scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHNING JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDAGI ROLINI TAKOMILLASHTIRISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Zamonbekov Umidbek Avazbek o'g'li, O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi.

Abstract

Annatatsiya: Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi rolini takomillashtirishning ayrim masalalari tahlil qilingan va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, jamoat xavfsizligi, qonun, qonunchilik va boshqalar.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 134 HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHNING JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLINI TAKOMILLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Zamonbekov Umidbek Avazbek o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi. Annatatsiya: Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi rolini takomillashtirishning ayrim masalalari tahlil qilingan va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, jamoat xavfsizligi, qonun, qonunchilik va boshqalar. Dunyoda jamoat tartibiga, jamoat xavfsizligiga tajovuz qiluvchi jinoyatlarga qarshi kurashish global ahamiyat kasb etmoqda, chunki misol uchun bezorilik umumiy jinoyatchilikning 22% ni tashkil qilib, har yili 9% ga oshib bormoqda 1 . O‘z navbatida, 2022 yil yakunlari bo‘yicha BMTning Global Study on Children Deprived of Liberty ma’ruzasida keltirilgan statistikaga ko‘ra, bezorilik motivi bilan sodir etilgan jinoyatlar 37% ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, dunyoda so‘nggi yillarda jamoat havfsizligiga jiddiy taxdid soluvchi ommaviy tartibsizliklar jinoyatlari g‘oyaviy va ideologik jihatdan transmilliy va transchegaraviy xususiyat kasb etib, shu bois ularning ijtimoiy xavflilik darajasi keskin oshib bormoqda. Shu bois, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shu jumladan Milliy gvardiya tuzilmalarining rolini oshirish masalalari kun tartibiga qo‘yilmoqda. Bunda 1 https://www.statista.com ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 135 huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish va normativ qoidalarini takomillashtirishga ehtiyoj ortib bormoqda. Jahonda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, huquqiy ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarga huquqiy ta’lim-tarbiya berish orqali ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, harbiy xizmatchilar va xodimlarning hulq-atvori va kasbiy odobiga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishni yangi mexanizmlarini ishlab chiqish sohalarida ilmiy-tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda Milliy gvardiya faoliyatini qayta tashkil etish, uning huquqbuzarliklar va jinoyatchilik bilan kurashishda, yoshlar tarbiyasini nazorat qilishda huquq va vazifalarini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamda umumijtimoiy maqsadli yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi 2 da huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish ustuvor vazifa sifatida belgilangani huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining kasbiy faoliyati davomida huquqiy bilimlarini oshirish orqali ularning aholi bilan samarali muloqat qilishi, shuningdek aholi, xususan voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish asosida huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasining ayrim jihatlari A.A.Azizxo‘jayev, S.M.Adilxodjayeva, M.A.Axmedshayeva, Z.Amirov, E.M.Abzalov, H.B.Boboyev, Sh.I.Jalilov, I.Jo‘rayev, Z.M.Islomov, B.I.Ismailov, I.V.Kudryavsev, G.R.Malikova, X.T.Mamatov, O‘.X.Muxamedov, 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 11 сентябрдаги ПФ-158-сон Фармони// Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.09.2023 й., 06/23/158/0694-сон ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 136 F.F.Muxitdinova, M.K.Najimov, X.Odilqoriyev, F.X.Raximov, A.X.Saidov, U.Tojixonov, I.T.Tulteyev, I.T.Turg‘unov, R.E.Turdiboyeva, H.To‘ychiyeva, M.Fayziyev, E.X.Xalilov, A.A.Xamrayev, O.T. Husanov, Sh.G‘oyibnazarov, Sh.Z.O‘razayev va boshqa huquqshunos olimlar tomonidan qisman tadqiq etilgan. MDH mamlakatlari huquqshunos olimlaridan A.V.Arbuzov, O.A.Dolgopolov, A.N.Zryachkin, A.S.Ibrayeva, I.A.Krigina, A.M.Mesilov, Y.K. Metevosova, T.V.Nazaryan, V.N.Pavlov, S.S.Piskunova, V.Y.Semenov, V.V.Strelyayeva, Sh.K.Xasanov kabilar tomonidan tadqiq etilgan. Xorijiy mamlakatlar olimlaridan Hazard John, Harno Albert J, Razi G.M. va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida huquqiy nigilizmning kelib chiqish sabablari, davlat xizmatchilaridagi huquqqa nisbatan past nazar (mensimaslik) bilan qarash ko‘nikmalarining paydo bo‘lishi hamda u yoki bu sohada yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarning ayrim jihatlari o‘rganilgan. