scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARNING INGLIZ TILIDAGI SOHAVIY LEKSIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI VA USULLARI

Durdona Azizova Avazbek qizi

Abstract

Ushbu tezisda talabalarning ingliz tilidagi sohaga oid leksik kompetensiyasini rivojlantirishning ahamiyati va usullari yoritilgan. XXI asr boshidan boshlab ta’lim jarayonida kompetensiyaviy, kommunikativ va integrativ yondashuvlar yetakchi metod sifatida ko‘rib chiqildi. Kompetensiyaviy yondashuv bilim, ko‘nikma va malakalarni yagona tizim sifatida shakllantirishni nazarda tutsa, kommunikativ yondashuv tilni real kasbiy vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan, integrativ yondashuv esa ingliz tilini sohaga oid fanlar bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘zda tutadi. Tadqiqot natijalari ushbu yondashuvlar talabalar nutqiy faolligini, sohaga oid bilimlarni mustahkamlashni va xalqaro darajada raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilishini ko‘rsatdi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar TALABALARNING INGLIZ TILIDAGI SOHAVIY LEKSIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI VA USULLARI Muallif: Durdona Azizova Avazbek qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti, tayanch doktaranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17390303 ANNOTATSIYA Ushbu tezisda talabalarning ingliz tilidagi sohaga oid leksik kompetensiyasini rivojlantirishning ahamiyati va usullari yoritilgan. XXI asr boshidan boshlab ta’lim jarayonida kompetensiyaviy, kommunikativ va integrativ yondashuvlar yetakchi metod sifatida ko‘rib chiqildi. Kompetensiyaviy yondashuv bilim, ko‘nikma va malakalarni yagona tizim sifatida shakllantirishni nazarda tutsa, kommunikativ yondashuv tilni real kasbiy vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan, integrativ yondashuv esa ingliz tilini sohaga oid fanlar bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘zda tutadi. Tadqiqot natijalari ushbu yondashuvlar talabalar nutqiy faolligini, sohaga oid bilimlarni mustahkamlashni va xalqaro darajada raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: Sohaviy leksik kompetensiya, ingliz tili, kompetensiyaviy yondashuv, kommunikativ yondashuv, integrativ yondashuv, CLIL, kasbiy muloqot, global ta’lim, terminologiya. KIRISH XXI asrning boshlaridan ta’lim jarayonining mohiyatini ifodalovchi yondashuvlarda sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. “ishga tayyorgarlik”, “ta’lim” va “malaka” tushunchalari asta-sekin “moslashuvchan malaka”, “ kasbiy faollik” va “kompetensiya” atamalari bilan almashtirildi. Kompetensiyaga asoslangan ta’limga bosqichma-bosqich o‘tish zaruriyati, avvalo, oliy ta’limning an’anaviy bilimga yo‘naltirilgan yondashuvi bilan bog‘liq tafovutlarni bartaraf etish ehtiyoji bilan izohlanadi. Faqatgina bilim berishga asoslangan ta’lim - knowledge-based education mustaqil fikrlaydigan va murakkab kasbiy masalalarni hal eta oladigan mutaxassislarni tayyorlashda ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. An’anaviy ta’lim shakllari esa shaxsning imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olmaydi. Shu bois ko‘plab xorijiy mamlakatlarda ta’lim tizimini davlat siyosati darajasida tubdan isloh qilish jarayoni kechmoqda. Islohotlarning bosh maqsadi – o‘quvchilarni tashabbuskorlik va mas’uliyat asosida faoliyat yuritishga yo‘naltirish, shuningdek, uzluksiz ta’limni ta’minlashdir. Shu nuqtayi nazardan, o‘quv jarayonida “kompetensiya” atamasining mazmun-mohiyatini anglab olish muhim o‘rin tutadi. Olib borilgan taqdiqotlar natijasiga ko‘ra, sohaviy va kasbiy leksik kompetensiyani rivojlantirishga daxldor tushunchalarni tahlil qilib ko‘ramiz. “Leksika” so‘zi yunonchadagi ( lexis )– “so‘z” tushunchasidan olingan bo‘lib, tilning lug‘at boyligi, ya’ni undagi barcha so‘z va iboralar majmuasini anglatadi. Leksik qatlam o‘ziga xos “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi, izchil va murakkab tizim sifatida shakllanadi. Til leksikasi esa doimiy o‘zgarishda va taraqqiyotda bo‘ladi. Sohaviy leksik kompetensiya – esa bu talabalar o‘qiyotgan mutaxassislik sohasi (muhandislik, iqtisod, axborot texnologiyalari, tibbiyot va h.k.) doirasidagi