SO'ZLOVCHI OG'ZAKI NUTQIDA O'Z-O'ZINI TUZATISH HODISASINING NAMOYON BO'LISHI (O'SMIRLAR SPONTAN NUTQI MISOLIDA)
Full text
99 SO‘ZLOVCHI OG‘ZAKI NUTQIDA O‘Z-O‘ZINI TUZATISH HODISASINING NAMOYON BO‘LISHI (O‘SMIRLAR SPONTAN NUTQI MISOLIDA) Rustamova Shamshoda QarDU tayanch doktoranti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387458 Annotatsiya: Nutqni analiz qilish va uni tahrirlash ko’nikmasi so’zlovchida yaxlit jumlalar hosil qilishni boshlagan paytdan boshlab shakllana boshlaydi. Mazkur hodisa uch bosqichda yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Mazkur ishda nutqni tahrirlash ko‘nikmasi o‘smirlar og‘zaki nutqi misolida tahlilga tortildi. Kalit so‘z: nutqni tahrirlash, o‘smirlar og‘zaki nutqi, nutqni monitoring qilish, qisman tahrir, to‘liq tahrir. Abstract: The skill of speech analysis and editing begins to develop in speakers from the moment they start forming complete sentences. This phenomenon occurs in three stages. Additionally, it manifests itself in various forms. In this study, speech editing skills were analyzed using the example of adolescents' oral speech. Keywords: self-repair in speech, adolescent oral speech, speech monitoring, partial selfrepair, full self-repair. O‘z-o‘zini tahrirlash – bu so‘zlovchining og‘zaki nutqda yuzaga kelgan xatoni darhol aniqlab, nutqiga tuzatish kiritish jarayonidir. Jahon tilshunosligida bu hodisa til kompetensiyasining ajralmas qismi sifatida turli nazariy yondashuvlarda o‘rganilgan. Masalan, V.Fromkin og‘zaki xatolarni tahlil qilib, bunday xatolar til tuzilishining fonema, morfema, so‘z, ibora kabi mustaqil birliklar darajasida sodir bo‘lishini ko‘rsatgan [1]. Demak, so‘zlovchi tildagi turli lisoniy darajadagi elementlarni (fonetik tovushlardan tortib grammatik shakl va sintaktik tuzilmalargacha) anglab, ularni xatoga yo‘l qo‘yilganda tuzatishga qodir. Psixolingvistika sohasida V.Levelt nutq ishlab chiqarish modellari doirasida o‘z-o‘zini tuzatish mexanizmini batafsil izohlagan. Uning “perseptiv halqa” nazariyasiga ko‘ra, so‘zlovchi o‘z nutqini ichki va tashqi eshitish orqali doimiy monitoring qiladi, xususan, nutqda “muammo” (xato yoki nomuvofiqlik) paydo bo‘lishi bilan uni sezadi va darhol nutq oqimini to‘xtatadi. V.Levelt tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, o‘z-o‘zini tuzatish odatda uch bosqichda kechadi: birinchi bosqichda so‘zlovchi xatoni sezib, uni to‘xtatadi; ikkinchi bosqichda qisqa pauza yoki “uh”, “ee” kabi tahririy birliklar yordamida tinglovchiga xato yuz bergani signali boradi; uchinchi bosqichda esa to‘g‘rilashning o‘zi, ya’ni xato o‘rniga to‘g‘ri variantni aytish amalga oshiriladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, so‘zlovchi o‘z tuzatishlarini shunday