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar respublikamiz huquqshunoslari tomonidan maxsus o‘rganilmagan. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan chuqur siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy va boshqa o‘zgarishlar nafaqat inson va fuqaroning huquq va erkinliklarining haqiqiy tasdiqlanishiga, bozor munosabatlarining tiklanishiga, xalqaro munosabatlarning kengayishiga va boshqa natijalarga olib keldi, balki kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda, shuningdek, tubdan yangi shoshilinch yechimlarni talab qiluvchi qator murakkab muammolarni hal etishda jiddiy hissa qo‘shdi. Shuni ta’kidlaymizki, huquqiy ong tushunchasi polemik xarakterga ega. Mashhur rus faylasufi I.A. Ilin fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va jihatlarini chuqur o‘rgandi. «Armiya davlat mavjudligining elementi sifatida o‘zini muntazam ravishda g‘alabaga va uning uchun o‘limga, davlat maqsadi yo‘lida o‘ldirishga tarbiyalaydigan uyushgan ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 137 olomondir. armiya davlatchilikning jonli ilhomi bilan sug‘orilishi kerak. Jangchi — bu fuqarolik darajasi va mavjudligining jamlangan yukini o‘z zimmasiga olgan fuqaro: chunki u davlat hokimiyatining jonli timsolidir, davlat irodasining jonli quroli, o‘z ishini shaxsiy hayot masalalari bilan bog‘lagan vakildir» 3 . I.Ilinning ushbu ta’rifida armiya faqatgina harbiy kuch sifatida emas, balki davlat hokimiyatining timsoli va yuridik ongni shakllantirishdagi markaziy sub’ekt sifatida talqin etilgan. Shu nuqtai nazardan, uning fikrlari zamonaviy huquqshunoslik va falsafa uchun ham dolzarb ahamiyatga ega. Huquqiy ong tushunchasining ta’riflariga turlicha qarashlar mavjud. Xususan, N.L.Granat huquqiy voqelikni aks ettirishning quyidagi shakllarini sanab o‘tadi: "huquqiy bilimlar, huquqiy munosabatlar, huquq va huquqiy amaliyotni baholash, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda odamlarning faoliyati va xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan insoniy qadriyat yo‘nalishlari" 4 . N.Granat tomonidan ilgari surilgan huquqiy voqelik shakllari murakkab va turli yondashuvlarni talab qiladigan nazariy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tushunchalarni zamonaviy huquqshunoslikning multidissiplinar yondashuvlari asosida qayta ko‘rib chiqish va to‘ldirish orqali huquqiy voqelikni yanada aniqroq yoritish mumkin. A.B. Vengerov huquqiy ongni "jamiyat, guruhlar, shaxslarning qonunga, uning tizimi va tuzilishiga individual munosabatini va huquq tizimining boshqa xususiyatlarini ifodalovchi ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan o‘zaro bog‘liq g‘oyalar, his-tuyg‘ular majmui" 5 deb hisoblaydi. A.Vengerovning huquqiy ongga oid ta’rifi nazariy jihatdan chuqur asoslangan bo‘lsa-da, uning individual va ijtimoiy ong o‘rtasidagi muvozanat, ratsional va 3 Ильин И.А. О сущности правосознания. — М., 1994. 4 Ўша жойда. 5 Венгеров А.Б. Теория государства и права: учебник. М., 2007. С. 560. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 138 emotsional elementlarning roli kabi jihatlari yuzasidan turlicha yondashuvlar mavjud. Huquqiy ongning zamonaviy talqinida ushbu nuqtalarni inobatga olish muhim ahamiyatga ega. A.N.Golovistikova va Y.A.Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, huquqiy ong — bu odamlarning o‘tmishdagi va amaldagi qonunchilikka bo‘lgan kognitiv-baholash munosabati, uni yanada takomillashtirish, qonuniylik, adolat haqidagi g‘oyalaridir 6 . A.N.Golovistikova va Y.A.Dmitriyev huquqiy ongda kognitiv (bilimlar) va baholash (qimmat hukmlar) jihatlariga urg‘u beradilar. Lekin tanqidchilar, jumladan, kognitiv psixologiya va huquqiy ong mutaxassislari, ushbu ikki jihat o‘rtasidagi aloqani yanada aniqroq tadqiq qilish zarurligini ta’kidlaydilar. Ularga ko‘ra, huquqiy ongda faqat ratsional bilimlar emas, balki inson tajribasi, ijtimoiy ta’sir va emotsional holatlar ham muhim o‘rin tutadi. Avtorlar ta’rifida huquqiy ong o‘tmishdagi va amaldagi qonunchilikka bog‘liq ravishda shakllanishi ko‘rsatilgan. Biroq ba’zi huquqshunoslar huquqiy ongning tarixiy aspektlardan emas, balki ayni zamondagi ijtimoiy muammolar va amaliyotlarga tezroq moslashish qobiliyatiga e’tibor qaratishni zarur deb hisoblaydilar. Masalan, dinamik huquqiy nazariya tarafdorlari huquqiy ongning tez o‘zgaruvchan ijtimoiy muhitda yangilanishi kerakligini ta’kidlaydilar. «Mamlakatimizda fuqaroga an’anaviy ravishda davlat manfaatlarini o‘z manfaatlaridan so‘zsiz ustun qo‘yib, har bir shaxsning huquqlari buzilishi mumkinligi haqida o‘ylamasdan xizmat qilish tayinlanadi» 7 . Ya’ni, davlat ko‘p hollarda odamlar tomonidan o‘ta aniq transpersonal va huquqdan tashqari unsur 6 Головистикова, А.