scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIY G'AZALLARINING XIX ASR BAYOZLARIDAGI AHAMIYATI

Shomurodova Sitora Xoshim qizi

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining XVIII–XIX asr bayozlarida aks etishi, shuningdek, Xiva adabiy muhiti vakili Roqim ijodi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 11432/1 inventar raqamli bayozning tarkibi o‘rganilib, unda Navoiy, Jomiy, Bedil, Fuzuliy, Roqim kabi mashhur shoirlarning asarlari jamlanganligi aniqlangan. Bayozdagi Navoiy g‘azallarining devon nusxalari bilan solishtirilishi natijasida ayrim leksik va uslubiy farqlar aniqlangan bo‘lib, bu hol kotiblarning ijodiy yondashuvi va matnning yoddan ko‘chirilganini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, Roqimning Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis tarzida bog‘langan, fan uchun noma’lum bo‘lgan muxammasi ilk bor aniqlanib, tahlilga tortilgan. Maqola bayozlarni qo‘lyozma manba sifatida o‘rganish, ularning matnshunoslik va manbashunoslikdagi o‘rnini belgilash orqali Navoiy merosini yanada chuqurroq tadqiq etish zarurligini asoslaydi. Tadqiqot natijalari o‘zbek mumtoz adabiyotining izchil taraqqiyot zanjirini tiklash va Alisher Navoiy ijodiy maktabining keyingi asrlardagi ta’sirini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar ALISHER NAVOIY G‘AZALLARINING XIX ASR BAYOZLARIDAGI AHAMIYATI Muallif: Shomurodova Sitora Xoshim qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti v.b. dotsenti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17390904 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining XVIII–XIX asr bayozlarida aks etishi, shuningdek, Xiva adabiy muhiti vakili Roqim ijodi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 11432/1 inventar raqamli bayozning tarkibi o‘rganilib, unda Navoiy, Jomiy, Bedil, Fuzuliy, Roqim kabi mashhur shoirlarning asarlari jamlanganligi aniqlangan. Bayozdagi Navoiy g‘azallarining devon nusxalari bilan solishtirilishi natijasida ayrim leksik va uslubiy farqlar aniqlangan bo‘lib, bu hol kotiblarning ijodiy yondashuvi va matnning yoddan ko‘chirilganini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, Roqimning Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis tarzida bog‘langan, fan uchun noma’lum bo‘lgan muxammasi ilk bor aniqlanib, tahlilga tortilgan. Maqola bayozlarni qo‘lyozma manba sifatida o‘rganish, ularning matnshunoslik va manbashunoslikdagi o‘rnini belgilash orqali Navoiy merosini yanada chuqurroq tadqiq etish zarurligini asoslaydi. Tadqiqot natijalari o‘zbek mumtoz adabiyotining izchil taraqqiyot zanjirini tiklash va Alisher Navoiy ijodiy maktabining keyingi asrlardagi ta’sirini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: bayoz, Alisher Navoiy, Roqim, tatabbu, taxmis, Xorazm adabiy muhiti, qo‘lyozma, matnshunoslik, hamd g‘azal. KIRISH Alisher Navoiyning ijodiga qiziqish, unga tatabbu, nazira taxmislar bog‘lash u hayotlik davrlaridayoq boshlangan. Tadqiqotimiz obyekti bo‘lgan bayozlarni o‘rganish jarayonida XVIII asrda yaratilgan bayozlarda Alisher Navoiy ijodiga murojaat qilinishi sezilarli tarzda ko‘payganini ko‘rish mumkin. Bu davrga kelib uchta xonlikda ham o‘ziga xos adabiy davralar shakllangan bo‘lib, bayozlar ham xalq orasida keng tarqalgan. Bayozlarning dastlabki namunalari arab mumtoz adabiyotining gullagan davrlarida