scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ETNONIMLARNING ETNOTOPONIM HOSIL QILISH IMKONIYATLARI (Qo'ng'irot urug'lari misolida)

Kurbanazarova Nargis Shodiyevna

Full text

194 ETNONIMLARNING ETNOTOPONIM HOSIL QILISH IMKONIYATLARI (Qo‘ng‘irot urug‘lari misolida) Kurbanazarova Nargis Shodiyevna Termiz davlat universiteti dotsenti, f.f.f.d. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387629 Annotatsiya. Maqolada qo‘ng‘irot urug‘lari misolida etnonimlarning etnotoponim hosil qilishdagi roli yoritiladi. Etnik nomlarning geografik joy nomlari shakllanishiga ta’siri lingvistik va tarixiy asosda tahlil qilinadi. Shu orqali milliy madaniyat, til va tarixiy xotira o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: etnonim, etnotoponim, qo‘ng‘irot, toponimika, urug‘, nomlash, til, tarix, madaniyat, xalq, joy nomlari, lisoniy jarayon. Annotation. This article explores the role of ethnonyms in the formation of ethnotoponyms using the example of the Qongirot tribes. It analyzes how ethnic names influence the creation of geographic place names from both linguistic and historical perspectives. The study highlights the interconnection between national culture, language, and historical memory. Keywords: ethnonym, ethnotoponym, Qongirot, toponymy, tribe, naming, language, history, culture, people, place names, linguistic process. O‘zbek tili qadimiy urug‘ va qabilalarning, qabila uyushmalari, tarmoqlari nomlariga nihoyatda boy bo‘lib, tilimizda bugungi kunda ham saqlanib qolgan etnonimlarni to‘plash va tadqiq qilish buni yorqin ifodalaydi. Etnonimlar o‘zbek tili leksik qatlamining qadimiy qatlamiga mansub bo‘lib, ko‘pgina etnonimlarning maʼno va etimologiyasi, nomlashi davrlar o‘tishi bilan o‘zgargan va ayrimlari unutilgan. Tadqiqotimizning avvalgi o‘rinlarida aytib o‘tganimizdek, onomastik tizimdagi barcha atoqli nomlar xalqning tarixi va milliy madaniyati bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Etnonimlar ifodalagan mazmun bilan bevosita bog‘liq holda etnotoponimlar ham bu o‘rinda ahamiyatlidir. Etnotoponimlarni tadqiq qilish lingvistik mohiyatga ega ikkitta mustaqil onimning o‘ziga xos jixatlarini ochish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun, etnonimlar va etnotoponimlarni to‘plab, tadqiq etish o‘zbek tilidagi atoqli otlar tizimining shakllanish bosqichlari xususida qimmatli ma’lumotlar beribgina qolmay, xalqimiz tarixi, urf-odatlari, turmush tarzi, o‘lkamiz jug‘rofiyasi va arxeologiyasi, shuningdek, ma’naviyatimiz sarchashmalari haqida keng qamrovli izlanishlar olib borishga asos bo‘la oladi. Etnotoponim materiallarini alohida olingan hududlar bo‘yicha to‘plash va o‘rganish esa, ushbu masalaning mohiyatiga yanada chuqurroq kirib borish hamda mintaqaviy-lisoniy hodisalar tizimining o‘ziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini ochishga ko‘maklashadi. 1 1 Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари ва уларнинг луғавий асослари: Филол.фан. номз.дисс. – Тошкент, 1996. – B. 4. 