100 rejalashtiradiki, tinglovchi xatoni asl gapga qanday bog‘lashni oson tushuna oladi va tuzatishlar grammatik jihatdan izchil bo‘ladi [2: 41-104]. Bu jarayon, nutqni rejalashtirish va ijro etishning tarkibiy qismi bo‘lib, so‘zlovchi o‘zining ichki nutqini “tahlil” qilib borishi orqali yuzaga keladi. Nutq ishlab chiqarishning kognitiv modellari esa xatolar va tuzatishlarni miya mexanizmlari nuqtayi nazaridan tushuntiradi. G.Dell taklif qilgan tarqaluvchiaktivatsiya modeli nutqiy xatolar qanday kelib chiqishini va nega ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunishini izohlaydi, shu asosda leksik tarmoqlar darajasida raqobatlashuv tushunchasi kiritilgan [3: 283-321]. Unga ko‘ra, so‘z va tovushlar ong ostida parallel ravishda faollashadi, ba’zan noto‘g‘ri element yuqori aktivlik sababli yuzaga chiqib ketadi (masalan, boshqasiga o‘xshash tovush almashtirib aytiladi). Shunga qaramay, bunday “nutqdagi chalkashliklar” ko‘pincha tilning fonologik qoidalariga zid bo‘lmaydi va hatto xato paytida ham hosil bo‘lgan so‘zlar ma’lum darajada mazmunli tuzilishga ega bo‘ladi [4]. Bu fakt nutqiy xatolar tasodifiy emas, balki tartibli xarakterga ega bo‘lib, ular til ongida grammatik va fonologik cheklovlar mavjudligini tasdiqlaydi. Demak, so‘zlovchi o‘z-o‘zini tuzatish orqali nafaqat xatoni bartaraf etadi, balki til tizimidagi chuqur bilimlarini namoyon qiladi, chunki tuzatishda ham u til qoidalariga tayangan holda to‘g‘ri variantni tanlaydi. Og‘zaki nutqdagi kuzatiladigan kamchiliklarning aksariyati fonetik-fonologik sathga tegishlidir [5; 6]. Spontan nutqdagi leksik, morfemik va sintaktik sathga tegishli xatoliklarni o‘rganish ayrim tadqiqotlardagina ko‘zga tashlanadi [7; 8; 9; 10; 11]. Yozma nutqdagi xatoliklarni qayta yozish orqali to‘g‘rilash mumkin bo‘lsa, og‘zaki nutqda esa talaffuz qilingan jumlaga yana qo‘shimcha ma’lumot qo‘shish, ma’lumotni qisman yoki butunlay rad etish, xatolikni ifodalovchi birliklar orqali kamchilik to‘g‘rilanadi. N.S.Filippova spontan og‘zaki nutqda ma’lumotlarni qayta ishlash va xatoliklarni to‘g‘rilash jarayonida quyidagi uch holatni ajratadi: A. So‘zlovchi qisqa to‘xtam yoki qo‘l harakatidan so‘ng o‘z nutqini davom ettiradi. Ba’zi hollarda bu uslubiy xatoday ko‘rinishi mumkin. B. So‘zlovchi xatolikni ma’lum muddatdan so‘ng to‘g‘rilaydi. C. So‘zlovchi bergan ma’lumotini rad etib, keyin yangi ma’lumot taqdim etadi. Muallif bu turdagi xatolikni to‘g‘rilash jarayonining yana uchta ko‘rinishini keltirib o‘tadi: a) nol qiymatli; b) qisman; c) to‘liq [12: 17-18]. Yuqorida keltirib o‘tilgan holatlarda xatolikni bartaraf etish vositasi verbal, noverbal yoki ust segment birlik ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin. S.Nooteboom bunday vositalarning qo‘llanish chastotasi xatolikning qaysi paytda, ichki yoki tashqi nutqda, aniqlanganiga bog‘liqligini aytadi [13: 213-234]. Ya’ni ichki nutq holatida
