scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MILLIY TIL TA'LIMIDA OG'ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNI AUDIO-VIZUAL TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BARTARAF ETISH STRATEGIYALARI

Teshayeva Marjona Shuhrat qizi

Abstract

Maqolada milliy til ta’limida og‘zaki nutqni rivojlantirishning dolzarb muammolari ilmiy asosda tahlil qilinib, audio-vizual texnologiyalar vositasida metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilib, og‘zaki nutq kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta’minot sifatida shakllantirildi. Tavsiyalar eksperimental-sinov asosida maktab o‘quvchilariga qo‘llanilib, amaliy natijalar statistik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot yakunida audio-vizual vositalarning nutq faolligini oshirishdagi samaradorligi isbotlangan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 217 MILLIY TIL TA’LIMIDA OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNI AUDIO-VIZUAL TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BARTARAF ETISH STRATEGIYALARI Teshayeva Marjona Shuhrat qizi Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi [email protected] Annotatsiya: Maqolada milliy til ta’limida og‘zaki nutqni rivojlantirishning dolzarb muammolari ilmiy asosda tahlil qilinib, audio-vizual texnologiyalar vositasida metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilib, og‘zaki nutq kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta’minot sifatida shakllantirildi. Tavsiyalar eksperimental-sinov asosida maktab o‘quvchilariga qo‘llanilib, amaliy natijalar statistik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot yakunida audio-vizual vositalarning nutq faolligini oshirishdagi samaradorligi isbotlangan. Kalit so‘zlar: audio-vizual vosita, kino fragmentlari, reflektiv video, ovozsiz kino, kommunikativ yondashuv, mediasavdoxonlik. CONTEMPORARY CHALLENGES IN DEVELOPING ORAL COMMUNICATION SKILLS IN NATIONAL LANGUAGE EDUCATION AND STRATEGIES FOR THEIR MITIGATION THROUGH AUDIO-VISUAL TECHNOLOGIES Annotation : The article provides a research-based analysis of the pressing issues in developing oral speech within national language education and proposes solutions through the integration of audio-visual technologies. A system of methodological recommendations was developed on the basis of an instructional framework designed to foster oral communication competence. These recommendations were implemented experimentally with school students, and the practical results were subjected to statistical analysis. The findings of the study empirically confirm the effectiveness of audio-visual tools in enhancing speech activity. Keywords: audio-visual tools, film fragments, reflective video, silent cinema, communicative approach, media literacy. Zamonaviy ta’lim paradigmasida til o‘qitish jarayonining metodologik asoslarini qayta ko‘rib chiqishni talab etayotgan fundamental muammolardan biri — og‘zaki nutqni rivojlantirish masalasi. Mazkur jarayonning murakkabligi, avvalo, o‘zbek tilining fonetik tizimida kuzatiladigan vokal va konsonant oppozitsiyalar, morfologik strukturasidagi agglutinativ xususiyatlar hamda sintaktik konstruksiyalarning ko‘p qatlamli paradigmasi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida til siyosati va ona tili ta’limini mustahkamlash davlat tomonidan strategik maqsadlardan biri sifatida belgilangan. 