O'QUVCHILARNING MATN ORQALI IJODIY YOZUV KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI (ona tili darslari misolida)
Abstract
Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ijodiy yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari, shuningdek o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini ona tili darslarida matn orqali rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik asoslar yoritilgan. Matn bilan bog‘liq jarayonning sifati o‘qituvchining yondashuvi, dars berish metodikasi va ta’lim muhiti uyg‘unligiga bog‘liqligi asoslangan. Ona tili darslarida interfaol va ijodiy metodlar, jumladan, o‘yinli va loyiha asosidagi yondashuvlar samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Ijodiy qobiliyatlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va tasviriy ifoda orqali namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi. Maqolada darslarda foydalanish uchun tavsiyaviy metod va topshiriqlar keltirilgan.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar O‘QUVCHILARNING MATN ORQALI IJODIY YOZUV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI (ona tili darslari misolida) Muallif: Isayeva Gulnur Shakirjanovna 1 Affiliyatsiya: Хalqaro Nordik universiteti Pedagogika mutaxassisligi magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17390383 ANNOTATSIYA Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ijodiy yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari, shuningdek o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini ona tili darslarida matn orqali rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik asoslar yoritilgan. Matn bilan bog‘liq jarayonning sifati o‘qituvchining yondashuvi, dars berish metodikasi va ta’lim muhiti uyg‘unligiga bog‘liqligi asoslangan. Ona tili darslarida interfaol va ijodiy metodlar, jumladan, o‘yinli va loyiha asosidagi yondashuvlar samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Ijodiy qobiliyatlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va tasviriy ifoda orqali namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi. Maqolada darslarda foydalanish uchun tavsiyaviy metod va topshiriqlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: ijodiy yozuv, matn, ijodiy tafakkur, kompetensiya, nutq madaniyati, metodika, ta’lim texnologiyalari. KIRISH Bugungi kun talabi yosh avlodni har tamonlama yetuk inson bo‘lishi bilan birga, o‘quvchi yoshlarimizda jahon andozalariga mos bilim va ko‘nikmalarning bo‘lishi, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashi ham muhimligiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu asnoda, mamlakatimizda ham ta‘lim tizimini boshqarish organlari tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida juda ko‘p islohatlar va ta’limiy harakatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu amaliy harakatlar o‘quvchilarda yangi yutuqlarga erishish, kreativ qobiliyatlarini namoyon qilishda olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini ijodiy o‘ylashi bilan bir qadar rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilarning ijodkor shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi ularning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiyiqtisodiy shart-sharoitlar hamda ularga ta‘lim jarayonlarida ijodiy sifatlarini oshirilishiga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga bog‘liq. Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilangan 1 . Shunga muvofiq, darsliklarni yangilash bo‘yicha muayyan ishlar bajarildi. Xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 15-sinf darsliklari yangidan “4K” modeli asosida tayyorlandi. “4K” modelidan foydalanish ko‘plab sinovlardan o‘tgan bo‘lib, u eng muhimi, zamonaviy yondashuv hisoblanadi. Bugungi ta’lim jarayonida ona tili darslarida matn bilan ishlash faqat 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. – PF-5712-son, 29.04.2019 “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar mazmunni anglash yoki grammatik birliklarni tahlil qilish bilangina cheklanib qolmasdan, balki o‘quvchilarning ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Chunki, matnga asoslangan ta’limni ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi kuchli vositaga aylantirish uchun turli xil pedagogik yondashuvlardan foydalanish zarur. Shu bois mazkur ishda matn bilan ishlash metodlari va ijodiy fikrlashni rivojlantirish jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ushbu yondashuvlarni joriy etishda uchraydigan ayrim muammolar va mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Ushbu masalalarni chuqurroq o‘rganish orqali ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirishga intilayotgan o‘qituvchilar, o‘quv dasturlarini tuzuvchilar va soha mutaxassislari uchun amaliy ahamiyatga ega xulosalar ishlab chiqish maqsad qilib olinadi. ADABIYOTLAR TAHLILI Ona tili darslarida matn asosida kreativ fikrlashni rivojlantirish masalasi ilmiy va nazariy manbalarda atroflicha talqin etilgan. Mahalliy tadqiqotchilar matn bilan ishlashni asosan mazmunni anglash va grammatik birliklarni mustahkamlash vositasi sifatida talqin qilgan bo‘lsalar, boshqa bir guruh olimlar uni o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi metodik platforma sifatida baholagan. Xorijiy olimlari dan Vygotsky, Piaget, Bruner, Graves, Calkins, Wells va Elbow ijodiy yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish va matn bilan ishlashning psixologik, pedagogik hamda metodik asoslarini atroflicha tahlil qilgan. Ularning g‘oyalari bugungi kunda ham maktab ta’limida keng qo‘llanib, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga yo‘naltirishda asosiy nazariy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. So‘ngi tadqiqotchi xorij olimlaridan Georgina Barton, Maryam Khosronejad, Mary Ryan, Lisa Kervin, Debra Myhill, Ramírez, N. B., Ruiz Cansino, M. L., Anaya Campos, C., Borrego Gómez, D. D., & Garza Vázquez, L. H. bu borada ilmiy nazariy tadqiqotlar olib borganlar. O‘zbekistondagi bir qator olim-u tadqiqotchilardan: S.Ismatov, U.Tangriyeva, Sh.Buranova, S.Urazboyeva, G. O‘rinbayeva, M. Safaraliyevalar matn bilan ishlashning imkoniyatlarini, samarali metodikasini va grammatik bilimlarni mustahkamlash, shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, hayotiy tajribaga asoslangan holda mulohaza yuritishini ham ta’minlash zarurligini ta’kidlaydilar. Mening fikrimga ko‘ra, maktab o‘quvchilarida matnni tahlil qilish, uning g‘oyaviy mazmunini anglash, asosiy fikrni ajrata olish va uni yozma nutqda ifodalash kabi ko‘nikmalar bosqichma-bosqich shakllanadi. Shu jarayonda interfaol metodlar, masalan, klaster, konseptual jadval, aqliy hujum, sinkveyn kabi usullar o‘quvchilarning matnga yondashuvini yangicha yo‘nalishga olib chiqadi. Bundan tashqari, matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarda estetik did, badiiy tafakkur va ijodiy ifoda madaniyati rivojlanadi. Matnni qayta hikoya qilish, unga ijodiy yakun yasash yoki muqobil ssenariy tuzish orqali o‘quvchilar o‘z dunyoqarashini kengaytiradi, nutq boyligini oshiradi hamda mustaqil qarashlarga ega bo‘ladi. Demak, o‘zbek pedagog olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, matn bilan ishlash metodikasining ilmiy-nazariy asoslarini chuqurlashtirish va uni dars jarayoniga samarali tatbiq etish bugungi ta’lim sifatini oshirishning muhim shartlaridan biridir.
