esa ularning nutqini rivojlantirishga katta yordam beradi. Bolalar nutqini rivojlantirishda bir qancha jahon pedagoglari ham o’z hissalarini qo’shgan. Shulardan biri Maria Montessori hisoblanadi. Uning “The Montessori Method” asari bolalar nutqini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. U bolalar o‘yin va muhit orqali o‘z nutqlarini tabiiy ravishda shakllantirishi kerak, deb hisoblagan. Montessori metodining asosiy tamoyillari bolalar nutqini rivojlantirish uchun juda foydalidir. 1.Erkin va tabiiy rivojlanish: Montessori metodida bola o‘z rivojlanishiga to‘g‘ri keladigan muhitni tanlashi kerak. Bu erkinlik bola uchun o‘zini ifodalashda, nutqni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Montessori metodida bolalar ta’lim jarayonida erkinlikka ega bo‘lib, o‘z vaqtlarini o‘zi tanlashadi. Bu, o‘z navbatida, bolalarda o‘z fikrini ifoda etish va nutqni rivojlantirishni rag‘batlantiradi. 4 2. O‘yin va interaktiv faoliyatlar: Montessori pedagogikasi o‘yinlar va amaliy faoliyatlar orqali bolalar nutqini rivojlantirishni muhim deb biladi. Misol uchun, Montessori o‘quv materiallari bolaning qiziqishini uyg‘otadi va ularni so‘zlar bilan bog‘lashni o‘rgatadi. Har xil predmetlar, harf kartalari va boshqa vositalar orqali bolalar nutqni o‘rganishadi, bu esa ularning so‘z boyligini kengaytiradi. 3. Atrof-muhitning roli: Montessori metodida bolalarning atrof-muhit bilan muloqot qilishiga katta e’tibor beriladi. Nutq rivojlanishida atrof-muhitning boyligi muhim ahamiyatga ega. Montessori metodida bola o‘ziga mos muhitda o‘rganadi, bu esa uning nutqini tabiiy ravishda rivojlantiradi. Atrof-muhitda bolalar turli insonlar bilan muloqot qilib, nutq ko‘nikmalarini o‘rganishadi. 4. Individual yondashuv: Montessori metodida bolaga individual yondashuv mavjud. Har bir bola o‘z sur’atida rivojlanadi, va bu nutqni rivojlantirish jarayonida 2 Fröbel F. "The Education of Man" (Inson tarbiyasi). Boston: Lee and Shepard, 1887. 3 Kuryashova L.V. "Bolalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi." Moskva: Prosveshcheniye, 2019. 4 Montessori, M. (1964). "The Montessori Method". New York: Schocken Books. 11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar muhimdir. Bolalar o‘z vaqtida so‘zlarni o‘rganadilar va nutqlarini shakllantiradilar, chunki ular o‘zlariga mos va qulay ritmda o‘rganadilar. Ijodiy o‘yinlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish nafaqat til rivojlanishining, balki bolalar aqliy va hissiy rivojlanishining ham muhim qismi hisoblanadi. Ushbu o‘yinlar bolaga tilni o‘rganishning tabiiy va qiziqarli usulini taqdim etadi. Bolalar ijodiy o‘yinlar orqali nutqning asosiy tarkibiy qismlarini, jumladan, so‘z boyligini, talaffuzni, grammatika va nutqiy malakalarni o‘zlashtiradilar. Didaktik va ijodiy o‘yinlar bolalar nutqini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu o‘yinlar orqali bolalar tovushlarni tanib olish, so‘zlarni ajratish, o‘xshash so‘zlarni topish, va hatto so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini o‘rganadilar. Bundan tashqari, o‘yinlar bolaning o‘z fikrini ifoda etish, boshqalar bilan muloqot qilish, va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Frebelning o‘yining pedagogik yondashuvi nutqni rivojlantirishda bola va o‘yin materiallari o‘rtasidagi munosabatni kuchaytirishga, bolaning nutqini haqiqiy va amaliy muhitda shakllantirishga yordam beradi. Montessori metodikasi esa bolalarning o‘z sur’atida rivojlanishiga imkon yaratib, ularning nutqiy malakalarini erkin va tabiiy ravishda rivojlantiradi. METODOLOGIYA Bolalar nutqini rivojlantirishda turli xildagi ijodiy o’yinlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin masalan: “Stol bosma o’yinlari”, “jamoaviy o’yinlar”, turli xil sahnalashtirilgan ertaklar ham bolaning nutqini o’stirishga xizmat qiladi.Bundan tashqari turli xil nutqiy mashqlar ham Bolani nutqini rivojlanishida ajoyib ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun: 5 Barmoqlarning harakatlari mahorati yuqori darajada rivojlangan bolalarda–nutq, fikrlash, xotira, e’tibor yaxshi bo‘ladi. Barmoqlarning harakatlari erkin bo‘lmaguncha bola nutqining rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi. Bolalarda barmoqlar mashqi bo‘yicha ishni 6-7 oyligidan boshlash kerak. Har kuni qo‘llarni 2-3 daqiqa davomida yengil uqalash kerak. Rag‘batlantiruvchi qo‘l mashqlari 5 bosqichdan iborat: 1. bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash; 2. barmoqlarni 5-6 marta (bosh bormoqdan tashqari) bukish va to‘g‘rilash 5-6 marta; 3. bosh bormoqni o‘ng-chap tomonga bukish, dumaloq shaklda harakatlantirish; 4. kaftni 2-3 marta faollashtirish: barmoq bilan bolaning kafti o‘rtasidan sekin spiral ko‘rinishida silash, spiral kengayib borib, oxiri bola bosh barmog‘ida tugaydi; 5. bolaning qo‘lini barmoq uchidan tirsagigacha tashqi tomondan 8-10 marta silash. Barmoqlarning nozik harakatlarini rivojlantiruvchi mashqlar: • bolani o‘n oyligidan boshlab barcha barmoqlarini harakatga jalb qilish kerak – kub, piramidalar, turli hajmdagi yarimsharni bir biriga taxlash, joylashtirish. • bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan davrda yog‘ochdan yoki plastmassadan bo‘lgan o‘yinchoqlar, masalan, legolardan piramida, uychalar yasash; 5 “Qanday o‘yinlar bolaning nutqi rivojlanishiga yordam beradi?” Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayevning Daryo.uz dagi maqolasidan ko’chirma. 12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar • bir yarim yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davrda mozaykalardan har turdagi shakllarni yig‘ish; • ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda o‘yinchoqlarni, yirik tugmachalarni teshiklardan arqon o‘tkazib bir safga terish, arqonlardan har xil shakldagi bog‘ichlar yasash; artikulyatsiya mashqlari: sharlarni uflab shishirish, so‘zlarni dona-dona talaffuz qilishga intilish . Barmoqlar bilan turli xil mashqlarni bajarib, bolalar barmoqlarini nozik harakatlarini yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu nafaqat nutqning rivojlanishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu mashqlar ham ijodiy o’yinlardan tashqari bajariladigan vositadir ammo bola nutqi uchun dolzarb ish hamdir. MUHOKAMA Ijodiy o‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalarning nutq faoliyati faqatgina passiv eshitish yoki takrorlash bilan rivojlanmaydi; aksincha, ijodiy o‘yinlar jarayonida ular muloqotga faol jalb etiladi, bu esa lug‘at boyligini kengaytirish, grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish va o‘z fikrlarini ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ijodiy o‘yinlar orqali nutqni rivojlantirishning samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq: 1. O‘yin muhiti va motivatsiya: Bolalar uchun qulay, erkin va ijodiy muhit yaratish ularda nutqiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Masalan, rolda o‘ynash (masalan, do‘kon, shifoxona yoki hayvonot bog‘i kabi sahnalarda) bolalarning vaziyatga mos so‘z boyligini shakllantiradi. 2. Bolalar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot: Guruhli ijodiy o‘yinlarda bolalar bir-birlari bilan fikr almashadi, bu esa ular o‘z nutqini rivojlantirishga va nutqiy xatolarini tuzatishga yordam beradi. 3. O‘yin senariylari va rollar: Muhokama jarayonida mavzuga mos rollarni taqsimlash orqali bolalar yangi so‘zlarni o‘zlashtiradi va ularni amalda qo‘llashni o‘rganadi. Masalan, “pochtachi” rolini bajarish bolalarga maktub yozish yoki gapirish orqali nutqni rivojlantirish imkonini beradi. 4. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati: Didaktik o‘yinlar orqali bolalar nafaqat lug‘at boyligini oshiradi, balki so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzish va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniga ega bo‘ladi. 5. Nutqiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi materiallar: O‘yinlarda foydalaniladigan vizual materiallar, audio va video vositalar bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonini jonlantiradi va ularga turli xil til shakllarini tushunishga yordam beradi. NATIJA Ushbu vosita va metodikalar orqali biz bolani mayda qo‘l motorikalarini ham, nutqiy rivojlanishini ham o‘sirishimiz mumkin bo‘ladi.Har bir faol faoliyatda bolani iqtidori ham asta sekin namoyon bo‘lishni boshlaydi, buni pedagoglar kuzatish va mashg‘ulotlarga yo‘naltirish jarayonida yaqqol ko‘ra olishadi.Ijodiy o‘yinlar bolalarni bir tarafdan rag‘batlantiruvchi ham hisoblanadi. XULOSA Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy o‘yinlar nafaqat bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantiradi, balki ularda muloqot qilishga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Shuningdek, o‘yinlar bolalarning psixologik va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga, ularning ijodiy 13 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar fikrlash va qiziqishini oshirishga yordam beradi. Shu sababli, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ijodiy o‘yinlarning muntazam qo‘llanilishi muhim pedagogik ahamiyatga ega. Bugungi kunda pedagoglar va ota-onalar uchun bolalar nutqini rivojlantirishda ijodiy o‘yinlarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tizimida, shu jumladan, oilaviy muhitda ijodiy o‘yinlarni tashkil qilish, bolaning nutq rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu nafaqat tilni o‘rganishga, balki bolalar orasida o‘zaro muloqot, hamjihatlik va ijtimoiy faoliyatni rivojlantirishga katta yordam beradi. Shunday qilib, ijodiy o‘yinlar bolalar nutqini rivojlantirishda samarali va zarur vosita hisoblanadi. O‘yinlarni o‘qituvchilar, otaonalar va ta’lim tizimi tomonidan to‘g‘ri tashkil etish, bolaning til ko‘nikmalarini rivojlantirishning eng samarali usullaridan biridir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida"gi PF–5712-sonli Farmoni. 2. Fröbel F. "The Education of Man" (Inson tarbiyasi). Boston: Lee and Shepard, 1887. 3. Kuryashova L.V. "Bolalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi." Moskva: Prosveshcheniye, 2019. 4. Montessori, M. (1964). "The Montessori Method". New York: Schocken Books. 5. Nizomova, Shoxista Shodiyevna. Bolalar nutqini o`stirish nazariyasi va texnologiyalari [Matn] : oʻquv qoʻllanma / Sh. Sh. Nizomova. – Buxoro : Fan va ta‘lim, 2022. –176 b.