Н., Дмитриев, Ю.А. Проблемы теории государства и права: Учебник. - М.: ЭКСМО. 2005.С. 649 7 Смоленский М.Б. Правовая культура как элемент социокультурного пространства: перспективы становления в современной России: Автореф. дис. … докт. социол. наук / Б.М. Смоленский. Ростов н/Д, 2003. С.28. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 139 sifatida qabul qilinadi, bu davlatdan va uning tuzilmalaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlaridan chuqur begonalashishga olib keldi. Qonun normalarini bilishni istamaslik, fuqarolarning o‘z mamlakati kelajagiga befarqligi keyinchalik amaldagi qonunlarning qasddan buzilishiga, huquqiy normalarning nafaqat mamlakat fuqarolari tomonidan, balki davlat organlari va mansabdor shaxslar, idoraviy mansublikni pesh qilib ommaviy ravishda bajarilmasligiga olib keladi. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar 2022-yilga nisbatan 5,3 foizga ortgan. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning soni ayrim hududlarda yuqoriligicha qolmoqda. 8 . 2023-yil dekabr oyida biz yoshlarning huquqiy axborotni izlashda duch keladigan muammolarini tizimlashtirishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazdik. Tadqiqot so‘rov anketasi yordamida miqdoriy yondashuv yordamida amalga oshirildi. So‘rovda jami 86 ta sub’ekt ishtirok etdi — TDYU turli fakultetlari talabalari. So‘rov natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, talabalar huquqiy tizimning keng tarmokli ekanligi tufayli eng ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganini ko‘rish mumkin, ba’zida zarur bo‘lgan tegishli huquqiy hujjatni topish juda qiyin (42%). Shuningdek, ayrim huquqiy hujjatlarning to‘liq matnlariga kirish cheklanganligi katta muammodir (33%), chunki Internetda ham ma’lum bir huquqiy hujjatga bepul kirish har doim ham mumkin emas. Huquqiy axborotni topishda nisbatan kamroq muammolar huquqiy tilda yozilgan normativ-huquqiy hujjatlar matnini tushunish bilan bog‘liq (11%). Faqat yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar normativ hujjatlar matnini to‘g‘ri tushunishlari mumkin, biroq xattoki ular ham ba’zan huquqiy matnlarni sharhlashda qiyinchiliklarga duch kelishadi. 8 https://kknews.uz/uz/184791.html ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 140 Eng past darajadagi muammo sifatida ba’zi qonunlarning boshqalarga zidligi (9%) va ko‘p sonli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (5%) ko‘rsatib o‘tilgan. Bu muammolar kamroq darajada bo‘lsa ham, baribir ayrim vaqtda qiyinchilik tug‘diradi. Shunday qilib, zamonaviy milliy jamiyatimizning huquqiy ongining tizimli markazlashuvi, qonun va huquqni identifikatsiyalashda ifodalangan sovet qonuniyligi shaklini saqlab qolib, huquqiy norma va xatti-harakatlar o‘rtasidagi ma’lum masofa borligini namoyon etadi. Ta’kidlash kerakki, faoliyat olimlar tomonidan atrofdagi olam bilan faol munosabatlarning o‘ziga xos shakli, uning mazmuni, maqsadli o‘zgarishi sifatida belgilanadi. Ta’rifga asoslanib, faoliyat va madaniyatning xususiyatlarini o‘zaro bog‘liq tarixiy kategoriyalar sifatida ko‘rsatish mumkin. Madaniyat, o‘z navbatida, faoliyatning universal xususiyati bo‘lib, dasturni belgilaydi va muayyan turdagi faoliyatning yo‘nalishini, uning qimmatli tipologik xususiyatlari va natijalarini oldindan belgilab beradi. “Madaniyat — bu faoliyatning ma’lum bir qismini va uning natijalarini yaratish, iste’mol qilish va uzatishni o‘z ichiga olgan jarayon. Shu bilan birga, odamlar nafaqat hodisalarning xususiyatlarini (ularning sifatini) o‘rganadilar, balki ikkinchisini ularning ijobiy ahamiyati, inson, sinf, jamiyatning har qanday ehtiyojlarini qondirish qobiliyati nuqtai nazaridan baholaydilar", — deb ta’kidlaydi A. V.Ikonnikov 9 . Kasbiy madaniyat o‘rnatilgan, doimiy rivojlanib boruvchi motivlar, shaxsiy ma’nolar va maqsadlar tizimi mavjudligida ifodalanadi, individual ishlab chiqilgan strategiyalarni, voqelikka yo‘naltirish vositalarini, muammolarni hal qilish usullarini o‘z ichiga oladi va kasbiy madaniyatni ijodiy o‘zini o‘zi boshqarish mezoni va usuli sifatida ifodalaydi. 9 Проблемы формирования эстетической ценности / под ред. А. В. Иконникова. М., 1981. – С.21. