O'ZBEK TILIDA IQTISODIY TERMINOLOGIYANING RIVOJLANISHI VA LINGVISTIK MASALALARI
Abstract
Ma’lumki, terminlarning milliy tilga integratsiyasi, xorijiy atamalarning fonetik va grammatik moslashuvi, sinonimiya, polisemiya va kalkalash hodisalari, qisqartmalar iqtisodiy tilning murakkabligini ko‘rsatadi. Ushbu tezisda aynan o‘zbek tilidagi iqtisodiy terminlarning shakllanishi, rivojlanishi va qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Unda misollar orqali an’anaviy va zamonaviy terminlar o‘rtasidagi farqlar, ularning semantik va morfologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek iqtisodiy terminologiyasining tilning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, amaliy iqtisodiy jarayonlarni tushuntirish va ilmiy muloqot vositasi sifatida samarali ishlatilishidagi ahamiyatini asoslaydi.
Full text
9 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar O‘ZBEK TILIDA IQTISODIY TERMINOLOGIYANING RIVOJLANISHI VA LINGVISTIK MASALALARI Mualliflar: Yulbarsov Ochilbek Obidjon o‘g‘li 1, Yunusova Dilnigora Ibroximovna 2 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti katta o‘qituvchisi 1, Toshkent Webster universiteti magistranti 2 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17391422 ANNOTATSIYA Ma’lumki, terminlarning milliy tilga integratsiyasi, xorijiy atamalarning fonetik va grammatik moslashuvi, sinonimiya, polisemiya va kalkalash hodisalari, qisqartmalar iqtisodiy tilning murakkabligini ko‘rsatadi. Ushbu tezisda aynan o‘zbek tilidagi iqtisodiy terminlarning shakllanishi, rivojlanishi va qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Unda misollar orqali an’anaviy va zamonaviy terminlar o‘rtasidagi farqlar, ularning semantik va morfologik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘zbek iqtisodiy terminologiyasining tilning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, amaliy iqtisodiy jarayonlarni tushuntirish va ilmiy muloqot vositasi sifatida samarali ishlatilishidagi ahamiyatini asoslaydi. Kalit so‘zlar: iqtisodiy termin, o‘zbek tili, terminologiya, neologizm, sinonimiya, polisemiyalik, mablag‘, kredit, lodal, daromad. KIRISH Termin va ularning xususiyatlari dunyo tilshunosligida atroflicha tadqiq qilingan. Uning bir ma’noliligi hamda nisbatan aniq ishlatilish chegaralariga egaligi borasida ko‘pchilik olimlar o‘z ilmiy xulosalariga ega. Zamonaviy tilshunoslikda ham terminlar borasidagi yangicha yondashuvlarni, tadqiqotlarni kuzatish mumkin. Chunki jamiyatning dinamik rivojlanishi natijasida tillararo munosabatlar izchil o‘zgarib bormoqda. Bu o‘zgarishlar tilshunoslikning terminologiya qismiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi. Terminlarning nazariy xususiyatlari hamda tilda tutgan o‘rni ahamiyatli hisoblanadi. Tilshunoslik iqtisodiy terminlarning tuzilishi, ma’no o‘zgarishi, sinonimiya va polisemiyaga oid hodisalarni ilmiy asosda tadqiq etish orqali ularni tizimlashtirish, standartlashtirish va izohli lug‘atlarda yagona shaklda berilishini ta’minlaydi. Shuning uchun tilshunoslik hamda iqtisodiyot sohalari olimlarining terminlar borasidagi tadqiqotlari ushbu mavzuning dolzarb ekanligini asoslaydi. Xususan, iqtisodiy terminologiyaning nazariy xususiyatlari borasida olimlarning qator tadqiqotlarini kuzatish mumkin. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar ADABIYOTLAR TAHLILI Xorij olimlaridan M.Aimenova 1 , Y.Filyasova 2 , L.Aksyutenkova 3 , L.Usmanova 4 va boshqa mutaxassislar iqtisodiy terminologiya xususida nazariy tahlillar keltirib o‘tganlar. O‘zbek tadqiqotchilaridan I.Almardanova 5 , G.Asilova 6 , D.Hamidova 7 , A.Saparov 8 va boshqalar iqtisodiy terminologiya hamda uning lingvistik xususiyatlari xususida izlanish olib borganlar. ASOSIY QISM O‘zbek tilida iqtisodiy terminlarning shakllanishi, ularning til tizimiga kirish jarayoni hamda milliy til me’yorlariga moslashuvi murakkab va bosqichli jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning kengayishi natijasida o‘zbek tilida ham yangi iqtisodiy atamalar paydo bo‘lib bormoqda. Ularning aksariyati rus tili, shuningdek ingliz va boshqa tillaridan o‘zlashgan bo‘lib, semantik moslashuv jarayonida milliy til qoidalariga muvofiqlashib borayotganini kuzatish mumkin. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda tilshunoslik oldida turgan lingvistik masalalar hali to‘liq hal etilmagan bo‘lib, ularni chuqur tahlil va tizimli yondashuv asosida o‘rganish zarurati mavjud. Masalan, marketing, menejment, investitsiya, audit kabi iqtisodiy terminlar hozirda o‘zbek tilining fonetik va grammatik tizimiga moslashib, faol ishlatilmoqda. Shu bilan birga bu terminlarning ekvivalentlari yoki o‘zbekchalashtirilgan variantlarini qo‘llanilishini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, bozorni boshqarish = marketing, boshqaruv = menejment, sarmoya = investitsiya kabi birliklar shular jumlasidan. O‘zbek tilidagi iqtisodiy terminlar tizimida sinonim, polisemiya, qisqartmalar va kalkalash kabi hodisalar ham kuzatiladi. Bu holat bir tomondan terminlarning xalqaro tabiati bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning o‘zbek tilida qo‘llanish jarayonida ma’no ko‘chishlari sodir bo‘layotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, iqtisodiy neologizmlar tarmog‘ida startap, treyding, elektron tijorat kabi birliklar yangi iqtisodiy jarayonlarning til vositasida ifodalanishida muhim o‘rin tutmoqda. Bundan tashqari o‘zbek iqtisodiy terminologiyasi rivojida tarjima masalasi ham muhim o‘rin tutadi. Chunki har bir terminning milliy tildagi muqobili semantik jihatdan to‘liq mos kelmasligi natijasida ma’no tafovutlari yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli iqtisodiy atamalarni standartlashtirish, ularni ilmiy asosda izohli lug‘atlarga kiritish va yagona qo‘llanish me’yorini shakllantirish zarurdir. Hozirgi kunda iqtisodiy terminlarning o‘zbek tilidagi qo‘llanish holati ularning semantik tuzilishi, morfologik shakllanishi va matnda ishlatilish darajasi bilan belgilanadi. OAV, ilmiy maqolalar, darsliklar va elektron nashrlarda kuzatilayotgan terminlar tahlili bu sohaning izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Shuni aytish 1 Aimenova M. Phraseological terminology in the English economic discourse XLinguae, Volume 12 Issue 1, January 2019, ISSN 1337-8384, eISSN 2453-711X 2 Filyasova Y. A. The English Economic Term “Human Capital” and Its Semantic Field in Scientific Discourse. — RUDN Journal of Language Studies, Semiotics and Semantics, 2019. — P. 586–599. 3 Aksyutenkova L. G., Semenova S. N. A Systematic Approach to the Study of Economic Terminology Based on Materials from Journal Articles in English and Russian. — RUDN Journal of Language Studies, Semiotics and Semantics, 2022. — P. 106–121. 4 Usmanova L. A., Sailike Y., Artuchi A. R. Functional Features of Economic Terminology in Modern Scientific Discourse. — EntreLínguas, 2022. — P. 1–12. 5 Almardonova I. Leksik-semantik munosabatlarga koʻra iqtisodiy terminlar tavsifi. Tilshunoslikning amaliy masalalari: zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari, yechimlari, taraqqiyoti va istiqbollari vol.: 1 – 3., 2025 6 Asilova G. A., Shirinova E. T., Iskandarova G. T. Economic terminology of the Uzbek language: sources and methods of development. – Tashkent: Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi, 2023. – E3S Web of Conferences, Vol. 413. 7 Khamidova D. Lexico-Typological Reflection of English Economic Terms in The Uzbek Language. — Texas Journal of Multidisciplinary Studies (ISSN NO: 2770-0003), Vol. 5, 2022. — Published 12-02-2022. 8 Saparov A., Ganiev Sh. V. Formation of Uzbek Economic Terminology International School of Finance, Technology, and Science, Tashkent, Uzbekistan. — ISSN: 2776-0979, Vol.:4, 2023, p. 108.
