scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINIG IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Mamedova, Maxfuza Erkinovna

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematikadan milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etishning ilmiy-metodik asoslari haqida mulohazalar suningdek, Resbublka ta’lim inspeksiyasi tomonidan milliy o‘quv dasturi loyihasi muhokamasi haqida so‘z yurutamiz.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 93 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17391664 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINIG IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Mamedova Maxfuza Erkinovna Angren universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Annotasiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematikadan milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etishning ilmiy-metodik asoslari haqida mulohazalar suningdek, Resbublka ta’lim inspeksiyasi tomonidan milliy o‘quv dasturi loyihasi muhokamasi haqida so‘z yurutamiz. Kalit so‘zlar. Mulohaza, texnologiya, maqsad vazifa, o‘quv dasturi,ta’lim standarti, boshlang‘ich ta’lim, matematika, bilim va ko‘nikma. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ КАК СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА Мамедова Махфуза Эркиновна Преподаватель кафедры педагогики и психологии Ангренского университета Аннотaтция. В этой статье мы обсуждаем научно-методические основы реализatsiи нatsiональной учебной программы по математике в начальной школе, а также обсуждение проекта нatsiональной учебной программы Республиканской инспекцией образования. Ключевые слова. обратная связь, технология, цели, учебная программа, образовательные стандарты, начальное образование, математика, знания и навыки. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 94 DEVELOPING THE CREATIVE ACTIVITY OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS AS A SOCIAL AND PEDAGOGICAL PROBLEM Mamedova Makhfuza Erkinovna Lecturer, Department of Pedagogy and Psychology, Angren University Annotation. In this article, we discuss the scientific and methodological foundations for the implementation of the national curriculum in mathematics in primary school, as well as the discussion of the draft national curriculum by the Republican Inspectorate of Education. Keywords: feedback, technology, goals, curriculum, educational standards, primary education, mathematics, knowledge and skills. Ma’lumki, xalqning ijodiy qobiliyati uzoq asrlar davomida shakllangan ajdodavlodlarning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim о‘rin egallab kelgan. Ijodiy izlanuvchanlikning inson taqdiridagi ahamiyati shundaki u doimo о‘zining hayotiyligi, ta’sirchanligi, mehr-muruvvatligi bilan Vatanni mustahkamlashga, xalqni birlashtirishga xizmat qiladi. Ijodiy qobiliyat doimo hayot va inson muammolarini moddiy va ma’naviy jihatdan hal etishda о‘z ta’sirchanligini namoyish etadi. Tarbiyaning dolzarb masalalarini yechishda asos bо‘lib xizmat qiladi. О‘zbek xalqining ijodiy izlanuvchanligi tarix tо‘fanlariyu ur yiqitlariga bardosh berib, tajribasinovlardan muvafaqqiyat bilan о‘tib, toblanib, har bir davrda о‘z faoliyatini takomillashtirib, avlodlar tarbiyasida hal qiluvchi rolni о‘ynab keldi. Hayolda qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini tez oson va aniq bajara oladi; - Xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtiradi. “Yoshlikda olingan bilim-toshga o‘yilgan naqsh kabidir’’. Har bir mamlakatning rivojlanishi va taraqqiyotida ilmga chanqoq kelajagi porloq yosh avlodning o‘rni beqiyos. Shunday ekan, bugungi kunda bolajonlarni maktabgacha ta’lim muassasasi yoshidan boshlab mustahkam bilimli, zamon bilan hamnafas va jahon olimpiadalarida ham o‘zini yo‘qotmay, ishonch bilan GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 95 qatnasha oladigan ruhda tarbiyalashimiz zarur. