scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI IJTIMOIY AXLOQ TALABLARIGA MOSLASHTIRISHDA SUN'IY NTELLEKT VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA IMKONIYATLARI

Islamova Fotima Shamsiddinovna

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarga moslashtirish jarayonida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyaning ta’limiy imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘quvchilarda axloqiy me’yorlarni shakllantirish, ularni jamiyat talablariga moslashtirishda interaktiv raqamli vositalar, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan ta’limiy dasturlar va monitoring tizimlarining samaradorligi ilmiy asosda yoritilgan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNI IJTIMOIY AXLOQ TALABLARIGA MOSLASHTIRISHDA SUN’IY NTELLEKT VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA IMKONIYATLARI Muallif: Islamova Fotima Shamsiddinovna 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17384337 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarga moslashtirish jarayonida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiyaning ta’limiy imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘quvchilarda axloqiy me’yorlarni shakllantirish, ularni jamiyat talablariga moslashtirishda interaktiv raqamli vositalar, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan ta’limiy dasturlar va monitoring tizimlarining samaradorligi ilmiy asosda yoritilgan. Kalit so’zlar: boshlang‘ich ta’lim, ijtimoiy axloq, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, tarbiya, innovatsion texnologiyalar. KIRISH Bugungi kunda raqamli transformatsiya jarayoni nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki o‘quvchilarning ijtimoiy-axloqiy rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlarga moslashtirish nafaqat oilaning, balki maktabning ham muhim vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi o‘quvchilarning xulq-atvorini kuzatish, individual yondashuvni ta’minlash va axloqiy qadriyatlarni samarali singdirish imkonini beradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxsining shakllanishida ijtimoiy-axloqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan 7–11 yosh oralig‘i bola ongida jamiyat qabul qilgan xulq-atvor me’yorlari, muloqot madaniyati va axloqiy qadriyatlar asoslari shakllanadigan eng mas’uliyatli davr hisoblanadi. Mazkur jarayonning samaradorligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasida davlat darajasidagi ustuvor vazifa sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida har kimning ta’lim olish huquqi kafolatlangan bo‘lsa, 78-moddasi to‘rtinchi bandida shunday deyilgan: “Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”. Ushbu tamoyillar “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (2020)da uzviy davomi sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur hujjatlarda ta’lim jarayonining nafaqat bilim beruvchi, balki shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi tarbiyaviy tizim sifatida qaralishi ta’kidlanadi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar Konsepsiyasi” va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi”da boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarda mehr-oqibat, vatanparvarlik, kattalarga “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar hurmat, jamoada hamkorlik kabi ijtimoiy fazilatlarni shakllantirish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartlarida esa ushbu yo‘nalish bo‘yicha kutiladigan natijalar aniq mezonlar asosida ko‘rsatib berilgan. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy talablarga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, raqamli transformatsiya ta’lim tizimiga integratsiya qilinganda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalari, ijtimoiy moslashuvchanligi va ijobiy xulq-atvor ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanadi. Boshlangʻich taʼlim shaxsning axloqiy va ijtimoiy xulq-atvor asoslari shakllanadigan eng muhim davr. Shu davrda toʻgʻri yoʻnaltirilgan tarbiya butun hayot davomida taʼsir ko‘rsatadi. Bugungi kunda esa bu jarayon raqamli muhit va sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari bilan kesishadi: o‘quvchilarning harakati, o‘qish uslubi va ijtimoiy muloqoti ham onlayn va oflayn maydonlarda birdek sodir boʻlmoqda. Shu sababli “Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini ijtimoiy axloq talablariga moslashtirishda SI va raqamli transformatsiyaning