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 141 Prakseologik madaniyat — bu muammolarni shakllantirishdan ularni hal qilish uchun aniq harakatlarga o‘tishni ta’minlaydigan zarur usullar va strategiyalar to‘plami. Uning tarkibiy qismlari orasida maqsadni belgilash, qaror qabul qilish va rejalashtirish alohida o‘rin tutadi. Mutaxassis faoliyati, muloqot va o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi uning vakolatining asosini tashkil qiladi. Kasbiy kompetensiya — bu mehnat sub’ektining kundalik faoliyatning vazifalari va majburiyatlarini bajarishga kasbiy tayyorgarligi va qobiliyati. Muayyan fan bo‘yicha bilimlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular barcha kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning asosiy asosi hisoblanadi 10 . Huquqiy madaniyat jamiyatning institutsional tizimiga qurilgan bo‘lib, shaxslarning normativ hayoti konturlarini, ijtimoiy amaliyotni rivojlantirish jarayonida rasmiy normalarga munosabat xarakterini, adolat va qonun ijodkorligining sifati va darajasini, huquq-tartibot samaradorligini va ijtimoiy makonning huquqiy bo‘lmagan sektorining ulushi mutanosibligini belgilaydi. Huquqiy madaniyat bir vaqtning o‘zida huquqiy rivojlanish jarayonlariga organik ravishda kiritilgan insonning aqliy, ma’naviy va amaliy faoliyati majmuini ifodalovchi ijtimoiy va huquqiy amaliyotni belgilaydi 11 . So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan chuqur siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy va boshqa o‘zgarishlar nafaqat inson va fuqaroning huquq va erkinliklarining haqiqiy tasdiqlanishiga, bozor munosabatlarining tiklanishiga, xalqaro munosabatlarning kengayishiga va boshqa natijalarga olib keldi, balki kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda, shuningdek, tubdan yangi shoshilinch 10 Психология и педагогика: учебное пособие / под ред. А. А. Бодалева. М., 2002. – С.116. 11 Каландаришвили З. Н. Основные концепции изучения правовой культуры в юридической науке // Известия Российского государственного педагогического университета им. А. И. Герцена. 2008. № 56. – С.12. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 142 yechimlarni talab qiluvchi qator murakkab muammolarni hal etishda jiddiy hissa qo‘shdi. Xozirgi bosqichda huquqiy madaniyat holatining O‘zbekistonda o‘ziga xos jihati shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganidan boshlab yuridik qadriyatlarimizni, huquqiy madaniyatimizni zamonaviy konstitutsiyaviy talablar darajasiga mos tarzda yuksaltirish zarurati tug‘ildi. Bugungi kunda esa huquqiy tarbiya tizimini yanada takomillashtirish ehtiyoji sezilmokda. Bu masalalarni yangi asosda, mamlakat rivojlanishining hozirgi modernizatsiya va demokratlashtirish bosqichi vazifalaridan kelib chiqqan holda hal qilish muhim ahamiyatga ega. Jamiyatning hozirgi holatini ijtimoiy-huquqiy sohadagi avvalgi inqirozli holatlardan yiroq deb aytishimiz qiyin, chunki bugungi kunda ham biz haqiqiy hayot va Konstitutsiya normalari o‘rtasidagi sezilarli tafovut ancha mustahkam o‘rnatilganligini aytishimiz joiz. Ushbu salbiy ijtimoiy hodisaning sabablari ko‘p omillardir. Birinchidan, bu qonunga e’tiborsizlik, qonun nominalizmi, qonunning instrumental ahamiyatining anomiyasi bo‘lib, bu, misol uchun, huquqiy nigilizm, tizimli korrupsiya ko‘rinishidagi salbiy omilni keltirib chiqaradi. «Korrupsiya huquqlarni imtiyoz sifatida individuallashtirishning buzuq usulidir» 12 . Ikkinchidan, demokratik institutlarning (birinchi navbatda, saylovlar), jamiyatning kriminallashuvi, noqonuniy mehnat migratsiyasi va ko‘pincha huquqni muhofaza qilish organlarining harakatsizligi, beboshligi, oqibatida "...huquqiy 12 Малахов В.П. Концепция философии права. Серия «Научные школы Московского университета МВД» / В.М. Малахов. М.: Юнити-Дана. 2007. с.484. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 149 dunyo haqidagi tasavvurini qayta shakllantirmoqda va bu yoshlarning asosiy qadriyatlariga aylanmoqda. Huquqiy dunyoqarashni shakllantirish jarayonida yoshlarning huquqiy tarbiyasi samaradorligi yoshlarning hayotning barcha jabhalarida qonunlarga rioya qilish zarurligiga bog‘liq. Yoshlarga huquqiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatilmaganligi bugungi jamiyatda yoshlar huquqiy nigilizmining salbiy ko‘rinishlari keng tarqalib, yoshlar xulq-atvorining turli ko‘rinishlari deviant, ko‘pincha huquqbuzarlik xususiyatiga ega bo‘lib, “yoshlarning ongi va xulq-atvorida, asotsial va antisotsial g‘oyalar va modellar birlashishga hissa qo‘shayotgan asosiy omillardan biriga aylanmoqda" 22 . Bu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim siyosatida munosib o‘rin egallagan huquqiy ta’lim muhim o‘rin tutadi. A.V. Malkoning ta’kidlashicha, huquqiy ta’lim deganda «davlat organlari va jamoatchilikning fuqarolar va mansabdor shaxslar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan maqsadli faoliyati tushuniladi» . Bugun biz O‘zbekistonda ta’limni modernizatsiya qilishning guvohi va faol ishtirokchilarimiz. Mamlakatimizda o‘qituvchi shaxsining huquqiy madaniyatini shakllantirish tizimida zamonaviy huquqiy ta’lim mexanizmi yaratilmagan. Keyingi yillarda huquqiy tarbiya nazariyasi V.K.Babayev, V.M. Baranov, V.V. Golovnichenko, A.I. Dolgova, A.A. Kvasha, T.V. Korchagina, A.V. Malko, N.I. Matuzova, A.B, Mitskevich, Y.V. Sokolov va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, K.V. Naumenkova ta’kidlashicha: "huquqiy ta’lim 22 Самыгин П. С., Исакова Ю. И., Печкуров И. В. Правовая социализация современной российской молодежи: моногр. / под ред. С. И. Самыгина. М., 2016. С.7. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 150 jahon va milliy madaniyat qadriyatlarini ifodalovchi huquqiy g‘oyalar, normalar, tamoyillarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida belgilanishi mumkin" 23 . Huquqshunos olim I.Tulteev huquqiy tarbiyaning quyidagi umumlashtirilgan ikki vazifasini ifodalaydi: «Birinchisi tarbiyalanuvchilarga ma’lum miqdordagi huquqiy bilimlar, ko‘nikma va malakaning berilishi. Ikkinchisi – tarbiyalanuvchilarda huquqiy g‘oyalar, hissiyotlar, e’tiqodni shakllantirish» 24 . Huquqiy ta’lim ikki tomonlama jarayon bo‘lib, ta’lim munosabatlari sub’ektlarini chuqur o‘rganishni nazarda tutadi. Jumladan, turli guruhlarning xususiyatlarini hisobga olish, huquqning mavjud normalari, tamoyillari va qadriyatlarini tushunish. Huquqiy ta’lim jarayonida o‘qituvchi huquqiy makonda harakat qilishni o‘rgatadi. U shaxsni shakllantirish ("tarbiya") va to‘plangan bilimlarni yosh avlodga ("ta’lim") o‘tkazish uchun pedagogik faoliyatni birlashtiradi. O.F. Skakun huquqiy ta’lim mexanizmining asosiy elementlari, birinchi navbatda, shakllar, ya’ni ta’lim jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos usullari. Bularga quyidagilar kiradi: Huquqiy targ‘ibot – muayyan huquqiy g‘oyalar va qadriyatlarni tarqatishdir. Yuridik ta’lim — bu shakl juda keng tarqalgan, ammo mustaqil sabablarga ko‘ra u har doim ham hammaga etib boravermaydi va bu borada quyidagi shakl samaraliroq. Yuridik amaliyot. O‘z-o‘zini tarbiyalash — bu ta’limning eng samarali shakli, u shaxsning qonunning asosiy qoidalarini ongli va 23 Науменкова К.В. Проблема правового воспитания граждан России на рубеже веков // Проблемы государства, права, культуры и образования в современном мире. 2004. № 2. С.41-42. 24 Одилқориев Х.Т., И.Т.Тультеев ва бошқалар. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. – Тошкент: «Шарқ». 2009. – Б.292. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 151 ixtiyoriy ravishda o‘zlashtirishiga asoslanadi 25 . Yoshlarni huquqiy tarbiyalash munosabati bilan biz bugungi huquqiy sohada eng keng tarqalgan yoshlarni huquqiy tarbiyalashning asosiy shakllarini aniqlashni zarur deb hisoblaymiz: 1.Maxsus tayyorgarlikdan o‘tish va oliy va o‘rta kasb-hunar maktablarida o‘qishni nazarda tutuvchi yuridik ta’lim. Huquqiy ta’lim — bu yoshlarga ta’lim jarayonida huquqiy bilimlarni yetkazish, to‘plash va o‘zlashtirishdir 26 . 2. Tarbiyaviy ma’ruzalarda, ommaviy maslahatlarda, shuningdek ommaviy axborot vositalarida olib boriladigan yoshlarga huquqiy tarbiyaviy targ‘ibot 27 . Huquqiy targ‘ibot yoshlar o‘rtasida huquqiy munosabatlar, g‘oyalar, dunyoqarash va huquqiy dunyoqarashni keng targ‘ib etishni o‘z ichiga oladi. 3.Ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qilish organlarining yosh huquqbuzarlarni huquqiy tarbiyalash borasidagi huquqiy tarbiyaviy amaliy faoliyati. Bizning fikrimizcha, yoshlar bilan olib borilayotgan huquqiy tarbiya ishlarining birlamchi yo‘nalishi ularda huquqiy madaniyat va huquqiy ongning axloqiy asoslarini shakllantirishdan iborat. A.A.Vozmitel yozganidek, yoshlarning bugungi avlodida "axloqiy tamoyillarning tanqisligi"ni bartaraf etish, axloq va axloqsizlik, me’yor va undan og‘ish haqidagi g‘oyalar tizimini shakllantirish lozim 28 . Bu huquqiy sohada jamiyatning ijtimoiy (ma’naviy va axloqiy) xavfsizligini ta’minlaydigan jamiyat va davlatning normal faoliyatining ustuvor muammosiga 25 Скакун О.Ф. Теория государства и права: Учебник. — Харьков: Консум; Ун-т внутр. дел, 2000. – С.74. 26 Малько А. В. Теория государства и права в вопросах и ответах. М., 2004. 27 Самыгин С. И., Попов М. Ю., Загутин Д. С. Социальные сети как социальный институт социализации молодежи // Гуманитарные, социально-экономические и общественные науки. 2015. № 5. 28 Возьмитель А. А. Актуальные теоретико-методологические и практические проблемы духовной безопасности // Социальная политика и социология. Междисциплинарный науч.-практ. журн. 2008. № 2 (38). -С.20. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 152 aylanadi. Ijtimoiy huquqiy ong sohasida huquqning yuksak ijtimoiy ahamiyati va unga rioya qilish zarurati g‘oyasi bugungi kunda hukmronlik qilmoqda. Binobarin, bu g‘oya yoshlarning huquqiy tarbiyasini amalga oshirish jarayonida markaziy o‘rinni egallashi kerak. U axloqiy qadriyatlarni ishlab chiqarish, tarqatish va iste’mol qilish faoliyati bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladigan amaliy yoshlar ongini ifodalaydi. Bu xilmaxil faoliyat natijasi axloqiy munosabatlarga qodir shaxsning ma’naviy-axloqiy qiyofasi hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning yoshlar huquqlarini ta’minlashdagi rolini bilish bilan bir qatorda ularni himoya qiluvchi organlarni aniqlab olish maqbuldir. Yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlovchi organlar tizimida odil sudlov muhim o‘rin tutadi. Nufuzli sud tizimini shakllantirish davlatimiz zamonaviy rivojlanish siyosatining ajralmas qismidir. Ko‘plab huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan yangi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitda adolatli va mustaqil sudning roli beqiyos ortib bormoqda. Biroq, sud hokimiyatining ushbu fazilatlarini shakllantirish hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan munosabatlari va ularning sudga ta’siri bilan belgilanadi. Yoshlar huquqlarini ta’minlash va rivojlantirishning yana bir muhim instituti — Bolalar ombudsmani va uning mahalliy vakillari. Vakil yoshlarning huquq va erkinliklari holatini, ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi, yoshlarning huquqlari buzilganligi haqidagi arizalarini tekshiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu borada ham jiddiy muammolar mavjud. Bu muammolar, birinchi navbatda, Vakil tomonidan o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq. Vakil zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga mansabdor shaxslar xalaqit berib, fuqarolarning arizalari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilishiga ko‘p hollarda xalaqit bermoqda. Bundan tashqari, yosh fuqarolarning o‘zlari ko‘pincha o‘z huquqlarini qanday himoya qilishni bilmaydilar va huquqlarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan davlat muassasalariga ishonmaydilar. Bu aholimizning huquqiy madaniyati hali ham ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 153 yetarli emasligidan dalolat beradi va bu jamiyat uchun ham, davlat uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. So‘nggi paytlarda mamlakatda ko‘plab nodavlat inson huquqlari tashkilotlari paydo bo‘ldi. Ularning o‘rni juda katta, chunki ular yoshlar huquqlarining amalga oshirilishi ustidan mustaqil nazoratni amalga oshiradi, jamiyat va davlat e’tiborini bu boradagi huquqbuzarliklarga qaratadi, inson huquqlari bo‘yicha davlat organlari faoliyatiga hissa qo‘shadi. Lukasheva Y.A. o‘z asarida huquqiy madaniyatni oshirish, inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini ta’minlash masalasiga e’tibor beradi. Uning ta’kidlashicha, mansabdor shaxslarning huquqiy nigilizmi qonunga hurmatsizlik va uni e’tiborsiz qoldirishda eng aniq namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, muallif hozirda huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayonida ko‘plab muammolar mavjudligini qayd etadi. Bu, birinchi navbatda, aholining huquqiy savodsizligi, qonun ijodkorligining murakkab jarayoni, huquqiy hujjatlarning haqiqatga tez-tez zid kelishi, shuningdek, kuchli huquqiy davlat mafkurasining rivojlanmaganligi va natijada axloqiy tamoyillarni inkor etish, huquqiy nigilizm yuzaga kelishidir 29 . Shunday qilib, yoshlar huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanishini ko‘rib chiqish uning huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqligini aniqlash imkonini berdi. Yosh avlodning ham, ularning huquqlarini himoya qilish funksiyasini bevosita amalga oshirayotganlarning ham huquqiy madaniyatini oshirish orqali yoshlar huquqlarini ta’minlashga yetarli darajada ko‘maklashish imkoni ortadi. Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilayotgani «so‘nggi o‘n yilliklar amaliyoti tez o‘zgarayotgan dunyoda inson kapitalini to‘plash va undan unumli foydalanishga qodir jamiyatlar, shuningdek, asosiy tashuvchisi yoshlar 29 Лукашева Е. А. Человек, право, цивилизации: нормативно-ценностное измерение / Е. А. Лукашева. – М.: Норма, 2009. – 384 с. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 154 strategik ustunlikka ega bo‘ladigan innovatsion rivojlanish salohiyatini ishonchli tarzda isbotlab bermoqda» 30 . Shu bois, integratsiya jarayonlariga kompleks yondashuv huquqiy ta’lim va tarbiya, ayniqsa, yoshlarning milliy chegaralar bilan cheklanib qolmasdan, 1978-yildan beri Avstriyada «Maktablarda fuqarolik ta’limi» qonuni mavjud bo‘lib, unga ko‘ra «huquqiy ta’lim jamiyat va davlatning, xususan, fuqarolarning shaxs sifatida rivojlanishining asosiga aylanadi va uning maqsadi fuqarolarning huquqiy ongini umumevropa miqyosida shakllantirish va global jahon muammolarini tushunishdir» 31 ; Angliya va Irlandiyada ixtiyoriy huquqshunoslik dasturlari mavjud. Ushbu dasturlar turli darajadagi o‘qitishga qaratilgan edi — boshlang‘ich va asosiy. Ammo 2000-yillarning