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich yosh avlodning tarbiyasi va kelajagi uchun alohida e’tibor qaratmoqdalar. Bunga misol qilib, kundan-kunga yangicha va jahon bilan raqobatbardosh qilib qurilayotgan va yuksak salohiyatli pedagoglarga ega maktabgacha ta’lim muassasalari, Prezident maktablarini olishimiz ham bejizga emas. Hozirgi kunda zamon varaqlariga muhrlangan Alisher Navoiy, Al-Xorazmiy, AlBeruniydek yuksak ilm va xotiraga ega yosh avlod o‘zining qobiliyatlari bilan bizni lol qoldirmoqda. Hatto 5-6-yoshli bolaning matematik misollarni miyasida kalkulyator kabi hisoblashiga qoyil qolmay iloji yo‘q. Buning imkoni yo‘q deysizmi? Albatta har bir ishning chorasi topilganidek, buning ham iloji bor. Bizga yaqin yillikda kirib kelgan “Mental arifmetika” o‘quvchilarda diqqatni, faollikni, tezkorlik qobiliyatlarni rivojlantiradi. Texnologiyalar rivoji va raqamli iqtisodiyotni chuqur isloh qilish davrida yashayotgan ekanmiz, har bir bolaga kelajak avlodga shu kabi xislatlarni shakllantirishimiz zarur. Mental arifmetika bu - san’at, aql-idrokni shakllantiruvchi dasturdir. Bu dastur yordamida o‘qishda muvaffaqiyatlarga erishish, hayotiy motivatsiyalar yaratish o‘z maqsadlarini aniq qoya olish va olg‘a intilish kabi qobiliyatlar shakllana boradi. Mental arifmetika o‘zi nima - qisqa vaqt oralig‘ida mental arifmetika ancha rivojlanayotgan bo‘lsa-da, biroq hali ko‘pchilikdan bir xil savolni eshitib qolamiz. “Mental arifmetika” o‘zi nima? Buni tushuntirishning oson yo‘li shundaki, masalan sportning istalgan turini olib qaraydigan bo‘lsak, barchasida eng avvalo tanani chiniqtirish mashqlari olib boriladi sportchi jismonan tayyor formaga ega bo‘lishi kerak. Hamda muntazam ravishda sportchilar ana shunday chiniqtiruvchi mashqlarni olib boradi. Hattoki, chempionlar ham doimo sport formalarini saqlash ustida ishlashadi. Tinimsiz mashqlar va ko‘nikmalar asl chempionning siri hisoblanadi. Intellektual yoshlar davrida ham miyamizni ishlatishimiz yuqori natijalarga erishishning muhim omili hisoblanadi. Buning uchun esa, miya faoliyatini rivojlantiruvchi effektiv mashqlar to‘plami zarur. Mental arifmetikaning asosiy g‘oyasi ham aynan bolalarda miya faoliyatini rivojlantirish, qobiliyatlarni paydo qilish, kreativlik ruhida kamol topishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda esa mental GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 96 arifmetika - aqliy gimnastikaning tan olingan turidir. Mental arifmetika dasturi matematik amallarni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o‘rgatadi. Shuningdek, bolada mantiq, tasavvur qilish analitik fikrlash, ijodiy fikrlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu dastur 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning miya faoliyatining rivojlanishiga juda ham yaxshi samara beradi. Shu yoshda bolalar xotirasi barcha darslar va yangiliklarni mukammal darajada saqlay oladi. Dasturda asosiy ishlatiladigan o‘quv vositasi abakusdir. Bu vosita bilan ishlayotganda o‘ng va chap barmoqlarimiz baravar ishlagan holda, miyamizning o‘ng va chap yarimsharlari ham baravar ishlaydi. Natijada miya mushaklari chiniqadi va ma’lumotlarni tezda o‘zlashtirib oladi. Abakusning bolaga beradigan oltita ajoyib foydasi konsentratsiya darajasini oshiradi. Hisoblashda yordam beradigan va arifmetik misollarni tezkor hisoblash usulidir. Abakusda hisoblashda aniqlik zarur. Abakus yordamida oddiy arifmetik amallarni o‘rganish oson. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalar mental arifmetika bilan muntazam ravishda shug‘ullanib borishsa, maktab davrida ularda raqamlarni yozish sonlarni tushunish boyicha muammolar kuzatilmaydi va bu bolalarga matematika asoslari va boshqa fanlarni o‘zlashtirishda juda katta yordam beradi. Ularning kundalik faoliyatlarida konsentratsiya darajasini oshiradi. Nafaqat bu, yanada yaxshi va tezroq hisoblash ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi. Ma’lumki, miyaning ikkita yarim sharlari bor: o‘ng va chap. O‘ng yarim shar tananing chap tomonini, chap yarim shari esa o‘ng tomonini boshqaradi. Aksariyat odamlarda chap yarim shar til va nutqni tartibga soladi, o‘ng yarim shar esa nonverbal, ijodiy qobilyatlarni boshqaradi. Xayolda