scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI ALALIYA TASHXISIGA EGA BO'LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISH TIZIMI

Xasanboyeva Gulbahor Nasrullayevna

Abstract

Ushbu maqolada alaliya tashxisiga ega bo‘lgan bolalarning nutqiy rivojlanishining о’ziga xosligi va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar MAKTABGACHA YOSHDAGI ALALIYA TASHXISIGA EGA BO‘LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISH TIZIMI Muallif: Xasanboyeva Gulbahor Nasrullayevna 1 Affiliyatsiya: O`zbekiston, MTTDMQTMOI Maktabgacha ta’lim va inklyuziv ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17385051 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada alaliya tashxisiga ega bo‘lgan bolalarning nutqiy rivojlanishining о’ziga xosligi va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar. Kalit so’zlar: korreksiya, alaliya, nafasni rivojlantirish, nevropatiya, reabilitatsiya, adabtatsiya, kompensatsiya, anatomik –fiziologik, mexanizm, artikulyatsion apparat. KIRISH Davlatimizning qator qonun va qarorlarida jamiyatimizning bir bо’lagi bо’lgan alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qо’llash, ularga ta’lim-tarbiya berish, kasb hunarga о’rgatish, sog‘lom bolalar qatoridan о’rin olib о’z qobiliyati, imkoniyatlarini kо’rsata olishga, ma’naviy kamol topishiga asos soluvchi chora tadbirlarda alohida qayd etilgan. Nutqning tо’g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, tо’g‘ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Chunonchi, endigina gapirishni о’rganayotgan ilk bolani nutqini rivojlantirishda tovushlarni aniq talaffuz qilish, lug‘at boyligini о’stirish, nutqni grammatik tomondan tuzilishini tо’g‘ri shakllantirish, kelgusida bolani erkin sо’zlashuv muloqot nutqini ravon, tо’siqlarsiz ifodalashga zamin yaratadi. Nutq tо’g‘ri va tо’liq bayon etilsagina, sо’zning ma’nosi tushunarli bо’ladi, bola atrofdagi hodisalarni mohiyatini anglashga muvofiq bо’ladi, nutq orqali bola tafakkuri rivojlanib boradi. Nutq nuqsonlari turi juda kо’p, hozirgi kunda maxsus ta’lim tizimi isloh qilinayotgan davrda bu uslublarni takomillashtirish katta ahamiyat kasb etmoqda. Nutq nuqsonlari ichida og‘ir nutq kamchiligi bо’lib hisoblangan alaliya ustida juda kо’p xorijiy olimlar va mamlakatimiz olimlari mazkur nutq nuqsonini oldini olish, bartaraf etish ustida izlanishlar olib borib, hozirgi kunda uni bartaraf etish vositalaridan bо’lmish logopedik ritmika usullarini qо’llashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Alaliyada nutq shakllanishi har tomonlama yondashuv, nutqni rivojlanishiga yordam beruvchi va bilish faoliyatining yaxshilanishiga imkon beruvchi nutqning barcha funksiyalari rivojlanishiga e’tiborni qaratadi. Tizimli logopedik ish nutqiy rivojlanishdagi uzilishlarni to‘ldirishga va maxsus dastur bo‘yicha maktab ta’limiga tayyorlashga yo‘naltiri!adi yoki u maktab ta’limiga qo‘shimcha ravishda parallel olib boriladi. Nutqiy rivojlanmaganlikni bartaraf etishni shunday tashkil qilish kerakki, ish jarayonida maktab vazifalarini o‘zlashtirishga tayyorgarlik yuzaga kelsin. Korrektsion ishlarni boshlashdan avval bola hayotining sharoiti, uni o‘rab turgan muhit, yaqin “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar odamlar, o‘yinchoqlari bilan tanishish, qiziqish va imkoniyatlari doirasini aniqlash olib boriladigan ish dasturini va muloqotga kiritish yo‘llarini belgilash kerak.Oilada qo‘llaniluvchi bolaga qaratilgan murojaatlar hajmi va xarakteri aniqlanadi. O‘qituvchi va ota-onalar o‘zgarmaydigan ko‘rinishda mashg‘ulotda, ham bolaning uydagi kundalik-maishiy xarakterga ega aniq ifodalangan (standartlashgan) ko‘rsatmaistaklar ro‘yhatini tuzadilar. Uning nutqsiz xarakterga ega tovushlarga bo‘lgan zehn darajasi, butunlay jimlik va shovqin sharoitlarida aniqlanadi. Dastlab nutqiy muloqot chegaralanadi, bolaning tartibsiz nutqi tormozlanadi.Ish bolaning