NUTQ TOVUSHLARINING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI (Zulfiya Mo'minova she'rlari misolida)
Full text
95 NUTQ TOVUSHLARINING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI (Zulfiya Mo‘minova she’rlari misolida) Sadoqat Hamzayevna Hojiyeva Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387450 Annotatsiya. Tilshunoslikning boshqa sohalar bilan integratsiyasi lingvokulturologiya, lingvopoetika, narralingvistika kabi yangi sohalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Hozirda mazkur sohalarga qiziqish kuchayganligi va shu yo‘nalishlarda ham ko‘zga ko‘rinarli ishlarning amalga oshirilyaptiki, mazkur ishlarning milliyligimiz zaminidan uzilmagan holda jadallashuvi, tabiiyki, yurtimizning milliy mustaqillikka ega bo‘lishi bilan bog‘liq. Kalit so‘zlar: nutqiy voqelik, diskurs, lingvoma’naviyat, milliy-madaniy xususiyatlarning fonopoetik ifodasi. Annotation. The integration of linguistics with other fields has led to the emergence of new fields such as linguoculturology, linguopoetics, and narralinguistics. Currently, interest in these areas has increased, and noticeable work is being carried out in these areas, and the acceleration of this work without breaking away from our national foundation is naturally connected with our country gaining national independence. Keywords: speech reality, discourse, linguistic spirituality, phonopoetic expression of national-cultural features. Til vositalarining lingvopoetik imkoniyatlarini aniqlash badiiy matnlarga tayanishni, qator shoir va yozuvchilar asarlarini tahlil doirasiga tortishni taqozo qiladi. Tilshunoslikda badiiy matn lingvopoetikasini o‘rganish bo‘yicha ayrim ishlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozga ega shoira Zulfiya Mo‘minova she’riyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq doirasidan chetda qolmoqda. Shuning uchun Zulfiya Mo‘minova she’riyati lingvopoetik xususiyatlarining tadqiqot obyekti sifatida maxsus tahlilga tortilishi tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga ham alohida e’tiborni qaratish zarur. She’riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she’rda o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. Tovushlarga, ayniqsa, harflarga bu tarzda ma’no yuklash, albatta, jiddiy ilmiy asoslarga ega emas. Badiiy asarlarda ruhiy holatni yozuvda ifodalash o‘ziga xos murakkablikni yuzaga chiqaradi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta’kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llab quvvatlash kabi
96 holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli – fonografik vositalardan foydalanadilar [1,17]. Masalan, 1.Unlilarni birdan ortiq yozish. Bunda unlini cho‘zib talaffuz qilinganligi tushuniladi. Unlini cho‘zib talaffuz qilish orqali lirik qahramonning voqelikka munosabati oydinlashtiriladi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur usul orqali belgining me’yordan kuchsiz yoki ortiq ekanligini ifodalashda foydalanilishi ta’kidlanadi. Masalan, Belgining kuchsizligi, davomiyligi: Bobolarning ertaklarida Sut qaynagan buloqlar ke-etdi. Momolarning ertaklarida Qor yog‘magan qishloqlar ke-etdi… (“Siz she’rga sig‘maysiz” bshe’ridan) Belgining ortiqligi: (Osvensimda urushning dahshatli guvohi, yondirilgan bolalarning tuflichalari saqlanadi.) Aytish zarurki, shoiraning yigirmadan ortiq she’rlari urushning dahshatli, og‘riqli oqibatlariga bag‘ishlangan. Ikkinchi jahon urushidan qariyib yetmish yil berida turib ham shoira manfur urushning oqibatlarini his etib turadi. Tuflichala-a-ar... O‘sha qora kunda, notinch hovlida Bolalar oyog‘in o‘pi-ib yig‘ladi. Bog‘chalar yo‘lida, maktab yo‘lida O‘hlar tinishini kuti-ib yig‘ladi. (“Tuflichalar” she’ridan) Shuningdek, badiiy matnda unlilarni birdan ortiq yozish usulidan qahramonning nimadandir hayratlanishi, taajjubga tushishi kabi holatlarini ifodalashda ham foydalaniladi. Masalan, Gulyor Xanjar bobo, gul boshingizdan, Siz kechgan dunyodan kechib bo‘lmaydi. Bir kosa qo‘yishdi g‘am oshingizdan, O-O, ko‘zyosh tomgan oshni ichib bo‘lmaydi. (“Xanjar aravakash xotirasiga” she’ridan) Mazkur fonografik usuldan badiiy matnda xitob, chaqirish, da’vat, tinglovchi e’tiborini jalb qilish kabi maqsadlarda ham foydalanilishini kuzatish mumkin. 