uchraydi(VIII-XII asrlar). Arablar bayozga muayyan qat’iy qonun qoidalar asosida yondashgan. Masalan, mavzu mundarijasi, shoirlarning geografik joylashuvi bayoz tuzilishidan avvalroq qat’iy rejalashtirilgan. Zayniddin Vosifiyning “Badoye ulvaqoe” asarida Buxorolik shoirlar shayxulislom Xo‘ja Hoshimiz huzurida mashhur bir baytga tatabbu bog‘lab she’r yozgani haqidagi ma’lumot keltirilgan. Bu holat bayoz uchun dastlabki qadam edi. Alisher Navoiy ham mashhur fors-tojik shoirlariga tatabbu bog‘lagan. Devoni Foniydagi 554 g‘azalning 393 tasi turli fors shoirlarining she’rlariga tatabbulardan iborat. METODOLOGIYA Bayozning mumtoz shoirlar o‘rtasida o‘ziga xos musobaqa maydoni bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor [3; 8-24]. Bu haqda Yoqubjon Is’hoqov yozadi: “XVIII-XIX asrlar “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar bayzochilikning taraqqiy etgan davri bo‘ldi. Bu davrda fors shoirlaridan Bedil, O‘zbek shoirlaridan Navoiy she’rlari bayozlarnining bir qancha sahifalarini bezadi.” [2; 84] Bu fikrlarning isbotini ko‘rish uchun bayozlarni tadqiq etganimizda haqiqatan ham, fors she’riyati uchun Bedil, Jomiy; turkiy she’riyat uchun Navoiy va Fuzuliy etalon darajasiga ko‘tarilganini kuzatdik [1]. Bu bayozlar bayoz tuzishni buyurgan insonning didiga qarab saralangan she’rlarni o‘z ichiga olgan. Bayozlarning boshi yoki oxirida kotibning nasriy yoki she’riy tarzdagi fikrlari berilgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 11432/1 raqamli bayozda hukmdor shoirlar va ularning vazirlari, saroy a’yonlarining ijod namunalari keltirilgan. Bu ma’lumotlar katta ehtimol bilan mazkur bayoz saroy mushoirasi natijasi o‘laroq dunyoga kelganini ko‘rsatadi. Bayoz o‘ziga xos janr: u madrasa talabalarining mashq daftari vazifasini ham bajargan, gohida esa saroylarda sara she’riy to‘plam sifatida tartib berilgan. Ammo rasmiy bayozlar ham tuzilgan. Bular oltin kumush suvi yugurtitib yozilgan, turli amaldoir va hukmdorlar uchun tartib berilgan bayozlar ekanligi haqida manbalarda ma’lumotlar bor[2; 81]. Tadqiqotchi Zilola Shukurova ham shunga o‘xshash tasnifni taklif qiladi: Shoh, amir va yuqori mansabdagi shaxslarning buyrug‘iga ko‘ra yozilgan bayozlar; Quyi tabaqa she’r ixlosmandlari uchun yozilgan bayozlar; Biror soha vakillari uchun yozilgan bayozlar.[4; 11] Shoh, amir va yuqori mansabdagi shaxslarning ko‘rsatmasiga ko‘ra yozilgan bayozlar boshqa turdagi bayozlardan bir qancha xususiyatlari bilan farqlanishini ta’kidlayotganda tadqiqotchi ularning dizayni, sifati haqida batafsil to‘xtaladi. Albatta, hukmdor doiralar uchun ko‘chirilgan bayozlar hashamdor bo‘lgani haqiqat. Nafaqat ularning tashqi ko‘rinishi, balki mazmunida ham o‘ziga xoslik mavjud bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instatuti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan bayozlar ichida yuqoridagi turlarga mansub bayozlarni uchratish mumkin. NATIJALAR Biz o‘rgangan bayoz 1875-yilda ko‘chirilgani fanga ma’lum. Mazkur to‘plam Jomiy g‘azallari bilan boshlangan, shundan so‘ng Hiloliy, Hofiz. Rumiy, Navoiy, Husayniy, Sayyido, Feruz, Vazir Ho‘qandiy, Soib, Hoziq, Bedil, Roqim, Anisiy, Rashidiy, Salmon, Mansur, Orifiy, Xoniy, Shayx Sa’diy, Dilpazir, Ojiz kabi ijodkorlar she’rlari keltirilgan. Forsiy va turkiy tildagi ijod namunalaridan tarkib topgan mazmkur bayoz 69 sahifani o‘z