scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QANOTLI SO'ZLARNI TARJIMA QILISHDA KONTEKSTNING ROLIGA DOIR KUZATUVLAR

Mirzayeva Dilzoda Fayzullayevna

Abstract

Ushbu maqolada qanotli so‘zlarni tarjima qilish jarayonida kontekstning ahamiyati tahlil qilinadi. Qanotli so‘zlar o‘zida xalqning madaniy qadriyatlari, tarixiy tajribasi va milliy tafakkurini mujassam etgani bois, ularni to‘g‘ri tarjima qilishda kontekst muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda turli tillardagi ekvivalent va noekvivalent tarjimalar misolida, kontekstning semantik aniqlik, uslubiy moslik va madaniy tushunarlilikni ta’minlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, tarjimonning kontekstni to‘g‘ri talqin etishi orqali matnning mazmuniy va emotsional yaxlitligini saqlab qolish muhimligi ta’kidlanadi.

Full text

IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 454 QANOTLI SO'ZLARNI TARJIMA QILISHDA KONTEKSTNING ROLIGA DOIR KUZATUVLAR Mirzayeva Dilzoda Fayzullayevna O'zbekiston Milliy universiteti, Xorijiy filologiya fakulteti o'qituvchisi, PhD. E-mail: [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada qanotli so‘zlarni tarjima qilish jarayonida kontekstning ahamiyati tahlil qilinadi. Qanotli so‘zlar o‘zida xalqning madaniy qadriyatlari, tarixiy tajribasi va milliy tafakkurini mujassam etgani bois, ularni to‘g‘ri tarjima qilishda kontekst muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda turli tillardagi ekvivalent va noekvivalent tarjimalar misolida, kontekstning semantik aniqlik, uslubiy moslik va madaniy tushunarlilikni ta’minlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, tarjimonning kontekstni to‘g‘ri talqin etishi orqali matnning mazmuniy va emotsional yaxlitligini saqlab qolish muhimligi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar. Qanotli so‘zlar, kontekst, tarjima, madaniyat, ekvivalentlik, semantika, pragmatika. OBSERVATIONS ON THE ROLE OF CONTEXT IN TRANSLATING WINGED WORDS Annotation. This article examines the crucial role of context in translating winged words. Since winged words reflect a nation’s cultural values, historical memory, and worldview, understanding context is essential for achieving an accurate and meaningful translation. The study analyzes both equivalent and non-equivalent translations in different languages, emphasizing how context contributes to semantic precision, stylistic appropriateness, and cultural intelligibility. The findings highlight that a translator’s ability to interpret the contextual background ensures the preservation of both the meaning and emotional integrity of the original text. Keywords. Winged words, context, translation, culture, equivalence, semantics, pragmatics. НАБЛЮДЕНИЯ О РОЛИ КОНТЕКСТА ПРИ ПЕРЕВОДЕ КРЫЛАТЫХ ВЫРАЖЕНИЙ Аннотация. В данной статье рассматривается значение контекста при переводе крылатых выражений. Поскольку крылатые слова отражают культурные ценности, исторический опыт и мировоззрение народа, правильное понимание контекста играет решающую роль для точного и адекватного перевода. В исследовании анализируются эквивалентные и неэквивалентные IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 455 переводы на разных языках, подчеркивается роль контекста в обеспечении семантической точности, стилистической уместности и культурной понятности. Отмечается, что правильная интерпретация контекста переводчиком способствует сохранению смысловой и эмоциональной