maxsus termin va iboralarni ingliz tilida to‘g‘ri anglash va qo‘llash qobiliyatidir. Uning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - - Kasbiy rivojlanish : global mehnat bozorida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy adabiyot va hujjatlardan foydalanish imkonini beradi. - Ilmiy faoliyat : talabalarga Scopus va Web of Science kabi nufuzli bazalardagi maqolalarni tushunish, o‘z ilmiy ishlarini ingliz tilida chop etish imkoniyatini yaratadi. - O‘quv jarayoni samaradorligi : fanlar bo‘yicha original ingliz tilidagi manbalarni o‘qish va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. - Xalqaro hamkorlik : akademik almashinuv, magistratura va doktorantura dasturlariga kirishda raqobatbardoshlikni oshiradi. 1-rasm. Kasbiy atamalarning muhimligi 1 Yuqoridagi qismlardan ma’lum bo‘ladiki, bungi kunda kasbga oid leksikani bilish va ishlatish ilmiy va texnologik taraqqiyotning rivojiga katta hissa qo‘shadi. Qolaversa, globallashuv jarayonida ilm-fan, ishlab chiqarish va texnologiya sohalaridagi tezkor o‘zgarishlar kasbiy terminlarning ahamiyatini keskin oshirdi. Har bir sohada yangi jarayon va tushunchalarni ifodalash uchun maxsus terminlardan foydalanish zarurati tug‘ilmoqda. Shu bois kasbiy atamalar sohaga oid bilimlarni aniq yetkazish va ilmiy hamjamiyatda yagona tushuncha maydonini shakllantirishga xizmat qiladi. Mutaxassislar o‘rtasidagi muloqotda terminlardan foydalanish tushunishni yengillashtirib, bahs-munozaralarda aniqlikni keltiradi. Masalan, tibbiyot, muhandislik yoki iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda umumiy so‘zlardan ko‘ra, kasbiy atamalardan foydalanish fikr almashuvning samaradorligini oshiradi. Kasbiy terminologiyani o‘zlashtirish talabalar uchun sohaga oid bilimlarni yanada mustahkamlashga imkon yaratadi. Terminlar nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy faoliyatni ham anglashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kasbiy lug‘atni o‘qitish o‘quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bugungi kunda mehnat bozori mutaxassislardan xalqaro 1 https://www.napkin.ai/. –vizualizatsiya uchun foydalanildi. 11 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar darajada faoliyat yurita olishni talab etmoqda. Xorijiy manbalarni o‘rganish, chet ellik hamkasblar bilan hamkorlik qilish jarayonida kasbiy terminlarni bilish juda katta o‘rin egallaydi. Bu esa nafaqat bilim almashinuvini osonlashtiradi, balki mutaxassisning raqobatbardoshligini ham ta’minlaydi. Hozirgi rivojlanayotgan texnika asrida, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va global innovatsion jarayonlar natijasida yangi terminlar tezkorlik bilan tilimizga kirib kelmoqda. Masalan, “big data”, “blockchain”, “cybersecurity” kabi tushunchalar qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy muomalada keng qo‘llanila boshlandi. Shu sababli kasbiy atamalarni yangilab borish va ularni to‘g‘ri qo‘llash bugungi kunda dolzarb vazifaga aylandi. Shuningdek, talabalarni chet tilda so‘zlashishga o‘rgatish, so‘zlashuv jarayonida o‘rganilgan bilimini qo‘llay olishda, egallanayotgan nutqni rivojlantirishning asosiy psixolingvistik omillarini hisobga olish muhim. A.A. Leontyev, A.N. Leontyev, I.A. Zimnyaya, R.M. Frumkina va boshqa olimlarning ishlarini o‘rganish va tadqiq qilish jarayonida talablarning kasbiy yo‘naltirilganligi bo‘yicha o‘xshash xulosalar aniqlandi. Ulardan biri D.L. Matuxinning konsepsiyasi: “Kasbga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u talablarning ehtiyojlari asosida chet tilini o‘rgatadi, kelgusida egallanayotgan kasbning yoki sohani o‘rganish ham talab qilinadi.” 