11 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar kerakki, tilda an’anaviy tarzda avvaldan saqlanib kelayotgan iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida ayrim semantik farqlar kuzatiladi. An’anaviy iqtisodiy atamalarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, hozirgi davr, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida zamonaviy terminlarga ehtiyoj ortishi munosabati bilan iqtisodiy terminlar boyib bormoqda. 1-jadval Iqtisodiy terminlarning o‘zbek tilidagi semantik izohi Termin Lug‘aviy ma’nosi Izohi Daromad foyda, kirim Savdo-sotiq, mehnat, ishlab chiqarish sohalaridan kelib tushadigan sof pul Baho narx, qiymat Biror narsaning pul bilan o‘lchanadigan qiymati; narx. Inflatsiya baholar o‘sishi, aholi turmush darajasining pasayib ketishi tufayli ham yuz beradi Moddiy jism Moddaga oid mol va puldan iborat. Moddiy yordam. Moliyaviy moliyaga oid Pul mablag‘lari va ularni to‘plash, taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan. Moliyaviy masala Mablag‘ naqdina, tayyor pul biror narsa yaratish, qurish, o‘tkazish uchun sarflanadigan ma’lum miqdordagi pul. Aholi o‘z mablag‘larini pul shaklida tutib turishga bo‘lgan xohishini yo‘qotadi va ularni moddiy ne’matlarga sarflaydi Inflatsiya/inflyati ya shishish, ko‘tarilish, bo‘rtib chiqish Muomaladagi qog‘oz pullar massasining taklif qilinayotgan real tovarlar hajmiga nisbatan haddan tashqari ortib ketishi va pulning qadrsizlanishi. O‘rmalovchi inflatsiya. Kredit qarz / ishonmoq Foyda qaytarish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun pul yoki moddiy mablag‘lar berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi; qarz, mablag‘, chiqarilgan pul. Kredit olmoq. Lokal mahalliy Muayyan joyga xos yoki uning chegarasidan chiqmaydigan. O‘zbek tilidagi iqtisodiy terminlarning tizimliligi ularning ma’nosi, ishlatilish doirasi va kontekstga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Jadvalda keltirilgan terminlar milliy tilning morfologik imkoniyatlariga moslashgan bo‘lib, ular hozirda iqtisodiy jarayonlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga zamonaviy terminlar va avval ishlatilgan iqtisodiy atamalar o‘rtasidagi farqni ham sezish mumkin. Masalan, nisbatan eski atamalar sifatida daromad, baho, moliyaviy kabi tushunchalarni belgilab olsak, zamonaviy termin sifatida esa marketing, menejment, startap , elektron tijorat kabi yangi iqtisodiy birliklari foydalanilayotganini kuzatamiz. XULOSA Xulosa qilib aytish mumkinki, iqtisodiy terminlarning o‘zbek tilidagi rivojlanishi ikki asosiy jarayon orqali amalga oshadi: • milliy tilga xos ekvivalentlar orqali so‘zlashuv va yozma matnlarda moslashuv; • xorijiy terminlarning fonetik va grammatik qoidalarga muvofiqlashuvi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy terminlar tilimizda nafaqat ma’no jihatdan aniq va tizimli shakllangan, balki amaliy iqtisodiy jarayonlarni ifodalashda
12 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar muhim vosita hisoblanadi. Zamonaviy terminlar va nisbatan eski atamalar o‘rtasidagi farqlar ularning rivojlanish bosqichlarini, shuningdek, tilga xorijiy ta’sirning darajasini aks ettiradi. Shuningdek, sinonimiya, polisemiyalik, qisqartmalar va kalkalash kabi lingvistik hodisalar terminologiyaning murakkabligini va ularni ilmiy asosda tizimlashtirish zaruratini ko‘rsatadi. Iqtisodiy atamalarni milliy tilga integratsiya qilish, ularni standartlashtirish va izohli lug‘atlarga kiritish tilshunoslik hamda iqtisodiy bilimning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘zbek iqtisodiy terminologiyasi tilning funksional imkoniyatlarini kengaytirib, iqtisodiy jarayonlarni aniq tushuntirish va ilmiy muloqot vositasi sifatida samarali ishlatilishiga xizmat qilishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Aimenova M. Phraseological terminology in the English economic discourse. XLinguae, 12(1). ISSN 1337-8384, eISSN (2019). 2453-711X. 2. Filyasova Y. The English economic term “Human Capital” and its semantic field in scientific discourse. RUDN Journal of Language Studies, Semiotics and Semantics, (2019). Pp. – 586–599. 3. Aksyutenkova, L. & Semenova, S. A systematic approach to the study of economic terminology based on materials from journal articles in English and Russian. RUDN Journal of Language Studies, Semiotics and Semantics, (2022). 106– 121. 4. Usmanova L. Sailike Y. & Artuchi A. Functional features of economic terminology in modern scientific discourse. EntreLínguas, (2022). B. – 1-12. 5. Almardanova I. Leksik-semantik munosabatlarga koʻra iqtisodiy terminlar tavsifi. Tilshunoslikning amaliy masalalari: zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari, yechimlari, taraqqiyoti va istiqbollari (2025). B. – 1-3. 6. Asilova G., Shirinova E., Iskandarova G. Economic terminology of the Uzbek language: sources and methods of development. E3S Web of Conferences, 413. Tashkent: Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi (2023). 7. Khamidova, D. Lexico-typological reflection of English economic terms in the Uzbek language. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 5. Published 12-022022. ISSN 2770-0003 (2022). 8. Saparov A. & Ganiev Sh. Formation of Uzbek economic terminology. International School of Finance, Technology, and Science, Tashkent, Uzbekistan, 4, (2023). – p. 108./ ISSN 2776-0979.