scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RASMIY VA NORASMIY XUSHMUOMALALIKNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Feruza Umurova; Abdivassiyeva Jasmina

Full text

77 RASMIY VA NORASMIY XUSHMUOMALALIKNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI Feruza Umurova, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti dotsenti, f.f.f.d., v.b Abdivassiyeva Jasmina, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387414 Annotatsiya. Ushbu maqolada rasmiy va norasmiy xushmuomalalik ifodalarining lingvistik va madaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Turli kommunikativ vaziyatlarda odob-axloq normalarining til vositalarida qanday aks etishi, muomala uslubi va kontekstga mos ifodalar tanlanishi o‘rganiladi. Shuningdek, ijtimoiy maqom, yosh, mavqe kabi omillarning xushmuomalalik darajasiga ta’siri yoritiladi. Maqolada misollar asosida rasmiy va norasmiy muomala shakllari solishtirib tahlil qilinadi va ularning amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Xushmuomalalik, rasmiy uslub, norasmiy uslub, lingvopragmatika, til madaniyati, muomala etiketlari, kommunikatsiya, kontekst. Annotation. This article analyzes the linguistic and cultural features of formal and informal politeness expressions. It explores how norms of etiquette and ethics are reflected in language tools across various communicative situations, as well as the selection of expressions appropriate to the style of interaction and context. The influence of factors such as social status, age, and position on the level of politeness is also examined. The article compares formal and informal forms of communication through examples and highlights their practical significance. Keywords: Politeness, formal style, informal style, linguo-pragmatics, language culture, etiquette of communication, communication, context. Dunyo tilshunosligida XX asrning 20-yillaridan boshlab til va madaniyat, muloqot odobi masalalarini ilmiy jihatdan keng miqyosda o‘rganishga e’tibor qaratildi. Shuningdek, bu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlarda turli til jamiyatlarida shakllangan muloqot madaniyati, nutq odobi masalalari tahlilga tortildi, til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari bir-biridan farqlandi, ularning mohiyati ochib berildi. Xushmuomalalik keng tushuncha bo‘lib, u nafaqat nutq odobi doirasida muloqotga kirishish, balki muloqotning o‘zaro bir-birini tushunish va samimiylik asosida amalga oshishini aks ettiruvchi kategoriyadir. Bu esa badiiy matnda qahramonlarning nutq odobi doirasida namoyon bo‘lib boradi. Oxirgi yillarda xushmuomalalik kategoriyasiga bo‘lgan qiziqish, ko‘plab tilshunos olimlarining e’tiborini jalb qilib, ular tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Ayniqsa, ushbu kategoriya rasmiy yozma hujjatlarda qo‘llanilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu sohada olib borilayotgan tadqiqotlar tilshunoslik faniga yangi yondashuvlarni olib kelmoqda. Muvaffaqiyatli ishbilarmonlik aloqalarining asosiy shartlaridan biri hayot tajribasini talqin qilish va ijtimoiy xulq-atvor normalarini shakllantirishda qo‘llaniladigan qoidalar, qonunlar va me’yorlarga qat’iy rioya 78 qilishdir. Bu esa xushmuomalalikning ijtimoiy va professional muhitda qanday ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Zotan, xushmuomalalik kategoriyasini tahlil qilish, shubhasiz, ishbilarmonlik va professional muloqot sharoitida qiziqish uyg‘otadi. Ta’kidlash joizki, rasmiy muloqotda rasmiy nutqiy muloqot odobi tushunchasi ustunlikka ega. Xurshida Narxodjayeva o‘zining doktorlik dissertatsiyasida bunga quyidagicha tavsif beradi: “Rasmiy-nutqiy muloqot odobli kishilar o‘rtasida rasmiy munosabatlarni tartibga solishda amal qiladigan odob-axloq me’yorlari, rasmiy nutqiy etiket qoidalari majmuyidan iborat yaxlit tizimdir. Demak, muloqotning bu turi nafaqat millatga xos odob-axloq mezonlarini, rasmiylik belgisiga ega bo‘lganligi bois jamiyat a’zolari tomonidan belgilangan va qo‘llanishi qat’iy bo‘lib qolgan nutqiy etiket qoidalarini ham qamrab oladi. Zero, rasmiy muloqotda nutqiy etiket formulalarining qo‘llanishi muloqotdoshga nisbatan hurmat, e’tibor sifatida ham ahamiyatlidir”. Xushmuomalalik kategoriyasi nutqning rasmiy va norasmiy shakllarida keng qo‘llaniladi. Ularning ishlatilishi, asosan, muloqotning kontekstiga va turiga bog‘liq bo‘ladi. Norasmiy muloqotda, ya’ni do‘stona va o‘zaro erkin suhbatda, xushmuomalalik til birliklaridan foydalanish, ko‘pincha