imkoniyatlari” mavzusi amaliy va ilmiy jihatdan juda dolzarb. Bugungi kunda raqamli transformatsiya jarayoni nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki o‘quvchilarning ijtimoiy-axloqiy rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlarga moslashtirish nafaqat oilaning, balki maktabning ham muhim vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishi o‘quvchilarning xulq-atvorini kuzatish, individual yondashuvni ta’minlash va axloqiy qadriyatlarni samarali singdirish imkonini beradi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, raqamli transformatsiya ta’lim tizimiga integratsiya qilinganda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalari, ijtimoiy moslashuvchanligi va ijobiy xulq-atvor ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanadi. METODOLOGIYA Mazkur ilmiy-tahliliy ishning metodologik asosi zamonaviy pedagogika, raqamli ta’lim texnologiyalari, sun’iy intellekt (SI) tizimlarining ta’limdagi o‘rni va shaxs ijtimoiylashuvining psixologik-pedagogik nazariyalariga tayanadi. Asosiy g‘oya kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni ijtimoiy axloqiy me’yorlarga moslashtirish jarayonida sun’iy intellekt vositalari va raqamli transformatsiya imkoniyatlaridan ilmiy asoslangan tarzda foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqotning metodologik asosini, bir tomondan, ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va insonparvarlik pedagogikasi tamoyillari tashkil etadi; boshqa tomondan, raqamli pedagogika, axloqiy tarbiya nazariyasi hamda sotsiotsentrik ta’lim modelining g‘oyaviy asoslari bilan uyg‘unlashgan. Bu yondashuv raqamli texnologiyalarni bolalarning tabiiy psixologik ehtiyojlariga zid emas, balki ularni ijobiy ijtimoiy xulqqa yo‘naltiruvchi pedagogik vosita sifatida ko‘rishga imkon beradi. Metodologik nuqtai nazardan tadqiqot quyidagi asosiy yo‘nalishlarga tayanadi: 1. Shaxs rivojlanishining sotsiopsixologik nazariyalari L.S. Vygotskiy va E. Erikson g‘oyalari asosida bola ijtimoiylashuvi, axloqiy ong va empatiya shakllanishi jarayonlari tahlil qilinadi. Bu nazariyalar raqamli ta’lim muhitida o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish uchun psixologik asos yaratadi. 11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar 2. Raqamli transformatsiya nazariyasi K. Schwab, Y. Benkler asarlariga tayanib, ta’lim tizimining raqamli muhitga moslashuvi, axloqiy qadriyatlarning yangi shaklda ifodalanishi hamda sun’iy intellektning pedagogik funksiyalarini aniqlash imkonini beradi. 3. Sun’iy intellektning pedagogik integratsiyasi yo‘nalish raqamli vositalarni axloqiy tarbiya jarayoniga moslashtirish metodlarini o‘rganadi. SI nafaqat ma’lumot beruvchi tizim, balki axloqiy tanlovni rag‘batlantiruvchi, tahliliy fikrlashni rivojlantiruvchi “raqamli hamroh” sifatida baholanadi. Tadqiqot metodologiyasi sistemali yondashuv, taqqoslama tahlil, pedagogik eksperiment, monitoring va diagnostika, empirik kuzatish hamda sotsiologik so‘rov kabi usullarga tayandi. Bu yondashuvlar orqali kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning raqamli muhitda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga munosabati, sun’iy intellekt bilan o‘zaro aloqalari va ularning xulqidagi o‘zgarishlar o‘lchandi. Metodologik yondashuvda, shuningdek, pedagogik interaktivlik nazariyasi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur nazariya bo‘yicha ta’lim jarayonida sun’iy intellekt o‘quvchi bilan dialogik aloqa o‘rnatish, axloqiy vaziyatlarni modellashtirish va mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltirish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Shu yo‘l bilan bola o‘z axloqiy tanlovining oqibatlarini raqamli tajriba orqali anglab boradi. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodologik prinsiplardan eng muhimlari quyidagilardir: Ilmiylik va tizimlilik – olingan ma’lumotlar tahlili ilmiy asoslangan, izchil va takrorlanadigan usullarda amalga oshiriladi. Shaxsga yo‘naltirilganlik – har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlari, qiziqishlari va raqamli savodxonlik darajasi hisobga olinadi. Innovatsionlik – raqamli transformatsiya jarayonida yangi axloqiy tarbiya uslublarini ishlab chiqish, ularni tajriba asosida sinovdan o‘tkazish. Etik mas’uliyat – sun’iy intellekt bilan ishlashda axloqiy me’yorlarni saqlash, bolalar xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarning maxfiyligini himoya qilish. Tadqiqotning metodologik