11 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar METODOLOGIYA Matn bilan ishlashda turli nazariy hamda amaliy usullarni kuzatishimiz mumkin. Jumladan, INSERT, Besh barmoq, Klaster, “Fishbone”, Debat/Munozara, Qahramonlar xaritasi, T jadval, SWOT tahlil, “Case-study”, Loyiha metodi, Olti qalpoq. Matn bilan ishlash jarayonida turli nazariy hamda amaliy usullardan foydalanish mumkin. Shulardan biri – INSERT metodi bo‘lib, u o‘quvchilarning matnni faol o‘qishi va o‘z fikrini belgilash orqali ifodalashiga yordam beradi. O‘quvchilar matnni o‘qib chiqib, ma’lum belgilar qo‘yadilar: “V” – men bilgan ma’lumot, “+” – men uchun yangi ma’lumot, “–” – men kutganimga zid bo‘lgan ma’lumot, “?” – men uchun tushunarsiz yoki qo‘shimcha izoh talab qiladigan joy. Shu tariqa, o‘quvchilar matnni tahlil qiladi, muhim ma’lumotlarni ajratadi va keyinchalik o‘z mulohazalarini yozma yoki og‘zaki shaklda bayon etadi. Ikkinchi usul – “Fishbone” metodi bo‘lib, u muammoning sabab va oqibatlarini aniqlashga qaratilgan. Baliq skeleti shaklida chizilgan sxemaning bosh qismiga asosiy muammo yoziladi, suyaklariga uning sabablarini qayd etiladi, dum qismiga esa oqibatlari va xulosalar kiritiladi. Masalan, “Kitob o‘qimaslik muammosi” mavzusida sabab sifatida qiziqishning yetishmasligi, telefon va kompyuter o‘yinlariga berilish, kitoblarning yetarli emasligi ko‘rsatiladi. Oqibat sifatida esa so‘z boyligining kamligi, fikrlashning sustlashishi, o‘qishda qiyinchiliklarning tug‘ilishi qayd etiladi. Yakunida esa kitobxonlik madaniyatini oshirish zarurligi haqida xulosa chiqariladi. Maqolalarda keltirilgan ilmiy natijalar tahlil qilinib, yuqorida keltirilgan metod va texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirishga ta‘siri baholandi. O‘quv jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘rilgan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu metod va texnologiyalar nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish darajasini oshirish, balki ularning ta‘lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish uchun samarali usul sifatida keng qo‘llanmoqda. Mahalliy va xorijiy tajribalar metod va texnologiyalarnig ona tili va adabiyot darslarida muvaffaqiyatli qo‘llanayotganini isbotlaydi. ASOSIY QISM. Maktab o‘quvchilarida ijodiy yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishning asosiy ko‘nikmalari pedagog olimlar tomonidan atroflicha tahlil qilingan. Aynan matn ustida ishlashga oid amaliy tahlillar bugungi kunning ahamiyatli jihatlaridan hisoblanadi. Chunki maktab yoshidagi o‘quvchilarda yosh xususiyatiga oid tafakkur darajasi, tasavvur kengligi hamda ijodiy qiziqishlarning mavjudligi isbotlangan. O‘zbekistondagi tadqiqotchilardan Sh.Buranova o‘z izlanishlarida matn ustida ishlashning ba’zi imkoniyatlarini keltiradilar: 1. Tovushlarni farqlash va aniqlash. Matnni o‘qish va tinglash orqali o‘quvchilar turli tovushlarni eshitib, ularni farqlashni o‘rganadilar. 2. Fonetik tahlil qilish. Matnni tahlil qilish orqali o‘quvchilar so‘zlarning tuzilishini o‘rganadilar. 3. So‘z boyligini oshirish. Matn ustida ishlash o‘quvchilarning so‘z boyligini oshiradi: 4. Talaffuz mashqlari. Matn bilan ishlash orqali o‘quvchilar talaffuz mashqlarini ham bajaradilar. 5. Dialog va nutqiy o‘yinlar. Matn asosida dialoglar yaratish o‘quvchilarga real hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri tovushlarni ishlatishni o‘rgatadi.
12 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar 6. Prosodiya va intonatsiya ustida ishlash. Matn ustida ishlash davomida tovushlar bilan birga, gapning umumiy intonatsiyasi va prosodiyasi ham o‘rganiladi. O‘quvchilar qanday tovushlar ko‘tarilib, qaysi tovushlar pasayishini o‘rganishadi. 2 Bundan tashqari, S.Urazboyeva badiiy matn bilan ishlashning samarali metodikasi sifatida quyida omillarni sanab o‘tadi 3 : 1) matnni tanlash va tanishtirish; 2) matnni o'qish; 3) matnni tahlil qilish; 4) badiiy matn bilan interaktiv ishlar; 5) matn asosida turli faoliyatlar; 6) yaratgan asarlarni baholash va muhokama qilish; 7) kreativ vazifalar berish. Bu usul 1–2-sinf o‘quvchilari uchun samarali hisoblanadi, chunki ular yosh xususiyatlariga mos va qiziqarli matnlar orqali o‘z dunyoqarashini kengaytiradilar. Badiiy matn bilan ishlashning asosiy maqsadi – bolalarning adabiy tafakkurini shakllantirish, nutqini boyitish hamda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdir. G.O‘rinbayeva o‘z maqolasida, ona tili darslarida matn ustida ishlash o‘quvchilarning lingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta‘kidlaydi. 