"HOZIRGI O'ZBEK ADABIY TILI" KURSINI O'QITISHDA DEYKSISDAN FOYDALANISH
Full text
38 “HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” KURSINI O‘QITISHDA DEYKSISDAN FOYDALANISH Nargiza Musulmanova, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387291 Oliy ta’lim filologik yo‘nalish bakalavr bosqichida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursi 4 semestr davomida o‘qitiladi. Kurs tarkibidagi o‘zaro bog‘liqlik va ketmaketlik mavzularning oddiydan murakkabga yoki xususiylikdan umumiylikka qarab borishi asnosida shakllantiriladi. Mazkur kurs (ya’ni fan) majburiy fanlar blokidan joy olgan bo‘lib, odatda, kurs (loyiha) ishi yozish bilan yakunlanadi. Til va adabiyot o‘rtasida mustahkam integratsiya mavjudligi uchun badiiy asarlarni fonetik, leksik va grammatik jihatdan tahlil qilish har tomonlama – mavzuni o‘rgatish va o‘zlashtirihda qulaylik yaratib beradi. Badiiy asarlarni lingvistik tahlil qilishda lingvopoetika qoidalariga amal qilish talab etiladi. Biz ushbu maqolamizda “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”ning “Morfologiya” qismida so‘z turkumlarini deyktik tahlil qilish haqidagi ayrim mulohazalarimizni berib o‘tdik. Jahon tilshunosligida so‘z turkumlarini o‘rgatishda o‘zgacha model va metodikalardan foydalaniladi. O‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarini o‘rganish juda uzoq tarixga ega bo‘lib, xususan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida ham turkiy tillarning so‘z turkumlari bo‘yicha mulohazalarini ko‘rish mumkin. Turkiy tillarning ko‘pchiligida so‘z turkumlari, deyarli, bir xil talqin qilinadi. Dastlab, so‘z turkularini “ismlar” va “fe’llar” deb ikki katta guruhga ajratilganligi barcha til ilmi bilan shug‘ullanuvchilarga ma’lum. Bugungi tilshunoslikda ham ko‘p hollarda so‘z turkumlari va sintaktik tasniflarda biz ularni shu ikki guruhga ajratib ham tasniflaymiz. Masalan, o‘zbek tilidagi gapning bosh bo‘laklari haqida gap ketganida kesimni “fe’l kesim” va “ism kesim” deb, “ism kesim” tarkibiga ot, sifat, son, ravish, taqlid va harakat nomi kabilarni kiritamiz. Ammo, ayrim adabiyotlarda negadir u “ot kesim” nomi bilan beriladi. Umuman olganda, bu kabi munozarali holatlar tilshunosligimizda hali hamon juda ko‘p va ularni tadqiq etish uzoq vaqtlar davom etadi, deb o‘ylaymiz. Zamonaviy o‘zbek tilshunosligida tadqiq etilayotgan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlarida antropotsentrizm masalasi keng o‘rin olmoqda. Xususan, lingvopoetikaga oid ko‘plab ishlarda badiiy asarlar nutqini o‘rganish, ularni lingvistik nuqtai nazardan tadqiq qilish, tadqiqot natijalarining o‘zbek tili grammatikasiga tadbiq etilishi pragmalingvistikaning yanada rivojlanishiga zarur omil bo‘lib qolmoqda. Badiiy asar
