scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

Botir Boltabayevich Baymetov

Abstract

Maqola oliy ta’limda tasviriy san’at sohasida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashda tasvirlash texnikasi va mahoratlarini shakllantirish, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda shakllarni idrok etish jarayonining muhim omili ekanligi, akademik rasm chizishning maqsad va vazifalari ijodiy rasm yaratish mohiyati, o‘quv vazifasini tasvirlash orqali talabalarda malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda tasviriy san’atning eng asosiy shakllaridan bo‘lgan badiiy asar yaratish jarayonida naturadan ishlash orqali talabalarning malakalarini takomillashtirish haqida so‘z boradi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 46 BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI Botir Boltabayevich Baymetov Chirchiq davlat pedagogika universiteti, “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi professori https://doi.org/ 10.5281/zenodo.17392329 Annotatsiya. Maqola oliy ta’limda tasviriy san’at sohasida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashda tasvirlash texnikasi va mahoratlarini shakllantirish, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda shakllarni idrok etish jarayonining muhim omili ekanligi, akademik rasm chizishning maqsad va vazifalari ijodiy rasm yaratish mohiyati, o‘quv vazifasini tasvirlash orqali talabalarda malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda tasviriy san’atning eng asosiy shakllaridan bo‘lgan badiiy asar yaratish jarayonida naturadan ishlash orqali talabalarning malakalarini takomillashtirish haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, metodika, badiiy ijod, shakl, tasvirlash texnikasi, texnik mahorat, o‘quv va akademik rasm, kompozitsiya, konstruksiya Аннотатсия. В стате рассматриваются вопросы формирования приемов и навыков рисования при подготовке высококвалифитсированных педагогических кадров в области изобразителного искусства в высшей школе, важный фактор протсесса восприятия формы в профессионалной подготовке будущих учителей изобразителного искусства, тсели и задачи академического рисунка, сущност создания творческого рисунка, формирование навыков и умений у студентов через описание учебной задачи, а также совершенствование навыков студентов посредством работы с натуры в протсессе создания художественного произведения, являющегося одним из самых основных видов изобразителного искусства. Ключевые слова: Изобразителное искусство, методика, художественное творчество, форма, техника рисования, художественное мастерство, учебный и академический рисунок, композитсия, построение. Abstract. The article discusses the formation of drawing techniques and skills in the training of highly qualified teaching staff in the field of fine arts in higher education, an important factor in the process of form perception in the professional training of future art teachers, the goals and objectives of academic drawing, the essence of creative drawing, the formation of skills and abilities in students through the description of educational tasks, as well as the improvement of students' skills through working from life in the process of creating a work of art, which is one of the most basic types of fine arts. Keywords: Fine arts, methodology, artistic creativity, form, drawing technique, artistic skill, educational and academic drawing, composition, construction Jahondagi globallashuv jarayonlar tufayli ta’limning integratsiyalashuvi, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda. Buni xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha yangi ta’lim konsepsiyasida “Ta’lim – taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 47 kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlarga yetkazuvchi muhim faoliyat”, deb e’tirof qilinganligidan [1] bilish mumkin. Ayni paytda, zamonaviy pedagogik ta’limda yuqori samaradorlik natijalariga erisha oladigan o‘qituvchilarni tayyorlashda ularning mukammal kasbiy kompetentligi hamda qobiliyatlarini yuqori darajada shakllantirish muhim vazifalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Yangi O‘zbekiston yoshlariga tasviriy san’at bilimlarini o‘rgatish, fanni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda uning o‘rni va rolini aniqlash, san’at va madaniyat, badiiy ta’lim tizimi istiqboliga doir masalalarni keng tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Sohadagi nomukammal va qotib qolgan jihatlardan iborat, mavhum o‘rinlarni yangicha qarashlar asosida, mental nuqtai nazaridan o‘rganish va to‘ldirishga zarurat sezilmoqda. Ta’kidlanganidek, “bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi” [2]. Respublikamizning pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarlashni takomillashtirish, tasviriy san’at o‘qituvchilarini kompetensiyaviy rivojlantirish uchun fan metodikasini zamonaviy ta’lim texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash jarayonida akademik rasm chizish asoslarini o‘qitish o‘zaro chambarchas bog‘langan bir qator vazifalar, xususan: • badiiy did va ijodkorga xos dunyoqarashni shakllantirish; • zarur ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va maxsus texnik ko‘nikmalarni egallashga undash; • talaba iste’dodini rivojlantirish va ijodiy salohiyatini oshirish singari masalalar ustida izlanish va ularni ijobiy hal qilishni talab etadi. Akademik rasm chizishning maqsad va vazifalari ijodiy rasm yaratish mohiyatidan farq qiladi. O‘quv rasmi naturani o‘rganish orqali o‘zida muayyan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda asosiy e’tibor ta’lim olish va tahlil qilishga qaratiladi. Mashhur rassom-pedogog D.N. Kardovskiy yozganidek, tasviriy san’at sohasidagi ijodiy qobiliyatlar masalasini pedagogika, psixologiya, fiziologiya, san’atshunoslik kabi fanlar nuqtai nazaridan hal qilish uning ko‘lamini yanada kengaytiradi”[2.5]. Psixologlar va fiziologlar idrok, nazariy bilimlar va amaliy faoliyatning uzviy bog‘liqligini isbotlashgan. Bilim olish, amaliy ko‘nikmalar orttirish va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish masalalarini bir-biridan sun’iy ravishda ajratish mumkin emas. Ijodkor ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalar orttirishni uyg‘unlikda olib borishi kerak, bu ikki jarayon shaxsni komillik sari yetaklaydi. Tasvirlash jarayonida qo‘yilgan ta’lim va tahlil vazifalari talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularni mustaqil faoliyat uchun tayyorlashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, ijodiy tajribaning oshib borishi tasviriy savodxonlik qonunlarini o‘rganish va o‘zlashtirishga ilhomlantirishi lozim. Bu o‘quv ishlarning hamma turlari, jumladan, naturadan rasm chizishga ham daxldor. O‘quv rasmini chizishda ijod muammosi idrok va tafakkurni jonlantirish, naturadan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirishdan chekinish, rasmda muayyan ifodaviylikka erishish bilan uzviy bog‘liq. Naturaga qarab rasm chizish voqelikni kuzatish va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish, ko‘rish xotirasini chiniqtirishga xizmat qilishi va shu orqali ijodiy imkoniyatlar chegarasini kengaytirib, tafakkurni yanada boyitishi kerak. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 48 San’at tabiatidan kelib chiqib, akademik rasmni o‘quv-ijodiy faoliyat sifatida ta’riflash maqsadga muvofiqdir. Tabiiyki, “Akademik rasm” kursi o‘z oldiga talabalarning ijodiy iqtidorini shakllantirishni vazifa qilib qo‘ygan va to‘plangan ilmiy bilim hamda amaliy ko‘nikmalar salmog‘i oshib borgani sayin, uning maqsadlari sarhadi ham kengayib borishi kerak. Chunki talaba qancha ko‘p bilsa, rasmning badiiy yechimini izlash masalalariga shuncha ko‘p vaqt ajratadi va o‘z faoliyatining ijodiy jihatlariga e’tiborliroq bo‘ladi. Akademik rasm va uning nozik xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariy muloqotlar esa amaliy tajriba orttirish jarayoniga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi. San’atshunoslik fakultetlaridagi mutaxassilik fanlarning asosiysi qalamtasvirdir. Lekin, uni naturaga qarab rasm chizishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Naturaga qarab rasm chizish bir-biri bilan uzviy bog‘liq ikki vazifani hal qilishga qaratilgan. Birinchidan, rassom tasavvurida badiiy obrazni to‘laqonli shakllantiradi. Ikkinchidan, shaklni badiiy ifodalash vositalaridan keng foydalanib tasvirlaydi. Har ikki vazifa ijodiy jarayonning umumiy nazariyasi, badiiy pedagogikaning ko‘p asrlik tarixi tamoyillariga hamohangdir. Ba’zan akademik rasm chizish bo‘yicha ta’lim berish davrida yuqorida zikr etilgan vazifalar ikkiga bo‘linadi. Tarozining bir pallasidan, akademik rasm chizishga o‘qitish nazariyasi va uslubiyoti o‘rin oladi hamda tasviriy savodxonlik asoslari, badiiy ifodalash usullaridan saboq beriladi. Ikkinchi pallaga esa badiiy idrok, talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish vazifalari qo‘yiladi. “Badiiy idrok” etish - bu sezgi, tasavvur, tahlil kabi hissiy in’ikos hamda borliqdan olingan turli taassurotlarni sintez qilish kabi murakkab jarayonlar bilan bog‘liq ruhiy harakatlardir. Natura va tasvirni badiiy idrok etish rasm chizishdagi o‘qish-o‘rganish va bilish jarayonining eng muhim omili hisoblanadi. Psixologiya nuqtai nazaridan olsak, “idrok ong, miyaning ijodiy jarayoni bo‘lib, ob’ektiv reallikni aks ettirishga qaratilgan turli mexanizmlarni belgilangan maqsadga muvofiq keladigan, funksional jihatdan dinamik tizimga birlashtiruvchi omillardan biridir. Uning aynan shu jihati badiiy idrokning faqat insonga xos bilish faoliyatidagi pedagogik ahamiyatini belgilaydi” [2.6.]. Akademik rasm chizishga o‘qitish jarayonida talabalarning ijodiy qobiliyatini shakllantirish masalasiga o‘tishdan avval, “ijod” tushunchasiga oydinlik kiritib olish kerak. Ijod insonning ijtimoiy ahamiyatga ega, yangi va o‘ziga xos moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratishga qaratilgan faoliyati. Shaxsning bilim, tajriba, iste’dodni jalb qiladigan, tafakkur, xotira, tasavvur faol ishtirok etadigan ijodiy jarayonga nisbatan xususiy munosabati ijodkorlikning tarkibiy qismidir. Ijod – bu inson ongining atrof-muhitni bilish, voqelik va uning muayyan hodisalarini isloh qilishga qaratilgan yaratuvchanligidir. Shu nuqtai nazardan olsak, biz tasviriy faoliyat haqida umumiy mulohaza yuritganda ham, muayyan talabaning u yoki bu darajadagi ijodiy yondashuvi xususida fikr bildiramiz. O‘quv jarayonini bilish turi yoki shakli sifatida qabul qilsak, ta’lim va ijodning o‘zaro omuxtaligi nafaqat oydinlashadi, balki muqarrar tamoyil maqomini oladi. Bilish asnosida intellektual tajriba sarhadi kengayadi. Avvallari ijodkorlik deya qadrlangan va baholangan masalalar, faoliyat qoidalarini o‘zlashtirish jarayonida odatiy, avtomatik va motorik harakatlarga aylanib qoladi. Tajriba, kasbiy malaka darajasining oshishi “ijodiy faoliyat maydonini” toraytiradi, lekin uning sifat ko‘rsatkichlarini yuksaltiradi. Mohiyatan olganda, o‘quv va ijodiy ishlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari hamda natijalariga ko‘ra farq qiladi. "O‘quv ishi uchun anatomiya, konstruksiya, proporsiya, INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 49 harakat, tus va rang munosabatlari, tonallik, rang ko‘lami, materiallarning ifodalash imkoniyatlari va hokazolarni o‘rganish maqsad bo‘lishi mumkin. Ijodiy ishda esa yuqorida sanalganlarning barchasi tasvirlash vazifasi sifatida maqsad emas, vosita rolini o‘ynaydi. Rassomni bu maqsad va vazifalarni u yoki bu darajada ro‘yobga chiqarishni uddalashi uning kasbiy tayyorgarligi va tajribasiga (mahoratiga) bog‘liq. Qolaversa, ijodkor o‘z maqsadiga erishish uchun naturaga nisbatan qo‘yilgan ayrim talablardan voz kechishi mumkin va bunga to‘la ijodiy huquqi bor. Ijodiy ish maqsadi — obraz, asar, badiiy qadriyat, ne’mat yaratish. O‘quv ishlari zamirida ham aslida ijodkorlik yotadi. Yaratuvchanlik esa bilish jarayonining ajralmas, tarkibiy qismidir. Shuni ham unutmaslik kerakki, ijodkorlik tuyg‘usi pedagog tomonidan maqsadli vazifa sifatida belgilanishi va talabani shu yo‘lda izlanishga ilhomlantirishi mumkin”[4.19]. Yaratuvchanlik bilan bog‘liq har qanday faoliyat turi kabi, badiiy ijod ham izchil vazifalar ketma-ketligidan shakllanadi. Vazifalar qat’iy tartib asosida rejalashtirilishi hamda aynan shu ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. Bu uzviylik zanjirining uzilishi, odatda, ijodiy g‘oyaning qashshoqlashishi, ifodaviylikning jo‘nlashishiga olib keladi. Masalan, grafika yo‘nalishida asar yaratish belgilangan vazifalarni muayyan ketmaketlikda bajarishdan iborat bo‘lib, u quyidagi bosqichlardan o‘tadi: ✓ asarning kompozitsion g‘oyasini shakllantirish; ✓ dastlabki qalamchizgi va eskizini yaratish; ✓ asarda aks ettirilayotgan g‘oyalarni xomaki eskizini amalga oshirish; ✓ bo‘lajak asarning kompozitsion qurilishini yakunlash; ✓ kompozitsiya tasvirni qalamda ifodalash; ✓ tus, ranglarning dastlabki ohangdorligiga erishish; ✓ so‘nggi xomaki rasm, chizgilar va qoralamalarni yaratish va ular yordamida asardagi tasvirni takomillashtirish; ✓ tus munosabatlarini yakuniy shakliga keltirish. Ijod, san’at, hissiyotlar psixologiyasi bo‘yicha yetuk mutaxassis P.M. Yakobson aytganidek, “san’at asari yaratilishining psixologik bosqichlarini aniqlash, qaysidir ma’noda tipik va umumlashgan model sifatida namoyon bo‘ladigan jarayonni o‘ziga xos ko‘rinishda qaytadan tiklash demakdir” [5.179]. Badiiy asar ustida ishlash bo‘yicha yuqorida keltirilgan misol nihoyatda umumiy, taxminiy sxemadir. Bevosita ijodiy jarayon unga nisbatan ancha murakkab kechadi: ko‘proq va salmoqliroq vazifalar qo‘yiladi, ular rassom mahorati va badiiy asar g‘oyasidan kelib chiqib muntazam o‘zgarib turadi. Lekin, har qanday holatda ham, ijodkorlik o‘z mantig‘i va to‘kisligi bilan ajralib turadigan yaxlit jarayondir. Badiiy asar yaratish - mashaqqatli ijodiy jarayondir. Tasviriy san’atning eng buyuk namunalari, durdonalari aksariyat ko‘pincha tinmay mehnat qilish mehnat natijasida yaratilgan. Bu fikrning naqadar asosli ekanligini anglash uchun jahon tasviriy san’atining mashhur namoyondalari Rembrant, Leonardo da Vinchi, A.Dyurer, J. O.D. Engr, V.I. Surikov, I.Ye. Repin, O‘. Tansiqboyev, R.Axmedov, A.Abdullayev, Ch.Axmarov, M.Nabiyev, A.Mirzayev, B.Jalolov, A.Nuriddinov, A.Ikromjonov, G‘.Abdurahmonov va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlarining dunyoga kelish tarixini eslash kifoya (son-sanoqsiz eskizlar, naturadan chizilgan qoralamalar, davomiy rasm, etyudlar chizish va b.). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 50 Ta’lim jarayonida ijodkorlikni rivojlantirish masalasi uning kognitiv tomonini takomillashtirish muammosi bilan uzviy bog‘liq. “Ijod insonning barcha ruhiy qudrati, jumladan, tassavuri ishtirok etadigan jarayon hamda yaratuvchanlik uchun zarur bilim va tajriba orqali orttiriladigan mahoratdir”. O‘quv-tarbiya jarayoni uch yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: tarbiya, ta’lim va tajriba (malaka). Ular o‘zaro uyg‘unlashib, ijodiy rivojlanishni rag‘batlantiradi. Ta’kidlash o‘rinliki, bu yo‘nalishlar parallel ravishda, bir-birini to‘ldirgan holda amalga oshirilishi lozim. Biron-bir yo‘nalishning ortga qolishi yoki unga nisbatan befarq bo‘lish ta’limda biryoqlamalikni keltirib chiqaradi, rivojlanish uyg‘unligiga putur yetkazadi, oxiroqibatda, ijodiy kamolot yo‘lini to‘sadi. O‘quv yoki ijodiy vazifalardan birini ustun ko‘rish va boshqasi ahamiyatini to‘liq anglamaslik ta’lim-tarbiya uyg‘unligi tamoyilining buzilishiga sabab bo‘ladi. Quyida talabalarni akademik rasm chizishga o‘rgatish bo‘yicha maqsadlarning taxminiy mazmuni bilan tanishtiramiz. Tasviriy san’atning boshqa turlari qatori, rasm chizishni o‘rgatish muammoli ta’lim namunalaridan biridir. Ma’lumki, ushbu ta’lim shaklining asosiy vazifasi izlanish, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish, mustaqil va samarali fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Zero, bu talablar rasm chizishga o‘qitish tizimining ham poydevoridir. Muammoli ta’lim singari, akademik rasm chizishga o‘rgatish ikki asosiy maqsad ro‘yobi uchun xizmat qilishi kerak: 1. Individual tafakkur asosida ijodiy qobiliyatini rivojlantirish; 2. Zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish. Shu bilan birga, malaka hamda texnik ko‘nikmalar ahamiyati va rolini unitmaslik kerak, aksincha, ularni rivojlantirish kerakli fazilatlar sifatida e’tirof qilish lozim, chunki mahorat barcha faoliyat turlari, xususan, ijodiy mehnatning ham muvaffaqiyatini ta’minlovchi omildir. Texnik ko‘nikma va malaka orttirishda inson tafakkuri, uning qat’iyati va irodasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Qo‘l harakatlarini muayyan reja asosida muntazam takrorlash ijodkorning qo‘l-ko‘zlari o‘rtasida ko‘rinmas, lekin barqaror rishta bog‘laydi, vaqt o‘tib, bu harakatlar beixtiyoriy tus oladi. Endi rassom alohida olingan harakatlarni emas, ularning umumiy ko‘lamini nazorat qiladi. Aynan shu darajaga erishish texnik ko‘nikmalar shakllantirishning yakuniy maqsadidir. Ta’limning vazifasi tasviriy savodxonlik asoslarini o‘rgatish, ishning texnik usullari bo‘yicha malaka hamda ko‘nikmalarni shakllantirish va yanada takomillashtirish bilangina cheklanmaydi; o‘quv-ijodiy faoliyat davomida ulardan erkin foydalanish, o‘quv va ijodiy vazifalarni uyg‘unlashtirishdan ham saboq beradi. Bilim va ijodiy tajribani muntazam oshirib borish ijodkorlikning zarur shartlaridan biridir. Talabaning bilimi, texnik imkoniyatlari va uning ijodiy salohiyati o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Yangi texnik imkoniyatlar va ijodiy tajriba navbatdagi va yanada murakkabroq vazifalarni hal qilishda qo‘l keladi, ya’ni badiiy ijodkorlikni kamolotga yetaklaydi. Talabalarning qiziqishlari va o‘quv jarayonining ob’ektiv qonuniyatlarini birlashtirish pedagogika fanining dolzarb muammosidir. Rasm chizishga o‘qitishning dastlabki bosqichlarida talabalar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning muhim sharti - ularni ta’limning asosiy yo‘nalishlari hamda maqsadlaridan o‘z vaqtida va xolis xabardor qilishdir. Chunki bu rejalar talabalarni kasbga tayyorlash, ularning ijodiy salohiyatini kashf etish, malaka-ko‘nikmalarini mukammallashtirish bo‘yicha oliy maqsadlarga oydinlik kiritadi. Lekin bo‘lajak rassomlarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘quv jarayoniga har bir talabaning ongli ravishda va mas’uliyat bilan yondashishini bir marta ta’sir ko‘rsatish yoki faqat ma’muriy choralar bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Bunday muvaffaqiyat pedagoglar jamoasining ta’lim INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 51 jarayonidagi doimiy va oqilona rahbarligi, shuningdek, maxsus sharoitlar yaratish orqali qo‘lga kiritiladi. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish usullari va ushbu ta’lim yo‘llari o‘zining tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyatlarini bor bo‘yi bilan namoyon qiladigan shart-sharoitlarni mohirona uyg‘unlashtirish zarur. Talabalar ijodiy tafakkurini shakllantirish va ularni bilimga yo‘naltirishda ustoz-rassom hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Rasm chizishni o‘rgatishda talabalar ongiga ta’sir ko‘rsatishning asosiy shakli pedagog munosabati orqali ifodalanadi. Talabalarda ijodiy ishga rag‘bat va ishtiyoq uyg‘otish, shuningdek, ularga o‘quv-ijodiy rasm ustida ishlash bo‘yicha belgilangan bosqichli vazifalardan kelib chiqib rahbarlik qilish - ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning muhim shartidir. Ma’lumki, insonning kundalik hayotdagi, odatiy idroki rassomning voqelikdan ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta ishlash jarayonidan farq qiladi. Har bir idrok etilgan holat hissiy kechinmalar bilan bog‘liq bo‘lib, uning xususiyati maqsaddan kelib chiqadi va ko‘rgan-his qilganini tasvirlash, ifodalash istagi bilan omuxtalashadi. Muayyan ob’ektni kuzatayotgan talabalar, bu ishni pedagog rahbarligida bajarishsa, predmetning yanada ko‘proq tasviriy, ifodaviy sifatlarini kashf qilishadi. Pedagog tomonidan tashkil qilingan kuzatuv, ya’ni idrok qilish jarayoni tasvirlash predmetining haqiqiy holatini tartibli, tizimli, aniq ifodalashga yordam beradi, bu esa uning nihoyatda muhim jihatidir. Chunki kuzatish voqelikni bilish uslubi bo‘lib, unda: • idrok va tafakkur uzviy bog‘lanadi; • talabalar tasavvurida shakllanayotgan badiiy obrazga oydinlik kiritiladi; • bo‘lajak rassomlar kuzatish mohiyatini anglab yetishadi; • talabalarda shakllarni kuzatish va taxlil qilish tajribasi oshadi; • talabalar rasm chizishning o‘quv va ijodiy vazifalarini inobatga olgan holda, idrok etish tamoyillariga asoslangan o‘z kuzatuv usullarini ishlab chiqishadi. To‘g‘ri tashkil qilingan idrok jarayoni, tafakkurning asosiy qonunlari kabi, ta’lim davomida bo‘lajak rassomlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishning muhim sharti, kelajakda yaratiladigan badiiy-ijodiy ishlar poydevori sifatida tavsiflanadi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quv vazifalaridan ijodiy maqsadlarga, ya’ni o‘rganish jarayonidan badiiy obraz izlash bosqichiga o‘tish hajmli shaklga nisbatan munosabatning mantiqiy va muayyan uzviylikda o‘zgarib borishi sifatida kechishi lozim. Shakldan uning maqsadi — ifodalash vositasiga o‘tish, keyin hissiyotlar mazmunini anglab yetish, so‘ngra tashqi plastikaga e’tibor qaratish va nihoyat, badiiy-ijodiy mohiyatiga yetish. Mazkur xulosa badiiy obrazning plastik asosi sifatida e’tirof qilingan shakl to‘g‘risidagi tasavvurlardan tug‘ilgan. Uni bu tarzda o‘zlashtirish o‘quv vazifasini ijodiy hal qilishda erkinlik beradi, shu bilan birga, rasm chizish bo‘yicha o‘quv-tahliliy topshiriqlar bajarilishini ta’minlaydi. Talabalar ishlarining xususiyati ularning akademik rasm bo‘yicha texnik usullarni qanchalik darajada o‘zlashtirishgani bilan belgilanadi, lekin bu sifatlar ko‘lami bir guruhning o‘zida ham farq qiladi. Eng katta tafovut ijodiy qobiliyatning rivojlanishida kuzatiladi. Bu har bir Shaxsning tayyorgarlik darajasi hamda individual-tipologik