2.Undoshlarni birdan ortiq yozish. Aslida orfoepik me’yor bo‘yicha bir undosh talaffuz qilinishi kerak bo‘lgan so‘zlar muayyan vaziyatlarda ekspressiv va estetik maqsad talabi bilan atayin qavatlab talaffuz qilinadi. So‘zlovchining ichki ruhiyati (siqilish, xursandlik kabilar) va maqsadini kitobxonga “aynan” yetkazish uchun ijodkorlar badiiy matnda bu holatni undoshlarni birdan ortiq yozish orqali ifodalashga
97 harakat qiladilar. Bunda belgining me’yordan ortiqligi, harakatning davomiyligi yoki oniyligi (bir onda ro‘y berganligi), takroriyligi, tovush kuchining balandligi yoki pastligi kabi ma’nolar ifodalangan bo‘ladi. Ammo shoira Zulfiya Mo‘minova undoshlarni majburan qavatlamaydi. Grammatik talablarga mos qavatlangan undoshlardan mahorat bilan foydalanishga harakat qiladi. Masalan, belgining ortiqligi: Go‘zal yoshligini yetaklab ketdi Yo‘qolgan o‘rmonlar, yo‘qolgan yo‘llar. Tim qora sochiga oq tashlab ketdi Kesilgan oyoqlar, kesilgan qo‘llar. Xotirot chuqurroq ochilar ekan, Mahkamroq bekitar u qulog‘ini. (“Vrach M.Ashrapovaga” she’ridan) Harakatning davomiyligi: Vatan deganimda, ko’zimda qalqqan, Sevinch yoshlarimni arturman men ham. Vatan – deya kelib, Vatan – deb ketgan, Asl zotlarimga torturman men ham. (“Mening bobolarim” she’ridan) Harakatning oniyligi: Hozir bu yurak taqqa to‘xtaydi… Shartta xotiradan kechib bo‘lmaydi… Ovoz kuchining balandligi: Ohhh! Xotirada gulxan yoqib, Dilni cho‘g‘latgan yigit. (“Kursdoshim shoir Ravshan Fayzni eslab” she’ridan) Ovoz kuchining pastligi: Jimmm… Bog‘larda uxlayapti kuz… Og‘zaki nutqda turli sabablarga ko‘ra ayrim so‘zlar, ba’zan o‘zlashma so‘zlarni buzib talaffuz qilish holati mavjud. Bunday xato so‘zlovchining o‘zlashgan so‘z imlosini to‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi, paronimlarni farqlamaslik natijasida yuzaga keladi, deb izohlash mumkin. She’riyatda bu usuldan lirik qahramon nutqini individuallashtirish hamda ifodani og‘zaki – jonli nutqqa yaqinlashtirish maqsadida ham foydalaniladi. (Ayrim o‘rinlarda kulgi qo‘zg‘atish maqsadida ham so‘zlar atayin buzib talaffuz qilinadi va o‘sha tarzda yoziladi.) Masalan, Oydin oqshom g‘azal aytgan, Oydin dil tarafdaman. Parishtalar olma otgan
98 Oynako‘l tarafdaman. (“Fozil el tarafdaman” she’ridan) Undoshlarni qavatlab qo‘llash orqali badiiy asarda qahramon ruhiyatidagi xursandlik va xafalik holatlari tugal tasvirlashga erishiladi. Masalan, Illohi qalqonsiz, illoh qo‘rg‘onsiz G‘iybatlar yirtmasin ko‘ylakkinasin. Illohi xushyorsiz, illoh bedorsiz, Itlar tishlamasin yurakkinasin. Keltirilgan misollardagi takrorlar tarkibida undoshlarning qavatlanishi lirik qahramon tabiatidagi subyektiv holatni ifodalashga xizmat qilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, undoshlarning qavatlanishi alohida uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qo‘llab bo‘lmaganidek, so‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Umuman olganda, shoira badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsionalik, ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida fonetik usullardan unumli foydalana olgan. Adabiyotlar: 1. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний таҳлил. –Т.: Ўқитувчи, 1995.‒88 б. 2. Yuldasheva D.N. Sukut nutqiy mulоqоt kоmpоnenti. Monografiya.‒ Toshkent: Bookmany print, 2024.‒162 b. 3. Yuldasheva D., Yusupova D. The value of silence in speech communication// XVI International Scientific-Practical Conference “Actual Problems of Improving Farming Productivity and Agroecology” (IPFA 2024). ‒E3S Web of Conferences 538, 05030 (2024).‒14 June 2024. 4. Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари.–Тошкент: Фан, 2006.‒ 125 б. 5. Мўминова З. Ёнаётган аёл.–Тошкент: Ғ.Ғулом, 1992.‒92 б.