ishlash usulida abakusni havoda tasavvur qilish metodikasi bolalarga miyadagi muammoning tasviriy ko‘rinishini rivojlantirishga yordam beradi. Intensiv mashg‘ulot orqali bu xotira quvvatini oshirishga yordam beradi. Bolalar abakus yordamida hisoblaganda ularning qo‘llari, ko‘zlari va miyalari birgalikda ishlaydi, miyalarida ko‘rsatilgan harakatlarni eslab qolib, javobni qabul qilishda ikkilanmaydilar. Zero, zamon bilan hamnafas va mustahkam berilgan bilim yuksak marralar poydevoridir. Matematika fani boyicha o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazib g‘oliblarni munosib GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 97 rag‘batlantirish, olimpiada tizimini takomillashtirgan holda sovrindorlarga beriladigan mukofotlarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi. O‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, matematika fanidan bilimlarni baholash boyicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish zarurligi aytildi. Bunday sertifikat egasiga oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishda matematika fanidan maksimal ball beriladi.Yuqori malakali pedagoglar va ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi samarasini oshirish. Matematika insitutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to‘liq mustaqillik berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, Matematika fanining tamal toshini Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ bobolarimiz qoygan. Bu bizning qonimizda bor. Bugun matematikani fanini rivojlantirishdan maqsadimiz - matematika boyicha raqobat muhitini yaratish, sanoat, muhandislik yo‘nalishlari boyicha yetuk kadrlar tayyorlash”,- dedilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, matematikani yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo‘ladi. U nafaqat misol va masalalar yechishda, balki hayotdagi turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qilish, muhokama va muzokara olib borish, ishlarini bosqichma-bosqich bajarish qobiliyatlarini o‘zida shakllantiradi. Matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqeahodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib chiqadi. Zero, matematikani yuksak cho‘qqiga olib chiqish biz yoshlarning qo‘limizdadir. Bejiz aytilmagan: “Matematika fanlar ichra shox-uning sirlaridan bo‘lingiz ogoh”. “Mental arifmetika” kabi o‘quvchilarning fikrlash qobilyatini rivojlantiruvchi, xotirasini mustahkamlovchi innovatsion dasturni olib kirilishi, endilikda ta’limda eski tizimda ishlab bo‘lmasligini, ta’limga yuqoridagidek chet el tajribasida sinalgan innovatsion dasturlarni kiritish zarur ekanligi ko‘rinib qoldi. Arifmetika (lotincha arithmosson) - sonlar, sonli to‘plamlarda berilgan amallar (qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish va bo‘lish)ni o‘rganuvchi fan. Sonlar yordamida beriladigan misol va masalalar o‘ziga xos sodda usullarda yechiladi. Mental arifmetika dastlab Xitoy va yaponiyada o‘ylab topilgan bo‘lib, amalga joriy etilgan. Keyinchalik boshqa GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 98 mamlakatlarga ham kirib kelgan. Ushbu dastur 4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni abakus yordamida hayolda hisoblashga, hamda o‘ng va chap qo‘l barmoqlari bir vaqtda tez harakatlanishi miya o‘ng va chap yarim sharlarining uyg‘unlikda ishlashiga asoslangan aqlning rivojlantirishning o‘ziga xos uslubidir. Mental arifmetika bilan shug‘ullangan bolaning miyasida quyidagi jarayon sodir bo‘ladi. Abakusda oddiy amal bajarish jarayonida miyaning chap qismi neyronlarda hisoblash amali bajarilishiga javob beradi, o‘ng qismi esa motorika uchun,ya’ni qo‘l harakatlarini boshqaradi. Miya o‘rtasi esa raqamlarni eshtishni o‘z boshqaruvi ostida ushlab turadi. Shu sababdan mental arifmetika bilan shug‘ullangan bolalarda miyaning o‘ng va chap yarim sharlari birgalikda faoliyat olib boradi. Bu mashg‘ulot bilan shug‘ullangan bolalar nafaqat matematika, balki boshqa fanlarni ham mukammal o‘zlashtira boshlaydi. Ularning xotirasi mustahkamlanadi. Mental arifmetikani o‘rgatishda bir