2 METODOLOGIYA Sohaviy leksik kompetensiyani rivojlantirishning turli yondashuvlari metodlari, tahlillari ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Tadqiqot metodologiyasi tilshunoslik, psixolingvistika, didaktika va kommunikativ yondashuv tamoyillariga asoslanadi. Ko‘plab taqdiqot va metodalrning ichida eng asosiy 3 ta yondashuv bular: kompetensiyaviy , kommunkativ va integrative yondashuvlardir. Kompetensiyaviy yondashuv - ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni yagona tizim sifatida shakllantirishni nazarda tutadi. Bu yondashuvda talabalar faqat nazariy bilimlarni emas, balki ularni amaliyotda qo‘llash, real muammolarni hal qilish va mustaqil fikrlashni ham o‘rganadilar. Shuningdek, kompetensiyaviy yondashuv ingliz tilidagi sohaga oid terminlarni o‘zlashtirishni oddiy lug‘at yodlash darajasida emas, balki ularni turli kontekstlarda qo‘llay olish darajasiga yetkazishni talab qiladi. Masalan, talaba “network security” atamasini bilishi bilan bir qatorda uni amaliy muhokama jarayonida, ilmiy maqola yozishda yoki texnik hujjat tayyorlashda to‘g‘ri ishlata olishi kerak. Shunday qilib, ushbu yondashuv talabalarda bilim (knowledge), ko‘nikma (skills) va malaka (competence) o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni ta’minlaydi. Kommunikativ yondashuv - talabalarda ingliz tilini faqat grammatik qoidalarga asoslangan nazariy tizim sifatida emas, balki real hayotiy va kasbiy vaziyatlarda muloqot vositasi sifatida shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ushbu yondashuvda asosiy e’tibor talabaning nutqiy faoliyatiga – gapirish, tinglab tushunish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini kasbiy kontekstda rivojlantirishga qaratiladi. Masalan, iqtisod yo‘nalishida o‘qiyotgan talaba ingliz tilidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida hisobot berish, tibbiyot yo‘nalishidagi talaba esa kasallik alomatlarini ingliz tilida ta’riflab bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur . Kommunikativ yondashuvning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tilni “muloqot qilish uchun” emas, balki “kasbiy muloqotni samarali olib borish uchun” o‘rganishni taqozo etadi. Shu orqali talabalar nafaqat lug‘at boyligini oshiradi, balki o‘z kasbiy 2 Матухин Д.Л.Особенности обучения иноязычному общению студентов нелингвистических специальностей на основе коммуникативного подхода. Методика преподавания иностранного языка, Томск,2011. С.35 12 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar sohasida xorijiy hamkorlar bilan bevosita ishlashga tayyor bo‘ladilar. Integrativ yondashuvda esa - ingliz tili sohaga oid fanlar bilan uzviy bog‘liq holda o‘qitiladi. Bu jarayon CLIL (Content and Language Integrated Learning) tamoyiliga yaqin bo‘lib, talabalarga ingliz tilini nafaqat alohida fan sifatida, balki kompyuter injiniring, iqtisod, huquq, tibbiyot yoki boshqa soha fanlari kontekstida o‘rganish imkonini beradi. Masalan, kompyuter injiniring yo‘nalishidagi talabalar ingliz tilidagi darsda “cybersecurity” mavzusida matnlarni o‘qish, muammolarni muhokama qilish va amaliy topshiriqlarni bajarish orqali ham sohaga oid bilim, ham til ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantiradi. Integrativ yondashuvning afzalligi shundaki, u talabalarda ingliz tilidagi terminologiyani izolyatsiyada emas, balki sohaga oid haqiqiy ilmiy va amaliy kontekstda o‘zlashtirishni ta’minlaydi. Bu esa sohaga oid ingliz tili leksikasini tezroq, samaraliroq va chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Yuqoridagi metodlardan tashqari, sohaviy bilimlar uchun ESP (English for academic purposes) va EOP (English for occupational purposes) ham ahamiyatlli hisoblanadi. Ingliz tilini maxsus maqsadlarda o‘qitish metodologiyasi (ESP – English for Specific Purposes ) ingliz tilini ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan holda o‘qitish va o‘rganishni nazarda tutadi. Ushbu yondashuvda ta’lim jarayonining markazida talabalar ehtiyojlari turadi. Ya’ni, ESP metodologiyasi talabalarning aniq bir akademik yoki kasbiy faoliyatida ingliz tilidan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. 3 Metodologik nuqtayi nazardan, ESP quyidagi tamoyillarga tayanadi 4 : 1. Ehtiyojlar tahlili (Needs Analysis): talabalarning akademik yoki kasbiy sohada duch keladigan vaziyatlari aniqlanadi va o‘qitish mazmuni shunga moslashtiriladi. 2. Kontextualizatsiya: o‘quv materiallari va mashqlar tanlangan sohaning real kommunikativ vaziyatlariga bog‘lanadi. 3. Kommunikativ kompetensiya rivoji: faqat til bilimlari emas, balki muayyan sohaga oid nutqiy strategiyalar ham o‘rgatiladi. 