scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TASVIRIY SAN'AT FANLARIDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANIB OROL DENGIZINING EKOLOGIK MUAMMOSINI AKS ETTIRISH

Abdumajitov Avazjon Shuhrat o'g'li

Abstract

Ushbu maqola tasviriy san‘at fanlarida grafik dasturlardan (Sketchbook) foydalanib, Orol dengizining ekologik muammosini aks ettirishni o‘rganadi. Birinchi rasm (Quruqlikdagi qayiq va yosh ayol) tahlil qilinib, raqamli san‘atning qurg‘oqchilik, ijtimoiy ta‘sir va ekologik xabardorlikni ifodalashdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola grafik dasturlarning global ta’sirini va ta’limdagi qo‘llanilishini ta’kidlaydi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 10 TASVIRIY SAN'AT FANLARIDA GRAFIK DASTURLARDAN FOYDALANIB OROL DENGIZINING EKOLOGIK MUAMMOSINI AKS ETTIRISH Abdumajitov Avazjon Shuhrat o‘g’li Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17392257 Annotatsiya. Ushbu maqola tasviriy san‘at fanlarida grafik dasturlardan (Sketchbook) foydalanib, Orol dengizining ekologik muammosini aks ettirishni o‘rganadi. Birinchi rasm (Quruqlikdagi qayiq va yosh ayol) tahlil qilinib, raqamli san‘atning qurg‘oqchilik, ijtimoiy ta‘sir va ekologik xabardorlikni ifodalashdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola grafik dasturlarning global ta’sirini va ta’limdagi qo‘llanilishini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: orol dengizi, ekologik falokat, raqamli san‘at, grafik dasturlar, sketchbook, ekologik ta’lim. Аннотация. Эта статья исследует представление экологических проблем Аральского моря с использованием графического ПО (Sketchbook) в изобразительном искусстве. Анализируется первое изображение (Лодка на суше и молодая женщина), подчеркивая потенциал цифрового искусства в выражении засухи, социального воздействия и экологической осведомленности. Исследование акцентирует глобальное влияние и образовательное применение графических инструментов. Ключевые слова: Аральское море, экологическая катастрофа, цифровое искусство, графическое ПО, Sketchbook, экологическое образование. Abstract. This article analyzes the pedagogical essence of independent learning in the higher education system and its transformation in the modern digital environment. The role of independent learning is reconsidered based on the limitations of traditional approaches and the opportunities offered by digital technologies. The article examines modern educational theories such as constructivism and connectivism as the foundation for a new paradigm of independent learning. Advanced methodologies like the "flipped classroom," project-based learning, gamification, and their integration mechanisms with digital tools are highlighted. Furthermore, a didactic model developed and tested through a pedagogical experiment in the field of fine arts ("Painting") is presented, with its effectiveness substantiated by statistical data. The conclusion emphasizes that digital integration fundamentally changes the essence of independent learning, transforming it into a central process for developing the core competencies of a 21st-century specialist. Keywords: Keywords: Aral Sea, ecological disaster, digital art, graphic software, Sketchbook, environmental education. Orol dengizi – Markaziy Osiyoning ekologik falokati bo‘lib, 1960-yillardan beri suvning haddan tashqari olinganligi natijasida 90% qurib qolgan. Bu muammo tabiatni vayron qildi, baliqchilik sanoatini yo‘qotdi va mahalliy aholiga sog‘liq va iqtisodiy zarar yetkazdi. Orol dengizi okean sathidan 53m balandlikda, Markaziy Osiyo cho‘llarining markazida joylashgan. 