BO'LAJAK PEDAGOGLAR UCHUN EMOTSIONAL INTELLEKTNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy ta'lim tizimi pedagog kadrlarning nafaqat bilim darajasi va kasbiy ko‘nikmalarini, balki ularning emotsional barqarorligi, o‘zini anglash qobiliyati, shaxslararo munosabatlarni samarali tashkil eta olishini ham dolzarb mezon sifatida ko‘radi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bo‘lajak pedagog shaxsining emotsional intellekti ularning motivatsion sohasini shakllantirish va boshqarishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagog shaxsining emotsional intellekti yuqori bo‘lsa, u o‘z motivatsiyasini boshqarish, qiyinchiliklarga bardoshli bo‘lish, ijobiy ruhda faoliyat yuritish, talabalarda ham motivatsiyani uyg‘otish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar BO‘LAJAK PEDAGOGLAR UCHUN EMOTSIONAL INTELLEKTNING AHAMIYATI Muallif: Iskandarov Nurbek Ziyodullayevich 1 Affiliyatsiya: O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17390574 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy ta'lim tizimi pedagog kadrlarning nafaqat bilim darajasi va kasbiy ko‘nikmalarini, balki ularning emotsional barqarorligi, o‘zini anglash qobiliyati, shaxslararo munosabatlarni samarali tashkil eta olishini ham dolzarb mezon sifatida ko‘radi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bo‘lajak pedagog shaxsining emotsional intellekti ularning motivatsion sohasini shakllantirish va boshqarishda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagog shaxsining emotsional intellekti yuqori bo‘lsa, u o‘z motivatsiyasini boshqarish, qiyinchiliklarga bardoshli bo‘lish, ijobiy ruhda faoliyat yuritish, talabalarda ham motivatsiyani uyg‘otish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Kalit so‘zlar: hissiy-irodaviy soha, akmeologiya, stress, ixtilofli, individual, hissiy intellekt, konsepsiya, kasbiy identifikatsiya, kognitiv funksiya, aqliy operatsiya. Zamonaviy psixologik va pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori darajadagi emotsional intellekt insonning kasbiy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, "inson–inson" turkumidagi kasblar, jumladan, pedagogik faoliyatda emotsional intellekt asosiy zaruratga aylanadi. Kasbiy faoliyatda emotsional intellekt quyidagilarda namoyon bo‘ladi: • stressli vaziyatlarda o‘zini boshqara olish; • ijtimoiy hamkorlikni samarali tashkil etish; • ixtilofli vaziyatlarda muloqotni yumshata olish; • talabalar bilan emotsional aloqani o‘rnatish. Pedagogik faoliyat davomida o‘qituvchi o‘zini ham, o‘quvchilarni ham emotsional jihatdan anglab, to‘g‘ri yondashuvi orqali motivatsiyani qo‘llabquvvatlashi mumkin. Aynan shuning uchun pedagog shaxsida emotsional intellekt darajasi yuqori bo‘lishi kerak. Bo‘lajak pedagoglar — ya’ni pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar — kelajakda jamiyatning ijtimoiy-psixologik rivojlanishida bevosita ishtirok etadilar. Shu bois ular o‘zlarining emotsional savodxonligini va emotsional intellektini rivojlantirishlari zarur. Darhaqiqat, emotsional intellekt o’qituvchi shaxsining yuqori darajada rivojlangan oʻz his tuyg‘ularini va boshqa odamlarning his-tuygʻularini tushunish, ularni boshqarish qobiliyatiga ega hisoblanadi. Psixologik mazmunga ko‘ra, emotsional intellekt bu boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini yengil tushunish yoki intellektual jarayonlarga asoslangan emotsiyalarning asoslanishi bilan izohlanadi. Insondagi emotsional ongning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar boʻlib, ularning oʻzaro bog‘liqligi shaxslararo munosabatlarning samarali kechishiga yordam beradi. Bo’lajak o’qituvchining emotsional intellektini o’rganish zamonaviy psixologiyada jadal rivojlanayotgan tadqiqot sohalaridan biridir. Ushbu hodisaga ko‘plab tadqiqotchilar tamonidan