o‘zaro ishonch va samimiylikni ifodalashga yo‘naltiriladi. Norasmiy nutqda odamlar individual psixologik xususiyatlari yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Odatda birbiriga ismlari bilan murojaat qilishadi, so‘zlarni yengil, oddiy shaklda ishlatishadi, bu esa o‘zaro samimiylik va yaqinlikni yaratadi. Rasmiy muloqotda esa xushmuomalalik va hurmat ko‘proq e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatdir. Bu turdagi muloqotlarda, odatda, ijtimoiy ro‘yxat, mavqe va axloqiy normalar asosida harakat qilinadi. Rasmiy nutqda xushmuomalalik muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu suhbatning to‘g‘ri va hurmatli bo‘lishini ta’minlaydi. Rasmiy muloqotda, odatda, tilning aniq, rasmiy va ma’lum bir etikaga asoslangan shakllari ishlatiladi. Bu esa nutqning hurmatga asoslanganligini va o‘zaro o‘rtacha masofaning saqlanishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, rasmiy muloqotda ishlatiladigan til birliklari ko‘proq o‘rtadagi kommunikatsion masofani saqlashga, shuningdek, shakllangan etiketga rioya qilishga yordam beradi. Xushmuomalalikka e’tibor qaratish, nutqning ijtimoiy muhitga mosligini ta’minlaydi va shu bilan birga, suhbatdagi ishtirokchilarga o‘zaro hurmat va e’tibor bildiradi. Xushmuomalalik kategoriyasi har ikki turdagi muloqotda mavjud bo‘lsa-da, ularning ifodalanish usullari va ahamiyati kontekstga qarab o‘zgaradi. Norasmiy muloqotda xushmuomalalik o‘rta darajada, samimiy va erkin bo‘ladi, rasmiy muloqotda esa u yanada aniqroq va ko‘proq etikaga mos bo‘lishi kerak. Xushmuomalalik, hurmat kategoriyalari rasmiy va norasmiy nutqda ham keng qo‘llaniladi. Norasmiy muloqot bevosita erkin so‘zlashuvga tayangani uchun til 79 birliklaridan nutq vaziyatiga qarab foydalanamiz. Rasmiy muloqotda esa xushmuomalalikka alohida e’tibor qaratiladi. “Rasmiy nutqiy muloqot rasmiy shaxslar munosabatiga asoslanishi sababli muloqot jarayonida, avvalo, rasmiy odobaxloq mezonlari, etiket qoidalariga rioya qilinishi talab etiladi. Ammo rasmiy munosabatdagi barcha kishilar ham muloqot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan rasmiy odob-axloq, etiket qoidalarini aniq bilishadi, deb bo‘lmaydi. Nazarimizda, bunga sabab rasmiy nutqiy muloqot jamiyatning barcha a’zolari hayotida birday ahamiyat kasb etmasligi bilan bog‘liq. Chunki inson har daqiqada yoki har kuni rasmiy shaxslar bilan nutqiy muloqotga kirishavermaydi. Ammo hayoti davomida har bir inson rasmiy idoralarga, rasmiy shaxslarga murojaat qiladi va ular bilan nutqiy muloqotga kirishadi. Demak, nafaqat rasmiy shaxslar, balki bu maqomga ega bo‘lmagan kishilar ham rasmiy muloqot odobi, rasmiy nutqiy etiket qoidalari haqidagi ma’lumotga ega bo‘lmoqlari zarur bo‘ladi”. Xushmuomalalik tushunchasi, avvalo, axloqiy tushuncha sifatida tavsiflanadiki, mazkur atama adabiyot, etika, falsafa kabi fanlarda ham keng o‘rganiladi. Maʼlumki, odatiy talqinda xushmuomalalik tushunchasi, ko‘pincha etiket va odob normalari bilan bog‘lanadi, ya’ni bu bir shaxsning boshqa bir shaxsga nisbatan hurmat va eʼtibor ko‘rsatishi sifatida tushuniladi. Xushmuomalalik, faqat tashqi ko‘rinish yoki so‘zlar bilan cheklanmay, insonlar o‘rtasidagi muloqotda samimiylik, ehtiyotkorlik va o‘zaro hurmatni namoyon etadigan muhim bir omil hisoblanadi. Boshqalarga nisbatan iliqlik va muloyimlik, jamiyatda sog‘lom va madaniy munosabatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Aлпaтов В.М.Кaтегория вежливостив современном японском языке. – Москвa: Нaукa, 1973. – 102 b. 2. Богдaнов В.В. Речевое обшение: прaгмaтические и семaнтические aспектьт. – Ленингрaд: Изд-во ЛГУ, 1990. – 89 c. 3. Brоwn, P., & Levinsоn, S. C. Pоliteness. Sоme Universals in Language Usage. –Cambridge: Cambridge University Press, 1987. – 216 p. 4. Brоwn P., &Levinsоn S. Universals in Languageusage: Pоlitenessphenоmena. – Lоndоn, 1978. – 345 p. 5. Babenkо L.G., Kasarin Y.V. Linguistic analysisоf a literary text. Theоry and practice. – Moskva: Flinta Publ., 2004. – 496 b. 6. Umurovа F.P. Xushmuomаlаlikni bаdiiy mаtndа ifodаlаsh usullаri// “Zаmonаviy tilshunoslikdа mаdаniyаtlаrаro muloqot” mavzusida respublikа ilmiy-аmаliy konferensiyasi. ‒ Qarshi, 29fevrаl, 2024. –B.506-510. 7. Umurovа F.P. Xushmuomаlаlikning murojааt semаsining gender ifodаlаnishi // Internаtionаl journаl of formаl educаtion. – Volume 2, №12. 2023. –P. 141-147. 8. Umurovа F.P., Nаrxodjаyevа X.Sh. Bаdiiy mаtndа xushmuomаlаlik kаtegoriyаsi // Tаm Metin Bildiri Kitаpcigi. –Turkiye, 2023. –B. 3341-3351.