8-sinf ona tili darslarida matnning leksik, grammatik, stilistik va kompozitsion jihatlari ustida ishlash orqali o‘quvchilar so‘z boyligini oshiradi, gap tuzilishi va grammatik qoidalarni mustahkamlaydi, hamda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Matn mazmunini tahlil qilish, savol javob usuli, insho yozish, munozara va dramatizatsiya kabi metodlar yordamida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalari yaxshilanadi, shuningdek, matn bilan bog‘liq ijodiy va tanqidiy fikrlash ham shakllanadi. 4 M.Safaraliyeva matn ustida ishlash ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan birqancha ustuvor yo‘nalishlarga ega ekanligini aytib o‘tsa, U.Tangriyeva S.Ismatov kabi tadqiqotchilar matn ustida ishlashni o‘quvchilarning kreativ fikrlashi o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omil sifatida ilmiy tahlillar keltirishgan. Tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki 8-sinf o‘quvchilarida matn ustida turli metodlarni qo‘llash ijobiy natijalarga olib kela oladi. Sababi bu yosh davrida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyati tez shakllanadi, mustaqil mulohaza yuritish imkoniyati kengayadi va yozma nutq madaniyati yanada rivojlanadi. Ijodiy yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida o‘quvchilarning nutqiy faolligini rag‘batlantirish, ularni izlanishga undash, matnga mustaqil yondashuvni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar bosqichma-bosqich murakkablashtirilsa, ular matndan nafaqat ma’no topishga, balki uni qayta ishlash, o‘z fikrlari bilan boyitishga ham o‘rganadilar. Natijada o‘quvchilarda ijodiy tafakkur, erkin fikrlash va adabiy til imkoniyatlaridan unumli foydalanish malakasi ortadi. Shuningdek, o‘quvchilarni turli janrdagi matnlar bilan ishlashga jalb etish ularning yozma nutqini rivojlantirishda katta samara beradi. Masalan, badiiy matn asosida o‘z fikrini mustaqil ifodalash, hikoya va insho yozish, maqola mazmunidan kelib chiqib bahs-munozara tashkil etish o‘quvchilarning nafaqat yozuv ko‘nikmasini, balki muloqot madaniyatini ham rivojlantiradi. Bugungi kunda ta’lim jarayoniga innovatsion va interfaol metodlarning kirib kelishi ijodiy yozuv ko‘nikmalarini yanada samarali rivojlantirish imkonini bermoqda. Xususan, 2 Sh.Buranova Sh. & Sh.Ibrohimova (2025). 5-sinfda nutq tovushlarini o‘rgatishda matn ustida ishlash imkoniyatlari. 3 Urazboyeva, S. O. (2025). Boshlang‘ich sinflarda badiiy matn ustida ishlash metodikasi . Andijon: Urganch Innovatsion Universiteti. 4 G. O‘rinboyeva. (2025). Ona tili darslarida matn ustida ishlash imkoniyatlari (8-sinf ona tili darslarida) . 171-172 betlar
13 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar klaster, aqliy hujum, sinkveyn, rolga kirish, dramatizatsiya kabi metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini faollashtiradi, ularda mustaqil qarashlarni shakllantiradi va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqaradi. Shu boisdan, ona tili darslarida matn ustida ishlash va uni ijodiy talqin etish jarayoni o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga, intellektual salohiyatini kengaytirishga va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatадики, ijodiy yozuv ko‘nikmalari shakllangan o‘quvchilar boshqa fanlarni o‘zlashtirishда ham faolroq va muvaffaqiyatliroq bo‘ladilar. TAHLILLAR VA NATIJALAR O‘quvchilarning matn bilan ishlash orqali ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda ularning ijodiy yondasha olish va