scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MANZARA KOMPOZITSIYASINI ISHLASHDA PLENER AMALIYOTINING MUHIM AHAMIYATI

Baxriyev Ilhomjon Saidazimovich

Abstract

Ushbu ilmiy maqola tasviriy san'at ta’limida manzara kompozitsiyasini yaratishda plener amaliyotining (ochiq havoda ishlash) o'rni va muhimligiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi, ta’lim tizimida studiya mashg'ulotlariga ustuvorlik berilishi oqibatida talabalarning tabiat bilan bevosita muloqotining cheklanishi bilan bog‘liq. Maqolada plener mashg‘ulotlarining talabalarning badiiy idrokini, rangshunoslik bilimlarini, havo perspektivasi tuyg‘usini va kompozitsion fikrlashini rivojlantirishdagi muhim rolini ilmiy asoslashga qaratilgan. Asosiy ilmiy yangilik plenerda ishlashning uch bosqichli yangi metodikasini taklif qilishdan iborat: kuzatish, eskiz va yakuniy ishlash. Ushbu metodika talabalarda nafaqat texnik mahoratni, balki tabiatning doimiy o‘zgaruvchan holatlarini his qilish va tezkor ijodiy yechimlar qabul qilish kabi muhim kompetensiyalarni ham shakllantiradi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilariga o‘quv jarayonida plener amaliyotiga ko‘proq e’tibor qaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 43 MANZARA KOMPOZITSIYASINI ISHLASHDA PLENER AMALIYOTINING MUHIM AHAMIYATI Baxriyev Ilhomjon Saidazimovich Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti. Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17392322 Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola tasviriy san'at ta’limida manzara kompozitsiyasini yaratishda plener amaliyotining (ochiq havoda ishlash) o'rni va muhimligiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi, ta’lim tizimida studiya mashg'ulotlariga ustuvorlik berilishi oqibatida talabalarning tabiat bilan bevosita muloqotining cheklanishi bilan bog‘liq. Maqolada plener mashg‘ulotlarining talabalarning badiiy idrokini, rangshunoslik bilimlarini, havo perspektivasi tuyg‘usini va kompozitsion fikrlashini rivojlantirishdagi muhim rolini ilmiy asoslashga qaratilgan. Asosiy ilmiy yangilik plenerda ishlashning uch bosqichli yangi metodikasini taklif qilishdan iborat: kuzatish, eskiz va yakuniy ishlash. Ushbu metodika talabalarda nafaqat texnik mahoratni, balki tabiatning doimiy o‘zgaruvchan holatlarini his qilish va tezkor ijodiy yechimlar qabul qilish kabi muhim kompetensiyalarni ham shakllantiradi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilariga o‘quv jarayonida plener amaliyotiga ko‘proq e’tibor qaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi. Kalit so‘zlar: plener, manzara, kompozitsiya, rangshunoslik, tasviriy san'at ta'limi, havo perspektivasi, ijodiy jarayon. Kirish Tasviriy san’at tarixining rivojlanishi, ayniqsa, impressionizm kabi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi bilan rassomning tabiat bilan bevosita muloqoti, ya'ni plener (fransuzcha "en plein air" – ochiq havoda) amaliyoti alohida ahamiyat kasb etdi. Plenerda ishlash rassomga yorug'lik, havo va ranglarning oniy o‘zgarishlarini his qilish va uni tezkorlik bilan asarda aks ettirish imkonini beradi. Bu jarayon studiya sharoitida, yorug‘lik manbai va ob’ektlar doimiy bo‘lgan muhitda erishib bo‘lmaydigan badiiy idrok va texnik mahoratni rivojlantiradi. Plener amaliyoti ko‘z bilan ong o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlab, rassomga ko‘rganini emas, balki his qilganini tasvirlashga imkon beradi. Biroq, bugungi kunda tasviriy san'at ta’limida ushbu muhim amaliyotga yetarlicha e'tibor berilmayapti. Ko‘pgina o‘quv dasturlari va darsliklar rangshunoslik hamda kompozitsiya qoidalarini asosan nazariy namunalar orqali o‘rgatadi. Natijada, talabalar o‘zlariga tanish bo‘lgan texnikani qo‘llaydilar, lekin ular yaratgan asarlarda jonli, tabiiy ranglar, havo muhiti va uning kompozitsion ta'siri yetishmaydi. Bu esa ularning ijodiy asarlarida yuzaki va sun'iy tasvirda namoyon bo‘ladi. Ushbu tadqiqot plener amaliyotining nafaqat texnik, balki badiiy-ijodiy rivojlanishdagi muhim o‘rnini asoslashga qaratilgan. Maqolaning maqsadi – plener amaliyotini manzara kompozitsiyasini o'qitish metodikasiga to‘liq integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 44 Maqolani yozishda tasviriy san'atshunoslik, pedagogika va psixologiyaga oid ko’plab ilmiy adabiyotlar chuqur tahlil qilindi. Jumladan rangtasvirda tabiatdan ishlashning fundamental ahamiyatini muhimligi, plenerda ishlash orqali ranglarning real o‘zgarishlarini tushunish va ularni asarda to‘g‘ri aks ettirish mumkinligini ta'kidlanadi. Shuningdek, I.I. Mashkov, K.S. Petrov-Vodkin kabi rus rassomlarining ijodiy tajribasi ham o‘rganilib, ularning plenerda ishlashga oid yondashuvlari tahlil qilindi. O‘zbekistonlik ko’plab olimlarning ishlari tadqiqotlarida kompozitsiya va chizish qoidalariga oid umumiy ma’lumotlar berilganligini ham ta’kidlash lozim. Muhokama va natijalar O‘tkazilgan tadqiqot natijalari manzara