qancha o‘quv qo‘llanmalari mavjud bo‘lib, ularda asosan bolaning yoshidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan, ya’ni ular bosqichma – bosqich murakkablashib boradi. Avval turli xil shakillar bilan ifodalanadi, keyin esa raqamlar, formulalar aks etadi. Misol uchun: Artur Benjamin va Mixail Shermerlarning “Mental arifmetikaning sirlari” kitobi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mental arifmetika dasturi bilan shug‘ullangan bolalarda quyidagi qobilyatlar rivojlanadi: - Diqqatni jamlay oladi; - Ijodiy fikrlash qobilyati ortadi; - Tasviriy xotira kuchayadi; - Tinglash va kuzatuv shakllanadi; - O‘qish va anglash qobiliyati yaxshilanadi; Ijodiy qobiliyat о‘zbek xalqining milliy urf-odatlari bilan bevosita bog‘liqdir. U xalqning dardi, millat manfaati va ehtiyojini qо‘llab-quvvatlaydi. Kishilarning о‘zini anglashga ta’sir qiladi. Xalqimizning urf-odatlari, an’analari haqidagi bilim, malaka va boy tajribalarini kelgusi avlodga о‘tishda kо‘prik bо‘lib xizmat qiladi. Ijodiy qobiliyat hayotning barcha sohalarida kishilarning xulq-atvorida ijtimoiy vazifasini bajarish bilan birga axloqiy tarbiya tamoyillaridan biridir. Ijodiy qobiliyatо‘zbek xalqining qadriyatlaridan hisoblanib, insonlarning jamiyatda, oilada, mehnatda, bir-birlariga munosabatda va о‘z-о‘zlariga munosabatidagi meyorlar va qoidalarning yig‘indisi. Ijodiy qobiliyatdavlat organlari tomonidan himoya qilinadigan GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 99 va nazorat qilinadigan huquq meyorlaridan (qonunlardan) farqlash lozim. Ijodiy qobiliyatkishining xatti-harakatida, uning jamiyatga, mehnatga, oilaga, jamoaga munosabatida о‘z ifodasini topadi. Ijodiy qobiliyatkishining axloqiy meyorlarini chuqur anglashi (bilishi) va ularga sо‘zsiz amal qilishidir. Ijodiy qobiliyatinsonning shaxsiy qarashlariga, e’tiqodlariga va odatdagi xulq-atvor shakllarini belgilovchi prinsiplariga aylanadi. Ijodiy izlanuvchanlik–bu Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy faoliyatini mental arifmetika misolidaxulq-atvorning ijtimoiy qimmatli sifatlarini shakllantirishni va ularning о‘zaro bir-birlariga, oilaga, boshqa insonlarga, Vatanga, mehnatga, jamiyatga munosabatlarini aniqlaydigan va aniq maqsadga yо‘naltirilgan faoliyatdir. Ijodiy qobiliyat nafaqat Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy faoliyatini mental arifmetika misolidaaxloqiy bilimlarni hosil qilishni kо‘zda tutadi, balki bu meyorlarni shaxsning qarashlariga va e’tiqodlariga aylanib, uning odatdagi xulq-atvor shakllari belgilashini nazarda tutadi. Shuni aytish kerakki, boshlang‘ich ta’lim inson hayotida birinchi ijtimoiy bosqichdir. Chunki boshlang‘ich ta’lim bolalarning yoshligidanoq ularning ongi, irodasi, sezgisiga yо‘nalish beradi. Kattalarning g‘amxо‘rligida bola о‘z hayotiy tajribasini tо‘plab boradi, о‘zini о‘rab turgan atrof muhitdagi boshlang‘ich oddiy tushunchaga jamiyat hayotidagi bilim va kо‘nikmaga ega bо‘la boradi. Bolaning haqiqiy ijodiy izlanuvchan sofdil va adolatli mard va olijanob raxmdil, о‘z Vatanning vatanparvar, mehnatsevar va yaratuvchi bо‘lishi uning boshlang‘ich ta’lim bosqichida egallagan bilimi va tarbiyasiga bog‘liq. Shunga kо‘ra boshlang‘ich ta’lim oldida turgan vazifa juda jiddiy ulkan ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ta’lim bolaning о‘z hayotini jamiyat manfaati bilan bog‘lab borishi, ichki munosabatlardan ijtimoiy munosabatlarga о‘tishi, oldiga qо‘yilgan hayotiy maqsadlari esa jamiyat maqsadlari bilan mushtarak bо‘lishiga erishmog‘i kerak. Buning uchun boshlang‘ich ta’lim pedagogik jamoasi bolalarga bilim berish bilan birga murakkab tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishlari lozim. Boshlang‘ich ta’lim mazmunida bolalarni mehnat, ijtimoiy va shaxsiy hayotga tayyorlashga zarur bо‘lgan hamkorlik, samimiyat GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 100 va о‘zaro yordam natijasida yosh avlodni tarbiyalashga alohida ahamiyat berilgan. Boshlang‘ich ta’lim shaxsning shakllanishida u о‘sib voyaga yetadigan shartsharoitlarida muhim rol о‘ynaydi. Yosh