целостности оригинального текста. Ключевые слова: Крылатые слова, контекст, перевод, культура, эквивалентность, семантика, прагматика. Kirish. Tarjima jarayonida kontekstning o‘rni, ayniqsa, madaniy va obrazli ifodalar — qanotli so‘zlarni tarjima qilishda nihoyatda muhim hisoblanadi. Qanotli so‘zlar xalq og‘zaki ijodi, adabiyot, tarixiy nutqlar va mashhur shaxslar so‘zlaridan olingan bo‘lib, ular nafaqat ma’no jihatidan, balki madaniy, axloqiy va estetik jihatdan ham katta yuklamaga ega. Bunday iboralarni asl kontekstidan ajratgan holda tarjima qilish natijasida ularning semantik chuqurligi, emotsional ohangi va madaniy mazmuni yo‘qolishi mumkin. Shu sababli tarjimada kontekstni to‘g‘ri aniqlash va uni hisobga olish har bir tarjimon uchun zaruriy shart hisoblanadi. Tilshunoslik va tarjimashunoslikda “kontekst” tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, u faqat lingvistik emas, balki ijtimoiy, madaniy va tarixiy omillarni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, qanotli so‘zlarni tarjima qilishda bu omillar muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ularning ma’nosi ko‘pincha ularni yaratgan muhit, muallifning niyati va auditoriyaning tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Adabiyotlar tahlili. Qanotli so‘zlar va ularni tarjima qilishda kontekstning ahamiyati haqida ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlar izlanishlar olib borgan. Ularning tadqiqotlari mazkur mavzuning nazariy asoslarini belgilab beradi. Masalan, tarjimashunoslikning klassik nazariyotchilaridan biri E. Nida tarjimada “dinamik ekvivalentlik” tamoyilini ilgari surgan bo‘lib, bunda kontekstning ma’noni to‘liq yetkazishdagi roli alohida ta’kidlanadi [1]. P. Newmark esa “kommunikativ va semantik tarjima” nazariyasida iboraviy birliklar tarjimasida kontekstual moslikni asosiy omil sifatida ko‘rsatadi [2]. A.V. Fedorov o‘z tadqiqotlarida kontekstning til birliklarining ma’nosini to‘g‘ri talqin qilishda asosiy vosita ekanini ta’kidlaydi [3]. O‘zbek tilshunosligida esa A. Madrahimov va S. Jo‘rayev kabi olimlar frazeologik birliklar va qanotli so‘zlarning semantik xususiyatlarini tahlil qilgan holda, ularning tarjimasida madaniy kontekstni saqlash muhimligini qayd etadilar [4]. Shuningdek, M. Baker o‘zining “In Other Words” asarida tarjimonning kontekstni qay darajada chuqur tushunishi natijaviy tarjimaning sifatini belgilashini ta’kidlaydi [5]. K. Reiss va H. Vermeerning “Skopos nazariyasi”da esa kontekst tarjimaning maqsadi bilan bog‘liq bo‘lib, har bir tarjima ijtimoiy va kommunikativ vaziyatdan kelib chiqishi lozimligi aytiladi [6]. B. Xudoyberdiyeva esa o‘z tadqiqotlarida o‘zbek tilidagi qanotli so‘zlarni ingliz tiliga tarjima qilishda kontekstual ekvivalentlikni ta’minlashda qiyinchiliklar ko‘p uchrashini, ayniqsa, milliy-madaniy komponentlarning o‘rinli ifodalanishi IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 456 muhimligini ko‘rsatadi [7]. Shu tarzda olib borilgan ilmiy izlanishlar ko‘rsatadiki, kontekst faqat lingvistik jihatdan emas, balki madaniy va ijtimoiy jihatdan ham tarjimaning mazmunini aniqlovchi omildir va ayniqsa qanotli so‘zlarni to‘g‘ri tarjima qilishda uning roli beqiyosdir. Materiallar va usullar. Mazkur tadqiqotda qo‘llanilgan materiallar va usullar asosan lingvistik tahlil, tarjima tahlili hamda kontekstual-semantik yondashuvga asoslangan. Tadqiqot obyekti sifatida o‘zbek va ingliz tillaridagi qanotli so‘zlar, frazeologik