scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTOR O'RINBOSARINING TASHKILIY PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHDAGI VAZIFALARI

M.E.Rustamova

Abstract

Ushbu maqola xodimlarning egallab turgan lavozimlari va mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or menejment va axborot texnologiyalari, shuningdek boshqarishning innovatsion usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash, ulardagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda yangilash, maktabgacha ta’limning dolzarb muammolari, ta’limni tashkil etish va boshqarishning yangi tamoyillari, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullari va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirishdan iborat.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTOR O‘RINBOSARINING TASHKILIY PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETISHDAGI VAZIFALARI Muallif: M.E.Rustamova 1 Affiliyatsiya: Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha ta'lim metodikasi” kafedrasi dotsenti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17384849 ANNOTATSIYA Ushbu maqola xodimlarning egallab turgan lavozimlari va mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or menejment va axborot texnologiyalari, shuningdek boshqarishning innovatsion usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash, ulardagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda yangilash, maktabgacha ta’limning dolzarb muammolari, ta’limni tashkil etish va boshqarishning yangi tamoyillari, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullari va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirishdan iborat. Kalit so’zlar: direktor o’rinbosari, bazaviy ta’lim muassasasi, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi, stajirovka, innovatsion menejment. KIRISH Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning asosiy vazifalari sifatida rahbarlik va mutaxassislikka doir kasbiy layoqat va mahoratni oshirish, psixologik-pedagogik tayyorlash hamda nutq madaniyatini o‘stirish, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishga doir qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi bilimlar berish, kasbiy faoliyatga doir axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘quvtarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy tadbirlarni amalga oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish hamda ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. MTT direktor o‘rinbosarining asosiy vazifalaridan biri ta’lim jarayonini kelajak uchun strategik va taktik rejalashtirishdir. Bu jarayonning muhim qismi — ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, tashkilot pedagoglarining kasbiy rivojlanishini ta’minlash uchun kurs va seminarlarga tayyorgarlik ko‘rishdir. METODOLOGIYA Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish) va bilvosita (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish) shakllari bo‘yicha tashkil etiladi. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Maktabgacha ta’lim rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirishning quyidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllari qo‘llaniladi: malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish; bazaviy ta’lim muassasasida o‘qitish; «Ustoz-shogird» usuli bo‘yicha ta’lim muassasasida o‘qitish; mustaqil o‘qib bilim orttirish; masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim; stajirovka shaklida (ta’lim muassasalarida, ta’limning boshqaruv organlarida, horijda) tajriba orttirish. Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida o‘qitish – buyurtmachi ta’lim muassasalarining yakka tartibdagi topshiriqlari yoki aniq yo‘naltirilgan dasturlari asosida Davlat talablariga, shuningdek ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish zarur. Bazaviy ta’lim muassasasida o‘qitish – Davlat talablariga, rahbar va mutaxassis xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq ularning kasbiy bilimlari, ko‘nikma va malakalarini chuqurlashtirish maqsadida qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun bazaviy deb belgilangan ta’lim muassasalarida maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishdir. Bazaviy ta’lim muassasalarida o‘qitish mutaxassislik bo‘yicha xodimlar malakasini oshirishning samarali shakli hisoblanadi, chunki ular tegishli mutaxassislik bo‘yicha kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgandir (zarur moddiy-texnik baza bilan jihozlangan, yetarlicha ilmiy-metodik va intellektual salohiyatga ega). Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi yoki bazaviy ta’lim muassasasida o‘qitish xodim ishlab chiqarishdan ajralgan yoki qisman ajralgan holda amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi malaka oshirish xodimlarning o‘z ish joylaridan to‘la ajralgan tarzda malaka oshirish muassasasida ta’lim olishlarini nazarda tutadi. Ishlab chiqarishdan qisman ajralgan holdagi malaka oshirish 2+2 sxemasi bo‘yicha (50% bevosita malaka oshirish muassasasida, 50% ish joyida mustaqil tayyorlanish yo‘li bilan) yoki 3+1 sxemasi bo‘yicha (25% bevosita malaka oshirish muassasasida, 75% ish joyida mustaqil tayyorlanish yo‘li bilan) amalga oshirilishi mumkin. Malaka oshirishning mazkur shakli maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari hamda maxsus virtual kurslar mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llanadi. Malaka oshirishning bunday shakli masofadan o‘qitish shakli hisoblanib, bunda tinglovchi asosiy ishdan ajralmagan va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda tegishli o‘quv dasturiga muvofiq malaka oshiradi. Masofadan amalga oshiriladigan ta’lim shaklida o‘tkaziladigan kursning davomiyligi ta’lim muassasasida o‘qishning tegishli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kurs davomiyligining kalendar muddatlari akademik muddatlardan ortiq bo‘lishi mumkin. Masofadan turib amalga oshiriladigan malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvafaqqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi hujjat (sertifikat) beriladi. 11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar «Ustoz-shogird» usuli bo‘yicha ta’lim muassasasida o‘qitish – saralash asosida tanlab olingan, mamlakatda (mintaqada), ilmiy va pedagogik jamoatchilik o‘rtasida o‘zining yuqori natijalari, kasbiy faoliyatining yuqori ko‘rsatkichlari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘z maktabi bilan mashhur bo‘lgan yuqori malakali rahbar(mutaxassis) – ustozlar rahbarligida tegishli turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida rahbar va mutaxassis xodimlarning malakasini maqsadli oshirish. Mustaqil o‘qib bilim orttirish – ta’limning rahbar va mutaxassis xodimlari tomonidan kasb mahoratini oshirishga, kasbiy layoqatini va ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning o‘z lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni uzluksiz ravishda mustaqil o‘zlashtirishini nazarda tutadi. Mustaqil ravishda bilim olish ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassis xodimlari uzluksiz ta’limining (malaka oshirishining) ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallab olinishini rag‘batlantiradi. Mustaqil ta’lim, belgilangan tartibda, malaka oshirishning tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, bilimlarning yakuniy nazorati natijalari asosida xodimga Institut tomonidan malaka oshirganlik haqida belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat) beriladi. Malaka oshirishning ushbu shakli o‘quv dasturini ta’lim oluvchi tomonidan tuzilgan va malaka oshirish ta’limi muassasasi tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi reja asosida mustaqil o‘qish vositasida o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Mustaqil o‘qib bilim orttirish shaklida malaka oshirish barqaror yuqori professional reytingga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarini egallagan, o‘zini o‘zi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondasha oladigan xodimlar uchun tavsiya etiladi. Stajirovka shaklida (ta’lim muassasalarida, ta’limni boshqaruv organlarida, horijda) tajriba orttirish rahbar va mutaxassis xodimlarni ta’lim va uni boshqarish sohasidagi fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishni, rahbarlik salohiyatini va kasbiy mahoratni oshirishni nazarda tutadi. Stajirovka xizmat safariga yuborish tarzida amalga oshiriladi. Stajirovka tamom bo‘lgandan keyin kadrlarga stajirovka muddati ko‘rsatilgan holda ularning stajirovkadan o‘tganligi to‘g‘risida tajriba orttirilgan muassasa rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma beriladi. Ta’lim muassasasida (oliy ta’lim muassasasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari va hokazolarda) tajriba orttirish rahbar va mutaxassis xodimlarni boshqaruv va ta’limning zamonaviy yutuqlari, tegishli mutaxassislik bo‘yicha rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim innovatsiyalarini joriy etishning samarali usullari bilan tanishtirish maqsadlarini ko‘zlaydi. Ta’limni boshqaruv organlarida tajriba orttirish xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydi va chuqurlashtiradi hamda turli darajadagi rahbar va mutaxassis kadrlar malakasini oshirishning samarali shakllaridan hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarining xorijda tajriba orttirishi xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq, shuningdek davlatlararo tuzilgan shartnomalar hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. 