scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KASBIY LEKSIKA TUSHUNCHASINING MAZMUN – MOHIYATI

Ro'zumova Gulbahor Matyakubbayevna

Abstract

Ushbu maqolada kasbiy leksika tushunchasining mazmun-mohiyati, uning til tizimidagi o‘rni va nofilolog ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada kasbiy leksika atamasining lingvistik va pedagogik talqinlari, u orqali kasbiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, kasbiy leksikaning umumxalq tiliga nisbatan o‘ziga xos leksik-semantik xususiyatlari, terminologik tizim bilan bog’liqligi va amaliy muloqotdagi ro‘li izohlanadi. Tadqiqot natijalarida kasbiy leksika mutaxassislik tilining asosiy komponenti sifatida o‘quv jarayonida talabalarning kasbiy fikrlash, muloqot va amaliy faoliyat malakalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 214 KASBIY LEKSIKA TUSHUNCHASINING MAZMUN – MOHIYATI Ro‘zumova Gulbahor Matyakubbayevna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada kasbiy leksika tushunchasining mazmun-mohiyati, uning til tizimidagi o‘rni va nofilolog ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada kasbiy leksika atamasining lingvistik va pedagogik talqinlari, u orqali kasbiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, kasbiy leksikaning umumxalq tiliga nisbatan o‘ziga xos leksik-semantik xususiyatlari, terminologik tizim bilan bog’liqligi va amaliy muloqotdagi ro‘li izohlanadi. Tadqiqot natijalarida kasbiy leksika mutaxassislik tilining asosiy komponenti sifatida o‘quv jarayonida talabalarning kasbiy fikrlash, muloqot va amaliy faoliyat malakalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: kasbiy leksika, terminologiya, kasbiy kommunikativ kompetensiya, leksik birlik, mutaxassislik tili, professional muloqot, til tizimi. THE CONTENT AND MEANING OF THE CONCEPT OF VOCABULARY Ruzumova Gulbakhor Matyakubbayevna Uzbekistan state world languages university [email protected] Annotation: This article analyzes the content and essence of the concept of professional lexicon, its role in the language system and its importance in teaching in the directions of nonphilological education. The article covers linguistic and pedagogical interpretations of the term professional lexicon, the possibilities of forming professional communicative competence through it. Also, the specific lexical-semantic features of professional lexicon in relation to the general language, its connection with the terminological system and the role in practical communication are explained. The research results substantiate that professional vocabulary, as a key component of the language of the profession, serves to develop students' professional thinking, communication, and practical skills in the learning process. Key words: professional vocabulary, terminology, professional communicative competence, lexical unit, language of the specialty, professional communication, language system. Kasbiy leksikani o‘qitish masalalarini tadqiq etish har qanday xorijiy til o‘qituvchisi uchun dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon natijasi sifatida kasbiy leksik bilim va ko‘nikmalarni turli kontekslarda qo‘llash malakalarining shakllanishi, shuningdek, kasbiy leksik materiallarni o‘zlashtirishning samarali yo‘llari va metodikasini egallash ko‘zda tutiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda talabalar uchun kasbiy tayyorgarlikka qo‘ygan talablar ortib bormoqda. Ma’lumki, kasbiy tayyorgarlik jarayoni talabalarning ishlab chiqarish va boshqa faoliyat sohalarida mutaxassislar hamkorligining ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini anglab yetish hamda ularni amaliyotda o‘zlashtirish jarayonida shakllanadi. Mazkur tayyorgarlik asosan oliygohlarda yuqori ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 215 bosqichlarda amalga oshiriladi va bu kelajakdagi kasb tanloviga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun kasbiy faoliyat asoslarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak mutaxassislarning kasbga yo‘naltirib o‘qitish talabini qo‘yadi. Globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi natijasida chet tillarini o‘qitish masalasi mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida ham alohida dolzarblik kasb etmoqda. Buguni kunga kelib kasbiy leksikani o‘zlashtirish muammosi zamonaviy ta’lim nazariyasi va amaliyotining markaziy masalaridan biriga aylangan. Shu o‘rinda kasbiy leksika nima degan savol tug’iladi. Har qanday til fan va texnika taraqqiyoti, shuningdek jamiyatning umumiy rivojlanishi bilan bog’liq holda o‘zining turli sohalarida o‘zgarishlarga duch keladi. Eng sezilarli o‘zgarishlar, odatda, tilning leksik tarkibida ro‘y beradi: so‘z boyligi uzluksiz yangilanadi, boyib boradi, jamiyat hayotidagi yirik o‘zgarishlar aks