lingvistik qoidalarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodkorlikning shakllanishida nafaqat tug‘ma qobiliyat, balki to‘g‘ri yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat, ijtimoiy muhit va o‘zini namoyon etish imkoniyatlari ham muhim rol o‘ynaydi. Sinfdagi ijodiy faoliyat, aql charxi mashqlari, to‘garaklar, tanlovlar orqali o‘quvchilarning erkin fikrlashi, original yondashuvi va mustaqil qaror qabul qilish salohiyati rivojlanadi. Ayniqsa, ustozshogird munosabatlarining samarali tashkil etilishi iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Amaliy kuzatuvlar, psixologik testlar va ilg‘or metodikalar asosida olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, shaxsiy qiziqishlar va ichki motivatsiya mavjud bo‘lgan muhitda o‘quvchilar ijodiy salohiyatini ancha yuqori darajada namoyon etadilar. Ona tili darslarida matn bilan ishlash va matn yaratishda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularning so‘z boyligini kengaytirish, nutq sifatini oshirish imkonini beradi. O‘quvchilarda matn ustida mustaqil ishlash va matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. U uchun o‘qituvchi tomonidan tavsiya qilinadigan tayyor matnlar V-IX sinflar uchun ona tili o‘quv dasturi talabi asosida tanlanadi. Matnning turini, qaysi uslubga xosligini aniqlash, matndagi tinish belgilarini to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash ko‘nikmalari shakllantiriladi. Fikrni muayyan mavzu doirasida izchil bayon eta olish ko‘nikmasi shakllangach, topshiriq murakkablashtiriladi. Ya‘ni, ma‘lum bir mavzu asosida guruh bo‘lib matn yaratiladi. Guruhli ish bir-birlari bilan muloqot qilish, g‘oyalar almashish, maqsadga erishishda jamoaviy ishlashni o‘rganishga yordam beradi. Individual ish o‘quvchilarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, ijodiy yondasha olish, o‘ziga ishonch hosil qilish, mustaqil ishlaydigan bo‘lishga imkon beradi. Matn – bu mantiqiy bog‘langan, mazmunan yaxlit fikrlar yig‘indisidir. Matn bir nechta gaplardan tashkil topadi va ma‘lum bir mavzuni ochib beradi. Matn yozma yoki og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkin va uning asosiy vazifasi – o‘quvchi yoki tinglovchiga aniq bir ma‘lumotni yetkazishdir. Matn tuzishda xususiyatlariga ya‘ni mazmuniy yaxlitlik, tuzilishiga, mantiqiy izchillik va uslubiy yaxlitligiga e‘tibor berishi lozim. Tadqiqotim borasida o‘quvchilarga topshiriq sifatida matnning so‘ngi, ya‘ni hulosa qismi berildi. Bunda o‘quvchi mavzuni ochib berishda kirish va asosiy qismlarini yozgan holda matn yaratdi. Mazkur topshiriq o‘quvchilarning matn tuzilishini ongli ravishda anglashiga, fikrni bosqichma-bosqich bayon qilishiga va mantiqiy izchillikni ta’minlashiga yordam beradi. O‘quvchi matnning yakuniy qismini tahlil qilarkan, u o‘z fikrlarini kirish va asosiy qism orqali to‘liq bayon etishga intiladi. Bu esa yozma nutqni rivojlantirish, xulosa chiqarish ko‘nikmasini shakllantirish hamda mavzuni yaxlit holda yoritishga xizmat qiladi. Maktab o‘quvchilari uchun matn tuzishda zamonaviy va ijodiy yondashuv talab qiladigan mavzular qiziqishlarini uyg‘otadi, fikrlash doirasini
14 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar kengaytiradi va ijodkorlikni rivojlantiradi. Ular: Tabiat va atrof-muhit, Texnologiya va kelajak, Oila va jamiyat, Ijodiy va fantastik, Shaxsiy rivojlanish va motivatsiya, Madaniyat va san’at, Innovatsion g‘oyalar kabi mavzulardir. Matn yozish orqali o'quvchilar o'z fikrlarini aniq va lo'nda ifodalashga, mavzu bo'yicha yangi g'oyalar va echimlar topishga odatlandi. Bu ular uchun kreativ fikrlashida katta yordam berdi. O‘quvchilar u yoki bu narsa haqida o‘z nuqtai nazarini bildirish, uni har mavzudagi tahlil qilishda va yangi g'oyalar bilan chiqishda erkinlikka ega bo‘ldilar. Matn o‘quvchilarga o‘z fikrlarini mantiqan to‘g‘ri va aniq ifodalashga