TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARIDA MANZARA KOMPOZITSIYASINI TUZISH VA TASVIRLASH KOMPETENSIYALARINI IJODIY RIVOJLANTIRISH
Abstract
Ushbu ilmiy maqola tasviriy san’at o‘qituvchilarining manzara kompozitsiyasini tuzish va tasvirlash bo‘yicha ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik va amaliy asoslarini tizimli tahlil etishga bag‘ishlangan. Tadqiqot manzara janrining o‘ziga xos xususiyatlari, kompozitsion qonuniyatlar, rangshunoslik va perspektiva tamoyillari hamda pedagogik yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligiga ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yondashadi. Maqolada o‘qituvchining badiiy-ijodiy mahoratini doimiy oshirib borishning zarurati asoslanib, bu jarayonda mustaqil ijodiy izlanishlar, ayniqsa, plener mashg‘ulotlarining o‘qituvchi va o‘quvchilar kompetensiyasini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 28 TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARIDA MANZARA KOMPOZITSIYASINI TUZISH VA TASVIRLASH KOMPETENSIYALARINI IJODIY RIVOJLANTIRISH 1Baxriyev Ilhomjon Saidazimovich, 2Rizvanova Dilso‘z Kahhorovna 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2Chirchiq shahar tarixi muzeyi katta ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.17392298 Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola tasviriy san’at o‘qituvchilarining manzara kompozitsiyasini tuzish va tasvirlash bo‘yicha ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik va amaliy asoslarini tizimli tahlil etishga bag‘ishlangan. Tadqiqot manzara janrining o‘ziga xos xususiyatlari, kompozitsion qonuniyatlar, rangshunoslik va perspektiva tamoyillari hamda pedagogik yondashuvlarning o‘zaro uyg‘unligiga ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yondashadi. Maqolada o‘qituvchining badiiy-ijodiy mahoratini doimiy oshirib borishning zarurati asoslanib, bu jarayonda mustaqil ijodiy izlanishlar, ayniqsa, plener mashg‘ulotlarining o‘qituvchi va o‘quvchilar kompetensiyasini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Аннотация. Данная научная статья посвящена системному анализу теоретикометодологических и практических основ развития творческих компетенций преподавателей изобразительного искусства в построении и изображении пейзажной композиции. В исследовании с научно-педагогической точки зрения рассматриваются особенности жанра пейзажа, композиционные закономерности, принципы колористики и перспективы, а также взаимосвязь педагогических подходов. В статье обосновывается необходимость постоянного повышения художественно-творческого мастерства преподавателя, при этом особое внимание уделяется роли самостоятельных творческих поисков, в частности пленэрных занятий, в формировании компетенций как преподавателей, так и учащихся. Annotation. This scientific article is dedicated to a systematic analysis of the theoretical, methodological, and practical foundations for developing the creative competencies of fine arts teachers in constructing and depicting landscape compositions. From a scientific and pedagogical perspective, the study examines the specific features of the landscape genre, compositional principles, color theory, and perspective, as well as the interrelation of pedagogical approaches. The article substantiates the necessity of continuously improving teachers’ artistic and creative skills, with special emphasis on the role of independent creative exploration, particularly plein air activities, in shaping the competencies of both teachers and students. Kalit so‘zlar Manzara, kompozitsiya, ijodiy kompetensiya, pedagogika, tasviriy san’at, yorug‘-soya, rangshunoslik, perspektiva, plener, kompozitsion markaz. Kirish Bugungi O‘zbekiston san’at ta’limi tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodni nafaqat kasbiy bilimlar bilan qurollantirish, balki ularning