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-637-son) bilan ta’lim sistemasi yangi bosqichga ko‘tarildi va o‘qitish-tarbiya faoliyatida til – birlamchi vosita sifatida e’tibor qozondi.1 1O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr. O‘RQ-637-son. – T.: LexUZ. Elektron manba: https://lex.uz/docs/5013007 ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 218 Shuningdek, davlat tilini rivojlantirish maqsadida qabul qilingan hujjatlar ham ona tili metodikasining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida (kuchga kirish sanasi: 21.10.2020) til siyosatini yo‘lga qo‘yish uchun asosiy yo‘nalishlar, shu jumladan o‘zbek tilini o‘qitishda metodik qo‘llanmalar, darsliklar va kommunikativ til ko‘nikmalarini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilishi nazarda tutiladi2. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonida “O‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish3, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish” kabi vazifalarning belgilanishi yuqorida ta’kidlangan fikrlarning amaldagi isboti bo‘lib, til, ayniqsa og‘zaki nutqni rivojlantirish masalasi bugungi kunda milliy metodika qurish yo‘lidagi eng muhim, eng dolzarb yechimlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Sababi, til metodikasining markazida – nutq (og‘zaki va yozma) ko‘nikmalarini shakllantirish turadi va metodik ishlanmalarda og‘zaki nutq ustuvor o‘rin olmasa, tilni amalda, kommunikativ jihatdan rivojlantirishga erishish qiyin bo‘ladi. Ta’kidlash o‘rinliki, milliy nutq madaniyatining o‘ziga xosliklari, nutqiy odatlar va lingvomadaniy stereotiplar o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayonini yanada murakkablashtirmoqda. Natijada, jarayonda o‘gzaki nutq bilan bog‘liq quyidagi muammolar ko‘zga tashlanadi: o‘quvchilarda og‘zaki nutq malakasining yetarlicha shakllanmaganligi; o‘zbek tilining agglutinativ morfologiyasi, qo‘shimchalarning ko‘p bosqichli tizimi hamda fonetik assimilyatsiya jarayonlari o‘quvchilar uchun nutqiy kompetensiyani shakllantirishda sezilarli murakkablik tug‘diradi. An’anaviy darslarda grammatik bilimlar yod oldiriladi, biroq nutqiy faoliyatni shakllantirishga kam e’tibor qaratiladi. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari(bu yoshda bolaning abstrakt tafakkuri endigina rivojlana boshlaydi. Suhbatlashish, erkin fikr bildirish, muloqotda faol bo‘lish ehtiyoji kuchayadi. Ilmiy matnlarni tahlil qilish, munozara yuritish, bahs-munozaraga kirishish kabi ko‘nikmalarga tayyorlana boshlaydi.)grammatik qoida va lug‘atni to‘liq bilsa-da, oddiy suhbat davomida 2–3 gapdan ortiq mustaqil jumla tuza olmasligi kuzatildi. Bu esa kommunikativ kompetensiyaning sust rivojlanganini ko‘rsatadi4. monologik va dialogik nutqni rivojlantirishda an’anaviy metodlarning samarasizligi; an’anaviy metodlar ko‘proq reproduktiv faoliyatga (matnni yod olish, qayta hikoya qilish) 2O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son Farmoni “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – T.: LexUZ. Elektron manba: https://lex.uz/docs/5058351 3O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni // Xalq so‘zi. – Toshkent, 2019-yil 30-aprel. No 88 (7318). – B. 1–2. 4Yuldasheva D. N. O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi. – Buxoro, 2021. – 256 b. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 219 yo‘naltirilgan bo‘lib, Vygotskiy ta’lim nazariyasida qayd etilgan “nutq maydoni” ni faollashtirishga xizmat qilmaydi. Bu esa o‘quvchini erkin nutqiy muloqotga tayyorlamaydi. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, darsda matn o‘qib berilgach, o‘quvchilar uni qayta hikoya qila oladi, lekin o‘sha matnga oid erkin munozara tashkil etilganda, o‘qib tushunishga oid tahliliy savol va topshiriqlarda ularning faolligi keskin pasayadi5. audio-vizual materiallardan foydalanish tizimlashtirilmaganligi; multimedia vositalari lingvodidaktik jihatdan samarali bo‘lishi uchun ular metodik konsepsiya asosida qo‘llanishi lozim. Lekin milliy ta’lim amaliyotida bu vositalar ko‘proq epizodik tarzda ishlatilmoqda, natijada multimodal idrok mexanizmlari to‘liq faollashtirilmaydi. O‘qituvchi darsda qisqa videorolik qo‘llaydi, ammo undan keyin o‘quvchilarning nutqiy faolligini rivojlantiruvchi mashqlar tizimli tarzda tashkil qilinmaydi. Video faqat “ko‘rgazmali material” vazifasida qolib ketadi. zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari yetarli darajada integratsiya qilinmagan; kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda raqamli ta’lim resurslari (mobil ilovalar, onlayn platformalar, interaktiv dasturlar) “nutqiy faoliyatni rag‘batlantirish omili” sifatida muhim. Ammo ta’lim jarayonida ular yetarli darajada qo‘llanmagani sababli, o‘quvchilardagi muayyan kompetensiya rivojlanmay qoladi. Ular hayotda telefon va planshetlardan faol foydalanadi, biroq dars jarayonida ularning til o‘rganish uchun mo‘ljallangan interaktiv ilovalar yoki onlayn mashqlarga yo‘naltirilmagani sababli texnologik resurslar to‘liq ishlatilmay qolmoqda. audio-vizual vositalarining didaktik imkoniyatlari to‘liq o‘zlashtirilmaganligi. mazkur vositalar yosh psixologiyasi va ta’lim bosqichlari bilan uyg‘unlashtirilmaganda ular “didaktik resurs” emas, balki faqat “ko‘rgazmali bezak” vazifasini bajaradi. Shu sababli ta’lim sifati fragmentar va uzlukli tus oladi. Animatsion materiallar mavjud bo‘lsa-da, ular ko‘proq darsni qiziqarli qilish uchun ishlatiladi, ammo o‘quvchilarning yoshiga mos nutqiy mashqlar bilan integratsiya qilinmaydi. Bu esa og‘zaki nutqni rivojlantirish samaradorligini pasaytiradi. Shuni alohida qayd etish lozimki, o‘zbek milliy metodikasida audio-vizual vositalardan foydalanishning konseptual-metodik asoslari hali to‘liq ishlab chiqilmaganligi, an’anaviy ta’lim metodlarining chegaralangan imkoniyatlari bilan bir qatorda audio-vizual vositalarning didaktik potensialini nazariy asoslash, ularni ta’limiy muhitga tizimli integratsiya qilish zarurati kun tartibiga chiqmoqda. Zero, mazkur vositalar nafaqat dars muallimining metodik arsenalini kengaytiruvchi omil, balki maktab partasida o‘tirgan o‘quvchi uchun tilni idrok etish va o‘zlashtirishning interaktiv, multimodal va ko‘pkanalli resursi sifatida ham alohida ilmiy muammoga aylanganini ko‘rsatadi. XXI asr milliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishning metodologik bosqichida og‘zaki nutqni rivojlantirish masalasi metodik va lingvodidaktik nuqtai nazardan dolzarb ilmiy muammo sifatida namoyon bo‘lib, an’anaviy reproduktiv usullarning chegaralangan imkoniyatlari o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyaning to‘laqonli shakllanishiga 5Mahmudova M. N. Ustnaya rech i norma. – Moskva: NAU, 2020. – 200 b. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 220 to‘sqinlik qiladi6. Shu sharoitda ushbu vositalar multimodal idrok jarayonlarini (ko‘rish–eshitish asosidagi assotsiativ mexanizmlarni) faollashtiruvchi va nutqiy faoliyatni tabiiy kommunikativ kontekstlarga yaqinlashtiruvchi didaktik resurs sifatida eng maqbul yechim tarzida talqin etiladi. O‘quv faoliyatida quyidagi audio-vizual vositalardan foydalanish mumkin: 1-rasm: Audio-vizual vositalar Yuqorida sanab o‘tilgan vositalarning samaradorligini aniqlash va natijalarda aks ettirish mqsadida tajriba-sinov jarayoni tashkil etildi. Tadqiqot jarayonida og‘zaki nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv topshiriqlar tizimi amalda sinovdan o‘tkazildi. Shu maqsadda reflektiv video va ovozsiz kino kabi