101 xatolik aniqlansa, to‘g‘ri jumla tuziladi yoki xatolik qisman sodir bo‘ladi va tinglovchilarni e’tiborini tortmaslik uchun qisqa pauzadan so‘ng nutq davom ettiriladi. Ba’zan bunday holat ovoz tonining pasaytirilishi bilan berkitilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 5% so‘zlovchilar qisman sodir bo‘lgan xatolikni to‘g‘rilashda, nutq egalarining 15%i yakunlangan xatoliklarni to‘g‘rilash uchun verbal birliklardan foydalanadi [13: 213-234]. Demak, tashqi nutqda aniqlangan xatoliklarni to‘g‘rilashda so‘zlovchilar aniq bir so‘z va birliklarni ko‘proq qo‘llaydi. Qarshi shahridagi maktablarda tahsil olayotgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga ko’ra tahririy birliklar orqali nutqdagi xatolikni to‘g‘rilash juda kam kuzatiladi. Odatda nutqni tahrirlash qisqa pauza yoki to’g’ridan-to‘g‘ri xato birlikni kerakli birlik bilan almashtirish orqali amalga oshiriladi. Quyida o‘smirlar nutqidan misollar keltirilgan. Man… Koreyada… davlatini Seul shahriga borishni xohlayman. Koreya davlatining go‘zal tomonlari: xavfsiz qizlar uchun. (Ahmadova Zilola) Men…mening…men kelajakda … aktrisa bo‘lmoxchiman. Menga bu … aktrisa bo‘lmoxchiman. Men bu kuni o‘zimizni do‘konga o‘tirganimizda, xarid qilish uchun bir aktrisa keldi va o‘zini qandaydir nimadir rollarini ko‘rsatdi. (Murodullayeva Marjona) Yuqorida berilgan misollarda so‘zlovchi gapni boshqacha strukturada boshlamoqchi bo‘lgani holda, nutq jarayonida gap tuzilishiga o‘zgartirish kiritgan. Bu holat so‘zga qo‘shimchaning o‘rinsiz qo‘shilishi va undan so‘ng qisqa to‘xtam qilinishi bilan izohlanadi. Ya’ni bu o‘rinda so‘zlovchi gapni noto‘g‘ri strukturada boshlaganini anglagan va yangi struktura tanlash uchun to‘xtam qilgan, ammo oldingi tanlangan gap strukturasiga o‘zgartirish kiritmagan holda nutqini davom ettirgan. Bu holat nutqda uslubiy xatoni yuzaga keltirgan. So‘zlovchi o‘z nutqini tahrirsiz davom ettirishi bir necha sabablarga ko‘ra namoyon bo‘ladi. Birinchi holatda nutq egasi o‘z xatosini anglaydi, lekin jumlaning umumiy mazmuniga sezilarli ta’sir o‘tkazmagani uchun uni tahrirlamaydi. Mening ismim Maftuna. Men … oilada yetti kishimiz. (Murodova Maftuna) Men…menga… “Aljernonga atalgan gullar” asarini sevib o‘qiganman. Bu kitobda o‘sha odamla… odamni qanchalik hayoti davomida o‘zgaruvchan bo‘lishi yoki bo‘masa, aqlli bo‘lib ketsa, hammadan dono bo‘lib ketsa, odamlarga munosabati yoki odamni aql darajasiga qarab boshqalarga munosabati ko‘rsatilgan. (To‘lqinova Barno) Ikkinchi holatda ham so‘zlovchi xatosini anglaydi va ovoz tonining pasaytirilishi evaziga boshqalardan holatni yashirishga harakat qiladi. Uchinchi holatda esa so‘zlovchi xatolikni sezadi, lekin uni qanday tahrirlashni tushunmaydi va
102 nutqini davom ettiradi. Odatda, bunday holat murakkab, uzun gap strukturalarida kuzatiladi. Biza oylam bilan… borga… oylamiz mayovka Hazrati Bashirga borganimizda qiziqarli voqea bo‘lgan. Qiziqarli voqea: ko‘prik borda, ko‘prik daryoni ustidan ko‘prik o‘tgan, ko‘prik yurayotgan paytim… singan ko‘prik bor ekan-da, o‘sha oyoq qo‘ygan paytim sinib tushib ketgan pastga. (Ikromova Surayyo) Psixolingvistik nuqtai nazardan qaraganda, o‘z-o‘zini tuzatish ko‘nikmasi nutq jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida baholanadi. Nutqni rejalashtirishda miya mexanizmlari dastlab xabar