O'ZBEK TILI TARAQQIYOTIDA MADANIYATLARARO MULOQOTGA OID TERMINLARNING ROLI
Full text
117 O‘ZBEK TILI TARAQQIYOTIDA MADANIYATLARARO MULOQOTGA OID TERMINLARNING ROLI Gulandom Mirxanova BuxDPI dotsenti, f.f.f.d. (PhD) [email protected] Nurettin Demir Turkiya, Hacettepe universiteti professori DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387532 Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek tili taraqqiyotida madaniyatlararo muloqotga oid terminlarning shakllanishi, qo‘llanilishi va ularning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Globalizatsiya va madaniy almashinuv kuchayib borayotgan davrda, madaniyatlararo muloqotga doir atama va tushunchalarning to‘g‘ri tarjimasi, ularning lingvistik mosligi, hamda o‘zbek tiliga moslashtirilishi dolzarb masalaga aylangan. Maqolada ushbu sohadagi asosiy terminlar, ularning o‘zbek tilidagi ifodalanish shakllari, amaliy qo‘llanilishi, muammolar va istiqbollar haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, madaniyatlararo muloqot, termin, lingvomadaniy kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, globalizatsiya. Abstract. This article analyzes the formation and use of terms related to intercultural communication in the development of the Uzbek language and their scientific and theoretical foundations. In the era of globalization and cultural exchange, the correct translation of terms and concepts related to intercultural communication, their linguistic compatibility, and adaptation to the Uzbek language has become a pressing issue. The article discusses the main terms in this field, their forms of expression in the Uzbek language, practical application, problems and prospects. Keywords: Uzbek language, intercultural communication, term, linguocultural competence, communicative competence, globalization. Bugungi kunda global muloqotlar, madaniy integratsiya va transmilliy axborot almashinuvi jarayonlari keskin jadallashmoqda. Bu holat har bir milliy til uchun yangi talab va vazifalarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, o‘zbek tili rivojlanishida madaniyatlararo muloqot omili alohida ahamiyat kasb etmoqda. Til nafaqat aloqa vositasi, balki madaniy tafakkur, mentalitet, qadriyatlar tashuvchisidir. Shu bois madaniyatlararo muloqotda ishlatiladigan terminlar tili taraqqiyoti jarayonining muhim qismlaridan biriga aylanmoqda. Muloqotdagi terminlar – bu tushunchalar tizimi bo‘lib, ba’zan ularning ortida butun bir madaniy, siyosiy va ijtimoiy kontekst yashiringan bo‘ladi. Shu boisdan o‘zbek tili taraqqiyotida nafaqat yangi so‘zlarni qabul qilish, balki ularni to‘g‘ri va madaniy mos tarzda singdirish zarurati mavjud. Bu yo‘nalishda asosan nimalarga e’tibor berish lozim? Birinchidan, madaniyatlararo muloqot va terminologik tizim: nazariy yondashuvni kuchaytirish kerak bo‘ladi. Madaniyatlararo muloqot – bu turli madaniyat vakillari o‘rtasida bo‘ladigan axborot almashuvi bo‘lib, u nafaqat
118 lingvistik, balki sotsiomadaniy va psixologik jihatlarni ham qamrab oladi. Bu jarayonda ishlatiladigan terminlar odatda quyidagi sohalarga taalluqli bo‘ladi: kommunikativ kompetensiya – til orqali muloqot qilish ko‘nikmalari; lingvomadaniy kompetensiya – madaniy kontekstda tilni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash qobiliyati; til siyosati, til diplomatiyasi – davlatlararo aloqalarda tilning roli; global til, multimadaniyat, identitet kabi tushunchalar. Bu terminlar tarjima qilinib, mahalliy madaniyatga moslab shakllantiriladi. O‘zbek tilida ko‘pchiligi so‘nggi yillarda ommalashmoqda, ammo hali ilmiy va metodik asosda to‘liq ishlab chiqilmagan. Ikkinchidan, terminlarning o‘zbek tilida shakllanishi va tarjimasi yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi. Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda o‘zbek tilshunosligida madaniyatlararo muloqotga oid terminlar tarjimasi va muqobil variantlarini yaratish borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Quyidagi misollar orqali ba’zi muhim terminlar va ularning o‘zbekcha ifodasi ko‘rsatiladi: T/r Inglizcha O‘zbekcha muqobili Izoh 1 Linguocultural competence Lingvomadaniy kompetensiya Madaniyatni til orqali tushunish qobiliyati 2 Communicative competence Kommunikativ kompetensiya To‘g‘ri va samarali muloqot qilish ko‘nikmasi 3 Intercultural communication Madaniyatlararo muloqot Turli madaniyatlar vakillari o‘rtasidagi aloqa 4 Multiculturalism Multimadaniyatlilik Bir jamiyatda turli madaniyatlar mavjudligi 5 Language policy Til siyosati Davlatning tilga doir qarorlari 6 Soft power Yumshoq kuch Madaniyat va til orqali ta’sir o‘tkazish strategiyasi O‘zbek tilida ushbu terminlarning ba’zilari to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilingan bo‘lsa, boshqalari atama sifatida ishlatilmoqda. Bu jarayonda til moslashuvi, leksik moslik, semantik to‘g‘rilik kabi tamoyillarga amal qilish zarur. Uchinchidan, terminlar orqali o‘zbek tilining ilmiy va xalqaro mavqeyini mustahkamlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish talab qilinadi. Chunki til taraqqiyoti faqat grammatik vositalar emas, balki terminologik bazaning boyligi bilan ham belgilanadi. Xususan, madaniyatlararo muloqot doirasida ishlatiladigan terminlar o‘zbek tilining ilmiy va nazariy asosini kengaytiradi, tilni xalqaro muloqotga tayyorlaydi, chet elliklar uchun o‘zbek tilini o‘rganishni osonlashtiradi, ta’lim, diplomatiya, tarjima va ommaviy axborot vositalarida samarali qo‘llaniladi. Bu esa o‘z navbatida tilning ijtimoiy obro‘sini oshiradi va uni xalqaro darajada tanitishga xizmat qiladi. To‘rtinchidan, mazkur yo‘nalishdagi muammolar va takliflarni o‘rtaga qo‘yish lozim. Aksariyat terminlarning o‘zbek tilida bir necha muqobili mavjud
119 (masalan, soft power – yumshoq kuch, muloyim ta’sir, madaniy kuch). Qolaversa, terminlar tarjimasida standart mavjud emas, atamalarni tushuntirishga oid lug‘atlar va qo‘llanmalar yetishmaydi, o‘zbek tilidagi ilmiy maqolalarda terminlar noto‘g‘ri yoki noaniq ishlatiladi. Mazkur muammolarga yechim topish uchun madaniyatlararo muloqotga oid atamalar lug‘atini yaratish, xalqaro dirada tilshunoslar, tarjimonlar va pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar tuzish, yuqori malakali terminologlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, terminlarni raqamli platformalarda standartlashtirish (masalan, onlayn til korpuslari orqali), chet elliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatishda ushbu terminlarga oid modullarni joriy etish kabi masalalarni yo‘lga qo‘yish zarur. O‘zbek tili taraqqiyotida madaniyatlararo muloqotga oid terminlar alohida o‘rin tutadi. Bu terminlar orqali nafaqat yangi so‘zlar tilga kiradi, balki yangi madaniy va ilmiy tushunchalar ham singdiriladi. Terminlarning to‘g‘ri tanlanishi, moslashtirilishi va qo‘llanishi tilning zamon bilan hamnafas bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu sababli, madaniyatlararo muloqotga oid terminlar ustida izchil ilmiy, amaliy va metodik ishlar olib borilishi zarur. O‘zbek tilining xalqaro maydondagi mavqeyini oshirish uchun bu jarayonni kechiktirmaslik kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xasanov B. Tilshunoslik asoslari. Toshkent, 2021. 2. Crystal D. Language and the Internet. Cambridge University Press, 2006. 3. Nazarov Q. Madaniyatlararo muloqot: nazariy va amaliy masalalar. Toshkent, 2020. 4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6-jildlik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023. 5. O‘zbek tilining sinonim so‘zlar katta izohli lug‘ati. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023.