12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Malaka oshirish ta’limi dasturlari asosida tashkil etilgan innovatsion menejment, mutaxassislikdagi yangiliklar, pedagogik yoki axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kurslarida o‘qish ham maktabgacha ta’lim rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllari tarzida amalga oshiriladi. Ushbu kurslar majburiy bo‘lmagani holda tizim kadrlarining kasbiy o‘sishiga ko‘maklashadi. Mazkur kurslarning o‘quv dasturlari malaka oshirish ta’limi o‘quv dasturlarining muayyan qismini (fan bloklari yoki modullarini) qamrab olgan va malaka oshirish ta’limi muassasasi tomonidan (yoki u bilan hamkorlikda) o‘tkazilgan bo‘lsa, kurslarni tamomlagandan keyin berilgan sertifikatlarda ko‘rsatilgan o‘qish soatlari hajmi navbatdagi malaka oshirish bo‘yicha zarur soatlarning jami hajmiga kiradi (hisobga olinadi). Innovatsion menejment, mutaxassislikdagi yangiliklar, pedagogik yoki axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kurslari ko‘chma sayyor o‘quv mashg‘ulotlari tarzida ta’limning tegishli turi bo‘yicha ilg‘or ta’lim muassasalari negizida ham o‘tkazilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirishning bilvosita shakllari quyidagilardan iborat: ta’lim muassasasining ilmiy (pedagogik) kengashi qaroriga binoan ijodiy ta’til; rahbarlik va mutaxassislik bo‘yicha ochiq o‘quv mashg‘ulotlari (master klass); ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlarda, konferensiyalarda, avgust o‘qishlarida va shu kabilarda ma’ruzalar bilan qatnashish. Ijodiy ta’til – yangi o‘quv adabiyotlari (darslik yoki o‘quv qo‘llanma) yaratish, zamonaviy pedagogik axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish, mutaxassislarning kasbiy faoliyati, yo‘nalishi bilan bog‘liq bo‘lgan yirik ilmiy ishni (monografiya, dissertatsiya va hokazolarni) tugallash uchun ta’lim muassasasining ilmiy (pedagogik) kengashi taqdimnomasiga ko‘ra mutaxassis xodimlarga beriladigan ta’til. Rahbarlik va mutaxassislik bo‘yicha ochiq o‘quv mashg‘ulotlari (master klass) – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘qitishning interaktiv usullari qo‘llanilgan holda oldindan e’lon qilingan muammo yoki innovatsiya mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotdir. Rahbarlik va mutaxassislik bo‘yicha ochiq o‘quv mashg‘ulotlariga bilimlarning ushbu sohasidagi tajribali rahbarlar, olimlar va mutaxassislar taklif etiladi. Rahbar va mutaxassis xodimlarning ilmiy va ilmiy-metodik seminarlar, konferensiyalar, avgust o‘qishlari va hokazolarda ma’ruzalar bilan qatnashishi maktabgacha ta’lim tizimining dolzarb muammolari, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim menejmentining nazariyasi va amaliyoti, kasbiy faoliyat metodologiyasi va texnologiyasining muhim masalalari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-metodik ma’ruza(axborot)lar bilan chiqishlari orqali ta’minlanadi. Malaka oshirishning bilvosita shakllari (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish) bo‘yicha malaka oshirgan maktabgacha ta’lim muassasalarining rahbar va mutaxassis xodimlariga tegishli mazmundagi ma’lumotnoma beriladi. Malaka oshirishning bilvosita shakllari ta’lim muassasasi rahbar yoki mutaxassis xodimining navbatdagi malaka oshirish kursigacha bo‘lgan davrda o‘z ustida mustaqil ishlashi natijalarini baholash va uning kasbiy malaka darajasini aniqlashga xizmat qiladi. 13 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini malaka oshirishning mustaqil shakllariga qabul qilishda ularning malaka oshirish ta’limining bilvosita turi bo‘yicha muvafaqqiyatli shug‘ullanganligi zaruriy shart hisoblanadi. XULOSA Maktabgacha ta’lim tashkilotida direktor o‘rinbosari tashkiliy pedagogik jarayonni tashkil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Uning vazifalari pedagoglar faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim muhitini tashkil etish, jarayonlarning samaradorligini nazorat qilish va yangiliklarni joriy etishni o‘z ichiga oladi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasasining yuqori sifatli ta’lim va tarbiya bilan ta’minlangan bo‘lishiga xizmat qiladi hamda bolalarning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga olib keladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-595-sonli Qonuni. 2. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti – T.:2020. 3. Grosheva I.V., Yevstafeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. “"Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) – T.:2022 4. Gulboyev A. T. Pedagogik tashxis vositasida pedagoglar malakasini uzluksiz oshirish.. Pedagogika. fan. nom. – 2010. 5. Gulboyev A. T. Formirovaniye professionalnix kompetensiy ekonomistov //Vestnik nauki i obrazovaniY. – 2020. – №. 5-2 (83). – S. 9-11. 6. Jurayev B. T. Gumanizatsiya didakticheskix otnosheniy mejdu uchitelem i uchashimsya v pedagogicheskix ideyax Vostoka //VIII Lazarevskiye chteniya" Liki traditsionnoy kulturi v sovremennom kulturnom prostranstve: renessans bazovix sennostey?". – 2018. – S. 120-122. 7. Jurayev B. T. Deyatelnost pedagoga po gumanizatsii uchebnovospitatelnogo protsessa //Nauchniye shkoli. Molodej v nauke i kulture XXI v.: materiali mejdunar. nauch.-tvorch. foruma. – 2017. – T. 31.