Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 544 Kitobxonlikni rivojlantirishda o‘lkashunoslikni o‘rni va roli. Oltiarigim-oltin arig‘im. Tusmatova Shaxnoza. Oltiariq tuman axborot - kutubxona markazi axborot bibliografiya xizmat rahbari Anotatsiya Mazkur maqolada kitobxonlikni rivojlantirishda, yoshlarni kutubxonaga jalb qilishda o‘lkashunoslikni ro‘li haqida fikr yuritiladi. So‘nggi yillarda hayotimizning barcha sohalari qatori kutubxona sohasida ham yangilanish va yuksalish jarayonlari sezilarli darajada bo‘lyapdi. Prezidentimiz farmon va qarorlari asosida kitobxonlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bugungi kunda olib borilayotgan davlatimiz siyosatida ma’naviyatga yani aholini ayniqsa yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga muhim e’tibor qaratilyapdi. Bu borada Oltiariq axborot – kutubxona markazida ham aholiga xizmat ko‘rsatishda aholini kutubxonaga jalb qilishda ayniqsa o‘lkashunoslik faoliyatiga katta e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar. Kitobxonlik, o‘lkashunoslik, axborot-kutubxona, kitobxonlar, Oltiariq, kitob targ‘ibotlari, kitob, ziyoratgohlar, yoshlar, tarix, urf-odatlar,vatan, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar. The Role and Importance of Regional Studies in Promoting Reading Culture Oltinarigim – My Golden Stream By Shakhnoza Tusmatova Head of the Information and Bibliographic Services, Oltiariq District Information and Library Center This article discusses the role of regional studies in promoting reading culture and attracting young people to libraries. In recent years, alongside other spheres of life, significant progress and modernization have taken place in the field of library services. Based on presidential decrees and resolutions, great attention is being paid to the development of reading culture. Today, the state policy places a strong emphasis on fostering spirituality and encouraging the population—especially young people—to spend their leasure time productively and boost their interest in books. In this regard, the Oltiariq Information and Library Center is also actively working to serve the public, with special focus placed on regional studies as a key tool in attracting citizens to the library. O‘lkashunoslik orqali yoshlar o‘z diyorining tarixi, urf – odatlari, an’anaviy hunarlari va buyuk shaxslari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Bu ularda milliy faxr va o‘zligi xissini shakllantiradi, shu orqali kitob o‘qishga qiziqadi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 545 O‘lkashunoslik – bu faqatgina geografik ma’lumotlar emas, balki xalqning tarixi, madaniyati ardoqli shaxslari, tabiati va me’moriy yodgorliklari haqidagi boy xazinadir. Vatan ostonadan boshlanadi. Inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga bo‘ladi. Har bir inson umri davomida “Vatan menga nima berdi” – deb emas balki, “men vatanimga nima berdim” – deb yashashi kerak. Farzand ona qornidaligidayoq tashqi muhitni his etib turar ekan. Mutaxassislarni fikricha homilador ayol ko‘proq ovoz chiqarib turli vatan haqida adabiyotlar o‘qisa foydadan holi emas ekan. Shuningdek tug‘ilajak farzandga vatanga bo‘lgan muhabbatni aslida tug‘ilmasdan singdirib borishimiz maqsadga muofiqdir. Hozirda axborot – kutubxona markazida 6000 mingdan ziyod kitob fondi mavjud bo‘lib, fondimizda ilmiy ommabop, ijtimoiy siyosiy, badiiy adabiyotlar va kichkintoylar uchun ham adabiyotlar bor. Tumanimiz aholisiga ayniqsa yosh avlodga Oltiariq tumani to‘g‘risida, tuman tarixi to‘g‘risida, tumanimiz tarixiy obidalari, xalq shoirlari, qaxramonlari va taniqli shaxslari haqida olib borilayotgan tumandagi islohatlar to‘g‘risida keng targ‘ibot ishlari olib borilyapdi. Zero Vatanni sevgan insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Kutubxonamizda “Oltiarig‘im – oltin arig‘im”, “O‘lkashunoslik kartotekasi”, “Oltiariqning shoir va yozuvchilari” kartotekasi tuzilgan. O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning izdoshlarini qo‘llab – quvvatlash maqsadida “Anvar Obidjon izdoshlari” to‘garagi tashkil qilingan. Oltiariq tuman axborot – kutubxona markazi telegram ijtimoiy tarmog‘ida kanalida har hafta ziyoratgohlar “Oltiariqlik olimlar” loyihasi asosida tumanimizdan chiqqan professorlar, akademiklar “Oltiariq sening farzandlaring” loyihasi asosida tumandagi iqtidorli yoshlar haqida ma’lumot berib boriladi. Oltiariqlik san’atkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi va shoir va yozuvchilarni uyiga borib videoroliklar tayyorlanadi. Mahalliy allomalar va tarixiy shaxslar haqida kitob targ‘ibotlari o‘tkazib boriladi. Bular barchasi yosh avlod o‘z tumani, tug‘ilib o‘sgan joyini va tarixiy shaxslari, mashxur kishilarini yaqindan bilishi va kelajakda el – yurt uchun kerakli inson bo‘lishi uchundir. Oʻlkashunoslik – mahalliy aholi tomonidan oʻz ona yurti hisoblangan muayyan oʻlka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama oʻrganilishidir. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning dostonida shunday satrlar bor: So‘lim Farg‘onaning munis bog‘ida Bor Oltiariqdan suv ichgan qishloq. Undan chorak asr mendan narida Bolaligim chopar to‘zg‘itib tuproq Shohimardonsoydan oqib keladigan mana shu olti ariqdan aholisi va ekin maydonlari suv ichadigan makonni Oltiariq deydilar. U Farg‘ona vodiysining qoq o‘rtasida joylashgan fayzli bir go‘sha. Vatanimiz xalqini qadimda ham hozirda ham qo‘lga kiritgan barcha sohadagi yutuqlariga Oltiariq xalqi ham munosib hissa qo‘shgan, qo‘shib kelmoqda. Tumanimiz Oltiariq deb nomlanishining sababi Pomir Oloy tog‘ tizmalari orasida joylashgan abadiy muzliklaridan boshlangan Shohimardon daryosi Vodil qishlog‘iga kelganda chap qirg‘oq tomonga bo‘lingan oqim baland qirtepalar orasidan oqib kelib, Qapchug‘ay mavzesida teppa – teng oltiga bo‘linib, hozirgi Povulg‘on, Poloson, Lavgardon, Yangiqo‘rg‘on, Sertut, Kitkon ariqlari deb nom berilgan. Shu sababga ko‘ra, yurtimizni Oltiariq deb ataydilar.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 546 Oltiariqning uzumlari, bodringlari, turplari-yu sholg‘omlari boshqa yerdagilardan keskin farq qiladi -xushxo‘r sersuv, sellikkina bo‘ladi. Oltiariqlik shoir va adiblar Respublikamizdagina emas butun dunyoga mashxur desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa o‘zbek va jahon adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan tumanimiz faxri O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon, O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Alisher Ibodinov, Matluba Dehqon qizi shular jumlasidandir. Oltiariq shuhratini olamga yoygan san’atkorlarimiz nomlarini yodga olamiz. O‘zbekiston xalq hofizi mashxur bastakor Jo‘raxon Sultonov, O‘zbekiston xalq hofizlari Alijon Erkayev, Qobiljon Yusupov, O‘zbekiston xalq artisti Ma’murjon To‘xtasinov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oxunjon Madaliyev, Qilichbek Tojiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi Solijon Mamatovlar nafaqat mamlakatimizda balki qo‘shni Respublikalarda ham mashxur kishilardir. Oltiariqlik bo‘lgan dunyo ahamiyatiga molik ilmiy ishlar, kashfiyotlar qilgan 80 dan ortiq ilm – fan fidoiylari bor. Tumandagi maktablar, kollejlar, kutubxonalar va madaniyat muassasalari yosh avlodni ma’rifat yo‘lida tarbiyalashga xizmat qilyapdi. Yurtga hurmat, kitobxonlik, milliy urf odatlarga hurmat, o‘z tarixini bilish va qadrlash bu yerda ustivordir. Oltiariq nomi bilan ataluvchi bu maftunkor go‘sha – insonlar yashagan eng qadimgi manzilgohlardan bo‘lib, ko‘chmanchi chorvador ajdodlarimizni o‘rtoqlashish davri, ya’ni eramizdan avvalgi ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Tumanimizni qadimgi manzilgohlardan deyishimizga sabab, Qapchug‘ay mavzesidagi paleolit davriga to‘g‘ri keladigan tosh qurollar topilmasi hamda eramizni I-IV asrlariga oid arxeologik topilmalar bilan mashxur bo‘lgan “Zo‘raymomo” va “Kitkontepa” yodgorliklaridir. U yerdan topilgan kulolchilik, zebu – ziynat buyumlari, diniy aqidalarga oid topilmalar esa eramizdan ancha avval ham ajdodlarimiz madaniy hayot kechirganliklarini tasdiqlaydi va bundan har qancha faxrlansak arziydi. Oltiariq ko‘chalarining ishkomlarida “oltinday” tovlanib pishib yotgan uzumlarni ko‘rib havas qilmagan kishi bormikan. Oltiariq uzumlari qo‘shni respublikalardagina emas balki jahon bozorlarini zabt etmoqda. Men o‘zbek bo‘lib O‘zbekistonda tug‘ilganimdan, Oltiariqlik bo‘lganimdan faxrlanaman. O‘lkashunoslik bibliografiyasini yanada rivojlantirish uchun mening takliflarim: 1. O‘lkashunoshlik bo‘yicha kitoblar, maqolalar bukletlar va fotoalbomlar yig‘ish. 2. Yoshlarni o‘z diyori haqida maqola, she’r, esse yozishga undash, bu orqali ular ko‘proq ma’lumot olish uchun o‘qishga ehtiyoj sezishadi. 3. Tuman to‘g‘risidagi adabiyotlarga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. 4. Oltiariq tumanimizni tarixiy obidalari, ziyoratgohlari, muzeylari va shoir, yozuvchilarni san’atshunoslarni kitobxonlarga targ‘ib qilish uchun zamonaviy texnika vositalari yetishmaydi shu narsalar ta’minlansa bibliografiya ishi yanada rivojlanar edi. Hulosa. O‘lkashunoslik – kitobxonlik targ‘ibotida muhim vosita. U orqali yoshlar nafaqat kitob o‘qiydi, balki o‘z millatini yurtini ajdodlarini taniydi, hurmat qiladi. Shu boisdan ham har bir ta’lim muassasasi,
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 2022-2.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 547 kutubxona va targ‘ibotchilar ushbu yo‘nalishni rivojlantirishi, uning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi lozim. Oltiariq - bu nafaqat go‘zal tabiat, balki tarix, ma’naviyat va mehnat ramzidir. Uni o‘rganish, targ‘ib qilish va yosh avlodga tanishtirish biz kutubxonachilarning oldimizga qo‘ygan muhim vazifalarimizdan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. E.Qulmatov. “Oltiariqlik san’atkorlar va sportchilar”-2016 2. N.Abdulahatov, V.Azimov. “Oltiariq ziyoratgohlari”-2005 3. A.Ibodinov, Y.Eminov. Oltiariq tarixidan lavhalar.-1996 .E.Vohidov “Inson”