39 tilining sotsiopragmatik aspektda o‘rganilishi ko‘p jihatdan til grammatikasining ayrim xususiyatlarini tadqiq qilishga olib keladi. Jumladan, badiiy asarlardagi deyktik birliklar va grammatik vositalar shular jumlasidandir. Deyksis hodisasi (grekcha “deixis” so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rsatish, ishora ma’nosini anglatadi) – leksik va grammatik vositalar orqali ifodalanadigan til birligi yoki majmui sifatidagi ishora 1 . Til birliklarining kontekst, nutq vaziyati bilan bog‘liq pragmatik jihatini o‘rganishga e’tibor kuchaygach, deyksis muammosi pragmatikaning tadqiq obyekti sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Deyksis nutq jarayonidagi komponentlarni va ifoda mazmunidagi denotativ komponentlarni faollashtirish uchun xizmat qiladi. Deyksis ko‘lami nutq akti ishtirokchilarini (rolli deyksis), ya’ni so‘zlovchi va adresat, kishilik (1va 2-shaxs – men, sen) va ayrim ko‘rsatish olmoshlarini, xususan, predmet va shaxslarning uzoqda yoki yaqinda joylashganligiga ko‘ra ishora qilinishi va h.k.larni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, deyktik birliklar (leksemalar) faqat matnda aniq bo‘ladi. Ular nutqdan olib chiqilganda mavhumlik kasb etadi. Shu nuqtai nazardan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursining barcha bo‘limlarida, xususan, morflogiyada ham badiiy asasrlarni deyksis hodisasiga ko‘ra tahlilga tortish, ulardagi adresat va adresant nutqini referensial munosabatlar asosida o‘rganish fan mavzusini ochib berishga, eslab qolish va tadqiq qilishga katta yordam beradi. Zero, oliy ta’lim filologik yo‘nalishlarida o‘tiladigan tilshunoslik fanlarining barchasi o‘rtasida uzviy integratsiya mavjud bo‘lib, bir-biriga bilvosita yoki bevosita bog‘liq bo‘lgan mavzularni ham talabalarga tushuntirib ketish ularda shu yo‘nalishga bo‘lgan qiziqishni yanada orttiradi. Deyksis muammosining o‘rganilishi, jahon tilshunosligidagi tadqiqi va o‘zbek tilshunosligida ayrim matnlarning deyktik tahlillarini biz avvalgi maqolalarimizda berib o‘tgan edik 2 . Ushbu maqolamizda esa filologik ta'lim yo‘nalishi bakalavr bosqichida o‘tiladigan majburiy fanlar blokiga kirgan Hozirgi o‘zbek adabiy tili fani asosida tahlillarimizni olib boramiz. Demak, deyksis (grekcha “deixis” so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rsatish, ishora ma’nosini anglatadi) hodisasi – leksik va grammatik vositalar orqali ifodalanadigan 1 Лингвистический энциклопедический словарь: http://tapemark.narod.ru/les/128d.html. 2 Musulmanova N. O‘zbek badiiy asarlarida deyktik birliklar va ularning o‘zbek tili grammatikasidagi tutgan o‘rni / Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Journal home page: Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701, https://inscience.uz/index.php/foreignlinguistics, https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp88-92; Qarayeva B., Musulmanova N. Toxir Malik asarlarida deyktik birliklar ifodasi / International scientific and practical conference "Innovative approaches in study of the language, literature, translation, tourism and cultural heritage on the silk road", Samarkand, may 3-4, 2024, https://doi.org/10.5281/zenodo.11101017.