195 Tilimizda mavjud ko‘pchilik etnotoponimlarning bugungi kundacha ham etimologiyasi aniqlanmagan. Chunki ular asos bo‘lgan etnonimlarning tarixi va kelib chiqishi aniq xulosalar bilan isbotlanmagan. Demak, etnotoponimlarni tahlil qilish, albatta, etnonimlar bo‘yicha bilimlarni talab qiladi. Tadqiqotimizda etnotoponimlar bo‘yicha alohida tahlillarni amalga oshirish, har ikkala onomastik birlikni o‘rganish, shuningdek, mazkur nomlar oid bo‘lgan til, uning lahjalari bilan bog‘liq ham ma’lumotlar taqdim eta oladi deb hisoblaymiz. Surxondaryo viloyati hududida bir qancha toponimik obyektlar qo‘ng‘irot etnonimi va uning tarkibiga kiruvchi boshqa shaxobchalar nomlari bilan bog‘liq. Etnotoponimlar qaysi jihat yoki belgisiga ko‘ra etnonimlarga bog‘liqligi borasida gap ketar ekan, asosan, etnonim nomlayotgan urug‘-qabila yoki xalq yashagan hudud degan qarash ustuvorlik qiladi. Bu borada tilshunos olimlarning fikricha, etnotoponimlar tilda tasodifiy holatda emas, balki til taraqqiyoti qonunlari asosida maʼlum bir motivlarga tayangan holda hosil bo‘ladi. Etnotoponimlar o‘z tarkibida etnonimlarning o‘ziga xos xaraktеrli xususiyatlarini, daliliy matеriallarini mujassamlantiruvchi boy lingvistik, etnografik va tarixiy manba sifatida ham qimmatlidir. 2 Tahlillarimiz natijasida kelgan xulosalarimizga ko‘ra, Surxondaryo hududida joylashgan etnotoponimlarni atalish motivi jihatidan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Tarkibi urug‘ va qabila nomlari asosida shakllangan etnotoponimlar: qo‘ng‘irot (MFY, ko‘cha), qatag‘on (qishloq) 2. Xalq va millat nomlari asosida shakllangan etnotoponimlar: tojikqishloq, arabqishloq, turkmanko‘cha. Etnotoponimlarning ilmiy tadqiqi bunday nomlar asosida yotgan lug‘aviy birliklarning maʼno mohiyatini to‘g‘ri anglashga ham yordam bеradi. Bizning tadqiqotimiz uchun obyekt bo‘lgan qo‘ng‘irot etnonimining o‘zi bilan hududdagi bir qancha ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharchalar nomlanadi. Misol uchun, qo‘ng‘irot etnonimining o‘zi bilan nomlangan bir qator toponimik obyektlar mavjud. Xusuan, oykonim (oykonim – yunoncha biror aholi hududining nomi) sifatida Boysun tumani hududida joylashgan qishloq nomi. Termiz tumanidagi mahallalardan biri ham aynan shunday nomlanadi. Joy nomlari tarkibidagi toponimik obyektlardan yana biri urbanonimlardir. Urbanonim – shahar yoki qishloq hududida joylashgan biror topografik obyekt nomi. Qo‘ng‘irot etnonimi bilan ataluvchi bir qancha urbanonimlar – ko‘cha nomlari 2 Kilichev B. Onomastika. – Buxoro, 2023. – B.83. 196 Surxondaryo viloyatida joylashgan ko‘plab tumanlarda mavjud. Vohaning Denov, Sherobod, Sariosiyo, Sho‘rchi, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on kabi tumanlarida qo‘ng‘irot nomli ko‘chalar mavjud. Qiziriq tumani hududida qo‘ng‘irot nomli qabriston ham mavjud. Onomastik terminlar orasida bunday obyektlar nekronimlar deb yuritiladi. Ya’ni, nekronim – marhum insonlarning nomini kelajak avlodga yodgorlik, xotirlash maqsadida atab qo‘yish, shuningdek, qabr, dafn marosimi uyushtiriladigan joy nomlari. Tilshunos olimlar B.Yo‘ldoshev, A.Aslonovlar esa quyidagicha ta’rif beradi va: “qabrlar, qabristonlar (mozorlar, mozoristonlar), shuningdek, ba’zi diniy obyektlar nomi (masjid, madrasa, honaqo kabilar)ni tushunish maqsadga muvofiqdir”, deb ta’kidlaydi. Biroq M.V.Mayyorov fikriga ko‘ra, nekronimni qishloq qabristoniga yaqin hududda yoxud qabriston hududiga qo‘shilib ketgan ibodatxonalar, shuningdek, qabrlar va qabristonlarni ifodalobchi nekrotoponimlardan farqlaash zarur, negaki nekronim so‘zining tushunchaviy ko‘lami qabrlar, qabristonlar, shuningdek ba’zi diniy obyektlar nomi (masjid, madrasa, honaqo kabilar)ni atovchi nekrotoponimlardan ancha keng. Nekronim ostida qabr toshlari, qabr usti yodgorliklarini tushunish maqsadga muvofiq, chunki nekronim semantikasida ma’lum geografik hududga tegishlilik belgisi mavjud emas 3 Bundan tashqari Surxondaryo hududida yana bir qancha toponimik obyektlar qo‘ng‘irot urug‘ining tarkibidagi kichik bo‘linmalar nomlari