xususiyatlari bilan baholanadi. Talabalarni o‘qitish va tarbiyalash masalasiga xususiy yondashish—yana bir muhim talabdir. Individual ta’lim usulidan foydalanish talabalarning ham o‘quv, ham ijodiy faolligini rag‘batlantiradi. Rasm chizishdek murakkab fan sohasiga o‘qitishda talabalarni hamma buyuk rassomlar va INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 52 pedagoglarga xos fazilatlar ruhida tarbiyalash zarur. Ular o‘quv va ijodiy vazifalarni hal qilish jarayonida uchraydigan ob’ektiv qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyor turishlari lozim. O‘quv-pedagogik jamoada shakllangan umumiy ijodiy muhit ham izlanish va komillik sari intilishga ilhomlantiradi. Jamoa bilan birga rassomlar ko‘rgazmalari, ijod ustaxonalariga tashrif buyurish, san’atshunoslikka doir adabiyotlarni o‘rganish ham shu maqsadlarga xizmat qiladi. Bu tadbirlar bilim hajmini kengaytiradi, tajriba beradi, badiiy did va tasavvurni rivojlantiradi. Rassomlarning ijodiy va texnik usullarini o‘rganish orqali talabalar voqelikni ijodkor nuqtai nazaridan baholashga harakat qilishadi, badiiy tilning ifoda vositalarini izlashadi. Talabalarning o‘quv va ilmiy tadqiqot ishlari ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning tashkiliy shakli bo‘lib, ijodiy ish uning tarkibiy qismiga kiradi. To‘garaklar va muammoli guruhlar faoliyatida ishtirok etish ularning ichki, yashirin iqtidorini kashf etishga yordam beradi. O‘quv rasmini chizishda ijod muammosi idrok va tafakkurni jonlantirish, naturadan ko‘rko‘rona nusxa ko‘chirishdan chekinish, rasmda muayyan ifodaviylikka erishish bilan uzviy bog‘liq. Naturaga qarab rasm chizish voqelikni kuzatish va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish, ko‘rish xotirasini chiniqtirishga xizmat qilishi va shu orqali ijodiy imkoniyatlar chegarasini kengaytirib, tafakkurni yanada boyitishi kerak. Xulosa o‘rnida shularni ta’kidlash kerakki, iste’dod faqat ijodiy faoliyat jarayonidagina rivojlanadi. Bu haqiqatni ko‘p asrlik badiiy va pedagogik amaliyot ham tasdiqlagan. Ijodiy iqtidorning mavjudligi inson layoqatlari majmuasining istisnosi emas, balki qonuniyat maqomidagi voqeligidir. U maxsus faoliyat zamirida - bevosita ijodiy izlanish jarayonida shakllanadi. Shuning uchun akademik rasm chizishga o‘qitish metodikasining tamoyillarini tasviriy san’at va badiiy pedagogikaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad hamda vazifalari xususiyatlaridan kelib chiqib o‘rganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yildagi 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1691-son. 3. Зинченко В.П., Стасевич В.Н. Творчество в учебном рисунке: Учеб. пособие. Ростов н/Д., 1989. С. 5. 4. Дроздов А.П. Развитие художественного восприятия у студентов на занятиях учебным рисунком: Автореф. дис. ... канд. пед. наук. М., 2007. С. 6. 5. Беда Г.В. Основы изобразителной грамоты. Рисунок, живопис, композитсия: Учеб. пособие. М., 1986. С. 330. 6. Якобсон П.М. Психология чувств и мотиватсии : избранные психологические труды– Москва : Институт практической психологии, 1998. – 304 с. 7. Зинченко В.П., Стасевич В.Н. Творчество в учебном рисунке: Учеб. пособие. Ростов н/Д., 1989. С. 19. 8. Baymetov Botir Boltaboevich Formation of the skills of portraying the future teacher of fine arts in pencil drawing ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Year: 2020, Volume: 10, Issue:5 Firstpage: (1122). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 53 9. Baymetov Botir Boltaboevich Formation of the skills of portraying the future teacher of fine arts in pencil drawing ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal Year: 2020, Volume: 10, Issue:5 Firstpage: (1122).