40 til birligi yoki majmui sifatidagi ishora. Ma’lumki, deyktik birliklar faqat matnda aniq bo‘ladi. Har qanday muloqot, voqelik makon va zamonga bog‘liq bo‘ladi 3 . Shunday ekan, makon va zamonni ifodalovchi ravish so‘z turkumi doirasida deyktik hodisalarni badiiy matnlar orqali tahlil qilish va talabalarga bu hodisalar (deyktik) haqida ham ma'lumotlar berilsa, foydadan holi bo‘lmaydi. Shuningdek, bu tahlillar jarayonida olmosh va ot so‘z turkumi o‘rtasidagi mushtaraklik (integratsiyaga)ka ham e'tibor qaratiladi. Chunki, deyksis ishora, ko‘rsatish ekan, unda, albatta, olmosh so‘z turkumining o‘ziga xos o‘rni mavjud bo‘ladi. Keling, ayrim shunday matnlarni tahlil qilib ko‘ramiz. Biz obyekt sifatida Said Ahmadning “Kiprikda qolgan tong” qissasini oldik. “Mashinada vodiy tomonga ketyapmiz. Yosh yozuvchi ukalarim bilan ba’zan shunaqa sayohatga chiqadigan odatimiz bor. O‘zim rul boshqarib kelyapman… Orqa o‘rindiqda shu vodiyda tug‘ilgan, birinchi hikoyalarini shu yerda yozib e'lon qilgan Xudoyberdi To‘xtaboev bilan ikki hikoyalar kitobini, «Sevgim — sevgilim» qissasini nashr qilgan, g‘oyatda odobli, yosh bo‘lishiga qaramay ko‘pchilikning tavajjuhini o‘ziga qaratgan O‘lmas Umarbekov o‘tiripti. Boya yo‘lga chiqayotganimizda u, tog‘dan ketmaymizmi, deb so‘ragan edi. Unga hozircha tog‘da vodiyga xos hech narsa yo‘q, hammayoq temir-tersak, texnika, ekskavatoru buldozerlar tosh surib yo‘l ochyapti. Men sizlarni ota-bobolarimiz qatnagan yo‘ldan olib kelyapman, degan edim. — Otabek yurgan yo‘ldanmi? — deb takror so‘radi O‘lmas. Ko‘pchilikni Otabek yurgan yo‘l qiziqtiradi. O‘sha yo‘lni ko‘rgilari keladi. — Otabek yurgan yo‘l manavi tog‘lar orasida, — deyman ularga. — U yo‘ldan yo otda, yo eshak minib o‘tish mumkin. Biz Kumushbibi otaonalari bilan aravada Toshkentga borgan yo‘lni yoqalab kelyapmiz...” 4 . Matndan ko‘rinib turibdiki, ajratilgan so‘zlar olmosh va o‘rin ravishlariga ishora qiladi: shunaqa sayohatga, shu vodiyda, shu yerda, hammayoq, o‘sha yo‘lni, manavi tog‘lar, u yo‘ldan. Ko‘rsatish olmoshlarining aksariyati o‘rin otlari bilan birgalikda qo‘langan va o‘rin ravishlariga yaqinlashgan. Gapni sintaktik tahlil qiladigan bo‘lsak, unda bularning barchasi o‘rin holi vazifasida keladi. Ushbu asardan olingan parchada deyksis makon deyksisiga to‘g‘ri keladi. 3 Ishanjanova M.S. Makon deyksisi: monografiya. –Andijon, 2023, B-128. 4 Саид Ахмад. Киприкда қолган тонг (қисса). –Тошкент: “Шарқ” НМАК, 2008, 1-б. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_nasri/Said%20Ahmad.%20Kiprikda%20qolgan%20tong%20(qissa).pdf
41 Xuddi shunday, ushbu matnda shaxs deyksisi ham faol: o‘zim, ko‘pchilikning, o‘ziga, u, unga, men sizlarni, ularga, biz kabi bir qancha olmoshlar va ravish ishoraviylik vazifasini bajargan va to‘liq deyktik hodisa hisoblanishiga haqli. Endi zamon deyksisi ishtirok etgan matnlarni tahlil qilsak: “O‘lmas biron asar yozadigan bo‘lsa «odamovi» bo‘lib qolardi. Boshqa ishlarni unutar, faqat yozayotgan asarini o‘ylardi. Shu paytlarda u mehmonga ham bormas, mehmon ham chaqirmasdi. Uning bu odatini bilmay tasodifan kelib qolgan tanishlarini qachon ketarkin, deb bezovta bo‘laverardi... ... Yozuvchi uchun ham, kitobxon uchun ham xuddi shu bugundagidek jonli muloqot nihoyatda foydali xamda maroqli ekaniga yana bir marta iqror bo‘ldim... — Voqea Yangiqo‘rg‘onning aylanma guzari bilan Furqat stansiyasi oralig‘idagi yo‘llarda o‘tishi kerak. Hozircha o‘ylaganim shu, xolos...” 