yordam berdi. Bu esa o'quvchilarni mantiqiy fikrlashga, o'z fikrlarini tushunarli tarzda ifodalashga va yanada samarali birlashishga o‘rgatadi. Matn yozish jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini boshqa odamlarning ma'lumotlari bilan solishtirishga, tahlillarni tahlil qilish va muammolarga turli nuqtai nazardan qarashlardan yondashishga o‘rgandilar. Bu usullar bilan o‘quvchilar mustaqil fikrlashga va tahlil qila olishga o‘rgandilar. Ushbu tadqiqot natijalari ona tili fanini o‘qitishda o‘z samaradorligini tasdiqladi. O‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshgani, ularning ijodiy fikrlash kunikmalari rivojlangani va olgan bilimlarning darajasi yahshilangani kuzatildi. XULOSA Muhtasar qilib aytganda, matn orqali o‘quvchilar fikr almashadi, bilimlarini kengaytiradi va jamiyatga o‘z ta‘sirini o‘tkazadi. Shuningdek, matn o‘quvchining til boyligini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ijodkorligini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Matn - tafakkurning mahsuli sifatida insonning ichki dunyosini, hayotiy tajribasini, bilimi va qarashlarini boshqalar bilan muloqot jarayonida ulashishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham matn nafaqat ma’lum bir axborotni yetkazish vositasi, balki insonning intellektual salohiyati va madaniy dunyoqarashining ko‘zgusi hamdir. O‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish ularning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyotga muhim hissa qo'shadi. Ushbu maqolada keltirilgan usullar va tavsiyalar o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan…. O‘qituvchilar, ota-onalar va jamiyatning birgalikdagi sa‘y-harakatlari o‘quvchilarning kreativ potentsialini ochishga yordam beradi. O‘quvchining qiziqishini oshirishda o‘qituvchinig ijodiy, ishtiyoq bilan ishlashi juda muhimdir. Har bir darsda yangi g‘oya va usullarni joriy etish orqali o‘quvchilarni darsga jalb qilishi mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini qo‘llabquvvatlash, ularga tanqidiy va ijodiy yondashuv imkoniyatlarini berish ta’lim samaradorligini oshiradi. Dars jarayonida interfaol metodlardan, o‘yin elementlaridan va hayotiy misollardan foydalanish o‘quvchilarning qiziqishini yanada kuchaytiradi. O‘quvchi o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan, yangi g‘oyalarni taklif qilishdan cho‘chimaydigan muhit shakllantirish zarur. Bunday sharoitda ularning nafaqat bilim darajasi, balki tashabbuskorligi, mas’uliyati va ijodiy tafakkuri ham rivojlanadi. Eng asosiysi, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini uyg‘ota olish, ularni faqat baho uchun emas, balki o‘z rivoji uchun izlanishga undash o‘qituvchining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi lozim.
15 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. – PF-5712-son, 29.04.2019 2. Buranova Sh. M., & Ibrohimova, Sh. M. q. (2025). 5-sinfda nutq tovushlarini o‘rgatishda matn ustida ishlash imkoniyatlari. 168-169 betlar 3. Buranova Sh. M, G. O‘rinboyeva. (2025). Ona tili darslarida matn ustida ishlash imkoniyatlari (8-sinf ona tili darslarida). 171-172 betlar 4. Ismatov, S. R. (2025). Reading and mother tongue teaching in primary school development through working on text. Teacher of the Department of Primary Education Methods. 5. Safaraliyeva, M. Sh. q. (2025). Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida matn ustida ishlashning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(4). 10-12 betlar. 6. Urazboyeva, S. O. (2025). Boshlang‘ich sinflarda badiiy matn ustida ishlash metodikasi. Andijon: Urganch Innovatsion Universiteti. 33-35 betlar. 7. Ramírez, N. B., Ruiz Cansino, M. L., Anaya Campos, C., Borrego Gómez, D. D., & Garza Vázquez, L. H. Creative Writing: Story-Based Learning in Public and Private High School for Exploration of Written Text 2024.