ichiga oladi. Nasta’liq va shikasta yozuvlari aralash holatda uchraydi. Nomi qalamga olingan aksariyat shoirlar Xiva adabiy muhitiga mansub bo‘lsa, Ayrimlari Qo‘qon va Buxoro adabiy muhitlariga yaqinligi seziladi. Bayozda Alisher Navoiyning “Badoye ul-vasat” devoniga kiritilgan 34va 467-g‘azallar mavjud. Gulbarg uza qilmishsen to sabzai tar paydo, Kun ko‘zgusida go‘yo zang etti asar paydo. [1; 10a] bayti bilan boshlanuvchi g‘azal 11432/1 raqamli bayozning 10a sahifasida keltirilgan bo‘lib, tadqiqot natijasida “Badoye ul-vasat” devonidagi g‘azal matnining bayozga biroz o‘zgargan holda kiritilgani aniq bo‘ldi. Ikkinchi bayt “Badoye ulvasat”da quyidagicha: La’ling g‘amidin suda gul yafrog‘i kelgandek, Ashkimda kelur har dam parkandi jigar paydo. [5; 27] Bayozda: 11 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar La’ling g‘amidin suda gul yafrog‘i kelgandek, Ashkimda bo‘lur zohir parkandi jigar paydo.[ 1; 10a] Baytda ikki so‘z farqlanmoqda. Bir qarashda vazn orqali aniqlashning imkoni yo‘q. Endi uslubga e’tibor qaratamiz: birinchi shaklda kelgandek va kelur tavtologiyaga olib kelmoqda. Alisher Navoiy bunday tavtologiyaga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bayozdagi bayt ohorliroqday. Ehtimol, bayoz ko‘chiruvchi kotib bu g‘azalni asliyatida ko‘rgandir. Shu tariqa, bayozlarni o‘rganish jarayonida devonlardagi bayozlardagi ayrim baytlar, so‘zlar turlicha ekanini kuzatish mumkin. Kotiblar odatda bayoz tuzarkan, unda keltirilgan she’rlarning aksarini yodlab olgan. Shu sababli ham ayrim she’rlar Alisher Navoiy devonlarida boshqa, bayozlarda boshqacha shaklda kelishi mumkin. U yoki bunisi to‘g‘riligini, albatta, badiiy matn, aruz, shoirning uslubi kabi masalalar orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir. Ayrim bayozlarda haqiqatan xatoliklar mavjudligini ta’kidlash o‘rinlidir. “Badoye ul-vasat”da: Davron g‘amidin ko‘nglum maqbuz erur, ey soqiy, Basti uchun etkaysen ham boda magar paydo. [5; 27] Bayozda: Davron g‘amidin ko‘nglum maqbuz erur, ey soqiy, Yo basti uchun etkaysen ham boda magar paydo. [1; 10a] Bu taqqosdan ayon bo‘ladiki, bu yerda bayoz matnida xatolik mavjud, chunki aruz vaznining hazaj bahrida, axrab shahobchasida bitilgan bu g‘azalning birinchu rukni maf’uvlu afoiliga asoslanadi. Bayozda keltirilgan ikkinchi misra boshidagi “yo” so‘zi xato hisoblanadi, chunki shu so‘z orqali vaznda saktalik yuzaga kelmoqda. Devonda: Ey musulmonlar, fig‘on ul kofiri xudkomdin Kim, chiqardi ko‘kka afg‘on lashkari исломдин.[5; 343] Bayozda: Ey musulmonlar, fig‘on ul kofiri xudkomdin Kim, chiqardi ko‘kka afg‘on kishvari islomdin. [1; 10a] Mazkur baytda lashkar so‘zi bayozda kishvarga o‘zgarib qolgan. Bu kabi holatlar bayozlarni qo‘lyozma asar sifatida o;rganish lozimligini, badiiy matnni tiklash uchun ayni mazkur qo‘lyozmalar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. MUHOKAMA Bayozda muxammaslar ham bor. Shunday muxammaslardan biri Roqimning Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis tarzida bitilgan muxammasidir. Бу мухаммас Роқимнинг танланган асарларида мавжуд эмас. Катта эҳтимол билан шоирнинг фанга номаълум асари бўлиши керак. Yana shu taxminni ham keltirish mumkin: balki, bu Roqim umuman boshqa shoirdir. Ammo mazkur bayoz Xiva adabiy muhitida yozilganini hisobga olsak, maskur muxammas Roqimning fanga noma’lum muxammasi bo‘lib