5 . Mazkur asar parchasida zamonga ishora qiluvchi deyktik birliklar mavjud bo‘lib, ular ish-harakat va holat, voqea-hodisa qachon sodir etilganligiga ishora qilib turibdi. 1, 2va 3-ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar bevosita ko‘rsatish va so‘roq olmoshi + ot so‘z turkumi bilan zamon deyksisini ifodalab kelyapti. Hozircha esa payt ravishi hisoblanadi va u ham payt deyksisini ifolalab kelmoqda. Shuningdek, shaxs deyksisini hosil qiluvchi birliklar LMTsiga 6 kiruvchi shaxsga ishora qiluvchi kishilik olmoshlari, ism-familiyasi, laqabi, taxallusi, naslnasabi, kasb-kori, unvoni, mansabi, millati, turar joyiga ko‘ra yoki kelib chiqishiga ko‘ra qayerlik ekanligi, ijtimoiy holatini ko‘rsatuvchi, qarindoshlik tushunchalarini ifodalovchi, kishilarning yoshi bilan bog‘liq xususiyatlarni anglatuvchi, jinsi bilan bog‘liq ot turkumiga mansub so‘zlar; shaxslarga ishora qiluvchi barcha otlashgan so‘zlar kabi LMGlari 7 kiradi. O‘zbek tilida shaxsga ishora qiluvchi deyktik biliklarga shaxs-son va egalik qo‘shimchalari ham kirishi mumkin. Mustaqil so‘z turkumlaridagi ayrim so‘zlar ba’zi holatlarda egalik yoki ko‘plik qo‘shimchasini olib, odatda, otlashib ham ketadi. Ba’zan esa, transpozitsiya hodisasi tufayli shaxsni ifodalovchi ayrim so‘zlar bir so‘z turkumidan boshqa so‘z turkumiga yoki bir so‘z turkumi ichida o‘zaro “ko‘chish” jarayonini ham amalga oshirib, shaxs deyksisini hosil qilishi mumkin. Masalan: asal – Asal (ot so‘z turkumida turdosh otdan atoqli otga); go‘zal – Go‘zal (sifat so‘z turkumidan atoqli otga); Rentgen – rentgen (atoqli otdan turdosh otga); birinchi – birinchilar (tartib sondan ot so‘z turkumiga) va h.k. Obyekt sifatiga olingan Said Ahmading “Kiprikda qolgan tong” qissasi orqali bu hodisalarni birma-bir tahlil qilish mumkin: 5 Said Ahmad. Ko‘rsatilgan asar. 5-bet. 6 Lug‘aviy mazmuniy to‘da. 7 Lug‘aviy ma'noviy guruh.
42 “Abdulla Qahhorning maslahati bilan uni «Mushtum»da ishlash uchun Toshkentga chaqiradigan bo‘ldik. Lekin uning bunga xohishi bo‘lmayaptimi yoki kelishga biron to‘siq bormi, bilib bo‘lmaydigan lanj ahvolda edi. Taklifimizga na ha, dedi, na yo‘q. U Olchin qishlog‘idagi o‘rta maktabda direktor. Malakali o‘qituvchilar kam bo‘lganidan har ikki smenada ham adabiyot darsini o‘zi olib boradi. Otalig‘idagi ikkita yetti yillik maktabda ham kunora dars beradi. Rayon xalq maorifi bo‘limida o‘tkaziladigan turli seminarlar, konferensiyalar, veteran o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar usiz o‘tmaydi. Bunaqa tadbirlar uchun maorif pul ayamaydi... ...Uzoq qishloqlardan kelgan o‘qituvchilar gazetalarda doimo hikoyalari bosiladigan tirik yozuvchi bilan hayajonli uchrashuvda xuddi Oybekni yoki G‘afur G‘ulomni ko‘rayotgandek ko‘zlari yashnab o‘tirardilar... ...Anvar Muqimov bu uchrashuvlardan quruq qaytmasdi. Otasini nevara-evaralari «Katta» deb atashardi. U, xuddi soliq inspektorlariga o‘xshab, qaerdan o‘g‘lining qancha pul olganini aniq bilib yuradi. Pulni o‘g‘lining qo‘lidan qoqib olmaguncha ko‘ngli tinchimaydi... – Anvarjon ukam, — dedim unga. — Siz o‘sishingiz kerak. Toshkentda