scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi

Abstract

Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni yoritiladi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va sohadagi me’yoriy hujjatlar asosida raqamli savodxonlik, masofaviy ta’limni tashkil etish hamda multimediya vositalaridan foydalanish kompetensiyalari pedagog tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi sifatida asoslanadi. Amaliy kuzatishlar raqamli resurslardan foydalanish ta’lim samaradorligini, ijodiy va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI Muallif: Jaloliddinova Maftunaxon Mahmudjon qizi 1 Affiliyatsiya: Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Pedagogika va psixologiya kafedrasi tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17384473 ANNOTATSIYA Maqolada maktabgacha ta’lim tizimida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni yoritiladi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va sohadagi me’yoriy hujjatlar asosida raqamli savodxonlik, masofaviy ta’limni tashkil etish hamda multimediya vositalaridan foydalanish kompetensiyalari pedagog tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi sifatida asoslanadi. Amaliy kuzatishlar raqamli resurslardan foydalanish ta’lim samaradorligini, ijodiy va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Kalit so’zlar: kasbiy kompetensiya, raqamli texnologiyalar, raqamli savodxonlik, maktabgacha ta’lim. Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim sohasida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish zamonaviy pedagogikaning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni 2020-yil 5-oktyabrda 1 qabul qilingan bo‘lib, ushbu strategiya ta’lim sohasida pedagog kadrlar uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali malaka va kompetensiyalarini oshirish choratadbirlarini belgilab beradi. “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasida raqamli iqtisodiyot va raqamli ta’limni rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan bo‘lib, bu jarayon o‘z navbatida tarbiyachi kadrlarning yangi kompetensiyalarini shakllantirishni taqozo etadi. Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy faoliyati nafaqat an’anaviy pedagogik bilim va ko‘nikmalarni, balki raqamli savodxonlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil eta olish, multimediya vositalaridan pedagogik maqsadlarda foydalanish kabi kompetensiyalarni ham o‘z ichiga olishi lozim. Chunki maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ularning ta’lim-tarbiyasida samaradorlikka erishish ko‘p jihatdan tarbiyachining raqamli texnologiyalarni ijodkorlik bilan qo‘llashiga bog‘liqdir. Shu boisdan, so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar -jumladan, 2023-yil 31-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig PQ-176-sonli 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, PF-6079-son, 2020-yil 5-oktyabr. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar “Maktabgacha va maktab ta’limini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda 2024-yil 21-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi PQ-231-sonli qarori bevosita pedagoglarning malakasini oshirish, ularning zamonaviy raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. 2 Raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim tizimida nafaqat o‘qitish metodlarini, balki tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish mazmunini ham tubdan yangilashni talab qilmoqda. Shu bois, bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish va ulardan samarali foydalanish ta’lim jarayonining ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Sh.A.Sadikova, Z.Z. Yakubovaning “Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” 3 nomli o‘quv-uslubiy majmuasida: Pedagog va tarbiyachilarning innovasion darajasi, pedagog va tarbiyachilarning innovatsiyalarga bo‘lgan munosabatini rag‘batlantirish, innovatsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar omili, innovatsiyalar tashabbuskorlari, pedagog va tarbiyachilarni yangiliklarni qabul qilish va qo‘llash uchun tayyorlash, innovatsiyalarni tanlash va amalga oshirish usullari va mezonlari haqida so‘z yuritiladi. S.S.Muxlisov, R.U.Kuchkarbayev, F.X.Xazratovlarning “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasida: Bugungi kunda ta`lim jarayonini amalga oshirishda axborot texnologiyalari jamiyatimiz rivоjlanishiga ta`sir etuvchi eng muhim оmillardan biri hisоblanadi. Axborot texnologiyalari insоniyat taraqqiyotining turli bоsqichlarida ham mavjud bo`lib, hоzirgi zamоn aхbоrоtlashgan jamiyatning o`ziga хоs хususiyati shundaki, ta`limda axborot texnologiyalari barcha mavjud tехnоlоgiyalar, хususan yangi tехnоlоgiyalar оrasida yеtakchi o‘rin egallamоqda,- deyiladi. 