scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARUVINI SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI

D.A.Sharafutdinova

Abstract

Mazkur maqola maktabgacha ta’lim tizimining muqobil shakli bo’lgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining boshqaruvini tashkil etishning asosiy jihatlari, ta’lim jarayonining natijasini yengillashtirishga yordam beradigan usullar va raqamli innovatsiyalardan keng foydalanish masalalari keng yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan faoliyatlar tahlil qilingan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARUVINI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI Muallif: D.A.Sharafutdinova 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti Psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi (PhD) katta o‘qituvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17384925 ANNOTATSIYA Mazkur maqola maktabgacha ta’lim tizimining muqobil shakli bo’lgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining boshqaruvini tashkil etishning asosiy jihatlari, ta’lim jarayonining natijasini yengillashtirishga yordam beradigan usullar va raqamli innovatsiyalardan keng foydalanish masalalari keng yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan faoliyatlar tahlil qilingan. Kalit so’zlar: sun’iy intellekt, oilaviy-nodavlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, innovatsion rivojlanish, interaktiv platformalar, texnologiya. KIRISH Bugungi kunda respublikamizdagi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim tashkilotlarining muqobil shakllarini faoliyatini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-aprelda PQ-3651son qarori qabul qilindi. Qaror asosida malakatimizdagi maktabgacha ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha ta’lim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sherikchiligi uchun qulay shartsharoitlar yaratish maqsad qilingan. Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviyestetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish asosiy maqsad bo’lib qolmoqda. Respublikamiz miqyosida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolalarni tarbiyalash imkoniga ega va tashkilotlar hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallar bilan bepul ta’minlanishi belgilab qo’yilgan. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari davalatimiz miqyosida qamrovning oshirilishiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazmoqda. Ularning muassislari yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lishi mumkin. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar asosida amalga oshiriladi. Muassislar va tayinlangan MTT direktori tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari hamda raqamli innovatsiyalar muhim o‘rin tutadi. Bu yondashuv nafaqat boshqaruv jarayonlarini samarali qilish imkonini beradi, balki ta’lim sifatini oshirish va oilalar ishtirokni kengaytirishga yordam beradi. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturning 2.5 bandi mazmuniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oilalar va mahalliy jamoatchilik vakillari bilan hamkorlik faoliyati tahlil qilingan va amalga oshiriladigan ishlar mazmuni yoritilgan. Ta’lim jarayonini rivojlantirish texnologiyalari va sun’iy intellekt MTT va oila o’rtasida ma’lumotlarni tez almashishga yordam beradi. METODOLOGIYA Ta’lim muhitida asosiy vazifa bu ma’lumot almashishni yengillashtirish, bir vaqtning o’zida ko‘plab insonlarga ma’lumot yetkazishdan iboratdir. Oilaviy-nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishda, muassis, tashkilot direktori va ota-onalar o‘rtasida tezkor ma’lumot almashishda quyidagi texnologiyalar va muhim elementlardan foydalanish mumkin: 1. Ma’lumotlarni boshqarish tizimlari (Data Management Systems): Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari va Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida guruhdagi bolalarning rivojlanish va ta’lim jarayonini kuzatish uchun elektron ma’lumotlar bazalarini yaratish; guruh tarbiyalanuvchilarining oila a’zolari va pedagoglar uchun interaktiv platformalar orqali ma’lumot almashinuvini tashkil etish. 2. Bolalarning ozlashtirishlarini sun’iy intellekt asosida tahlil va prognoz qilish: davlat talablariga muvofiq yuritilgan rivojlanish haritalari asosida rivojlanish holatlarini baholash uchun sun’iy intellekt algoritmlari yordamida analitik hisobotlar tuzish; ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalarning sifatli ta’lim va tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarni aniqlash va o‘rganish uchun ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ehtimoliy mulohaza modellaridan foydalanish. 3. Individual ta’lim va bolalarni rivojlanishiga qaratilgan dasturlar: sun’iy intellekt vositalari yordamida har bir bolaga moslashtirilgan o‘quv va rivojlanish rejalarini ishlab chiqish. 4. Oilaviy-nodavlat MTTlarni boshqarish jayonlarni avtomatlashtirish: MTTga qabul qilish, hujjatlarni yuritish va hisobotlarni avtomatik tarzda boshqarish; ta’lim-tarbiya jarayonida kundalik faoliyatlarning monitoringi va nazorati uchun chatbotlar va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish. 5. Sun’iy intellekt asosidagi interaktiv ta’lim platformalari: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan o‘quv materiallari, o‘yin faoliyatlarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish. 6. Oila va pedagoglar bilan virtual hamkorlik 11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar onlayn konferensiyalar, maslahatlar va ta’lim jarayonida doimiy ishtirok etish va ma’lumot almashish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash 7. Xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish Oilalar va maktabgacha yoshdagi bolalar haqidagi ma’lumotlarini shifrlash va xavfsizlik protokollari orqali himoya qilish. 8. Yangi texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun zamonaviy mobil ilovalar, platformalar va doimiy texnik qo‘llab-quvvatlash tizimlarini ishlab chiqishga oid masalalarni hal qilish oilaviy-nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarni faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etishga xizmat qiladi. NATIJALARI Yuqorida keltirilgan vazifalarni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish samaradorligi oshiriladi, ta’lim muhitida ma’lumot va hujjatlarni tezkor almashish imkoni paydo bo’ladi. Bu ta’limtarbiya jarayonining individualizatsiyasi, muassislar, direktorlar va pedagoglar uchun boshqaruvni soddalashtirish, samaradorligini oshirish, shaffofligini ta’minlash, otaonalar va bolalarning vasiylarini ta’lim jarayonida ishtirokini kuchaytirish, davlat talablari asosida bolalarning rivojlanishini kuzatish va baholash sifatining oshishiga va mavjud resurslardan samarali foydalanishni tashkil etishga yordam beradi. XULOSA Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda raqamli transformatsiya jarayonini to‘g‘ri boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, MTTning innovatsion rivojlanishni ta’minlashi bilan bir qatorda ta’lim sifatini oshirish, vaqtni tejash, hamkorlikni kengaytirish va boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim tizimining ilk bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqaruvini yangi bosqichga ko’tarish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bu jarayonlar mamlakat rivojiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5aprelda PQ-3651-son qarori. 2. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari. T – 2020. 3. Ilk qadam davlat o‘quv dasturi. T – 2022 y. 4. N.Q.Yo’ldoshev (2021) Menejmentga kirish. “Innovatsion rivojlanish nashriyoti” 5. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ta’lim-tarbiya jarayonining dolzarb masalalari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi materiallari T - 2021.