asosida paydo bo‘lgan. Bunday joy nomlari shu urug‘ va urug‘ shahobchalarining yashaganligini yoki mazkur joy ularga qarashliligini ko‘rsatadi. O‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, qo‘ng‘irot urug‘i tarkibidagi etnonimlar bilan nomlangan etnotoponimlarning asosiy qismi tamg‘a-belgi asosida yuzaga kelgan. Misol uchun, Surxondaryo hududidagi quyidagi joy nomlarini qo‘ng‘irot va uning tarkibidagi aynan tamg‘a nomi bilan bog‘liq etnonimlar asosida hosil bo‘lgan, deb hisoblashimiz mumkin: Qoraqasmoq – Surxondaryo viloyati Bandixon tumaniga qarashli joy nomi. Qo‘ng‘irotlarning qo‘shtamg‘ali bo‘limidagi 16 urug‘ning biri bo‘lgan etnonim. Mazkur etnotoponimning nomlanishiga ko‘rsatilgan urug‘ vakillari yashaganligi asos bo‘lgan, deb hisoblanadi. Ochamayli – Qumqo‘rg‘on tumanidagi joy nomi bo‘lib, ochamayli etnonimi asosida shakllangan. Qo‘ng‘irotlarning vaxtamg‘ali bo‘limi tarkibidagi urug‘lardan hisoblanadi va achamayli, achimayli, ochamayli, ochamoyli shakllarda uchraydi. Qoraqalpoqlarda ashamayli deb ataladi. S.Qorayevning izohlashicha, ho‘kiz yoki qo‘tosga uriladigan egar, yoki bolalar minishi uchun mo‘ljallangan egar 3 Maxmaraimova Sh. Hozirgi o‘zbek tili (leksikologiya). – Toshkent, 2021. – B.265. 197 ochamay (achamay) deyilgan. Achamayli (ochamayli) “egarli”, “tamg‘asi egar shaklidagi urug‘” demakdir. 4 Boshqa bir ma’lumotga ko‘ra, mazkur urug‘ning tamg‘asi tuyaning egari shaklida bo‘lgan. Mazkur urug‘ o‘zbeklar bilan birga qozoqlarda va qoraqalpoqlarda ham mavjud. Qozoqlarda ochamayli urug‘i uy qurishda juda usta bo‘lganligi uchun uyshi deb ham ataladi 5 Cho‘michli – Sherobot tumanidagi mahalla. Mazkur etnonim Surxondaryo qo‘ng‘irotlarining vaxtamg‘ali tarmog‘iga oid urug‘ning nomi hisoblanadi. Mazkur urug‘ belgi – tamg‘a asosida shakllangan deb hisoblanadi. Etnonimdan toponim hosil bo‘lgan. Ma’lumot uchun, Surxondaryodagi mashhur Imom at Termiziy ziyoratgohi aynan shu – Cho‘michli mahallasida joylashgan. Taroqli (talaffuzda ko‘pincha toraqli, toroqli shakli qo‘llaniladi) – Sherobod tumanidagi ergonim. Ergonim – ish, kasb-hunar, muayyan faoliyat doirasida birlashgan kishilik jamiyatining ittifoq, tashkilot, muassasa, uyushma, korporatsiya, to‘garak shaklidagi nomlar. Sherobod hududida joylashgan guzar nomi aynan shunday nomlanadi. Mazkur etnonim ham qo‘ng‘irotlarning vaxtamg‘ali tarmog‘iga mansub urug‘ nomini ifodalab, tamg‘a asosida shakllangan etnonim sifatida baholanadi (tadqiqotimizning avvalgi o‘rinlaridagi ma’lumotlarimizda aytib o‘tganimizdek, tarkibida -li affiksi mavjud bo‘lgan etnonimlar belgi – tamg‘a shakliga ko‘ra nomlangan etnonimlar hisoblanadi). Ko‘rto‘g‘ay – Qumqo‘rg‘on tumanidagi joy, paxta maydoni. Onomastikaning tarkibiy qismi hisoblangan agroonim sifatida e’tirof etish mumkin. Agroonim – yer maydoni, shudgor, dala nomlari. Ko‘rto‘g‘ay – Surxon vohasida yashovchi qo‘ng‘irotlarning qonjig‘ali bo‘limi tarkibidagi urug‘.Etnonim asosida joy nomi kelib chiqqan. Oyinli – Sherobod tumanida joylashgan MFY. Oyinli etnonimi qo‘ng‘irot urug‘i tarkibidagi beshta bosh tarmoqlardan biri. Tamg‘a shakliga asoslangan etnonim hisoblanib, oyli (oyga ega) ma’nosini bildiradi. Tortuli – Sariosiyo tumaniga qarashli MFY. Mazkur toponim ham etnonimga asoslangan bo‘lib, tortuvli qo‘ng‘irot urug‘i tarkibidagi beshta katta tarmoqdan birining nomi. Toponim sifatida ifodalanganda fonetik o‘zgarishga uchragan shakli ko‘zga tashlanadi. Ya’ni, tortuvli etnonimi tarkibidagi v tovushi tushirib qoldirilgan. Mazkur etnonim etimologiyasi bilan bog‘liq ma’lumotlar tadqiqot ishimizning oldingi boblarida to‘liq yoritilgan. Gilambob – Qiziriq tumanidagi MFY. Qo‘ng‘irot urug‘i qo‘shtamg‘ali bo‘limining qoraqasmoq tarmog‘iga oid urug‘. Etnonim gilambof shaklida mavjud. 