boshidan boshlab Angliyada yuridik ta’lim ixtiyoriy toifadan majburiy toifaga o‘tgan 32 . Huquqiy ta’lim dasturlari turli mazmunni o‘z ichiga oladi. Bular fuqarolik, inson huquq va erkinliklari, bag‘rikenglik va tinchliksevarlikni tarbiyalash va boshqalar. Huquqiy ta’limning Fransiya tajribasi ham e’tiborga loyiq, «fransuz maktablarida o‘quvchilar birlamchi manbalar («Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi», «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» va boshqalar) asosida kundalik hayotda uchraydigan huquqiy vaziyatlarni tahlil qila olishlari kerak; tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy hayot masalalari bo‘yicha 30 Соколов А. В. Современные институты молодежной политики в Европе: история становления и развития // Вестн. междунар. организаций: образование, наука, новая экономика. 2009. т. 4, № 1. (23). С.84. 31 Аксенова Э. А. Гражданское образование зарубежных школьников: современные тенденции развития // Школьные технологии. 2015. № 4. С.40. 32 Гаджиева П. А., Раджабова Р. В. Правовое образование подрастающего поколения: отечественный и зарубежный опыт // Мир науки, культуры, образования. 2019. № 5(78). С. 122. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 155 o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lishi, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishi kerak» 33 , bunga erishish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Huquqbuzarliklar profilaktikaning asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shartsharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat. Shuningdek, turli davlatlarda ushbu jarayonni tashkil etish ko‘lamidan kelib chiqqan holda mazkur vazifalar yanada kengaytirilgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, huquqbuzarliklar profilaktikasi faqat keng qamrovli faoliyat yo‘nalishi sifatida tashkil etilgan taqdirdagina yaxshi samara berishi mumkin. Bu esa, mazkur jarayonda barcha darajadagi davlat va nodavlat tuzilmalar hamda fuqarolarning keng ko‘lamdagi ishtirokini talab etadi. Ayni paytda ushbu zaruratni tushunib yetgan holda mazkur davlatlar aholisi ham huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ongli ravishda ishtirok etish istagini bildirdilar. Yuqoridagi davlatlar tajribasini ommalashtirgan holda, bugungi kunga kelib Shimoliy Amerika va Yevropadagi boshqa davlatlarda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning aksariyatida hamda Janubiy-sharqiy Osiyoning rivojlanayotgan davlatlarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni bajarishga kirishildi, davlat organlari va jamoatchilikning bu boradagi harakatlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish uchun maxsus qonunlar, davlat dasturlari qabul qilindi. Xorijiy davlatlarda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda uni turli yo‘nalish va hududlar bo‘yicha maxsus dasturlar orqali tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu jarayonda politsiya yoki ichki ishlar idoralarining ishtiroki 33 Протасова И. А. Гражданско-правовое образование как фактор формирования правовой культуры личности (на примере стран западной Европы и США) // Культура. Образование. Право. Вып. 2: Материалы Междунар. науч.-практ. конф., 28–29 апр. 2009 г. Екатеринбург, 2009. С. 83. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 156 minimal darajada bo‘lib, amalga oshirilayotgan dasturlarning ijrosi, asosan, aholining ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatiga asoslanadi. Shuningdek, ushbu dasturlar huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishning klassik usullari – politsiya patruli, targ‘ibot va tushuntirish ishlariga nisbatan ancha amaliy va samarali ekanligi ma’lum bo‘lmoqda. Xususan, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Germaniya, Avstraliya kabi davlatlarda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda “Qo‘shnilar nazorati” (neighborhood watch), “Sindirilgan oynalar” (broken windows), “Jinoyatchilikni to‘xtatuvchilar” (crime stoppers) kabi dasturlar, shuningdek muayyan toifadagi shaxslar, masalan bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan yoki jinoyatchilik darajasi nisbatan yuqori mintaqalarga tatbiq etiladigan (“Weed&Seed”, “Safety City”) dasturlar samarali tatbiq etilmoqda. Ushbu dasturlar orasida AQShda qabul qilingan “Sindirilgan oynalar” dasturi boshqa bir necha davlatlarda ham joriy etilgan. Mazkur konsepsiyaning asoschilari J.Vilson va G.Kelling bo‘lib, ular o‘z g‘oyalari mazmunini quyidagicha ifodalaydilar: “Agar binoning bitta oynasi singan bo‘lsa va uni hech kim ta’mirlamasa, qisqa vaqt ichida binoning barcha oynalari ham sindiriladi, binoning o‘zi to‘liq harobaga aylanadi va bu joy jinoyatchilar makoniga aylanadi”. Kengroq qilib aytganda ushbu