4 Ushbu qo‘llanmalarda raqamli kompetensiya zamonaviy pedagogning kasbiy sifati sifatida baholanadi hamda bo‘lajak tarbiyachilarni masofaviy darslarni tashkil etish, elektron vositalardan foydalanishga tayyorlash zarurligi ta’kidlanadi. Multimedia va interfaol vositalardan foydalanish bolalarda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirishini qayd etadilar. Raqamli resurslardan foydalanish tarbiyachilarda kreativ yondashuvni shakllantirish va bolalar bilan samarali muloqotni rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatiladi, bo‘lajak pedagoglarning texnologik savodxonligini oshirish va metodik qo‘llanmalar yaratish zarurligi alohida ta’kidlanadi. Amaliy kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, elektron resurslar, mobil ilovalar va onlayn platformalar yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bo‘lajak tarbiyachilar bolalar bilan interaktiv ishlashni tezroq o‘zlashtiradilar, shu orqali ularning kommunikativ va ijodiy kompetensiyalari rivojlanadi. Masalan, ta’lim jarayonida virtual kutubxonalar va interaktiv o‘yinlardan foydalanish orqali bolalarda mantiqiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari shakllanmoqda. Natijalar shuni anglatadiki, raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirgan bo‘lajak tarbiyachilar an’anaviy uslublardan ko‘ra samaraliroq ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil eta oladilar. Ular dars jarayonida bolalarning yosh va individual xususiyatlarini 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar”, PQ-231-son, 2024-yil 21-iyun. 3 Sh.A.Sadikova, Z.Z. Yakubova Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat fanidan o‘quv-uslubiy majmua. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Toshkent-2022 4 S.S.Muxlisov, R.U.Kuchkarbayev, F.X.Xazratovlarning “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi. Buxoro davlat universiteti. Buxoro - 2021 11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar inobatga olib, multimediya vositalarini moslashtirishga, interfaol dasturlar yordamida mustaqil faoliyatni tashkil etishga muvaffaq bo‘lishmoqda. Biroq bu jarayonda muammolar ham mavjud: texnik vositalarning yetarli emasligi, raqamli kontentni yaratish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar kamligi, ayrim pedagoglarning texnologik savodxonligi pastligi raqamli ta’lim imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Bo‘lajak tarbiyachilarning raqamli texnologik bilimlarini rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: 1.Bo‘lajak tarbiyachilar uchun raqamli texnologiyalarga asoslangan maxsus kurslarni joriy qilish. 2.Maktabgacha ta’lim jarayonida foydalanish uchun interfaol mobil ilovalar va elektron qo‘llanmalar ishlab chiqish. 3.Tarbiyachilar malakasini oshirish markazlarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha muntazam seminar va treninglar o‘tkazish. 4.Xorijiy ilg‘or tajribalar asosida virtual laboratoriyalar va elektron kutubxonalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 5.Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida raqamli portfoliolarni shakllantirish orqali talabalar o‘z ishlarini onlayn tarzda taqdim etish imkoniyatini yaratish. 6.Maktabgacha ta’lim muassasalarini raqamli infratuzilma va texnik vositalar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam yangilab borish. Xulosa qilib aytganda, globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida maktabgacha ta’lim tizimida bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy kompetensiyalarining shakllanishida raqamli texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir. Bu jarayon pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim jarayonini interfaol va samarali tashkil etish, shuningdek bolalarning intellektual, ijtimoiy va ijodiy rivojlanishiga ko‘maklashadi. Raqamli texnologiyalar tarbiyachilarga bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda individual yondashuvni qo‘llash, multimediya va virtual muhitlardan samarali foydalanish, masofaviy ta’limni tashkil etish va interfaol metodlarni joriy qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, ular ta’lim jarayonini nazorat qilish va monitoring qilish, pedagogik faoliyatni optimallashtirish va bolalar rivojlanishini aniq baholashda ham qulay shart-sharoitlar yaratadi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish faqatgina pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi bilan emas, balki ta’lim muassasalarining texnik infratuzilmasi, metodik resurslar, ilg‘or xorijiy tajribalarni integratsiya qilish bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shu sababdan, bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash jarayonida raqamli ta’lim resurslarini kengaytirish, pedagoglarning axborot-kommunikatsiya savodxonligini oshirish va innovatsion metodlarni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralishi lozim. Umuman olganda, raqamli texnologiyalarni maktabgacha ta’lim sohasiga joriy etish nafaqat tarbiyachilar kasbiy kompetensiyasini oshiradi, balki mamlakatimizning zamonaviy raqamli iqtisodiyoti va ta’lim tizimi rivojiga ham bevosita xizmat qiladi. Shu bois, raqamli muhitda samarali ishlay oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash strategik vazifa sifatida qaralishi lozim. 12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Jaloliddinova, M. (2025). Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy transversal kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari. Qo‘qon universiteti xabarnomasi, 14, 146-148. 2. Maftunakhon, J. (2025). Model of development of professional transversal competences of future educators. International Journal of Pedagogics, 5(02), 60-63. 3. S.S.Muxlisov, R.U.Kuchkarbayev, F.X.Xazratovlarning “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi. Buxoro davlat universiteti. Buxoro - 2021 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, PF-6079-son, 2020-yil 5-oktyabr. Lex.uz 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari rahbar, pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar”, PQ-231son, 2024-yil 21-iyun. Lex.uz 6. Sh.A.Sadikova, Z.Z. Yakubova Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat fanidan o‘quv-uslubiy majmua. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. Toshkent-2022