yangiligi shundaki, unda sun’iy intellekt vositalari ta’lim jarayonining yordamchi elementi sifatida emas, balki axloqiy tarbiya sub’ekti bilan faol muloqotda bo‘luvchi interfaol agent sifatida talqin etiladi. Bu yondashuv o‘quvchilarda ijtimoiy ong, empatiya, javobgarlik va axloqiy refleksiya ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqot metodologiyasi raqamli pedagogikaning yangi bosqichini – “axloqiy raqamli muhit” tushunchasini ilgari suradi. Unga ko‘ra, raqamli vositalar shunchaki axborot tashuvchi emas, balki ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlovchi madaniy vosita sifatida shakllanadi. Bu qarash ijtimoiy axloqni shakllantirishda sun’iy intellektni hamkorlik va tarbiya sub’ekti sifatida ko‘rishga ilmiy asos yaratadi. Umuman olganda, tadqiqotning metodologik asosi sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya imkoniyatlarini kichik maktab yoshidagi bolalarning axloqiy tarbiyasini shakllantirish bilan integratsiya qilishni nazarda tutadi. Bu yondashuv nafaqat pedagogik jarayonni innovatsion yo‘nalishga olib chiqadi, balki kelajak avlodni raqamli muhitda ijtimoiy mas’uliyatli, ongli va axloqan barqaror shaxs sifatida voyaga yetkazish uchun mustahkam nazariy-amaliy poydevor yaratadi. 12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar NATIJALAR Ilmiy tahliliy ish natijalari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy axloqiy me’yorlarni shakllantirish jarayonida sun’iy intellekt (SI) va raqamli transformatsiya vositalarining ta’siri samarali ekanligini ko‘rsatdi. Eksperimental va nazorat guruhlarining o‘zgarish dinamikasi tahlili orqali o‘quvchilarning axloqiy fikrlash, empatiya, hamkorlik va mas’uliyat tuyg‘ulari rivojlanishida sezilarli farqlar aniqlandi. Sun’iy intellekt asosidagi interaktiv platformalar (chatbot, axloqiy o‘yinlar, simulyatsiyalar) o‘quvchilarning ijtimoiy xulqni anglash va uni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini sezilarli oshirdi. Ayniqsa, “raqamli suhbatdosh” bilan muloqot qilish orqali bolalar o‘z xatti-harakatlarini tahlil qilish, xulosa chiqarish va to‘g‘ri tanlov qilishni o‘rganishdi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, bu usul orqali o‘quvchilarda axloqiy refleksiya ya’ni o‘z xulqiga tanqidiy munosabat shakllandi. Tajriba davomida aniqlangan muhim natijalardan biri sun’iy intellekt vositalari bolalarning faqat texnik ko‘nikmalarini emas, balki ijtimoiy-emotsional savodxonligini ham rivojlantirganidir. Dastlab suhbat va o‘yin jarayonlarida bolalarning 42 foizi o‘z his-tuyg‘ularini aniq ifoda eta olmagan bo‘lsa, tajriba oxirida bu ko‘rsatkich 78 foizgacha oshdi. O‘quvchilar boshqalarning hissiyotlarini aniqlash, o‘zaro yordam so‘rash yoki yordam berish holatlarida yanada faolroq bo‘lishdi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning kuzatuv natijalari ham muhim dalil bo‘ldi. Ularning fikricha, sun’iy intellekt vositalari bilan tashkil etilgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning diqqat barqarorligi, ishtirok motivatsiyasi va muloqotga kirishish darajasi oshgan. Bu o‘z navbatida ta’lim jarayonining emotsional iqlimini yaxshilagan. Nazorat guruhidagi darslarda esa bolalar tez charchagan, e’tiborini uzoq saqlashda qiynalgan holatlar kuzatilgan. Suhbat va anketa tahlillari o‘quvchilarning raqamli muhitga bo‘lgan munosabatida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganini ko‘rsatdi. Eksperimental guruhdagi o‘quvchilarning 86 foizi sun’iy intellekt vositalarini “do‘st” yoki “maslahatchi” sifatida qabul qilgan, faqat 14 foizi uni shunchaki “kompyuter o‘yini” deb baholagan. Bu esa bolalar ongida texnologiyani shaxsiy rivojlanish vositasi sifatida qabul qilish tendensiyasining shakllanayotganini bildiradi. Raqamli transformatsiya jarayonida qo‘llanilgan interaktiv o‘yinlar axloqiy mazmunni singdirishning samarali mexanizmi bo‘lib chiqdi. “Yaxshi do‘st tanlovi”, “Halollik sinovi” kabi topshiriqlar orqali o‘quvchilar ijtimoiy vaziyatlarda qaror qabul qilishni mashq qildilar. Bu mashg‘ulotlar nafaqat o‘yin sifatida, balki tarbiyaviy tajriba maydoni sifatida ishladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt vositalarining eng samarali ta’siri quyidagi yo‘nalishlarda kuzatildi: – axloqiy tanlovda mustaqillik va javobgarlikni oshirish; – o‘zaro yordam, empatiya va jamoaviy ishlash madaniyatini kuchaytirish; – axloqiy tushunchalarni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatini rivojlantirish; – raqamli vositalardan foydalanganda mas’uliyatli munosabat shakllantirish. Biroq tadqiqotda ayrim kamchiliklar ham kuzatildi. Ba’zi o‘quvchilar (taxminan 10 foiz) raqamli vositalarga haddan tashqari bog‘lanish xatti-harakatlarini namoyon etgan. Shu sababli, SI asosidagi tarbiya jarayonida pedagogik nazorat va ota-ona ishtirokini saqlash zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt tizimlari hali to‘liq axloqiy differensiasiya darajasiga ega emasligi sababli, ularning tavsiyalarini o‘qituvchi tomonidan tahlil qilish muhim deb topildi. 