birliklar hamda mashhur adiblar, siyosatchilar va tarixiy shaxslarning nutqlaridan olingan madaniy ifodalar tanlab olindi. Ushbu iboralar turli manbalardan — badiiy adabiyotlar, maqolalar, tarjima asarlar, publitsistik matnlar va internet resurslaridan yig‘ildi. Tadqiqot jarayonida asosiy e’tibor qanotli so‘zlarning semantik tuzilmasini, ularning asl va tarjima variantlaridagi kontekstual farqlarni aniqlashga qaratildi. Metod sifatida qiyosiy tarjima tahlili, komponent tahlil, semantik-madaniy tahlil, pragmatik yondashuv hamda kontekstual interpretatsiya usullaridan foydalanildi. Qiyosiy tahlil orqali har bir qanotli so‘zning asl matndagi ma’nosi, emotsional ohangi va madaniy ko‘rsatkichlari tarjimada qay darajada saqlanganini aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, kontekstual tahlil yordamida tarjimon tomonidan tanlangan strategiyalar — literal tarjima, adaptatsiya, izohli tarjima yoki madaniy ekvivalent qo‘llash holatlari o‘rganildi. Tadqiqotda til birliklari kontekstdan ajratilgan holda emas, balki ular yuzaga kelgan madaniy, tarixiy va kommunikativ muhit bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilindi. Shu bilan birga, kontekstning ma’no hosil qilishdagi funksional o‘rni, ya’ni so‘zning ma’nosi uning ishlatilgan holatiga, maqsadiga va auditoriyasiga qarab o‘zgarishi holatlari kuzatildi. Tadqiqot metodlari sifatida lingvopragmatik yondashuv ham muhim ahamiyat kasb etdi, chunki har bir qanotli so‘z yoki iboraning kommunikativ ta’siri faqat til vositalari bilan emas, balki ularning ijtimoiy kontekstdagi o‘rni bilan ham belgilanadi. Shu orqali o‘zbek va ingliz tillari o‘rtasidagi madaniy tafovutlar, tarjimonning interpretativ qarorlari va semantik moslashuv darajasi aniqlab berildi. Natijada, mazkur usullar orqali kontekstning tarjima jarayonidagi rolini ilmiy asosda tahlil qilish, tarjima jarayonida ma’no, madaniyat va uslub uyg‘unligini ta’minlashning amaliy yo‘llari ishlab chiqildi. 1-Jadval. Qanotli so‘zlarning ekvivalent va noekvivalent tarjimalari Asl ibora (manba tili) Tarjima varianti (maqsad tili) Tarjima turi Izoh / Kontekstual sharh “The apple of my eye” “Ko‘zimning nuri” Ekvivalent Ma’nosi to‘liq saqlangan, emotsional ohang mos. “To kill two birds with one stone” “Bir o‘q bilan ikki quyonni urish” Ekvivalent O‘xshash obraz asosida tarjima qilingan. “Break the ice” “Sokinlikni buzmoq” / “Gap boshlamoq” Noekvivaent Kontekstga qarab ma’no talqin qilinadi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 457 Asl ibora (manba tili) Tarjima varianti (maqsad tili) Tarjima turi Izoh / Kontekstual sharh “Time is money” “Vaqt – boylik” Ekvivalent Umuminsoniy qadriyatga asoslangan ibora. “Let the cat out of the bag” “Sirni oshkor qilmoq” Noekvivalent Madaniy moslashtirish orqali tarjima qilingan. Yuqoridagi jadvallar tadqiqotning amaliy natijalarini aks ettiradi. Birinchi jadvalda qanotli so‘zlarning ekvivalent va noekvivalent tarjima turlari tahlil qilingan bo‘lib, unda har bir iboraning asl ma’nosi, tarjima variantlari va kontekstual izohi keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ba’zi iboralar to‘liq ekvivalent shaklda tarjima qilinishi mumkin, chunki ular umuminsoniy qadriyatlarni ifodalaydi, masalan, “Time is money” yoki “Ko‘zimning nuri” kabi iboralar. Ammo ayrim qanotli so‘zlar, masalan, “Let the cat out of the bag” kabi ifodalar, madaniy konnotatsiyalarga ega bo‘lgani sababli, noekvivalent tarzda, ya’ni moslashtirish yoki parafraz qilish orqali tarjima qilinadi. Bu esa kontekstni chuqur tahlil qilish va iboraning madaniy ildizini aniqlash zarurligini ko‘rsatadi. 