etadi, yangi til birliklarining katta qatlami paydo bo‘ladi. Ba’zi so‘zlar va konstruktsiyalar kamroq ishlatiladigan yoki butunlay iste’moldan chiqib ketadigan bo‘lsa, boshqalari aksincha, til egalarining turli faoliyat sohalarida faol qo‘llanila boshlaydi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasiga ko‘ra kasbiy leksika bu – muayyan kasb yoki hunar egalari nutqiga xos so‘z va tushunchalar majmui1. O’zbek tilining izohli lug’atida kasbiy leksika tushunchasiga shunday ta’rif berilgan. “Biror til yoki shevada muayyan paytda mavjud bo‘lgan so‘zlar majmui; kasb-hunar sohasida qo‘llaniladigan so‘z va terminlar”2. O‘zbek olimlaridan H.Dadaboyev o‘zbek terminologiyasi nomli kitobida “Terminologik leksika – bu o‘z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan ommaviy muloqot doirasiga ko‘chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng qo‘llaniladigan so‘z va so‘z birikmalarini qamrab oladi deya ta’rif bergan3. S.Rahimov va B.Umrqulovlarning Hozirgi o‘zbek adabiy tili nomli kitobida ushbu tushunchaga “Biror kasb-hunarga oid tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar kasb-hunar (professional) leksikasidir”- deya ta’rif bergan4. Bizningcha kasbiy leksika – bu muayyan kasb sohasiga xos maxsus terminlar, iboralar, atamalar va professional so‘z birikmalarining majmuidir. Kasbiy leksika orqali so‘zlar tor ma’noda mutaxassislikka xos tarzda qo‘llaniladi va soha mutaxassislari o‘rtasida samarali axborot almashinuvini ta’minlaydi. Xitoy tilshunos olimlari kasbiy leksikaga quyidagicha ta’rif beradi: “专业术语指特定领域对一些特定事物的统一的业 内称谓(zhuānyè shùyǔ zhǐ tèdìng lǐngyù duì yīxiē tèdìng shìwù de tǒngyī de yènèi chēngwèi)” “Kasbiy leksika — bu ma’lum soha doirasida ayrim hodisa va narsalarga berilgan yagona, o‘z sohasi doirasidagi atamalardir”5. Xorijiy til sifatida ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o’qitish 1960-yillarda shakllangan. Bugungi kunga kelib nafaqat o‘qitish sohasi balki, ilmiy tadqiqot sohasi hamda nofilolog ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim oluvchilarni o‘qitishga qaratilgan ta’lim xizmati turiga ham aylanib ulgurdi. Rossiyalik tilshunos O.R.Polyakovning fikricha “kasbiy yo‘naltirilgan o‘qitish bo‘lajak mutaxassislarning xorijiy tilni o‘rganishga bo’lgan ehtiyojlarini, kelajakdagi kasbiy faoliyatiga 1O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. –T: 2000-yil. 2https://izoh.uz/word/leksika murojaat etgan sana. 06.09.2025. 3Dadaboyev H. O’zbek terminologiyasi. –T: Yoshlar nashriyot uyi 2019. –B. 6. 4Rahimov S. Umurqulov B. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –T: 2003. –B. 30. 5《俚语隐语行话词典》是 1996 年上海辞书出版社出版的图书,作者是曲彦斌。页码:465 页。 ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 216 oid xususiyatlari va tilni amaliy qo‘llashdagi aniq talablarni inobatga olishga asoslanadi. Aynana mana shu jihat maxsus maqsadlar uchun til o‘qitishni umumta’lim yo‘nalishlardagi o‘qitishdan ajiratib turadi”6. Bugungi kunda turli yo‘nalish va mutaxassisliklardagi bo’lajak bitiruvchining chet tillida tayyorgarlik va bilim darajasini oshirish muammosi dolzarb bo‘lib, uni bartaraf etishning asosiy yo‘li xorijiy tilni o‘qitishda to‘g’ri metodik strategiyani tanlay olishdir. Turli metod va usullarni tahlil etganda ko‘pincha asosiy e’tibor umumiy kommunikativ tayyorgarlikka qaratilib, mutaxassislik faoliyati uchun zarur bo‘lgan maxsus ko‘nikmalarni shakllantirish masalasi yetarlicha yoritilmaydi. Albatta xorijiy mamlakalatlar darsliklaridan olingan materiallar darslarga kiritilishi o‘quv jarayonini boyitadi. Mahalliy va xorijiy o‘quv qo‘llanmalarga og’zaki va yozma nutq amaliyotiga oid materiallarga qo‘shimcha sifatida xizmat qilishi mumkin. Ushbu materillar umumiy kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarni kasbiy yo‘naltirilgan muloqotga tayyorlashda yetarlicha samaradorlik bermaydi. Shunga qaramay, bugungi kunga kelib, talabalarda yuqori darajadagi kasbiy-kommunikativ ko‘nikmlarni shakllantirishga qaratilgan og’zaki va yozma nutq amaliyoti bo‘yicha metodikalarda hanuz yetarlicha tizimli, maqsadli ish amalga oshirilmagan. Bu esa kasbiy nutq ko‘nikmalarini shakllantirish uchun maxsus mashqlar tizimini ishlab chiqish zaruriyati mavjudligini belgilaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. –T: 2000-yil. 2. https://izoh.uz/word/leksika murojaat etgan sana. 06.09.2025. 3. Dadaboyev H. O’zbek terminologiyasi. –T: Yoshlar nashriyot uyi 2019. –B. 6. 4. Rahimov S. Umurqulov B. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –T: 2003. –B. 30. 5. 《俚语隐语行话词典》是 1996 年上海辞书出版社出版的图书,作者是曲彦斌。页 码:465 页。 6. Поляков О.Р. Английский язык для специальных целей: теория и практика. –М.: НВИ ТЕЗАУРУС, 2003. –C. 188 6Поляков О.Р. Английский язык для специальных целей: теория и практика. –М.: НВИ ТЕЗАУРУС, 2003. – C. 188