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 29 estetik didini, badiiy tafakkurini va ijodiy salohiyatini ham yuksaltirishga qaratilgan. Ushbu jarayonning markazida turgan tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik kompetensiyalari bu boradagi muvaffaqiyatlarni belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. O‘qituvchining kasbiy mahorati nafaqat nazariy bilimlarni еtkazib berish, balki amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda shaxsiy namuna bo‘la olish bilan ham belgilanadi. Ayniqsa, tasviriy san’atning eng murakkab va serqirra janrlaridan biri bo‘lgan manzara tasvirida o‘qituvchining kompozitsion va tasviriy mahorati talabalarning estetik didini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Manzara – tabiat go‘zalligini, uning cheksiz holatlarini, yorug‘lik va ranglarning o‘zaro o‘yinini aks ettiruvchi murakkab janr hisoblanadi. Bu janrda asar yaratish uchun o‘qituvchidan yuksak darajadagi kompozitsion, rangshunoslik va perspektivaga oid bilimlar, shuningdek, tabiatni chuqur his qilish va uni badiiy til orqali ifodalash qobiliyati talab etiladi. Ushbu maqolaning maqsadi – tasviriy san’at o‘qituvchilarining manzara kompozitsiyasini tuzish va tasvirlash bo‘yicha ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali yo‘llarini ilmiypedagogik jihatdan o‘rganish, tahlil qilish va tizimlashtirishdan iborat. Bu tadqiqot, o‘z navbatida, manzara rangtasvirini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi Tadqiqotning nazariy-metodologik asosi sifatida tasviriy san’at, pedagogika va san’atshunoslik sohalariga oid fundamental adabiyotlar tahlil etildi. Xususan, G. V. Bedaning "Живопись и ее изобразительные средства" asarida rangtasvirning tasviriy vositalari, tonal va rang munosabatlariga oid qonuniyatlar atroflicha yoritilgan. Bu asar orqali manzara tasvirida yorug‘lik va soya yordamida hajm, fazo va masshtabni to‘g‘ri ifodalash bo‘yicha ilmiy xulosalar olindi. A. S. Zaytsevning "Наука о цвете и живописи" kitobi rangshunoslikning ilmiy asoslarini chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Uning rang doirasi, ranglarning psixologik ta’siri va uyg‘unligi haqidagi nazariyalari manzara asarining emotsional koloritini yaratishda muhim metodologik manba bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, L. S. Konevaning "Пейзаж, натюрморт. Учимся рисовать" asarida manzara va natyurmort ustida ishlashning bosqichma-bosqich yondashuvlari bayon etilgan bo‘lib, bu o‘qituvchilarning amaliy mahoratini oshirishda muhim manba hisoblanadi. Ayniqsa, manzara tasvirini yoritishda foydalaniladigan chiziqli va havo perspektivasi qonuniyatlari, bu haqda D. I. Kiplik o‘zining “Техника живописи” asarida batafsil ma'lumot beradi. Tadqiqotda san’at asarini tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, hamda pedagogik tajribalarni o‘rganish usullaridan foydalanildi. Metodologiyaning asosini o‘qituvchining nafaqat bilim egasi, balki ijodkor, tadqiqotchi va amaliyotchi sifatida doimiy rivojlanish konsepsiyasi tashkil etadi. Bu tamoyil o‘qituvchining shaxsiy ijodiy amaliyotini o‘quv jarayoniga integratsiya qilish g‘oyasiga asoslanadi. Muhokama va natijalar Manzara kompozitsiyasini tasvirlash o‘qituvchidan bir necha asosiy kompetensiyalarni talab qiladi. Ular orasida eng muhim bo‘lganlari: kompozitsion, rangshunoslik va pedagogik kompetensiyalardir. Har qanday manzara asarining muvaffaqiyati uning kompozitsiyasiga, ya’ni tasviriy elementlarning ma’lum bir tizimda o‘zaro bog‘lanishiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘quvchilarga manzara elementlarini (osmon, еr, daraxtlar, uylar va boshqalar) kompozitsiyani to‘g‘ri joylashtirishni o‘rgatishi kerak. Bu jarayon kompozitsion qonuniyatlarga, jumladan, oltin kesim, ritm, balans va kontrast tamoyillariga asoslanadi. O‘qituvchi simmetrik va asimmetrik, nazariy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 30 ma’lumot berishi, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda kompozitsiyani to‘g‘ri qurishni namoyish etishi zarur. Manzara asarida old, o‘rta va orqa planlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘g‘ri tushuntirib berish muhimdir. Manzara tasvirining emotsional koloritini yaratishda rangshunoslik va yorug‘likni to‘g‘ri tahlil qilish kompetensiyalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘qituvchi yorug‘lik manbaini aniqlab, uning ta’siri ostida vujudga keladigan yorug‘lik (svet), yarim soya (полутень), o‘z soyasi (собственная тень) va tushgan soya (падающая тень) kabi tonal o‘zgarishlarni ishonarli tasvirlashni o‘rgatishi zarur. Bu jarayon yorug‘likning fizik xususiyatlariga asoslanadi. Manzarada havo perspektivasining ahamiyati beqiyosdir. O‘qituvchi masofaga qarab ranglarning o‘zgarishini, ya’ni uzoqdagi ob’ektlarning ranglari sovuq tuslarga (ko‘k, havo rang) moyil bo‘lishini, ularning aniqligi va kontrastining pasayishini tushuntirib berishi shart. Aynan reflekslar va yorug‘likning ranglarga ta’sirini ko‘rsata bilish asar haqqoniylikni oshiradi. Shu kabi ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun, o‘qituvchi talabalar bilan birga plenerga chiqib, tabiatdan tasviriy eskizlar ishlashi, amaliy mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazishi zarur. Manzara janrining eng muhim va murakkab jihatlaridan biri bu fazoni to'g'ri tasvirlashdir. Bu jarayon chiziqli perspektiva va havo perspektivasi qonuniyatlari bilan belgilanadi. Chiziqli perspektiva ob’ektlarning kuzatuvchiga nisbatan uzoqlashgan sari kichrayishi va parallel chiziqlarning ufq chizig'idagi qo‘shilish nuqtasida kesishishini ifodalaydi. O‘qituvchi talabalarga turli xil bir nuqtali, ikki nuqtali yoki uch nuqtali perspektivalar yordamida manzara chuqurligini qanday tasvirlashni o‘rgatishi lozim. Bu, ayniqsa, shahar manzarasi yoki to‘g‘ri chiziqlar mavjud bo‘lgan ob’ektlarni tasvirlashda muhim ahamiyatga ega. Havo perspektivasi esa havo qatlami ta’sirida ranglar va tonal xususiyatlarning o‘zgarishini anglatadi. Tabiat elementlari uzoqlashgan sari ob’ektlarning rangi o‘zgaradi (qizil va sariq ranglar kamayib, ko‘k va havo ranglar ustunlik qiladi), ularning konturi yumshoqroq bo‘ladi va yorug‘lik-soya kontrastlari pasayadi. Bu xususiyatlar plener mashg‘ulotlari davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatilib, rangtasvirda qo‘llanilishi lozim. Yuqoridagi kompetensiyalarni rivojlantirish uchun o‘qituvchi o‘z shaxsiy amaliyotini dars jarayoniga samarali integratsiya qilishi kerak. O‘quvchilar bilan birga ochiq havoda (plener) rasm chizish, eskiz kitoblaridan foydalanish, jonli tabiatni o‘rganish zarur. Bunday mashg‘ulotlar orqali o‘qituvchi nafaqat kasbiy mahoratini namoyish etadi, balki talabalarning kuzatuvchanlik qobiliyatini va tabiat go‘zalligiga bo‘lgan estetik his-tuyg‘ularini ham rivojlantiradi. O‘qituvchi o‘z ijodiy tajribasini o‘quv jarayoniga integratsiya qilgan holda, o‘quvchilarning manzara janriga bo‘lgan qiziqishini oshirishga erishadi. Xulosa Tasviriy san’at o‘qituvchilarining manzara kompozitsiyasini tuzish va tasvirlash bo‘yicha ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish – bu ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning muhim shartlaridan biridir. Maqolada keltirilgan uslubiy yondashuvlar yorug‘lik, rangshunoslik, kompozitsiya va perspektiva qonuniyatlarini amaliyotda qo‘llashga qaratilgan bo‘lib, bu o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi o‘z shaxsiy ijodiy tajribalarini o‘quv jarayoniga integratsiya qilgan holda, o‘quvchilarning manzara janriga bo‘lgan qiziqishini oshirishga erishadi. Bu, o‘z navbatida, kelajak avlodning badiiy-estetik saviyasini, shuningdek, yurtimizning san’at sohasidagi nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi. Kelgusidagi tadqiqotlarda manzara janrini o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, plenerlar tashkil etish kabi yo‘nalishlar o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 1. Беда Г. В. Живопись и ее изобразительные средства. Учеб. пособие. — М.: «Просвещение», 1977. 2. Вибер Ж. Живопись и ее средства. — 1961. 