13 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya vositalaridan maqsadli foydalanish kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda axloqiy madaniyatni shakllantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. Bu yondashuv bolalarda ijtimoiy javobgarlik, o‘zaro hurmat, hamkorlik va empatiya kabi qadriyatlarni mustahkamlashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, olingan natijalar raqamli ta’lim muhitida axloqiy tarbiyani shakllantirish uchun SI asosida ishlab chiqiladigan dasturlarni kengroq miqyosda joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Bu ilmiy-amaliy asosda yaratilgan model O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli avlodni tarbiyalashda yangi metodik yondashuvlar uchun poydevor bo‘lishi mumkin deb hisoblandi. MUHOKAMA Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya boshlang‘ich ta’lim jarayonida ijtimoiy axloqiy tarbiyani sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Shu bilan birga, ayrim muammolar ham qayd etildi: texnologiyalarga haddan tashqari bog‘lanib qolish xavfi; pedagoglarning raqamli savodxonlik darajasining yetarli emasligi; axloqiy me’yorlarning faqat texnologiyaga tayanib shakllanishi xavfi. Shu bois SI va raqamli transformatsiyadan foydalanishda muvozanatli yondashuv zarur. O‘qituvchi va ota-onaning bevosita ishtiroki texnologiyalar samaradorligini yanada oshiradi. XULOSA Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya imkoniyatlari boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarini ijtimoiy axloqiy talablar asosida tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Bu jarayon orqali: o‘quvchilarda ijobiy xulq-atvor shakllanadi; individual yondashuv ta’minlanadi; axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirish jarayoni tezlashadi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda milliy tajribalar va xalqaro yondashuvlarni integratsiya qilish, shuningdek, pedagoglarni SI texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. UNESCO. (2023). AI and the Futures of Learning. Paris. 2. OECD. (2023). Digital Education Outlook 2023: Transforming Education with AI. Paris. 3. Karimov, U., Abdurahmonova, S. (2022). Raqamli ta’lim texnologiyalari va ularning pedagogik jarayondagi roli. Ta’lim taraqqiyoti jurnali, 2(4), 45–52. 4. To‘xtayeva, M. (2021). Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarida ijtimoiy-axloqiy tarbiya masalalari. Pedagogika va psixologiya, 3(1), 67–74. 5. Sh, I. F., & Vaniyan, S. B. (2021). The role of parents in forming spiritual education on the basis of creative approaches. Current research journal of pedagogics, 2(12), 162-165. 6. Otajonova, O. A., Islamova, F. S., Fayazova, F. S., & Nematov, B. S. (2022). The Influence Of Parental Relationships On Adolescent Gender Identity. Journal of Positive School Psychology, 6(10). 14 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar 7. Islamova, F. (2024). Бадиий таълимда бўлажак ўқитувчини тайёрлашда касбий этика ва профессионал масъулият ҳиссини тарбиялаш муаммолари. Nordic_Press, 3(0003). 8. Вахидова, Н. Х., & Халикова, З. М. (2015). Воображение как фактор творчества личности. In Личностное и профессиональное развитие будущего специалиста (pp. 17-21). 9. Xalikova, Z. (2024). Pedagogika darslik. Nordic_Press, 2(0002). 10. Islamova, F. (2025). Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachi-pedagoglari ijtimoiy-kasbiy rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.1), 242-244. 11. Миралиева, Д. Т., Мусаева, Н. М., Зияев, А. С., & Шодманова, Ш. С. (2015). Формирование социальной компетентности будущего учителя как фактора успешности личности. in профессиональное образование: модернизационные аспекты (pp. 103-121). 12. Takhirovna, M. D., & Sharofat, Y. (2022). The Negative Impact of" Mass Culture" on the Consciousness of the Youth of Uzbekistan. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 7, 61-65.