ustozlardan saboq olasiz, poytaxtdagi adabiy muhit, o‘z tengi yosh yozuvchilar bilan bo‘ladigan muloqotlar fikr doirangizni kengaytiradi. «Mushtum» esa sizni elga tanitadi. Kelsangiz yomon bo‘lmaydi... – Qani, eshikdagilar bilan bir maslahatlashib kelaychi, — deb Olchinga jo‘nab ketdi. «Katta»dan ruxsat tegdi, shekilli, ko‘rpa-to‘shagini orqalab Toshkentga keldi. Anvarjonga Toshkentda yashash oson bo‘lmadi. «Katta» har oyda qishloqda topadigan miqdorda pul yuborib turishni bo‘yniga qo‘yib jo‘natgan edi. Vazirlar oladigan maoshdan bir yarim barobar ko‘p pul topishning aslo iloji yo‘q edi... ... Aytgan vaqtida bir blok «Rodopi» sigareti bilan yetib bordim. Dasturxon atrofida nomdor haykaltarosh Yakov Shapirov, «O‘zbekfilm» rejissori Muxtor Og‘amirzaev bilan... aytsam ishonmaysiz, rosmona kosmonavt o‘tiripti. Unchamuncha kosmonavt emas, besh marta fazo kemasida uchgan, ikki marta «Oltin yulduz» olgan Jonibekov o‘tiripti. U avval qo‘limdagi sigaretga, keyin o‘zimga qaradi. Bitta chektiring, birodar, dedi yalingandek... ... Bachqirlik havaskor xonanda «Onam derman»ni boshladi. Mirzaabdulla ashulani to‘xtatib uni turg‘izdi. Hofiz bola «Onam derman»ni nihoyatda berilib aytardi. Qo‘shiq avjiga chiqqanda xotinlar birdan uvvos solib yig‘i boshladilar. Yig‘i orasida «Jannatmakonim onam» degan so‘zlar quloqqa elas-elas chalinib qolardi. Go‘yo xotinlar bo‘g‘zida kuch bilan ushlab turgan faryod, alam-sitam birdan tashqariga otilib chiqayotgan edi...
43 ... Xudoyberdi boshini ko‘tardi. — Sharmanda bo‘ldik, ustoz. Birontamiz shu paytgacha el oldida bunaqa mulzam bo‘lmaganmiz. Biz maishat qilib mast-alast bo‘lib, qiyqirib o‘tirganimizda mezbonning onasi olamdan o‘tgan ekan. Bu voqeani bizga bildirmagan. Marhumaning qizlari, kelinlari, singillari ko‘zda yosh bilan qozon boshida xizmat qilayotgan ekanlar. Hovlining bir burchida qiyqirik, kulgi, qo‘shiq, bir burchida ko‘zyoshi, faryod, iztirob. Tong otib ketdi. Mezbonga bu quvnoq, bu shodon bazm uchun rahmatlar aytib chiqib ketyapmiz. Shu payt mezbon orqamizdan kelib, «volidamizni berib qo‘ydik, qaytib kirib fotiha o‘qib ketsangizlar», deb qoldi...” Ko‘rinib turganidek matn orasidagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning barchasi shaxs deyksisiga ishora qiladi. Ular orasida biz yuqorida keltirib o‘tgan deyarli barcha LMG a'zolari bor. Ushbu deyksislar, asosan, ot so‘z turkumiga xos bo‘lib, ot so‘z turkumi LMGlari orasida o‘z o‘rniga ega. O‘zbek tilida mavjud uslublarning barchasida ushbu shaxs deyksislaridan har doim faol foydalaniladi. Shaxs deyksislaridan tashqari joy nomlari (otlari) ham ot so‘z turkumiga kiruvchi birliklar hisoblanadi. Ushbu lekskemalarning ayrimlari affiksatsiya yoki kompozitsiya usulida yasalgan bo‘lishi, turli joylarda dialektga oid atamalarning ham mavjud bo‘lish ehtimolidan holi emas. Ayrim joy nomlari, ya'ni antroponimlarning kelib chiqishi, ma'no ifodalashi, ayrim mashhur insonlarning nomlari bilan bog‘liq bo‘lishi o‘z tarixiga ega bo‘ladi. Endi tanlangan asarimizdan joy nomlari deyksisini topib tahlilga tortsak: ...