3. Зайцев А. С. Наука о цвете и живописи. — М.: «Искусство», 1986. 4. Жадова Л. А. Современная живопись Узбекистана. — Ташкент, 1962. 5. Киплик Д. И. Техника живописи. — М.: «СВАРОГ и К», 1999. 6. Конева Л. С. Пейзаж, натюрморт. Учимся рисовать. — Минск: «Современный литератор», 2002. 7. Панксенов Г. И. Живопись. Форма, цвет, изображение: учеб. пособие. — М.: «Академия», 2007. 8. Сланский Б. Техника живописи. — М.: Издательство Академии художеств СССР, 1962. 9. Натюрморт, манзара, портрет ва композициянинг яратилиши асослари. Методик qoʻllanma. — Тошкент, 1999. 10. Как рисовать натюрморт. Учебное издание. — 2002. 11. Бахриев И. С. Rangtasvir: oʻquv qoʻllanma. — Chirchiq, 2024. 12. Baxriyev I.S. Rangshunoslikning bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining manzara kompozitsiyasini tuzish va tasvirlashdagi ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati // Kasb-hunar ta’limi = Профессиональное образование = Professional education: ilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal. – 2025. – № 6.1. – С. 198–206. 13. Baxriyev I.S. Future figurative art to their teachers landscape composition to compose and to describe to teach creative competencies develop methodology EDUVISION: Journal of Innovations in Pedagogy and Educational Advancements. – 2025. – Vol. 01, Issue 06. – June. – ISSN (E): 3061-6972 14. Baxriyev I.S. Tasviriy san’at o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlashda manzara kompozitsiyasining o‘rni // Journal of IQRO – Журнал Иқро – IQRO jurnali. – 2024. – Vol. 13, Issue 01. – ISSN: 2181-4341. – С. 7–11. 15. Baxriyev, I. (2023, December). BO ‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O ‘QITUVCHILARINI O ‘QITISHDA IJODIY RIVOJLANISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01). 16. Saidazimovich, B. I., & Saidazimovich, B. I. (2021). COMPOSITION AND IMPROVEMENT OF METHODOLOGY OF DESCRIPTION IN THE PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE FINE ART TEACHERS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(7), 60-62. 17. Baxriyev, I. S. (2021). RANGTASVIR ASARI ISHLASHDA KOMPOZITSIYA FANINING MUHUM AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 2(12), 315-322. 18. Saidazimovich, B. I., & Saidazimovich, B. I. (2021). THE ROLE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING FINE ARTS LESSONS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(7), 63-66.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 32 19. Baxriev, I. S. (2022). TASVIRIY SAN’AT RIVOJIDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATII. Academic research in educational sciences, 3(6), 818-823. 20. Baxriyev, I. S. (2023). SAN’AT ASARLARIDA KOMPOZITSIYA VA UNING MUHIM AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 4(6), 256-262. 21. Bakhriev, I. (2023). SCIENTIFIC THEORETICAL BASIS OF TEACHING YOUNG STUDENTS TO DESCRIBE LANDSCAPE COMPOSITION. European International Journal of Pedagogics, 3(02), 47-53. 22. Бахриев, И. (2020). РИВОЯТЛАРНИНГ САНЪАТ АСАРЛАРИДАГИ ТУТГАН УРНИ ВА УНИНГ БАРКАМОЛ ЁШЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДАГИ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, (2), 286-295. 23. Baxriyev, I. S. (2021). THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE TEACHING OF FINE ARTS. Экономика и социум, (9 (88)), 28-32. 24. Baxriyev, I. S. (2021). PROBLEM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN TEACHING FINE ARTS LESSONS. Экономика и социум, (9 (88)), 33-35. 25. Султанов, Х. Э., Марасулова, И. М., Махмудов, М. Ж., & Бахриев, И. С. (2020). На пути совершенствования изобразительного искусства в непрерывном образовании: из опыта работы. Academic research in educational sciences, (4), 231-237. 26. Ugli, A. N. N., Saidazimovich, B. I., & Jabbarovich, M. M. (2020). Muhandislik grafikasida multimediyaning tutgan o'rni. Academic research in educational sciences, (4), 639-646. 27. Saidazimovich, B. I. (50). 50 YEARS OF THE XX CENTURY THE DEVELOPMENT OF THE UZBEK LANDSCAPE GENRE.