mazmunini tuzadi, so‘ng uni grammatik shaklga soladi va tovush orqali ifodalashni rejalashtiradi. Shu jarayonda yoki nutqning real ijrosi paytida yuzaga kelgan nomuvofiqliklar nutqni tekshirish tizimi orqali “filtrlanadi” [2: 41-104]. Olimlarning fikricha, so‘zlovchining o‘z nutqini nazorat qilish qobiliyati evolyutsion jihatdan aloqani samarali saqlash uchun shakllangan: kishi xatolarini tuzatish orqali tinglovchi bilan tushunmovchilik yoki aloqa uzilishini oldini oladi [14]. Masalan, tajribalar ko‘rsatadiki, so‘zlovchi ko‘p hollarda xatoni talaffuz qilib bo‘lishidan oldin sezadi va to‘xtab tuzatadi yoki ba’zan xatoni “kechirasiz, to‘g‘rirog‘i...” kabi iboralar bilan to‘g‘rilab, muloqotni silliq davom ettiradi. Bu hodisalar nutqni nazorat qilish jarayoni faol ekanini va nutqiy kompetensiyaning bir bo‘lagi ekanini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Fromkin V.A. Speech errors as linguistic evidence. – The Hague: Mouton, 1973. – 507 p. 2. Levelt W.J.M. Monitoring and Self-Repair in Speech // Cognition, 1983. Vol.14, No.1. – P. 41– 104. 3. Dell G.S. A Spreading-activation theory of retrieval in sentence production // Psychological review, 1986. Vol.93, No.3. – P. 283–321. 1. 4.https://en.wikipedia.org/wiki/Speech_error#:~:text=,able%20to%20predict%20speech%20erro rs 4. Джамалов К.Э. Проблема преодоления интерференции в русской речи учащихсярутульцев.: Дисс. … док. пед. наук. – Махачкала, 1999. – Cтр: 388. 5. Оссовская М.П. Проблемы орфоэпии в современной речи на телевидении и радио.: Дисс. … канд. филол. наук. – Санкт-Петербург, 2010. – Cтр: 18. 6. Семенова С.С. Обучение лексическим синонимам родного языка в 5-9 классах якутской школы.: Дисс. … кан. пед. наук. – Москва, 2002. – Cтр: 164. 7. Абдуллаева Л.А. Использование социолингвистических факторов в работе по развитию речи учащихся-лезгин V-VII классов.: Дисс. … кан. пед. наук. – Махачкала, 2000. – Cтр: 193. 8. Шерипова З.А. Система обучения приставочному способу словообразования русских глаголов в 5-6 классах кумыкской школы.: Дисс. … кан. пед. наук. – Махачкала, 2011. – Cтр: 184. 9. Рогозная Н.Н. Типология лингвистической интерференции в русской речи иностранцев: На материале разноструктурных языков.: Дисс. … док. фил. наук. – Москва, 2003. – Cтр: 381.
103 10. Никульникова Я.С. Речевые отступления от литературных норм как источник комического и их эстетическая актуализация.: Дисс. … кан. фил. наук. – Армавир, 2003. – Cтр: 205. 11. Филиппова Н.С. Принципы построения устного описательного дискурса.: Автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Санкт-Петербург, 2010. – Cc: 17-18. 12. Nooteboom S. Monitoring for speech errors has different functions in inner and overt speech. // The Linguistic enterprise: from knowledge of language to knowledge in linguistics, 2010. – Pp: 213-234. 13. Mostovaia I. and etc. Encyclopedia of terminology for conversation analysis and interactional linguistics // International society for conversation analysis (ISCA), 2023.