konsepsiya mualliflari ko‘chalardagi tartib va ozodalikning mavjud emasligi deviant hulq-atvorning namoyon bo‘lishiga olib kelishini ta’kidlaydilar. Ya’ni tashqi tartibsizlik (oynalar, elektr chiroqlarining singanligi, qarovsiz tashlab ketilgan avtomobillar, binolarning tashqarisi va yo‘llarning uzoq vaqt ta’mirlanmaganligi, chiqindilarning ko‘chaning istalgan joyiga tashlab ketilganligi) o‘sha hududda jamoatchilik nazoratining yo‘qligi, axloqsizlik va huquqbuzarlik uchun ta’sir choralari qo‘llanilmasligi hamda davlat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalari mazkur holatga beparvo munosabatda bo‘lishlaridan dalolat beradi. Bunday belgilar esa, odamlarning ongostida ushbu hudud nazorat ostidan tashqari, bu yerda davlat va jamoat hokimiyatining kuchi yo‘q ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 157 degan fikrni shakllantiradi. Agar bitta oyna singan va bu hech kimni bezovta qilmayotgan bo‘lsa, demak ikkinchi, uchinchi va boshqa oynalarni ham sindirish mumkin. Shu tariqa, odamning ichidagi yashirin deviant xulq-atvor uning xattiharakatlariga ko‘chadi. Mazkur gipotezaga asoslangan holda, ushbu dasturda aholi punktlarida tozalik va tartibga rioya qilinishini ta’minlash, qarovsiz avtomashinalar, bino va inshootlar paydo bo‘lishiga, chiqindilarning to‘planib qolinishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari belgilanadi. Bunda dastlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari doimiy ravishda aholi punktlaridagi holatni o‘rganib boradilar, asta-sekinlik bilan aholining o‘zi ushbu dasturning ham ijrochisi, ham nazoratchisiga aylanadi. Dasturning o‘zi esa aholining kundalik turmush tarziga singib boradi. Tadqiqotchi L. Montgomerining kuzatuvlariga ko‘ra, 1993-yildan 1995yilgacha Nyu-Yorkning bir necha tumanlarida, asosan, mazkur dasturning samarali tashkil etilishi natijasida odam o‘ldirish jinoyatlari o‘rtacha 39%, kvartiralarga bostirib kirish holatlari 25%, avtomobillarni olib qochish holatlari 36% ga kamaygan. Ushbu dastur asta-sekin yanada keng ko‘lamda tatbiq etilib, shaharsozlik normalariga ham ta’sir eta boshladi. Xususan, loyiha tashkilotlariga bino va inshootlarni joylashtirishda, yerosti o‘tish yo‘llari, ko‘priklar qurishda qarovsiz “oraliq joylar” qolib ketishiga, yo‘laklarning tabiiy va sun’iy yorug‘lik manbalaridan to‘silib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi talablar qo‘yildi. AQShda shartli ravishda ozod qilingan jinoyatchilarning 56,6 foizi yana turmaga qaytadi, hayot va sog‘liqqa qarshi zo‘ravonlik jinoyatlari 70 foizi residivistlar tomonidan sodir etiladi, demak, mamlakatda sodir etilgan jinoyatlarning ko‘pchiligida kim aybdor ekanligi ayon. Masalan, shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilganlarning atigi 30 foizi turmaga qaytadigan Vashington shtatida ham ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 158 bu ko‘rsatkich hamon jiddiy ko‘rinadi 34 . Bu jinoyatchilar eng xavfli guruh bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni alohida diqqatini tortib turadi. Jamoatchilikka yo‘naltirilgan politsiya faoliyati politsiya xodimlariga o‘z hududida yashovchilar bilan tanishish imkonini beradi, ammo politsiya xodimlari uchun o‘z hududida yashovchi va politsiya nazorati ostida bo‘lgan sobiq jinoyatchilarni bilish yanada foydali. Vashington shtatining residivistni kuzatish tizimi aynan shu maqsadga yo‘naltirilgan. Residivistlarni kuzatish tizimi (SMART) Politsiya departamenti (RPD) va Vashington shtatining ahloq-tuzatish departamenti (DOC) o‘rtasidagi hamkorlik negizida yaratilgan. Bu ikki muassasa nafaqat jinoyat sodir etgan jinoyatchilar muammosi bilan, balki huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga aylanishdi. Ikkala muassasa ham jamoat xavfsizligini yaxshilash uchun birorta imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydi, garchi amalda bu ularning an’anaviy rolidan biroz chetga chiqishni anglatadi. RPD va DOC departamentlari tomonidan yaratilgan dastur doirasida politsiya xodimlari o‘qitiladi va ularning politsiya hududida yashovchi jinoyatchilarni bevosita kuzatib boradi. Har oyda ikki marta politsiya xodimlari sobiq jinoyatchilarning yashash joyiga tashrif buyurishadi va olingan ma’lumotlar DOC ga yuboriladi. SMART dasturining ikkinchi qismi politsiya xodimlarining kuzatuv ostidagi sobiq jinoyatchilar bilan tasodifiy aloqalari haqida DOC ga ma’lumot berish tizimini tartibga soladi. DOC nazorat ostidagi jinoyatchilarni tekshirish uchun kompyuterlashtirilgan orderlarni beradi. Politsiyachilar aloqalariga oid ma’lumotlar har hafta DOC tomonidan qabul qilinadigan va keyin turli politsiya bo‘limlari tomonidan foydalaniladigan dala bildirishnomalrida qayd etiladi. Bildirishnomada 34 Police Chief. 1995. № 4. P. 127–128.