chiqadi. Roqim haqida manbalarda shunday ma’lumotlar uchraydi: Roqim tax. 1742-yilda Xivada tugʻilgan. Madrasada tahsil olgan. Qozixonada munshiy boʻlib ishlagan. Xususiy maktab ochib, muallimlik qilgan. Roqim o‘z ijodida Alisher Navoiy va Fuzuliy an’analariga ergashgan, ularning badiiy uslubidan ilhom olgan. Shoirning bizgacha yetib kelgan yagona devoni 6470 misradan iborat bo‘lib, shuningdek, devonga kirmagan 30 ta muxammas va 6 ta g‘azali ham ma’lum. Uning ko‘plab muxammaslari Navoiy, Fuzuliy, Munis, Bedil, Ravnaq kabi mashhur shoirlarning g‘azallariga bog‘langan bo‘lib, bu hol Roqimning adabiy an’analarni 12 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar chuqur o‘rganib, ularni ijodiy davom ettirganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Roqim noma janrida ham ijod qilgan. U o‘z davrida Munisning devoni va boshqa asarlarni husnixat bilan ko‘chirgan, shu tariqa Xorazm adabiy va xattotlik maktabining rivojiga hissa qo‘shgan.Devoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi (inv. №7576)[1]. “G‘aroyib us-sig‘ar” devonining 521 g‘azali hisoblangan bu asar Yaratganning hamdini o‘zida aks ettirgan. Roqim muxammas bog‘lagan bu g‘azalda ham Mukammal asarlar to‘plamidan farqli o‘rinlar mavjudligi ko‘rinadi: Yuzu ko‘zungda muayyan kamoli sun’i iloh, Ne yuzdurur ki bu, ne ko‘z lo iloha illalloh. [6; 403] deb boshlanuvchi hamd g‘azalning uchinchi baytida ayrim o‘zgarishlar mavjud: Tiling hamesha laduniy ulumig‘a notiq, Dom ko‘nglung ilohiy rumuzidin ogoh. [6; 403] Bayozda: Mudom ko‘nglung ilohiy rumuzidin ogoh. [1; 30a] Bayozdagi matn vazn jihatdan mukammalroq ekanligi ko‘rinadi. XULOSA Tadqiqot natijalari shuni xalq orasida yoyilishi va qabul qilinish jarayonini chuqur yoritgan badiiy manbadir. XVIII–XIX asrlarda yaratilgan bayozlarda Navoiyga tatabbu, taxmis, nazira bog‘lash an’anasi keng tus olgan, bu esa uning badiiy merosining xalq va saroy adabiy muhitida mashhur bo‘lganidan dalolat beradi. Roqimning Navoiy g‘azaliga taxmis bog‘lagan muxammasining aniqlanishi esa, qo‘lyozma bayozlarni o‘rganish dolzarbligini yanada oshiradi. Bu topilma Xorazm adabiy muhitida Navoiy an’anasi davom etganini isbotlabgina qolmay, o‘zbek adabiyotining badiiy merosini uzluksiz tarzda qayta tiklashga xizmat qiladi. Shunday qilib, bayozlarni matnshunoslik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan chuqur o‘rganish Alisher Navoiy va uning izdoshlari ijodini yangicha tahlil qilish imkonini beradi, ularning badiiy merosini mukammal tiklash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Bayoz. — O‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi, inv. № 11432/1. – Eski o‘zbek yozuvida. 2. Исҳоқов Ё. Баёз ва баёзчилик тарихи // “Ўзбек адабиёти тарихи масалалари” тўплами. Тошкент, 1976. Б.78-101 3. Erkinov, A. Qo ‘lyozma bayozlarga oid ayrim mulohazalar. // Oltin bitiglar. – 2024. – 2-сон. – Б.4-28 4. Shukurova Z. Bayoz an’anasi va uning adabiy jarayondagi ahamiyati // Til va adabiyot ta’limi, – 2022. – 2-son. – B. 10-13 5. Навоий, Алишер. Муқаммал асарлар тўплами. Бешинчи жилд. Бадоеъ ул-васат. – Тошкент: Фан, 1990. – 528 б. 6. Навоий, Алишер. Муқаммал асарлар тўплами. Бешинчи жилд. Ғаройиб ус-сиғар. – Тошкент: Фан, 1988. – 575 б. 7. Шомуродова, С. Х. (2020). Традиция создания девона в современной узбекской литературе. in профессионал года 2020 (pp. 40-45).