4 Qorayev S. Toponimika. ‒ Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari jamiyati nashriyoti, 2006. – B.83. 5 Hорбоев Н. 92 бовли ўзбек эли. – Тошкент, 1997 й. – B.21 198 toponim sifatida qo‘llanilganda fonetik o‘zgarishga – tovush almashinish hodisasiga uchragan. Ya’ni, f tovushi b ga almashgan. Hududda yashovchi aholining bergan ma’lumotlariga ko‘ra mahallada yashagan tub aholi qio‘ng‘irotlar bo‘lgan va gilamchilik – gilam to‘qish, ranglash bilan shug‘ullanganlar. Mazkur etnonim urug‘ning bajaradigan mashg‘ulotiga ko‘ra nomlangan. Shunga ko‘ra mazkur joy nomini etnonimga asoslangan etnotoponim sifatida ko‘rsatish mumkin. Qo‘ldovli – Jarqo‘rg‘on hududida joylashgan MFY. Mazkur etnonim etimologiyasi bilan bog‘liq tahlillar tadqiqotimizning oldingi fasllarida batafsil berilgan. Qoraqursoq – Jarqo‘rg‘ondagi MFY Qorag‘ursoq – Qorag‘ursoqshox. Qo‘ng‘irotlarning qonjig‘ali bo‘limi tarkibidagi etnonimlardan biri. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, qarsaq – mo‘ynali hayvon, cho‘l tulkisi. Qozoq, qirg‘iz (qursag‘ shaklida) va o‘zbek tillarida tulkining bir turi sifatida qo‘llaniladi. O‘zbek xalq dostonlarida tulki, qarsaq birikmalari bor. Qarsaq – totem, muqaddas hayvon. Etnonimga shu asos bo‘lgan, deb hisoblanadi. Boymoqli – Jarqo‘rg‘on MFY. Qo‘ng‘irot urug‘ining vaxtamg‘ali tarmog‘i tarkibidagi urug‘ nomi – etnonim. O‘rganishlarimiz natijasida Surxondaryo hududida joylashgan qo‘ng‘irot urug‘i va uning tarkibidagi etnonimlar bilan bog‘liq etnotoponimlarni semantik jihatdan quyidagicha tasniflashni lozim topdik: Tamg‘a nomi bilan bog‘liq etnonimlarga asoslangan etnotoponimlar: oyinli, cho‘michli, taroqli; Rang bilan bog‘liq etnonimlarga asoslangan etnotoponimlar: qoraqasmoq; Inson tana a’zosi bilan bog‘liq etnonimlarga asoslangan etnotoponimlar: qo‘ldovli; Insonning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos belgisi bilan bog‘liq etnonimlarga asoslangan etnotoponimlar: boymoqli; Narsa-predmet nomi bilan bog‘liq etnonimlarga asoslangan etnotoponimlar: gilambob; Totemistik qarashlar bilan bog‘liq etnonimlarga asoslangan etnotoponimlar: qoraqursoq; Umuman olganda, Surxondaryo viloyati hududida joylashgan joy nomlari orasida etnonimlarga asoslanganlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Qo‘ng‘irot urug‘i va uning tarkibidagi etnonimlar bilan bog‘liq etnotoponimlar, asosan, biror bir urug‘ning yashagan joyi, manzilgohini nomlash uchun toponimga qo‘yilgan. O‘rganishlarimiz belgilangan hududda yashagan yoki hozirda ham yashayotgan tub aholi etnotoponim tarkibidagi etnonim nomlagan urug‘ vakillari ekanligini ko‘rsatdi. Yuqoridagi 199 fikrlardan kelib chiqib etnotoponim etimologiyasini aniqlash, dastlab, etnonim tarixini o‘rganishdan boshlanadi deb hisoblash mumkin. Bu esa onomastik birliklar bir-biri bilan aloqador tarzda yuzaga kelishi va rivojlanishi – o‘zgarishini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Отажонова А. Хоразм этнотопонимлари ва уларнинг луғавий асослари: Филол.фан. номз.дисс. – Тошкент, 1996. 2. Kilichev B. Onomastika. – Buxoro, 2023. 3. Maxmaraimova Sh. Hozirgi o‘zbek tili (leksikologiya). – Toshkent, 2021. 4. Qorayev S. Toponimika. ‒ Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari jamiyati nashriyoti, 2006. 5. Hорбоев Н. 92 бовли ўзбек эли. – Тошкент, 1997.