audio-vizual vositalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar orqali tavsiya etilayotgan metodlarning ta’sir doirasi aniqlashtirildi. Tajriba maydoni sifatida Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 245-maktab tanlandi. Tajriba-sinov guruhi sifatida shu maktabning 5- „V“, „G“- sinflari belgilandi. Ushbu jamoalar ikki turga ajratildi. Ya’ni tajriba guruhi hamda nazorat guruhi. Nazorat guruhidagi o‘quvchilar 5-„V“ sinf – 30 nafarni tashkil etsa, tajriba guruhidagi o‘quvchilar esa 5-„G“ sinf – 29 nafardan iborat edi. Olingan natijalar tahlili bu vositalarning o‘quvchilarning muloqot madaniyati va nutq faolligini oshirishdagi ahamiyatini 6Stepanova S. N. Application of information and educational technologies in teaching a foreign language to students of a non-linguistic university // Philological Sciences. Questions of Theory and Practice. – Tambov: Diploma, 2014. – №9, qism 2. – B. 4–6. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 221 ko‘rsatdi. Tajribadan oldingi tayyorlov bosqichi jarayoni darslar davomida tadqiq qilinishi lozim bo‘lgan audio-vizual vositalardan foydalanmagan holda amalga oshirildi. Tajriba oldi topshiriq:(audio-vizual vositalarsiz) 5-sinflar uchun: Topshiriq: “Sog‘lom ovqatlanish-sog‘lom hayot asosi” diagrammasi Mazkur topshiriq o‘quvchilarga taqdim etilgan diagrammani qay darajada tushunib, og‘zaki tahlil qila olish qobiliyatini kuzatishga yordam beradi. Buning uchun “Sog‘lom ovqatlanish-sog‘lom hayot asosi” mavzusida diagramma taqdim etiladi. Ular mavzu borasida o‘tgan va hozirgi vaqtdagi tafovutlarni anglay olish hamda og‘zaki ifodalab berishlari shart. 2-rasm.Sog‘lom ovqatlanish (ehtimoliy ma’lumotlar asosida). Maqsad – o‘quvchilarda sog‘lom ovqatlanish haqida tushuncha hosil qilish, diagramma asosida ma’lumotlarni tahlil qilish va og‘zaki ifodalash ko‘nikmasini shakllantirish. Topshiriq bosqichlari: 1. Diagrammani tahlil qilish; O‘quvchi quyidagilarni aniqlaydi: Qaysi yilda sog‘lom ovqatlar eng ko‘p iste’mol qilingan? Zararli ovqatlar iste’moli eng yuqori bo‘lgan yil qaysi? Yillar davomida qanday o‘zgarishlar kuzatilgan? 2. Savollarga og‘zaki javob berish; Savol namunalari: Sog‘lom va zararli ovqatlar sifatida qaysilarni sanay olasiz? 2020-yilda sog‘lom ovqatlar iste’moli necha foiz edi? ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 222 Zararli ovqatlar iste’moli yildan-yilga qanday o‘zgardi? 2025-yilga kelib ovqatlanish bo‘yicha qanday holat yuzaga kelmoqda? Topshiriqning baholash mezoni quyidagi jadvalda aks etgan: 1-jadval Mezon Ball Baholash mezoni 1. Diagrammadagi raqam va foizlarni to‘g‘ri tushunishi 2 ball Diagrammadagi ko‘rsatkichlar (yillar, foizlar) aniq va to‘g‘ri aniqlangan bo‘lsa 2 ball. 1 ball — qisman to‘g‘ri tushungan. 0 ball — noto‘g‘ri yoki tushunmagan. 2. Fikrini og‘zaki aniq va izchil bayon qilishi 2 ball Fikr mantiqan bog‘langan, ravon va tushunarli bayon qilinsa 2 ball. 1 ball — ba’zan tushunarsiz yoki tartibsiz. 0 ball — fikr bayonida katta muammolar mavjud. 3. Kamida 3 ta mazmunli va grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzishi 1 ball 3 yoki undan ortiq mazmunli va grammatik jihadan to‘g‘ri gaplar uchun 1 ball beriladi. 