kompozitsiyasini o‘qitishda plener amaliyotining samaradorligini isbotladi. Taklif etilgan uch bosqichli metodika talabalarning badiiy idrokini va texnik mahoratini sezilarli darajada rivojlantirdi: Kuzatish va tahlil, Bu bosqichda talaba shunchaki chizishga kirishishdan oldin, atrofmuhitni chuqur kuzatishga o‘rgatiladi. O'qituvchi yorug'likning o'zgarishi, kun va havo holatiga qarab ranglarning tuslanishi, havo perspektivasining ta'siri kabi tabiat hodisalariga e'tibor qaratishga yo‘naltiradi. Talabalar yorug‘lik manbasini, asosiy ranglar palitrasini va kompozitsiyaning asosiy chiziqlarini aniqlaydilar. Bu bosqich badiiy tafakkur uchun zamin yaratadi. Kuzatishdan so‘ng talabalar tezkor eskiz va etyudlar yaratishga o‘tadilar. Maqsad detallarga emas, balki asarning umumiy kayfiyati, katta rangli dog'lar va yorug'lik-soya munosabatlariga e'tibor qaratishdir. Bu bosqich talabalarga tezkor qarorlar qabul qilish va asarning o‘ziga xosligini topish ko‘nikmasini beradi. Eskizlar qalam, akvarel, yoki yog'li pastel kabi materiallarda bajarilishi mumkin. Bu talabalarni vaqt va o'zgaruvchanlik sharoitida ishlashga o'rgatadi. Yakuniy kompozitsiyani ishlash bosqichida Eng muhim detallar va rang munosabatlari eskizlarda topilgandan so'ng, talaba katta formatda yakuniy ishni bajaradi. Bu bosqichda eskizdagi tezkorlik va to‘g‘ri topilgan yechimlar asarning asosiga aylanadi. Bu yerda ranglarning uyg‘unligi, havo perspektivasi va kompozitsiyaning yaxlitligi to‘liq ishlanadi. Xulosa Ushbu tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, plener amaliyotini manzara kompozitsiyasini o'qitish metodikasiga to‘liq integratsiya qilish bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining ijodiy kompetensiyalarini sezilarli darajada oshiradi. Taklif etilgan uch bosqichli metodika talabalarni faqatgina texnik jihatdan emas, balki badiiy tafakkuri rivojlangan, tabiatni chuqur his eta oladigan va uni o‘z asarlarida ishonarli tarzda aks ettira oladigan mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik plener amaliyotining nazariy bilimlarni amaliy ko'nikmalar bilan integratsiya qilishdagi asosiy vosita ekanligini ilmiy asoslashdan iborat. Maqolaning amaliy ahamiyati esa bu metodikani oliy ta'lim muassasalari o‘quv dasturlariga kiritish bo‘yicha aniq tavsiyalar berishdir. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 45 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Mogilevsev, V. A. Основы живописи: Ucheb. posobiye. – Sankt-Peterburg: 4art, 2012. – 96 s. 2. Baxriyev, I. (2023, December). BO ‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O ‘QITUVCHILARINI O ‘QITISHDA IJODIY RIVOJLANISHNING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE on the topic:“Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions” (Vol. 1, No. 01). 3. Saidazimovich, B. I., & Saidazimovich, B. I. (2021). COMPOSITION AND IMPROVEMENT OF METHODOLOGY OF DESCRIPTION IN THE PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE FINE ART TEACHERS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(7), 60-62. 4. Baxriyev, I. S. (2021). RANGTASVIR ASARI ISHLASHDA KOMPOZITSIYA FANINING MUHUM AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 2(12), 315-322. 5. Saidazimovich, B. I., & Saidazimovich, B. I. (2021). THE ROLE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING FINE ARTS LESSONS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(7), 63-66. 6. Baxriev, I. S. (2022). TASVIRIY SAN’AT RIVOJIDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATII. Academic research in educational sciences, 3(6), 818-823. 7. Baxriyev, I. S. (2023). SAN’AT ASARLARIDA KOMPOZITSIYA VA UNING MUHIM AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 4(6), 256-262. 8. Bakhriev, I. (2023). SCIENTIFIC THEORETICAL BASIS OF TEACHING YOUNG STUDENTS TO DESCRIBE LANDSCAPE COMPOSITION. European International Journal of Pedagogics, 3(02), 47-53. 9. Бахриев, И. (2020). РИВОЯТЛАРНИНГ САНЪАТ АСАРЛАРИДАГИ ТУТГАН УРНИ ВА УНИНГ БАРКАМОЛ ЁШЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДАГИ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, (2), 286-295. 10. Baxriyev, I. S. (2021). THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE TEACHING OF FINE ARTS. Экономика и социум, (9 (88)), 28-32. 11. Baxriyev, I. S. (2021). PROBLEM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN TEACHING FINE ARTS LESSONS. Экономика и социум, (9 (88)), 33-35. 12. Султанов, Х. Э., Марасулова, И. М., Махмудов, М. Ж., & Бахриев, И. С. (2020). На пути совершенствования изобразительного искусства в непрерывном образовании: из опыта работы. Academic research in educational sciences, (4), 231-237. 13. Ugli, A. N. N., Saidazimovich, B. I., & Jabbarovich, M. M. (2020). Muhandislik grafikasida multimediyaning tutgan o'rni. Academic research in educational sciences, (4), 639-646. 14. Saidazimovich, B. I. (50). 50 YEARS OF THE XX CENTURY THE DEVELOPMENT OF THE UZBEK LANDSCAPE GENRE.