nutqiy tartibni tashkil etishdan boshlanadi. Bola uchun dam olish soatlari va kunlari joriy etiladi. Kundalik hayotida ovozli apparatlar olib tashlanadi (televizor, radio v.k.). Avaylovchi tovushli rejim yaratiladi, nutqiy va nutqsiz signallar kirishi chegaralanadi. Freshels bola atrofida faqat jimjitlik yaratilmay, balki ko‘ruv ochligi vaziyatini ham yaratishni tavsiya qilgan: rasmlarni, o‘yinchoqlarni ko‘rsatmaslik. Faqat shunday tinchlantirish asosida ishga kirishish mumkin, bu bolaning tovushlarga zehnliligini oshirishga yordam beradi. Asta-sekin diqqat, idrok holati aniqlanadi, so‘ng ularni rivojlantirish, kengaytirishga qaratilgan ishlar olib boriladi. Samarali logopedik ish, agar u psixonevrolog (nevropatolog, psixiatr) tomonidan o‘tkaziladigan faol doridarmon va fizioterapevtik muolajalar fonida har tomonlama o‘tkazilsagina amalga oshadi. Ish jarayonida turli metod, usullardan mujassamlashgan holda foydalaniladi. Bolaning nutqiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishning vazifa va mazmuni aniqlanadi. Mayda qo‘l motorikasi rivojlanishiga e’tibor qaratiladi: chiziq tortishga, bo‘yashga, shtrixlashga o‘rgatiladi, tugunchalar bog‘lashga, mozaikalar va geometrik materiallardan naqshlar chizish o‘rgatiladi va h.k. Agar bolalar qo‘l barmoqlari harakati rivojlanishidan orqada qolsa, u holda nutq rivojlanishidan ham orqada qolishligi isbotlangan. Qo‘l harakatlarini mashq qildirish jarayonida nutq holati mukammallashadi.Ishning boshlang‘ich bosqichlarida nutqning psixofiziologik asoslari shakllantiriladi, bolada m uloqotga ehtiyoj hissi uyg‘otiladi. Bolada motivatsion bayon qilishning asosini shakllantirish, nutqiy va psixik faollikni rivojlantirish, taqlid faoliyati va aks ettiruvchi nutq funksiyalarini shakllantirish muhimdir. Mashg‘ulotlarning samaradorligi ko‘rgazmali qurollarning mavjudligi va ulardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. Olib borilayotgan ishning bosqichlaridan qat’i nazar, ta’sir butun nutq tizimiga qaratiladi: lug‘atini aniqlash va boyitish, frazali va bog‘langan nutqni shakllantirish, tovush talaffuzini korreksiyalash. Shuningdek, har bir bosqichning maxsus vazifalari va o‘ziga xos ish m azm uni aniqlanadi. Birinchi bosqichda olib borilayotgan ishlar quyidagilar sanaladi: nutqiy faollikni tarbiyalash, passiv va faol lug‘atni shakllantirish. Dialog, sodda, katta bo‘lmagan hikoya ustida ish olib boriladi. Nutqiy faoliyatning psixofiziologik asoslari va vaziyatli muloqotning birlamchi ko‘nikmalari shakllantiriladi. Ikkinchi bosqichda lug‘at va jumla tuzilishini murakkablashtirish asosida frazali nutqi shakllantiriladi. Gaplardan foydalanish ularni grammatik jihozlash, dialog va hikoya ustida ish olib boriladi. Uchinchi bosqichda mustaqil nutqni shakllantirish ishlari olib boriladi. Barcha bosqichlarda nutqiy faoliyatning hamma tomonlari shakllantiriladi. Bolalar amaliy mashqlar yordamida so‘zlarni gapda bog‘liqligini tushunishga va ularni nutqida to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganadilar. Nutqiy uquvlarni shakllantirishda — morfologik, grammatik, fonematik umumlashmalar va qarama-qarshiliklar — mexanik mashqlarni yaqinlashtirmasdan, aloqalar, mazmunni anglash uchun analizga katta 11 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar e’tibor qaratish, kuzatishga o‘rgatish, tahlil qilish va turli darajadagi nutq materialini umumlashtirish muhim. Asta-sekin nutqda harakat, sifat, predmet va uning elementlarining xossalari, munosabat va aloqalarni belgilash yo‘li orqali nutqiy bayon qilishlarning intellektuallashuvi darajasi oshadi. Korreksion ishlar tizimi motorli alaliyaga chalingan bolalarning nutqini rivojlantirishga qaratilgan maxsus metodlar va mashqlarni o‘z ichiga oladi. Bu tizimda individual va guruh shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar ishlatiladi. Korreksion ishlarda quyidagi asosiy bosqichlar mavjud: 1. Diagnostika va rejalashtirish • Diagnostika: Har bir bolaning nutq muammosi chuqur tahlil qilinadi, bu orqali alaliyaning og‘irlik darajasi aniqlanadi. Shuningdek, bolaning umumiy psixologik va intellektual rivojlanishi baholanadi. • Rejalashtirish: Har bir bola uchun individual ta’lim rejasi ishlab chiqiladi, bu reja bolaning nutq qobiliyatlari va umumiy rivojlanishiga mos ravishda tuziladi. 