avlodni ijodiy izlanuvchan, vatanparvar shaxs bо‘lib shakllanishida boshlang‘ich ta’lim mas’uliyati alohida ajralib turadi. Jamiyatimiz tuzumi ma’naviy-siyosiy birligini ijtimoiy tarbiyaning maqsadlariga tо‘la mos ekanligini belgilaydi. Bolalar faoliyatini oqilona tashkil eta bilgan о‘qituvchi katta yutuqlarga erishishi mumkin. Buning uchun о‘qituvchilar tarbiyaning mohiyatini vazifasini, avvalo о‘zlari yaxshi tushungan holda bolalarning о‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib ularga ijobiy ta’sir kо‘rsata olishni bilishlari zarur. Ijodiy izlanuvchanlikni shakllantirishning muhim vazifasi tarbiyalanuvchiga о‘zining hayotiy individual uslubini, faoliyat va munosabatga kirishishiga yordam berishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun о‘qituvchi psixiodiagnostik metodika va ba’zi kо‘nikmalarga ega bо‘lishi hamda о‘quvchilarni g‘amxо‘rlik, sadoqat о‘zini-о‘zi anglash vositalari bilan qurollantirishlari zarur. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy faoliyatini mental arifmetika misolidaijodiy qobiliyatni shaklllantirish uning aqliy faoliyat yuritish uslublarini egallash darajasigagina emas, о‘ziga va uni qurshab turgan turg‘un munosabatlar tizimiga ham bog‘liq. О‘qituvchi Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy faoliyatini mental arifmetika misolidaijodiy qobiliyatni shakllantirishda aynan shu jihatlarga e’tibor berishi kerak. О‘quvchilarning о‘zini о‘rab turgan muhitidagi qulay holati uning normal rivojlanishini ta’minlaydi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy faoliyatini mental arifmetika misolidaijodiy qobiliyatni shakllanishda ijtimoiy omillar bilan bir qatorda maqsadga yо‘naltirilgan ta’lim-tarbiya muhim о‘rin tutadi. О‘quvchining о‘zini-о‘zi boshqarishga qaratilgan faoliyati ham muhim omillardan ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Faoliyat deganda о‘quvchi shug‘illanadigan turli mashg‘ulotlar tushuniladi. О‘quvchining bir butun har tomonlama rivojlanishi, borliqqa bо‘lgan GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 101 munosabati uning faoliyati jarayonida tarkib topadi. О‘quvchi faoliyatining asosiy turi о‘qish bо‘lib, unda ijodiy izlanuvchanlikning rivojlanishi ushbu faoliyat turining tо‘g‘ri tashkil etilishi va maqsadga muvofiq yо‘naltirilishiga bog‘liq. Psixologiyada 7-10 yoshdagi maktab о‘quvchilarining yoshlari kech yoki erta ulg‘ayish tarzida ifodalanadi. Bunda muayyan, aniq terminning yо‘qligining о‘zi yoshlarning psixologik xarakteristikasining murakkabligi va bir xil emasligidan dalolat beradi. qoida bо‘yicha aynan shu yoshda о‘quvchilar Boshlang‘ich sinf, psixologik va oliy psixik funksiyalar: qabul qilish, diqqat, xotira, tafakkur, nutq, his-hayajonlarda о‘z rivojlani-shining yuqori pog‘onasiga kо‘tariladi . Ayniqsa, boshlang‘ich sinfda о‘qish davrida Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy faoliyatini mental arifmetika misolidafaoliyat-larning rivojlanishi, turli sohalarga qiziqishi kuchayishi shuningdek, ularning his-hayajon doirasi tez rivojlanishi aniqlagan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ijodiy faoliyatini mental arifmetika misolidaijodiy qobiliyatni shakllantirishda har bir о‘qituvchi quyidagi shartlarni e’tiborga olishi lozim: -jamiyatning tarixiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini baholay olish. -muayyan jamiyatda yashash uchun kishi qanday sifatlarga ega bо‘lishini aniqlay olish. -demokratiyalashgan sharoitda yashash va undan demokratik asosda foydalanish kо‘nikmasiga ega bо‘lish; bu har xil nuqtai nazarlarni qabul qila olish, turli kelishmovchiliklarni demokratik asosida insonparvarlik, munozara yо‘li bilan hal etish, -о‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda aniq bayon eta olish, fikrini isbotlay olish, sо‘zlashish, boshqalarni eshitish va ishontira olish kо‘nikmalariga ega bо‘lish; -bilim egallashga ehtiyojni sezish va о‘z bilimi va qobiliyatini namoyon qila olish kо‘nikmasiga egalik bо‘lishi; о‘qish va jamoa ishlarida faol ishtirok etish, ishga ijodiy munosabatni shakllantirish;