4. Amaliy natijaga yo‘naltirish: ta’lim jarayoni talabalarning kelgusida o‘z sohasida ingliz tilidan bevosita foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Tahlillar Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida keltirilgan uch asosiy yondashuv, talabalarda ingliz tilini sohaga oid bilimlar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Ular nafaqat so‘z boyligini kengaytiradi, balki terminlarni turli kasbiy vaziyatlarda qo‘llashni ham o‘rganadilar. Bu jarayon talabalarda sohaga oid amaliy tafakkur, muammolarni hal qilish qobiliyati va mustaqil ishlash ko‘nikmalarinirivojlantiradi. Kommunikativ yondashuv natijasida talabalar ingliz tilini real kasbiy vaziyatlarda ishlatishga o‘rganadilar. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, talaba terminni faqat yodlab olish bilan cheklanib qolmay, uni suhbatda, taqdimotda, yozma hisobotda to‘g‘ri qo‘llashni mashq qiladi. Bu esa ularning nutqiy faolligi, interaktiv muloqot qobiliyati va kasbiy muhitga moslashish imkoniyatlarini oshiradi. Integrativ yondashuv esa, ingliz tilini sohaga oid fanlar bilan bog‘lash talabalarda bilimlarning uzviyligini ta’minlaydi. CLIL elementlari qo‘llanilganda, talabalar bir vaqtning o‘zida fan bo‘yicha bilim oladi va tilni o‘rganadi. Bu esa tilni tezroq va samaraliroq o‘zlashtirishga yordam beradi. 3 Hutchinson T., Waters A. English for Specific Purposes: A learning-centred approach. — Cambridge: Cambridge University Press, 1987. — 183 p 4 Jordan R.R. English for Academic Purposes: A Guide and Resource Book for Teachers. — Cambridge: Cambridge University Press, 1997. — 365 p. 13 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar XULOSA Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv, kommunikativ yondashuv va integrativ yondashuv kabi metodlar sohaga oid ingliz tilidagi leksik kompetensiyani rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kompetensiyaviy yondashuv talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarning uyg‘unligini ta’minlaydi; kommunikativ yondashuv esa ingliz tilidan real kasbiy muloqotda foydalanish ko‘nikmasini rivojlantiradi; integrativ yondashuv esa ingliz tilini sohaga oid fanlar bilan bog‘lab o‘qitish orqali bilimlarning uzviyligini shakllantiradi. Ushbu yondashuvlar uyg‘un qo‘llanilganda talabalarda sohaga oid ingliz tili leksik kompetensiyasi samarali shakllanib, ularning kasbiy tayyorgarligi, ilmiy faoliyati va xalqaro raqobatbardoshligi oshadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Azamatova, N. (2024). Механизмы психолого-педагогического воздействия новизны лекционной информации на слушателей (студентов). Nordic_Press, 3(0003). 2. Azizova, D. (2024). Instructing the English language with a focus on learners' professional contexts: the significance of English for Specific Purposes (ESP) for Finance students. Nordic_Press, 3(0003). 3. Basturkmen H. Ideas and Options in English for Specific Purposes.– London and New Jersey: ESL and Applied Linguistic Professional Series: 2006.–45 p. 4. Djurayeva, N., & Djuraev, A. (2025). OVERCOMING THE BARRIERS AND CHALLENGES IN PROFESSIONALLY ORIENTED FOREIGN LANGUAGE TEACHING. “Innovations in Foreign Language Teaching in the Era of Globalization and Sustainable Development”, UWED Conference Materials, 146–151. 5. Djurayeva, N. (2023). Exploring the importance of referencing in higher education in Uzbekistan: a com-prehensive analysis of academic excel-lence. Educational Research in Universal Sciences, 1(17), 172–177. https://erus.uz/index.php/er/article/view/5167 6. Hutchinson T., Waters A. English for Specific Purposes: A learning-centred approach. — Cambridge: Cambridge University Press, 1987. — 183 p 7. Jordan R.R. English for Academic Purposes: A Guide and Resource Book for Teachers. — Cambridge: Cambridge University Press, 1997. — 365 p. 8. Chernova, N. (2025). Описание фразеологических словарей, содержащих фразеологические единицы, выражающие эмоции и чувства человека. Nordic_Press, 7(0007). 9. Мильруда Р.П. Определение понятия и сущности обучения английскому языку в специальных целях. Электронный ресурс: https://www.iyazyki.prosv.ru (дата обращения:11.01.2019). 10. Матухин Д.Л.Особенности обучения иноязычному общению студентов нелингвистических специальностей на основе коммуникативного подхода. Методика преподавания иностранного языка, Томск,2011. С.35 11. https://www.napkin.ai/