2. Nutq apparati motorikasini rivojlantirish • Nozik va umumiy motorika mashqlari: Nutq apparati mushaklarini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘llar, barmoqlar va og‘iz mushaklari uchun mashqlar bajariladi. • Artikulatsion gimnastika: O‘qituvchi yoki logoped bolaga turli artikulyatsion harakatlarni bajartirish orqali nutq a’zolarining moslashuvini rivojlantiradi (til, lablar, jag‘ harakatlari). 3. Eshitish va fonematik qobiliyatlarni rivojlantirish • Eshitish diqqatini rivojlantirish: Bolaga tovushlarni farqlash, ularni eshitib ajratish va qayta ishlashga qaratilgan mashqlar o‘rgatiladi. Bu ishda maxsus akustik mashqlar, musiqa, ritm va nutqni eshitib ajratish ishlari olib boriladi. • Fonematik qobiliyatlarni rivojlantirish: Fonemalarni ajratish va aniqlash qobiliyatlari rivojlantiriladi, bu esa tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. 4. Leksik va grammatik tuzilmalarni shakllantirish • So‘z boyligini oshirish: Bolalarga yangi so‘zlar o‘rgatiladi, ularning ma’nolari tushuntiriladi va ularni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalari rivojlantiriladi. • Grammatik qoidalarni o‘rgatish: So‘zlarni to‘g‘ri kelish va gaplarni to‘g‘ri tuzishga qaratilgan mashqlar o‘tkaziladi. Bolalar o‘zgartirilgan nutq tuzilmalarini to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganadilar. 5. Frazeologik va dialogik nutqni rivojlantirish • Monologik nutqni shakllantirish: Bolaga o‘z fikrlarini ketma-ketlikda ifodalash, hikoya qilish, voqealarni tasvirlash o‘rgatiladi. • Dialogik nutqni rivojlantirish: Bolalar bir-birlari bilan muloqot qilishni o‘rganadilar, savollarga javob berish, savol berish va oddiy dialoglarni shakllantirish qobiliyatlari rivojlantiriladi. 6. Psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash • Emotsional va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, nutqdagi muvaffaqiyatlarni mustahkamlash uchun psixologik qo‘llabquvvatlash beriladi. Ijtimoiy muloqotni yaxshilash uchun guruh shaklida ishlash amaliyoti olib boriladi. • O‘yin terapiyasi va musiqaviy mashg‘ulotlar: Nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi o‘yinlar, musiqalar va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali bola faoliyatini rag‘batlantirish. 12 https://www.asr-conference.com/ IV SHO‘BA: Maktabgacha ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish: strategik yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbollar 7. Mashg‘ulotlarni muntazam takrorlash • Har bir korreksion dars takroriy mashqlarni o‘z ichiga oladi, chunki alaliyaga chalingan bolalar yangi mahorat va bilimlarni sekin o‘zlashtiradilar. Takrorlash ular uchun muhim jarayon. Motorli alaliya bilan ishlashda muhim elementlardan biri logoped va psixologning yaqin hamkorligi, ota-onalarning faol ishtiroki hisoblanadi. Korreksion ishlarni tez-tez va muntazam ravishda olib borish bolalarning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Ayupova M.Y.― Logopediya. Toshkent–2007. 2. All-Russian Internet Conference. "Edges of Science 2014".- Kazan: KFU, 2014. 3. Ayupova M. «Korreksion ishlar metodikasi. (ma’ruzalar matni)». T 2005 y. 4. Муминова Л.Р. Теоретические основы коррекционно-педагогической работы по преодолению речевого недоразвития у детей дошкольного возраста.: Автореф. дис. … д-ра пед.наук.– Ташкент: им.Низами. 1992. 5. Dolgonek E.V. Motor alalia: correctional and developmental work with preschool children. Teaching aid.– M.: Detstvo-Press, 2013. 6. http://www.ziyonet.uz 7. http://www.tdiu.uz