1960-yillargacha u, maydoni bo‘yicha, dunyodagi to‘rtinchi eng katta (64,500 km²) ko‘l INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 11 hisoblangan va uning o‘rtacha chuqurligi-16m, eng chuqur nuqtasi esa 68m ni tashkil etgan. Orol dengizi mintaqasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz Markaziy Osiyo uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida ushbu muammoni hal qilishga alohida e'tibor qaratilib, kompleks va tizimli yondashuv asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentning tashabbusi bilan Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha bir qator strategik dasturlar va loyihalar ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etilmoqda.1 Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi (2017-2021): Mintaqani ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha 1,2 milliard dollardan ortiq mablag' yo‘naltirildi. Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi (2017-2021) 1 O‘zining tarixi mobaynida, Orol dengizi sathi goh ko‘tarilib goh pasayib turgan. Uning tubidan daraxt qoldiqlari aniqlangan va Kaznozoy davrida u Kaspiy dengizi bilan bog’langan edi.Orol dengiziga Markaziy Osiyoning ikki eng katta daryosi-Amudaryo va Sirdaryo suvlari quyilgan. Ushbu daryo suvlaridan irratsional foydalanish, shunindek, 70-yillarda Amudaryoning Orol dengiziga quyilishini to‘sib qo‘yilishi, Orol dengizi qurishining asosiy sabablari hisoblanadi. So‘nggi 30-40 yillar mobaynida, dengiz sathi keskin pasaydi. XX asrning 50-60 yillarida dengiz sathi Boltiq balandlik tizimi bo‘yicha 53,5m ni tashkil etgan. Orol dengizi suvi sathining o‘zgarishi 1970-yildan (o‘shanda suv sathi 2.4 m pasaygan) boshlab izchil o‘rganilgan. 2009-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Orol dengizining markaziy qismining butunlay qurishi kuzatildi. Ushbu davrda uning maydoni atigi 11,800 kv.km.ni, umumiy suv hajmi esa1960 yilgi suv hajmining 10%ni tashkil etgani qayd etildi. Hozirgi kunda Orol dengizi uchta alohida suv havzasiga (akvatoriy) bo‘lingan: shimoliy Kichik dengiz, Katta dengizning G’arbiy va Sharqiy havzalari. Orol suvining sho‘rlanishi, dengiz hayvonot olamining keskin pasayishga olib keldi va uning sayozlanishicho‘llanish va iqlim o‘zgarishini keltirib chiqardi. 2 Chang bo‘ronlari va sog'liq uchun xavflar: Qishloq xo‘jaligi kimyoviy moddalari va tuzga boy dengiz tubi kuchli chang bo‘ronlarini keltirib chiqardi, bu esa mahalliy aholi orasida nafas olish va boshqa sog'liq muammolarini keltirib chiqardi.Aholi salomatligi bilan bog'liq muammolar: Dengiz tubining qurib ketishi natijasida yuzaga kelgan chang bo‘ronlari havoga zararli kimyoviy moddalar va tuzlarni chiqarib, atrofdagi hududlarda yashovchi aholi orasida nafas olish kasalliklari va boshqa sog'liq muammolarini keltirib chiqardi. Ochiq dengiz tubi havoga ko‘p miqdorda zaharli kimyoviy moddalar, jumladan pestitsidlar va o‘g‘itlarni uchurdi. Bu ifloslantiruvchi moddalar bronxit va sil kabi respirator kasalliklarning rivojlanishiga hissa qo‘shib, mintaqadagi 3 millionga yaqin aholining sog'lig'iga ta'sir qildi. Suv manbalarining ifloslanishi tufayli kamqonlik va buyrak kasalliklari ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada oshdi. Migratsiya va ijtimoiy buzilish: Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yomonlashgani sababli,ko‘plab odamlar o‘z uylaridan ko‘chib ketishga majbur bo‘ldilar, natijada ijtimoiy va iqtisodiy buzilishlar yuzaga keldi. Baliqchilik sanoatining tanazzulga uchrashi mahalliy aholi uchun katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keldi. Orol dengizi atrofidagi ayrim hududlarda ishsizlik darajasi 60 foizga yetib, qashshoqlik va migratsiyaga olib keldi. Xalqaro aralashuv: Muammoning jiddiyligini tan olgan holda, xalqaro hamjamiyat, jumladan Jahon banki va 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PF-5041-son "2017-2021-yillarda Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni. 2 https://karakalpakstan.travel/aral-sea/?lang=uz INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 12 Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi tashkilotlar Orol dengizi inqirozini hal qilish uchun moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatdi. To‘g‘on va kanallar qurish: dengizga suv oqimini tiklash uchun turli suv xo‘jaligi loyihalari, jumladan, Ko‘k-Orol va Qoraqum kanallari, Orol dengizini uzoqdagi manbalardan suv bilan to‘ldirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirildi. O‘rmonlarni qayta tiklash va suv-botqoq erlarini tiklash: qurg'oqchilikka chidamli o‘simliklarni ekish va qisqarayotgan dengiz atrofida botqoq yerlarni tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlar amalga oshirildi, bu ekotizimni barqarorlashtirishga va chang bo‘ronlarini yumshatishga yordam berdi. Atrofmuhitni muhofaza qilish kompaniyalari: Orol dengizi inqirozi haqida xabardorlikni oshirish va ekologik toza amaliyotlarni targ'ib qilish uchun ta'lim dasturlari, jamoatchilikni jalb qilish va barqaror rivojlanish tashabbuslari amalga oshirildi. 3 Tasviriy san'at fanlarida grafik dasturlar, masalan Sketchbook, bu muammoni vizual va emotsional darajada ifodalashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqola birinchi rasmni (Quruqlikdagi qayiq va yosh ayol) tahlil qilib, raqamli san‘atning ekologik xabardorlikni oshirishdagi imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. 1-rasm.Orol fojeasi Birinchi rasmda qurib qolgan quruqlikda turgan eski qayiq va uning oldida qizil ro‘mol kiygan yosh ayol tasvirlangan. Ayol qo‘lida bo‘sh suv idishi tutib, orqa fonda tuman va chang bo‘roni, shuningdek, quruqlikka aylangan holat ko‘rinadi. Sketchbook dasturida yaratilgan bu rasmda jigarrang va sariq tonlar qurg‘oqchilikni, shaffof qatlamlar esa vaqt o‘tishi bilan dengizning yo‘qolishini aks ettiradi. 4 Qayiq o‘tgan kunlardagi baliqchilikni, ammo endi suvsiz qolganligini anglatadi – bu Orolning 34 turi baliqning yo‘qolishini ramziylashtiradi. 3 Toshpo‘latova, M., Adirboyeva, Sh., & Bakirov, I. (n.d.).Orol dengizi suvi va ekologik ta'siri [Orol dengizi inqirozi va uning ekologik ta'siri] . Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.15074287 4 https://yangi.cspu.uz/kutubxona/avazjon-abdumajitov-ijodiy-ishlar-katalogi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 13 Ijtimoiy ta‘sir: Ayol va uning bo‘sh idishi mahalliy aholining, ayniqsa ayollarning, suv tanqisligidan aziyat chekishini ko‘rsatadi; tuzli suvlar sog‘liqqa tahdid solmoqda. Texnik imkoniyatlar: Qatlamli tahrirlash va gradientlar orqali rasm dinamik effektga ega bo‘lib, tomoshabinni O‘rolning o‘tgan va hozirgi holatini solishtirishga undaydi. Raqamli san‘at interaktivligi (zoom va animatsiya) xabarni kuchaytiradi. “Kelajak o‘qituvchisi” konsepsiyasi doirasida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining raqamli savodxonligini oshirish uchun ochiq kodli va bepul grafik dasturiy ta’minotni (Krita, Sketchbook) ta’lim jarayoniga integratsiyalash yahshi natijalar bermoqda. 5 Sketchbook kabi grafik dasturlar tasviriy san‘atda ekologik muammolarni ifodalashda inqilobiy vosita. Birinchidan, qatlamli tuzilish orqali vaqt o‘tishi va yo‘qotishning murakkabligi ko‘rsatiladi. Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti San‘atshunoslik fakulteti, Tasviriy san‘at va dizayn kafedrasining o‘qituvchisi Abdumajitov Avazjon Shuhrat o‘g‘li tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-sonli “2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asoslanib, “Yoshlar Orolni asraydi” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazma tanlovi e‘lon qilindi. Ushbu tadbir ta’lim muassasalarida ekologik ongni oshirish, yosh avlodni atrofmuhit muammolariga jalb qilish va barqaror rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib qilish orqali ekologik ta’limni sifatli va samarali rivojlantirishda muhim hissa qo‘shdi.Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. “Eng yaxshi rangtasvir asari” nominatsiyasi bo‘yicha:1-o‘rin: Xabibullin Maqsud Marsovich,2-o‘rin: Komilova Ozodaxon Erkinjon qizi TSMG 21/2-guruh, 3-o‘rin: To‘xtayeva Malika O‘tkir qizi TSMG 21/2guruh, ”Eng yaxshi grafik ish” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin: Abdumajitova Nargiza Kamoliddin qizi TSMG 22/2-guruh, 2-o‘rin: Nizomova Sevinch Shokir qizi 23/2-guruh, 3o‘rin: Unarova Nazokat va Tillaboyeva Daureya 21/1-guruh”Eng yaxshi instalyatsiya” nominatsiyasi bo‘yicha o‘rin: Abdurasulov Shaxboz Sherali o‘g‘li va Raximjonov Sanjar Zoxid o‘g‘li TSMG 22/2-guruh,2-o‘rin: Serikova Nazerke Bostanbek qizi TSMG 22/1-guruh 3-o‘rin: Amanova Madina Yerg‘ali qizi 21/1-guruh,”Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin: Qudratova Nozliya Ilxom qizi TSMG 23/1-guruh, 2-o‘rin: Baxromova Dilfuza Akromjonovna TSMG 23/1-guruh, 3-o‘rin: Xurramova E’zoza Sherzod qizi TSMG 23/1-guruh Aytxujayeva Aygul Abdurasil qizi 21/1-guruh sertifikat bilan taqdirlandi. 6 5 Abdumajitov, A. S. (2025, June). Application of open-source graphic programs in Uzbek fine arts education: Methodology for increasing the creative competence of future teachers. Modern American Journal of Linguistics, Education, and Pedagogy, 1(3), 400–406. https://www.researchgate.net/publication/393050503 6 «Yoshlar Orolni asraydi» rasmlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi - Chirchiq davlat pedagogika universiteti INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 14 2-rasm Orol dengizi qurilishini grafik dasturlarning imkoniyatlaridan foydalanib muvaffaqiyatli aks ettirdi va bu orqali ekologik falokatning ijtimoiy va tabiiy oqibatlarini aniq va ta’sirli tarzda ko‘rsatdi. Ushbu tanlov nafaqat muammoning dolzarbligini anglatishga yordam berdi, balki global miqyosda ekologik ongni oshirishga xizmat qildi. Bu tashabbus yoshlarning ekologik mas’uliyatni o‘zlashtirishiga va mahalliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishga hissa qo‘shishi mumkin. Shu bilan birga, hukumat va xalqaro tashkilotlar grafik san‘at loyihalarini moliyalashtirish orqali ekologik ta’limni maktab darajasida mustahkamlashi zarur, chunki bu loyihalar atrof-muhit muammolarini tushunarli va jozibador tarzda targ‘ib qilish imkonini beradi. Grafik dasturlarni tasviriy san‘at fanlariga joriy etish global muammolarni hal qilishda muhim o‘rin tutishi mumkin, chunki u nafaqat estetik ta’sir ko‘rsatadi, balki ilmiy ma’lumotlarni ommaboplashtirish va jamoatchilikni jalb qilish orqali barqaror rivojlanishga xizmat qiladi. Shu tarzda, san’at va texnologiyani birlashtirgan usullar Orol dengizi kabi global ekologik inqirozlarni hal qilishda yangi yondashuvlar va yechimlarni taklif etishi, shu bilan birga kelajak avlodlarni mas’uliyatli ekologik xatti-harakatlariga undashi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son. https://lex.uz/docs/5841063. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF5847-son Farmoni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019-y., 06/19/5847/3887-son. https://lex.uz/docs/4545884. 3. Toshpo‘latova, M., Adirboyeva, Sh., & Bakirov, I. (n.d.).Orol dengizi suvi va ekologik ta'siri [Orol dengizi inqirozi va uning ekologik ta'siri] . Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.15074287 4. Avazjon Abdumajitov Ijodiy ishlar katalogi.2024 https://yangi.cspu.uz/kutubxona/avazjonabdumajitov-ijodiy-ishlar-katalogi 5. Abdumajitov, A. S. (2025, June). Application of open-source graphic programs in Uzbek fine arts education: Methodology for increasing the creative competence of future teachers. Modern American Journal of Linguistics, Education, and Pedagogy, 1(3), 400–406. https://www.researchgate.net/publication/393050503 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 15 6. «Yoshlar Orolni asraydi» rasmlar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi - Chirchiq davlat pedagogika universiteti 7. Oʻgʻli, a. S. A. (2023). Tasviriy sanʼat mashgʻulotlarida grafik dasturlar vositasida tasvir ishlashning dolzarbligi va ahamiyati. Science and innovation, 2(Special Issue 10), 19-23.