tahlil qilingan. Bo’lajak pedagog shaxsining emotsional intellekti bu bo’lajak o’qituvchining hissiyotlarni anglashi, boshqa odamlarning va ularning shaxsiy maqsadlari, g‘ayratlari va istaklarini anglashi qobiliyati, shuningdek amaliy muammolarni hal qilish uchun ularning his-tuyg‘ulari va boshqa odamlarning his-tuyg‘ularini boshqarishi bilan ahamiyatga egadir. Emotsional intellekt bo‘lajak pedagoglar uchun quyidagi jihatlar bilan muhim: • O‘z motivatsiyasini boshqara olish – o‘qishdagi va amaliyotdagi qiyinchiliklarni yengish; • Pedagogik empatiya – o‘quvchilarning his-tuyg‘ularini tushunish; • O‘zaro munosabatlarni boshqarish – hamkasblar va ota-onalar bilan sog‘lom muloqot; • Stressga chidamlilik – ta’lim muassasasidagi turli vaziyatlarda emotsional bardoshlilik. Bo‘lajak pedagoglar emotsional intellektini rivojlantirgan sari ularning kasbiy motivatsiyasi, o‘z faoliyatiga bo‘lgan ishtiyoqi, o‘quvchilarga ta’sir qilish qobiliyati ortadi. Amaliy jihatlar: • Oliy ta’lim muassasalarida emotsional intellektni rivojlantiruvchi maxsus kurslar, treninglar va mashg‘ulotlar joriy etilishi zarur; • Kasbiy amaliyotlarda stress va emotsional barqarorlik bo‘yicha psixologik treninglar o‘tkazilishi foydali; • Shaxsiy rivojlanish dasturlari orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning emotsional o‘zini anglash va boshqaruv ko‘nikmalari shakllantirilishi mumkin. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab inson shaxsini har tomonlama tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlar ko‘paydi. Inson faqat aqliy salohiyat emas, balki hissiy olami orqali ham o‘zini namoyon etishini ko‘rsatib berdi. Shunday qilib, “emotsional intellekt” tushunchasi psixologiyada alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllandi. Emotsional intellekt atamasi ilk bor amerikalik psixologlar Piter Salovey va Jon Mayer tomonidan 1990-yilda ta’riflangan. Ular emotsional intellektni o‘z va boshqalarning emotsiyalarini aniqlash, ularni tushunish, ularga asoslangan qarorlar qabul qilish va hissiyotlarni boshqarish qobiliyati deb izohlaydilar. Bu tushuncha insonning faqat aqliy (IQ) emas, balki hissiy-ijtimoiy qobiliyatlarini ham qamrab oladi. Deniel Goulman esa (1995) emotsional intellektni ommaboplashtirgan mutaxassis bo‘lib, uning fikricha, inson muvaffaqiyati 20% intellektual ko‘rsatkichlarga, 80% esa emotsional intellektga bog‘liq. Goulman modeliga ko‘ra emotsional intellekt quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: • O‘zini anglash–inson o‘z emotsiyalari, ichki holatini to‘g‘ri idrok etadi; • O‘zini boshqarish–impulslar, g‘azab, tushkunlik va boshqa salbiy hislarni nazorat qilish; • Motivatsiya–shaxsiy maqsad sari intilish, qiyinchiliklarga qaramay davom ettirish; • Empatiya–boshqa insonlarning his-tuyg‘ularini sezish va inobatga olish;
11 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar • Ijtimoiy ko‘nikmalar–samarali muloqot, murosaga kelish, jamoada ishlash. Bu komponentlar birgalikda insonning shaxsiy va kasbiy hayotida muvaffaqiyatga erishishida muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy psixologiyada emotsional intellekt insonning kasbiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, insonlar bilan bevosita muloqot qiladigan kasb egalari o‘qituvchilar, shifokorlar, menejerlar uchun bu ko‘nikmalar zarur hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda emotsional intellekt: • dars jarayonida hissiy muhitni yaratish, • o‘quvchilarning ruhiy holatini anglash, • konfliktli vaziyatlarda yechim topish, • pedagogik empatiya ko‘rsatish orqali shaxslararo munosabatlarni ijobiy yo‘naltirish imkonini beradi. O‘qituvchi o‘z his-tuyg‘ularini anglay olmasa, boshqalarni tushunolmaydi. Bu esa ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Aksincha, yuqori darajadagi emotsional intellekt o‘qituvchiga quyidagi afzalliklarni beradi: • stressli vaziyatlarda muvozanatni saqlash; • dars jarayonini hissiy jihatdan jonli tashkil etish; • o‘quvchilarda motivatsiyani uyg‘otish; • ijtimoiy munosabatlarni uyg‘un yuritish. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emotsional intellekt yuqori bo‘lgan pedagoglar kasbiy yonish (burnout) darajasiga kam uchraydi, darsga tayyorgarlikni ishtiyoq bilan bajaradi va o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashishga qodir bo‘ladi. Empirik tadqiqot natijalari: Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi bo‘lajak pedagog shaxsida emotsional intellekt darajasi bilan motivatsion holat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdan iborat. Tadqiqot quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi: 1. Bo‘lajak pedagoglarning emotsional intellekt darajasini baholash; 2. Ularning kasbiy motivatsiya holatini aniqlash; 3. Har ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi bog‘liqlikni statistik jihatdan tahlil qilish; 4. Motivatsiyani boshqarishda emotsional intellektning ahamiyatini asoslash. Tadqiqotda quyidagi metodlar qo‘llanildi: • Anketa so‘rovi (Salovey-Mayer emotsional intellekt testi, Goulman modeli asosidagi emotsional intellekt baholash usuli); • Motivatsiyani aniqlash uchun Vilyams-Reymond shkalasi, Kasbiy motivatsiya darajasini baholash testi; • Korelyatsion tahlil (Pearson r-koeffitsienti); • Intervyu va kuzatuv metodlari. Tadqiqot 3-bosqichda tahsil olayotgan 80 nafar pedagogika yo‘nalishidagi talabalar (40 nafar ayol, 40 nafar erkak) ishtirokida olib borildi. Tadqiqot natijalari tahlili: So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning emotsional intellekt darajasi quyidagicha taqsimlandi: • Yuqori emotsional intellekt darajasi 25% ishtirokchi; • O‘rta darajadagi emotsional intellekt 50%; • Past darajadagi emotsional intellekt 25%. Motivatsiya darajalari esa quyidagicha taqsimlandi: • Yuqori kasbiy motivatsiya 28%; • O‘rta motivatsiya 57%; • Past motivatsiya 15%.
12 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar Korelyatsion tahlil natijalariga ko‘ra emotsional intellekt va motivatsiya o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi (r=+0.62, p<0.01). Bu shuni anglatadiki, emotsional intellekt darajasi oshgani sari bo‘lajak pedagoglarning kasbiy motivatsiyasi ham ortadi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki: • Yuqori emotsional intellektga ega talabalar o‘z kasbiy rolini anglashda chuqurroq yondashadi; • Ular pedagogik faoliyatga nisbatan ijobiy emotsional munosabatda bo‘ladi; • Stressga bardoshliligi yuqori va kasbiy ishtiyoqi kuchli; • O‘z ustida ishlashga moyilligi yuqori. Past emotsional intellektga ega talabalarda esa kasbiy befarqlik, o‘ziga ishonchsizlik, ichki konfliktlar va tashqi rag‘batlarga haddan ortiq bog‘liqlik kuzatildi. Natijalarga asoslangan tavsiyalar: Tadqiqot natijalari asosida quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Pedagogika oliygohlarida emotsional intellektni rivojlantirishga qaratilgan maxsus kurs va treninglar joriy etish; 2. Talabalarning kasbiy motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladigan amaliy mashg‘ulotlar va real pedagogik vaziyatlar bilan tanishtirish; 3. O‘zini anglash, empatiya va stressga bardoshlilikni shakllantirishga yo‘naltirilgan psixologik xizmatlarni faollashtirish; Emotsional intellekt va motivatsiya o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga asoslangan integratsiyalashgan rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bo‘lajak pedagoglarda emotsional intellekt darajasi yuqori bo‘lsa, ularning kasbiy motivatsiyasi ham barqaror va kuchli bo‘ladi. Emotsional intellekt nafaqat shaxsiy farovonlik, balki kasbiy o‘sish, psixologik barqarorlik va pedagogik muvaffaqiyatning muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda emotsional intellekt tushunchasini mahalliy tadqiqotlarda nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishga ehtiyoj yuqori sanaladi. Albatta, hissiy intellekt shaxsda ijtimoiy va biologik ehtiyojlarni amalga oshirishda sezilarli ta’sir ko‘rsatadi; kasbiy qiziqishlarda nazariy, amaliy va kasbiy tayyorgarlik shular jumlasindandir. Ushbu intellektning rivojlanishi va shakllanishi shaxsda muhim omil sifatida qaraladi. Haddan tashqari yuqori darajadagi xatti-harakatlar va faoliyatning umumiy tartibsizligida namoyon boʻladigan notoʻgʻri reaksiya sifatida qaraladi. Yuqori tashvishli toifaga mansub shaxslar oʻzlarining hurmati va hayotiy faoliyati uchun keng koʻlamli vaziyatlarda oʻzlarida shaxsiy va vaziyatli tahdidni koʻrishga moyil boʻlishadi. Bunday holatlarda ular keskinlikning aniq holatiga javob berishadi. Xavotirlanish umumiy ma’noda ayni xotiramizda paydo boʻladigan dastlabki tajribalariz orqali yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham yaxshi xotiralar insonni xavotirlanishdan saqlay oladi Emotsional intellekt tabiatini ochish boshqalarni tushunish madaniyatining oshishiga xizmat qilishi tabiiydir. Chunki aqliy qobiliyat va emotsional qobiliyatlar birbiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Shaxsdagi emotsional kechinmalarning o‘zgarishi albatta intellektual qobiliyatlarni ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pchilik olimlar tomonidan ma’lum bir emotsiyalar insonlarning aqliy qobiliyatlarini oshishiga yoki kamayishi ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Inson o‘z emotsiyalarini boshqara olishi albatta uni jamiyatda uni o‘z
13 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar o‘rnini topishida muhim ahamiyat ksb etishi aniqlangan. Ayni vaqtda rahbarlarni tayyorlash davomida zamonaviy rahbar modellarini inobatga olish ham emotsionla intellekt orqali amalga oshirilib kelinmoqda, shu sababli ham rahbar, xodimlarini tushunishi va ularni rag‘batlantirishi nechog‘li muhim ekanligi e’tiborga olish lozim. Emotsional intellekt tushunchasi, uning nazariy asoslari va tarkibiy qismlari, kasbiy faoliyatdagi ahamiyati, xususan, bo‘lajak pedagoglar hayotidagi roli har tomonlama yoritildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, emotsional intellekt bo‘lajak pedagoglarning shaxsiy rivojlanishida, motivatsion barqarorligini saqlashda va kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi omil hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Саловей П., Майер Дж. Эмоциональный интеллект. Imagination, Cognition and Personality. – 1990. – Т. 9, № 3. – С.185–211. 2. Големан Д. Эмоциональный интеллект: Почему он может значить больше, чем IQ. – М.: Олимп-Бизнес, 2006. – 464 с. 3. Bar-On R. The Bar-On model of emotional-social intelligence (ESI). Psicothema. – 2006. – №18 (Suppl.). – P. 13–25. 4. Gardner H. Intelligence Reframed:Multiple Intelligences for the 21st Century. New York: Basic Books, 1999. 300p. 5. Reshetova Z.A. Motivatsiya v sisteme podgotovki pedagoga. Moskva: Pedagogika, 2003. 168s. 6. Gavrilova T.G., Kolesnikova E.A. Emotsional’nyy intellekt pedagoga i ego vliyanie na obrazovatel’nuyu sredu. Pedagogika i psikhologiya. 2020. № 3. S. 77–81. 7. O‘razbayeva D. Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari emotsional intellektning psixologik xususiyatlari. Yosh olim tadqiqotlari. 2024. № 2. Б.117–120. 8. Sagdiyeva N. Bo‘lajak pedagog-psixologlar ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanish xususiyatlari. Samarqand: 2023. 130б. 9. “Bo‘lajak o‘qituvchilarda emotsional intellekt rivojlanishining psixologik jihatlari.” Termiz Davlat Pedagogika Instituti, 2022. – 120 b. 10. UNESCO. Emotional Intelligence: Why It Matters. 2022. – https://unesco.org/emotional-intelligence