"O'TMISHDAN ERTAKLAR" QISSASIDA MUALLIF NUTQI MATNIDAGI MUSHTARAKLIKLAR VA TAFOVUTLAR
Abstract
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasida muallif nutqida ishlatilgan ayrim so‘zlarning ushbu asarning turli nashrlaridagi tafovutlar haqida so‘z boradi. Adabiy til va adib nutqi qiyosiy tahlil usuli yordamida o‘rganilgan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 375 “O‘TMISHDAN ERTAKLAR” QISSASIDA MUALLIF NUTQI MATNIDAGI MUSHTARAKLIKLAR VA TAFOVUTLAR Kimyanazarov Muslimbek Abdimutal o‘g‘li Telefon raqam: +99 893 096 15 32 Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasida muallif nutqida ishlatilgan ayrim so‘zlarning ushbu asarning turli nashrlaridagi tafovutlar haqida so‘z boradi. Adabiy til va adib nutqi qiyosiy tahlil usuli yordamida o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Sozlashuv uslubi, yozuv uslubi, adabiy til, adib nutqi, qahramonlar nutqi, nashrlararo mushtaraklik, nashrlararo tafovut. Abdulla Qahhorning o‘tmish hayotidan xabar qilgan “O‘tmishdan ertaklar” qissasi adib ijodiy kamolotining mahsuli bo‘lgani holda, uning syujeti, hikoyalarning tutgan o‘rni, asar qahramonlari o‘ta mohirlik bilan keltirilganki, ular yozuvchi maqsadi, asar qurilishi uchun to‘la xizmat qila oladi. Matnshunoslikda asarning ko‘p variantliligi uning ilmiy-tanqidiy matnini yaratishga asos omillaridan hisoblanadi. Ammo faqat Shu jihatni asarning ilmiy-tanqidiy matnini yaratishga asos sifatida qarash u qadar to‘g‘ri ish emas. Asarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari sahifalarni diqqat bilan kuzatgan kitobxon asardagi tafovutlarni kuzatishi mumkin. O.Jo‘raboyev A.Qahhor asarlarining arab yozuvidagi dastxatlarini o‘rganar ekan, bu jarayonning qiziqarli va muhim ekanligini ta’kidlaydi. Abdulla Qahhor til va so‘zga juda diqqatli munosabatda bo‘lgan. Ushbu asarning ham ko‘pgina o‘rinlarida nozik ma’noli jumlalar, ibora va so‘zlarni ishlatgan. Ishlanganda ham, tejab-tergab, joyiga o‘yib ishlatgan. Misol uchun, “Muhammadjon qori” hikoyasidagi qoriga raqib aka-uka haqida yozuvchining “Buxoroda o‘qib kelgan” jumlasi bosma nusxalarda (noshir tomonidan) “Buxoroda tahsil ko‘rgan”ga o‘zgartirilgan. Lekin, keyingi o‘rinlarda, bu jumla yana qaytariladi. Vaholanki, muallif dastxatidagi matn to‘g‘ri edi. Negaki, avvolo, “o‘qib kelgan” bilan “tahsil ko‘rgan”ning farqi bor. Qolaversa, ana Shu farqdagi nozik ma’noni ko‘zda tutgan adib bir jumlani ikki bora o‘rinsiz takrorlamaydi. Yoki, asarning 1988 yilgi nashrida Shu hikoyadagi “Hammamizni domla mumkin qadar qattiqroq Shovqin solib o‘qishga majbur qilar edi” o‘z joyida emas, bitta gapdan keyinga olingan. Bu bilan esa yozuvchi ko‘zlagan mazmunga putur yetkazilgan. Yoxud, muallifning o‘z so‘zlashuv va yozuv uslubiga xos bo‘lgan ayrim so‘zlarni o‘zgartirilishi ham bor. Masalan: ertagasi – ertasiga, qilayotipti – qilayapti (yoki qilayatibdi), bosmakchi – bosmoqchi, ustumiga – ustuniga, atala solib – atala quyib, hol-baqudrat – baholi qudrat, hecham bo‘lmasa – hech bo‘lmasa, suyak Sho‘rva soldi – Sho‘rva qaynatdi kabi. Bir qaraganda bunday o‘zgarishlar juz’iy va mayda kamchilikday bo‘lib ko‘rinsa, ehtimol. Lekin, birinchi galda muallif matniga sodiqlik har bir matnshunos va noshirning yodidan ko‘tarilmasligi kerak. Asar yaratilgandan buyon yaqin yarim asr o‘tdi. Shu vaqt mobaynida bu kabi o‘zgarishlar,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 376 bir emas, bir necha o‘nlab sodir bo‘lganini ko‘ramiz va ular asar matnining deyarli har sahifasida uchraydi1. Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasida o‘z so‘zlashuv va yozuv uslubiga xos bo‘lgan ayrim so‘zlarni o‘zgarishi ham berilgan bo‘lib, ular quyidagicha ifodalangan: “Falokatning Sharofati” hikoyasida novvoy so‘zi qissaning arab yozuvidagi birinchi qo‘lyozma nusxasida novoy, keyingi o‘rinlarda ham shu shaklda berilgan. Tashqisida so‘zi esa qissaning arab yozuvidagi birinchi, ikkinchi qo‘lyozma dastxat nusxasi hamda birinchi, ikkinchi va uchinchi nashrlarda tashqarisida shaklida berilgan. Novvoyxonaning keti so‘zi esa birinchi, ikkinchi va uchinchi nashrlarda novvoyxonaning orqasi Shaklida berilgan. So‘zlashuv nutqiga tegishli bo‘lgan so‘zlar do‘kan-do‘kon, o‘xshardi-o‘xshar edi, qog‘az-qog‘oz, buvo-buva, qarolqorol, qorong‘usida-qorong‘isida, shundaq-shunday, devol-devor, kelipti-kelibdi, yelpiyotipdiyelpiyapti, puflayotibdi-puflayapti, kishnayotibdi-kishnayapti, sig‘diralmay-sig‘dirolmay, tug‘ilgan-tug‘gan-tuqqan, hech qachan-hech qachon, chochiga-sochiga, ketaveripmanketaveribman, maxtadi-maqtadi, tomasha-tomosha singari so‘zlar qissaning nashrlarida turlicha berilgan. Bunday holat so‘zlashuv nutqini va uning yozuvdagi shakliga bog‘liq holda, keyingi nashrlarda imlo qoidalariga muvofiq to‘g‘rilangan. Bunday so‘zlarni ko‘plab keltirish mumkin. Qissaning muallif nutqiga tegishli bo‘lgan so‘z va gaplarida Shevaga oid so‘zlar nutqning tafovutini yuzaga keltirishga xizmat qilgan. Chunonchi: “Dadam cho‘chib ayamga qaradi”. Ayam so‘zi qissaning arab yozuvidagi ikkinchi qo‘lyozma dastxat nusxasida onamga tarzida berilgan. “O‘tmishdan ertaklar” qissasining “Falokatning Sharofati” qismida hozirgi zamon fe’lining Shakllarni ko‘rish mumkin: “Bir vaqt qarasam, tepamda besh-olti kishi turibdi. Bularning biri meni yelpiyotipti, biri boldirimni puflayotibdi...Kimningdir: “Bu azamat bola, yig‘lamaydi, yig‘lagani yo‘q, toychoq bo‘lib kishnayotibdi” deganini eshitdim”. “O‘tmishdan ertaklar” qissasining rus (krill) yozuvidagi, mashinkalangan, uchinchi qo‘lyozma dastxat nusxasi, qissaning 1966 yildagi birinchi nashri, qissaning 1967 yildagi ikkinchi nashri, qissaning 1988 yildagi uchinchi nashrida yelpiyotibdi, puflayotibdi, kishnayotibdi hozirgi zamon fe’llari yelpiyapti, puflayapti, kishnayapti tarzida berilgan. “O‘tmishdan ertaklar” qissasida marosim nomida ham tafovutlarni ham ko‘rishmiz mumkin. Qissaning “Indamas” hikoyasi misolida ko‘ramiz: “Ayam o‘rnidan turgandan keyin mahalladan bir qancha xotin-xalach taomilga ko‘ra, har biri topgan-tutganini ko‘tarib “sichqon surdi”ga kirishdi, o‘zlari osh-ovqat qilishdi. “Sichqon surdi” marosimi qissaning rus (krill) yozuvidagi, mashinkalangan, uchinchi qo‘lyozma dastxat nusxasida “sichqon qochdi” tarzida berilgan. Sichqon surdi–kasallikdan endigina tuzalgan kishi birinchi bor uydan chiqib, biror joyga borganda aytiladigan ibora hisoblanadi. 1Жўрабоев О. Ўтмишдан эртаклар қиссасининг илмий-танқидий матни ва илк варианти. – Тошкент. “Тамаддун” 2011 й. 5 -б.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 377 Qissaning “Indamas” hikoyasida o‘zbek xalq bolalar o‘yinlaridan hisoblangan “Oq terakmi, ko‘k terak” o‘yini haqida ma’lumot berilgan. Bu o‘yinni tariflash jarayonidagi ayrim so‘zlar turli nashrlarda ishlatilishiga e’tibor qarataylik. Namozgarga yaqin ko‘chada bolalar chig‘urlaShib qoliShdi. Chiqdim. Bolalar mening uchun yangi “Oq terakmi, ko‘k terak” o‘ynashayotgan ekan. Bu o‘yinda bolalar orada yigirma-o‘ttiz qadam masofa qoldirib ikki safga tizilishar, qo‘l ushlashib turishar, safning boshlig‘i qarshi safga qarab: “Oq terakmi, ko‘k terak, bizdan sizga kim kerak” der ekan; qarshi tomonning boshlig‘i “folonchi kerak” deganda nomi