scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AKSIOLOGIK UNDOV SO'ZLAR

Dadabayeva Shirinxon Shuxratovna

Full text

74 AKSIOLOGIK UNDOV SO‘ZLAR Dadabayeva Shirinxon Shuxratovna Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387406 Annotatsiya. Maqolada o‘zbek tilidagi undov so‘zlarning aksiologik leksika tarkibidagi o‘rni tahlil etilib, ijobiy va salbiy turlari ularning semantik hamda pragmatik xususiyatlari nuqtayi nazaridan izchil yoritiladi. Tadqiqot natijalari undovlar nafaqat subyektiv bahoni ifodalashini, balki ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni ham aks ettirishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: undov so‘zlar, aksiologik leksika, emotsional baho, ijobiy va salbiy guruhlar, semantika, pragmatika, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar. Аbstract. The article analyzes the role of interjections in the axiological lexicon of the Uzbek language, consistently highlighting their positive and negative types from semantic and pragmatic perspectives. The research results show that interjections express not only subjective evaluation but also reflect socio-cultural values. Keywords: interjections, axiological lexicon, emotional evaluation, positive and negative groups, semantics, pragmatics, socio-cultural values. O‘zbek tilida undov so‘zlar mustaqil leksik birliklar bo‘lib, ular kishilarning his-tuyg‘ularini, buyruq-xitob, haydash va chaqirish kabi ma’nolarida keluvchi maxsus turkum 1 hisoblanadi. Undov so‘zlarning eng asosiy vazifasi so‘zlovchining munosabatini ifodalashdir 2 , ya’ni undov so‘zlar subyektiv bahoni aks ettirganligi tufayli aksiologik leksikaning qatlamlaridan biriga kiradi. Ular semantik jihatdan emotsional(obbo), imperativ (pisht) va bu ikki guruhga tegishli bo‘lmagan undovlarning( xo‘sh-xo‘sh) turlari mavjud. Aynan, emotsional undovlar aksiologik bahoni bevosita ifodalaydi, qolgan ikki turida aksiologik baho mavjud bo‘lmaydi, ammo ba’zan kontekstda aksiologik xususiyat ko‘rsatilishi mumkin. Emotsional undovlar ikki guruhga – ijobiy va salbiy guruhlarga bo‘linadi 3 . Ijobiy emotsional undovlar quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Shafqat, mehribonlikni ifodalovchi undovlar – Iye, voyey, voy; 2. Sevinch, hursandchilik, zavqlanishni ifodalovchi undovlar – voy, ho,ehe, o‘hho‘, ho. 3. Qoyil qolish va rohatlanish ma’nosidagi so‘zlar – o, hay-hay,o. 4. Mamnuniyat, faxrlanish, mag‘rurlanish, xayrihohlikni ifodalovchi undovlar – e-ha, eh, ehe, o‘ho‘, o‘h-ho‘,voy, ehe, ha-ya, e-ha. 1 O‘zbek tili grammatikasi. I tom. – Toshkent, 1975. –B. 591. 2 Halliday M. A. Language as social semiotic: The social interpretation of language and meaningю – London: Edward Arnold. – P. 32-45. 3 O‘zbek tili grammatikasi. I tom. – Toshkent,1975. –B. 595-596. 75 5. Undashni, ogohlantirishni hamda tasdiqni ifodalovchi undov so‘zlar – hayhay, ha. Salbiy emotsional undovlar esa quyidagi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi: 1. E’tiroz, norozilik,shikoyat, zorlanish ma’nolaridagi undov so‘zlar – ha, ho, voyeye, voy,e, o‘h, oh, Ey,xudo, obbo. 2. Jirkanish, jahl, zarda,g‘azab, nafrat ma’nolarini beruvchi undov so‘zlar – e,e,eh, he. 3. Achinish, afsuslanishni ifodalovchi undov so‘zlar – he, attang, oh, eh. 4. Kinoya, piching, kesatiq, koyish – o,e, obbo, hoy-hoy, ho, e. 5. Tanbeh, ogohlantirish, kutilmagan vaziyatni ifodalovchi undovlar – hay-hay, iya, e. 6. Cho‘chish, vahima va qo‘rquvni ifodalovchi undovlar – oh, o, voy. 7. G‘am-g‘ussa, qayg‘u-alam, kulfat, zorlik, o‘kinch ma’nolaridagi undov so‘zlar – oh, e, o. 8. Ajablanish, taajub, hayratlanish, ranjishni ifodalovchi undov so‘zlar – iyi, iya,iye-voy. Emotsional undovlar aksiologik leksikaning o‘ziga xos qatlamlaridan biri bo‘lib, so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy bahosini to‘g‘ridan – to‘g‘ri leksikintonatsion vositalar orqali ifodalaydi. Ushbu vositalar boshqa birliklardan farqli o‘laroq, matnda mustaqil birlik sifatida boshqa grammatik vositalarga bog‘lanmasdan, subyektiv bahoni aniq va ixcham ko‘rinishda yetqazadi. “Obbo, endi shuyam bormid?” Yodgor chiroqni yoqdi. Gaz plitaga qo‘yilaverib sarg‘ayib ketgan choygumni bir chekkaga olib qo‘ydi. Plashining qorini qoqib, karavotga tashladi.(O‘. Hoshimov “Sevgi qissalari”) Mazku misolda obbo undov so‘zi gap tarkibida mustaqil leksik birlik bo‘lib, Yodgorning charchoq va norozilik hissini bevosita ifodalaydi. Aksiologik nuqtai nazardan salbiy ma’noda, e’tiroz va shikoyat tuyg‘usini aniq va qisqa tarzda namoyon etadi. Undov so‘zlarning ijobiy yoki salbiy ma’noda kelishi kontekstga bog‘liq. Biroq kontekstsiz ham faqat ijobiy yoki salbiy ma’nolarini ifodalovchi undov so‘zlar ham mavjud. Masalan, ura undov so‘zi 4 faqat ijobiy ma’noda keladi. Emotsional undovlardan tashqari, rasm-odatni ifodalovchi undov so‘zlar ham aksiologik leksik birliklar bo‘lib, ular so‘rashish (hormang), tabrik, hayrlashish (hayr,), rag‘batlantirish (qulluq, ofarin), tashakkur, minnatdorchilik(rahmat, 4 O‘zbek tili grammatikasi. I tom. – Toshkent,1975. –B. 596. 76 marhamat) kabi ma’nolarni ifodalaydi 5 . Bu undov turi ham aksiologik leksikaning bir turi sifatida ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni ifodalaydi hamda ijobiy baho sifatida nutq madaniyati me’yorlarini mustahkamlaydi. O‘zbek tilidagi undov so‘zlar nutqning hissiy bo‘yoqdorligini oshiruvchi, so‘zlovchining subyektiv bahosini aniq ifodalovchi leksik birliklardir. Ular ijobiy va salbiy guruhlarga ajralib, shaxsiy his-tuyg‘ular bilan bir qatorda jamiyatning ijtimoiymadaniy qadriyatlarini ham namoyon etadi. Shu bois, undov so‘zlarni aksiologik leksikaning muhim bo‘lagi sifatida o‘rganish tilshunoslikda eng muhim masalalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. – Toshkent, 1975. –B. 591. 2. Halliday M. A. Language as social semiotic: The social interpretation of language and meaning. – London: Edward Arnold. – Pp. 32-45. 5 Yuqoridagi manba. – B.596-597.