2 ta gap uchun 0.5 ball. 1 ta yoki noto‘g‘ri gaplar uchun ball berilmaydi. Yuqorida keltirilgan og‘zaki nutq holatini aniqlash uchun tuzilgan topshiriqning baholash mezonlari va guruh natijasi haqida ma’lumot beriladi. Tajribaoldi bosqichda o‘quvchiga har bir topshiriq uchun maksimal balldan belgilandi. Tajribaoldi natija esa quyidagicha: 2-jadval 5-sinf tajriba va nazorat guruhlari (foizlarda) Topshiriqlar Tajriba guruhi 5-“G”(%) Nazorat guruhi 5-“V” (%) “Sog‘lom ovqatlanish-sog‘lom hayot asosi”(diagramma bilan ishlash) 29 30 75% 62% Topshiriq – “Sog‘lom ovqatlanish-sog‘lom hayot asosi” diagrammasi Mazkur topshiriqda tajriba guruhi diagrammadagi yillik o‘zgarishlarni tahlil qilgan holda, sog‘lom va zararli ovqatlar guruhi bo‘yicha umumiy xulosalar bera olishdi. Ifodalangan foizlarni xronologik tartibda aytib bera olishdi. Nazorat guruhi o‘quvchilari har bir yildagi farqlarni sonlarda ifodalab, jadvalni mustaqil yondashuv asosida tahlil qilishdi. Foiz farqi: 75% va 62%. Tajribaoldi bosqichidagi natijalar shuni ko‘rsatadiki, nazorat va tajriba guruhlari o‘rtasidagi farq har bir topshiriqda sezilarli bo‘lgan. Bu farq o‘quvchilarning fikr bildirishdagi mustaqilligi, tafakkur doirasi, og‘zaki ifoda aniqligi kabi ko‘nikmalar bilan bog‘liq. Tajriba guruhi (5-“G”) nazorat sinfiga nisbatan mazkur topshiriqda yuqori natija ko‘rsatgan. Baholash mezonlari asosida yuqori foizli natijalar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, so‘z ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 223 boyligi va grammatik ifoda aniqligini belgilaydi. Ushbu bosqich natijalari shakllantiruvchi bosqichda audiovizual vositalar yordamida beriladigan topshiriqlarning samaradorligini tahlil qilish uchun mustahkam asos yaratadi. Tajribaning shakllantiruvchi bosqichi pedagogik tadqiqot jarayonining mazkazi hisoblanadi. Ushbu jarayondan maqsad ilmiy tadqiqotda taklif etilayotgan metodik vositalarning samaradorligini aniqlashdir. Tajriba-sinovning shakllantiruvchi qismi eksperimental ta’sir orqali o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, audio-vizual vositalardan foydalanish samaradorligini amaliy jihatdan baholashga xizmat qiladi. Mazkur bosqichda tajriba ishtirokchilariga maxsus ishlab chiqilgan topshiriqlar, interaktiv mashg‘ulotlar va multimediaviy materiallar asosida darslar tashkil etildi. Jarayonda metodik yondashuvlar tizimli ravishda qo‘llanildi. Darslar mazmunan boyitildi hamda o‘quvchilarning muloqotga kirishish faolligi va mustaqil fikrlash darajalari kuzatildi. Tajriba-sinov topshirig‘i: (5-sinf uchun darslikdan tashqari material) Ushbu topshiriq mazmuni reflektiv video (tahlil va fikrlashga undovchi) ni tomosha qilib, savollarga og‘zaki javob berishdan iborat edi. Topshiriq o‘quvchilarning tinglab tushunish, fikr bildirish va hikoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Video manbasi: You tube ijtimoiy tarmog‘idagi „Uzbek multfilm“ kanali, Uzbekneftgaz korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlangan „Kir yuvish mashinasi“ nomli bolalar multfilmi. (Hajmi3:36 daqiqa) Havola:https://youtube.com/watch?v=3ToSR9DQlVg&feature=shared 3-rasm. Rasmlar You tube ijtimoiy tarmog‘idan yuklab olingan. Savol va topshiriqlar: 1. Kuzating va ayting! Multfilmdagi asosiy g‘oya nimada edi? 2. Voqeani ketma-ketlikda so‘zlang. (1,2,3,4) ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 224 3. Psixologik yondashuv. Videodagi qahramonlar xatti-harakatlarini baholang. (to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, izoh) Ular qanday muammoga duch kelishdi, asosiy sababchi kim, deb o‘ylaysiz? Mushukcha yoki yigit va qiz? 4. Mazmuniy savol. Texnologiya va inson harakatlarining qanday o‘zaro bog‘liqligi bor? 5. Tasavvur qiling! Agar kir yuvish mashinasi butunlay boshqa imkoniyatga ega bo‘lgan texnologik qurilma bo‘lganida, u qanday ko‘rinishda bo‘lardi? / Agar hamma kir yuvish mashinalari birdan yo‘qolsa, odamlar qanday hayot kechirishardi? 6. Tahliliy savol. Muammo: 1. Kimyoviy kashfiyotning to‘kilib ketishi Muammo Yechim 1. 2. 7. Yaratish. Multfilm uchun boshqa yakun o‘ylab toping. 