aytilgan bola safdan chiqar ekanu yugurib borib o‘zini jon jahdi bilan qarshi safga urar ekan; shunda saf buzilsa g‘olib bola mag‘lub safdan bir bolani olib ketar, safni buzalmasa o‘zi shu safda qolib ketar ekan. Men Olim buvo mahallasida bolalar qatoriga kirib qolganim uchun dadil borib safga qo‘shildim. Qanchadan-qancha bola qarshi safni buzib bola olib keldi, qanchadan-qanchasi safni buzalmay qolib ketdi. Arziqib kutdim: meni ham “kerak” desa, men ham yugurib borib safni buzsam, bola yetaklab kelsam... Biroq meni hech kim “kerak” demadi. Bu bolalar mening otimni bilmasligi esimga kelmapti. Mazkur hikoyada “saf buzilsa” jumlasi qissaning 1967 yildagi ikkinchi nashri, qissaning 1988 yildagi uchinchi nashrlarida safni “buzolsa” tarzida, “buzalmasa” qissaning 1967 yildagi ikkinchi nashri, qissaning 1988 yildagi uchinchi nashrlarida “uzolmasa” tarzida, “bola” so‘zi arab yozuvidagi uchinchi qo‘lyozma dastxat Shaklida “bolalar” ko‘plik tarzida, “arziqib” so‘zi esa qissaning 1967 yildagi ikkinchi nashri, qissaning 1988 yildagi uchinchi nashrlarida “orziqib” tarzida, “otimni” so‘zi qissaning 1967 yildagi ikkinchi nashri, qissaning 1988 yildagi uchinchi nashrlarida “nomimni” Shaklida, “kelmapti” fe’li esa qissaning 1966 yildagi birinchi nashri, qissaning 1967 yildagi ikkinchi nashri, qissaning 1988 yildagi uchinchi nashrlarida “kelmabdi” tarzida kelgan. “O‘tmishdan ertaklar” qissasining matniy xususiyatlari, variantlarini yuzaga kelishi va yozuvchi mahoratini o‘rganish muhim ekanligini yuzaga keltirdi. Asar bir necha bor nashr qilingan va kitobxonlarning sevimli asariga aylangan. Adib til va so‘zga juda diqqat bilan munosabatda bo‘lgan. Ushbu asarning ham ko‘pgina o‘rinlarida nozik ma’noli jumla, ibora va so‘zlarni ishlatgan. Ammo bu jumlalar hikoyalarda farqli ravishda chop etilgan. Bu ko‘rinish juz’iy kamchilikday tuyulsa-da, muallif matniga sodiqligini saqlash har bir noshir va matnshunosning yodidan ko‘tarilmasligi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Жўрабоев О. Ўтмишдан эртаклар қиссасининг илмий-танқидий матни ва илк варианти. –Тошкент. “Тамаддун” 2011 й. 5 -б. 2. Madvaliyev A. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. A.Madvaliyev, E.Begmatov; muharrir N.Mahmudov. – Toshkent: Akademnashr, 2012. – 528 b. 3. O‘zbektilining izohli lug‘ati. A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, D.Xudoyberganova, O.Odilov. – Toshkent. “O‘zbekiston nashriyoti” 2021-y 4. Abdulla Qahhor. “O‘tmishdan ertaklar”. Sarguzasht qissa. –Toshkent: Toshkent badiiy adabiyot, 1966 y. 151 b. 5. Abdulla Qahhor. Asarlar. Olti tomlik, ikkinchi tom. Povestlar. “O‘tmishdan ertaklar”.– Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot, 1967 y. 141 b. 6. Abdulla Qahhor. “O‘tmishdan ertaklar”. Sarguzasht qissa. –Toshkent: O‘qituvchi. 1979y. 121 b.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 378 7. Abdulla Qahhor. Asarlar. Besh jildlik, uchinchi jild. Qissalar. “O‘tmishdan ertaklar”. – Toshkent: Gafur G‘ulom adabiyot va san’at, 1988 y. 112 b. 8. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar”. Qissa. –Тoshkent: Sharq, 2001. 192 b. 9. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar”. Qissa. –Тoshkent: Sharq, 2002. 192 b. 10. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar”. Qissa. –Тoshkent: Sharq, 2005. 192 b. 11. Abdulla Qahhor. “O‘tmishdan ertaklar”. Qissa. Toshkent. Adabiyot uchqunlari, 2018 y. 160 b. 12. https://uz.wikipedia.org/wiki 13. https://www.ziyouz.com 14. http://ziyonet.uz 15. https://saviya.uz 16. https://savodxon.uz 17. https://imlo.uz 18. https://lotin.uz