2-Jadval. Qanotli so‘zlarni tarjima qilishda qo‘llanilgan asosiy strategiyalar Tarjima strategiyasi Tavsif Misol Afzallik / Cheklov Literal tarjima So‘zma-so‘z tarjima, lekin har doim ma’no saqlanmaydi. “Break the ice” → “Muzni sindirmoq” Ma’noni buzishi mumkin, lekin soddalikni ta’minlaydi. Adaptatsiya Madaniy jihatdan moslashtirish. “To kill two birds with one stone” → “Bir o‘q bilan ikki quyonni urish” Madaniy yaqinlikni ta’minlaydi, ba’zan obraz o‘zgaradi. Parafraz Iboraning umumiy ma’nosini qayta ifodalash. “Let the cat out of the bag” → “Sirni oshkor qilmoq” Ma’no saqlanadi, lekin obraz yo‘qoladi. Izohli tarjima Qo‘shimcha tushuntirish bilan tarjima qilish. “Achilles’ heel” → “Insonning eng zaif nuqtasi (Achilles oyog‘i)” O‘quvchi uchun aniqroq, lekin uslubiy yuk kamayadi. Madaniy ekvivalent Maqsadli tilga mos ibora bilan almashtirish. “The last straw” → “Sabr kosasini to‘ldirgan tomchi” Estetik va emotsional uyg‘unlikni ta’minlaydi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 458 Ikkinchi jadval esa tarjimada qo‘llaniladigan asosiy strategiyalarni — literal tarjima, adaptatsiya, parafraz, izohli tarjima va madaniy ekvivalent kabi yondashuvlarni tizimli ravishda ko‘rsatadi. Har bir strategiya uchun tavsif, misol va afzallik hamda cheklovlar keltirilgan bo‘lib, bu tarjimon uchun amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi. Mazkur jadval shuni ko‘rsatadiki, har bir tarjima holatida yagona to‘g‘ri yo‘l mavjud emas, balki iboraning ma’nosi, konteksti va maqsadli auditoriyaga mosligi tarjima strategiyasini belgilaydi. Har ikki jadval umumiy holda shuni tasdiqlaydiki, kontekst qanotli so‘zlarning tarjimasida markaziy ahamiyat kasb etadi, chunki u ma’no, uslub va madaniy uyg‘unlikni saqlab qolishga yordam beradi. Shu orqali jadval natijalari tarjimada kontekstual yondashuvning nazariy asoslarini amaliy dalillar bilan mustahkamlaydi. Tadqiqot muhokamasi. Tadqiqot muhokamasi davomida aniqlanishicha, qanotli so‘zlarni tarjima qilishda kontekstning o‘rni beqiyos darajada muhimdir. Har bir qanotli so‘z o‘zida muayyan madaniy, tarixiy yoki ijtimoiy mazmunni mujassam etadi va uni to‘g‘ri tarjima qilish faqat so‘zma-so‘z yondashuv bilan emas, balki uning kontekstual mohiyatini anglash orqali amalga oshiriladi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, tarjimonlar ko‘pincha kontekstni yetarlicha inobatga olmaganda, iboraning asl ruhini yoki estetik qiymatini yo‘qotishadi. Masalan, ingliz tilidagi “The apple of my eye” iborasi so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, ma’no noaniq bo‘ladi, biroq kontekstda bu ibora “juda aziz inson” ma’nosini beradi. Xuddi shunday, o‘zbek tilidagi “Dilida g‘ubor yo‘q” iborasini “He has no dust in his heart” shaklida tarjima qilish semantik jihatdan noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki bu ifoda aslida “u pok niyatli inson” degan ma’noni anglatadi. Bu misollar kontekstni to‘g‘ri tahlil qilishning zarurligini yaqqol isbotlaydi. Tadqiqot davomida shuningdek, ekvivalent va noekvivalent tarjimalar o‘rtasidagi farqlar ham o‘rganildi. Ekvivalent tarjimalar odatda umumiy insoniy qadriyatlar yoki xalqaro madaniy birliklarga asoslangan bo‘lib, ular ma’noni to‘liq ifodalay oladi. Noekvivalent holatlarda esa tarjimon madaniy adaptatsiya, izohlash yoki o‘xshash