8. Multfilmdan qanday saboq oldingiz? 9. Video asosida „Texnikaga ehtiyot bo‘lish kerak!“ mazmunidagi xabar posteri tayyorlang va uni sinfda himoya qilib bering. 5-sinf tajriba va nazorat guruhlarining tajriba-sinov topshirig‘i natijalari (foizlarda) 3-jadval Savol va topshiriqlar Tajriba guruhi 5-“G”(%) Nazorat guruhi 5-“V” (%) Tinglab tushunish 89.7% 70.9% Hikoyalash 86.2% 72.4% Tahliliy fikrlash 89.7% 72% Ijodiy fikrlash 86.2% 71% Xulosa chiqarish 89.7% 76.7% Jami: 88.3% 72.6% Tajriba guruhi (5-“G”) o‘quvchilari topshiriqning barcha ko‘nikmalari bo‘yicha faol ishtirok etishdi. Ayniqsa, tinglab tushunish va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarida tajriba guruhi 18% ga ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 225 yuqori natijaga erishdi. Nazorat guruhi (5-“V”) o‘quvchilari esa ijodiy va tahliliy topshiriqlarda pastroq natija ko‘rsatdi. Bu ularning og‘zaki fikrni mustaqil bayon qilishda qiynalayotganini anglatadi. Tajriba guruhidagi muvaffaqiyatlar audiovizual vosita (reflektiv multfilm) yordamida o‘quvchilarni qiziqtirish va faollashtirish imkoniyatini isbotlaydi. 4-rasm. Yakuniy natijalar Vizual material asosida ijodiy fikrlash, tahliliy fikr bildirish, mantiqiy tuzilma yaratish ko‘nikmalarining o‘sishi, ayniqsa tajriba guruhida yaqqol sezildi. Bunday natijalar audiovizual vositalarning o‘quvchi tafakkurini rivojlantirish, xotirani faollashtirish va og‘zaki nutqni shakllantirishdagi samarali vosita ekanini ko‘rsatadi7. Statistik tahlilga ko‘ra, tajriba guruhi 5-“G” sinfining tajriba boshidagi natijasining o‘rtacha qiymati74.5%, tajriba yakunida esa 88.1%. Farq 13.6% ga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Nazorat guruhi 5-“V”sinfining natijalari esa tajriba boshida 63% tajriba yakunida 74.5% ga oshgan bo‘lib, farq 11.5% ga o‘sgan. Bu esa shuni anglatadiki, audiovizual materiallardan foydalangan holda tashkil etilgan topshiriqlar an’anaviy usullarga nisbatan sezilarli darajada yuqori samaradorlikka ega. Pedagogik jihatdan tahlil qilinganda, audiovizual vositalar orqali taqdim etilgan topshiriqlar bolalarning e’tiborini kuchaytiradi, obrazli va reflektiv fikrlashga undaydi, voqelikni tushunishga ko‘maklashadi va og‘zaki ifoda qilish faoliyatini rag‘batlantiradi8. Ayniqsa, ovozsiz kinolar asosida qahramon nuqtai nazaridan voqeani so‘zlab berish yoki tafakkur xaritasi, sxematik jadvallar tuzish kabi topshiriqlar o‘quvchilarning mantiqiy-muhokamaviy faoliyatini kuchaytiradi. Metodik nuqtai nazardan aytish mumkinki, bu kabi topshiriqlarning samaradorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: ko‘rish va eshitish ko‘nikmasini faollashtirishi; o‘quvchining shaxsiy tajribasi bilan bog‘langan tahliliy yondashuvga asoslanishi; nutqiy faoliyatni tahlil, sintez, baholash kabi yuqori darajadagi fikrlash amaliyotlari bilan uyg‘unlashtirishi; og‘zaki nutq faoliyatining integrallashgan ko‘rinishlarini rivojlantirishi9. Shunday qilib, olib borilgan tajriba 5-sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda audiovizual vositalardan foydalanish metodikasi ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan, yuqori natija beruvchi samarali vosita ekanini isbotladi. 7Sayfullayev A. R., Sayfullayeva R. R. Ona tili darslarida nutq o‘stirish: Metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2002. – 51 b. 8De Saussure F. Obshchiy kurs lingvistiki. – Baku: BGU nashriyoti, 1933. – 408 b. 9Biryukova O. A., Semenova D. V. Teaching speaking in high school: interview method at the English language lesson // Scientific Review. International Scientific and Practical Journal. – 2017. – №2. – B. 2–3.