— Esinglarda bormi, «Yangi matcho» tepasida samolyot toqqa urilib qulagandi. O‘shanda «Naymanbo‘ston»lik bir otaxonning qizi bilan kuyovi ham halok bo‘lgandi... ... Anvar Eshonov «Kolxozlar tarixi instituti»dan Quva kolxozining raisi Sherbo‘taevga xat olib kelgan ekan. Rais bilan uchrashish uchun «Bekat»ga ketar ekan, «Bugun kelolmasam xavotir olmanglar, ertalab yetib kelaman», dedi... ... Tog‘a Surxondaryoning qaysidir qishlog‘ida tomorqasiga bozorgir xandalaklar, chilgi qovun-tarvuzlar ekib yaxshigina daromad oladi... Sibir tomonlarda ichi anor donasidek qip-qizil, pirojniyning kremiga o‘xshash ajab g‘alati ta'mli bu tarvuzlarga «Rayskiy arbuz» deb nom qo‘yib olganlar... ... Buyuk Venetsiya asta-sekin umrini tugatayotganga o‘xshardi. Endi safar Rimdan sal naridagi Piza shahriga... Ledi Londonda o‘qiydi. Men Toshkentda yashayman, birbirimizni haddan tashqari sog‘inganmiz, — deb javob qildi Zuhro... Zuxro bilan Umida Kolizeydan xuddi ming yilliklar ichidan bugungi kunga chiqib kelayotganga o‘xshardilar. Endi safar Ispaniya poytaxti Madrid shahriga. Unda bir kun bo‘lib Gibraltar bo‘g‘oziga o‘tadilar. Grenada viloyatida arablar
44 qurgan benihoya salobatli masjidlarning ko‘kka bo‘y cho‘zgan naqshinkor minoralariga qarab bu yerlarda bo‘lib o‘tgan jangu jadallarda shikastlanmaganiga hayron qoladilar. Talabalarga Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan so‘z turkumlari bo‘yicha mavzular o‘tilganda, hech ikkilanmasdan ularni misol sifatida keltirish, badiiy asarlardan parchalar olib, ularni tahlil qilish mumkin. Bu bizga nima beradi? Bu – talabalarni mavzuni yodaki yodlab yoki yuzaki o‘zlashtirib olishni emas, balki tilshunoslikda mavjud boshqa nazariyalar bilan mavzularni o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari talabalar lingvopoetika – til va adabiyot mushtarakligidan ham xabardor bo‘lishadi. Mashg‘ulot turlaridan qat'iy nazar badiiy asarlardan olingan matnlarni leksik-semantik, morfemik, morfologik va sintaktik tahlil qilish dars samaradorligini ancha oshiradi, darslarning qiziqarli bo‘lishiga, talabalarning badiiy asarlarni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ishanjanova M.S. Makon deyksisi: monografiya. –Andijon, 2023, B-128. 2. Musulmanova N. O‘zbek badiiy asarlarida deyktik birliklar va ularning o‘zbek tili grammatikasidagi tutgan o‘rni / Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Journal home page: Issue – 2 № 6 (2024) / ISSN 2181-3701, https://inscience.uz/index.php/foreignlinguistics, https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss6-pp88-92. 3. Qarayeva B., Musulmanova N. Toxir Malik asarlarida deyktik birliklar ifodasi / International scientific and practical conference “Innovative approaches in study of the language, literature, translation, tourism and cultural heritage on the silk road”, Samarkand, may 3-4, 2024, https://doi.org/10.5281/zenodo.11101017. 4. Лингвистический энциклопедический словарь: http://tapemark.narod.ru/les/128d.html 5. Саид Ахмад. Киприкда қолган тонг (қисса). –Тошкент: “Шарқ” НМАК, 2008, 1-б. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_nasri/Said%20Ahmad.%20Kiprikda%20qolgan%20tong%2 0(qissa).pdf