konnotatsiyaga ega yangi ibora topish yo‘liga boradi. Bu jarayonda tarjimonning ijodkorligi va madaniyatlararo kompetensiyasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qanotli so‘zlarni tarjima qilishda muvaffaqiyatga erishish uchun tarjimon faqat til bilimiga emas, balki ijtimoiy-madaniy kontekstni chuqur anglash qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, kontekstga asoslangan tarjima yondashuvi nafaqat ma’no yo‘qotilishini kamaytiradi, balki tarjimaning emotsional, estetik va pragmatik qiymatini ham oshiradi. Muhokama jarayonida aniqlangan yana bir jihat shuki, ba’zi qanotli so‘zlar ikki tilda ham mavjud bo‘lgan konseptual asosga ega bo‘lsa-da, ularning madaniy yuklamasi farqlanadi. Masalan, “To kill two birds with one stone” iborasi ingliz tilida pragmatik ma’no bersa, o‘zbek tilida unga “Bir o‘q bilan ikki quyonni urish” kabi o‘xshash, lekin milliy konnotatsiyaga ega ibora mos keladi. Shu bois, tarjimon uchun eng muhim masala — kontekstga mos ekvivalentni tanlashdir. Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kontekstga IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 459 asoslangan yondashuv qanotli so‘zlarning tarjimasida semantik aniqlikni, madaniy moslashuvni va kommunikativ samaradorlikni ta’minlaydi hamda tarjimani yanada tabiiy va o‘quvchiga yaqin qiladi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qanotli so‘zlarni tarjima qilish jarayonida kontekstni to‘g‘ri tahlil qilish va uni hisobga olish tarjimaning muvaffaqiyatini belgilovchi eng muhim omillardan biridir. Har bir qanotli so‘z o‘zining madaniy, tarixiy va ijtimoiy ildizlariga ega bo‘lgani uchun, ularni kontekstdan ajratgan holda tarjima qilish ma’noni buzadi yoki ifodaning asl estetik va emotsional ohangini yo‘qotadi. Tarjimonning asosiy vazifasi — nafaqat lingvistik ekvivalentni topish, balki iboraning madaniy mazmunini ham to‘liq ifoda etishdan iborat. Shu bois, kontekstual tahlil va madaniy interpretatsiya tarjimashunoslikda muhim metodologik yondashuv sifatida qaraladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ekvivalent tarjimalar, asosan, umumiy insoniy qadriyatlarni ifoda etuvchi qanotli so‘zlarda kuzatiladi, noekvivalent hollarda esa adaptatsiya, izohli tarjima yoki o‘xshash ma’noli madaniy iboralardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday yondashuv tarjimada nafaqat semantik aniqlikni, balki madaniy moslik va pragmatik to‘liqlikni ham ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Nida, E. A. Toward a Science of Translating. Leiden: Brill, 1964. 2. Newmark, P. A Textbook of Translation. London: Prentice Hall, 1988. 3. Fedorov, A. V. Osnovy obshchey teorii perevoda. Moskva: Vysshaya Shkola, 1983. 4. Madrahimov, A. Frazeologizmlar tarjimasi masalalari. Toshkent: Fan, 2015. 5. Baker, M. In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge, 1992. 6. Reiss, K. & Vermeer, H. J. Grundlegung einer allgemeinen Translationstheorie. Tübingen: Niemeyer, 1984. 7. Xudoyberdiyeva, B. O‘zbekcha-inglizcha tarjimada milliy frazeologik birliklarning ekvivalentligi masalalari. Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2019. 8. Vinay, J.-P. & Darbelnet, J. Stylistique comparée du français et de l’anglais. Paris: Didier, 1958. 9. Catford, J. C. A Linguistic Theory of Translation. London: Oxford University Press, 1965. 10. Jo‘rayev, S. O‘zbek tilida obrazli ifodalarning tarjimasi. Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.