scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SAMARQAND VILOYATIDA SHAHAR AHOLI MANZILGOHLARINING FUNKSIONAL TIPLARI VA KLASSIFIKATSIYASI

Barotova G.

Full text

33 SAMARQAND VILOYATIDA SHAHAR AHOLI MANZILGOHLARINING FUNKSIONAL TIPLARI VA KLASSIFIKATSIYASI Barotova G. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktaranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392596 Annotatsiya. Mazkur maqolada Samarqand viloyatida shahar aholi manzilgohlari tizimining shakllanishi, hududiy tuzilmasi va rivojlanish dinamikasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda shahar, shaharcha va posyolkalar tarmog‘ining so‘nggi yillardagi o‘zgarishlari statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilib, ularning demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududiy tafovutlar aniqlangan. Shuningdek, aholi manzilgohlarining funksional tipologiyasi (sanoat, transport-logistika, turistik, agrar va ma’muriy markazlar sifatida) belgilab berilgan hamda ularning rivojlanish darajasiga ko‘ra tasnifi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari Samarqand viloyatida urbanizatsiya jarayonining hududiy o‘ziga xosliklarini ochib berish, shahar tarmog‘ining barqaror rivojlanishini ta’minlash va rejalashtirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Samarqand viloyati, aholi manzilgohlari tarmog‘i, urbanizatsiya, funksional tipologiya, shahar tizimi, klassifikatsiya. Annotation. This article analyzes the formation, territorial structure, and development dynamics of the urban settlement system in the Samarkand region. Based on statistical data, the study examines recent changes in the network of cities, towns, and urban-type settlements, identifying territorial differences in demographic, economic, and social indicators. The functional typology of settlements (industrial, transport-logistics, tourist, agrarian, and administrative centers) is defined, and their classification according to the level of development is developed. The research results serve as a scientific and practical basis for identifying the territorial features of urbanization processes in the Samarkand region and for ensuring sustainable development and planning of the urban network. Keywords: Samarkand region, settlement network, urbanization, functional typology, urban system, classification. Kirish. Shaharlarning ixtisoslashuvi avvalo ularning geografik mehnat taqsimotidagi o‘rni, bajaradigan funksiyalariga bog‘liqdir. Shaharlarning funksional tipologiyasi hududiy mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini ko‘rsatib turadi. Shaharlarning qaysi sohaga ixtisoslashuvi, ularning bajaradigan vazifalari funksional tipologiyasi hisoblanadi. Asosiy mezon sifatida shahar aholisining bandlik tarkibi olinadi. Bunda qaysi sohada mehnat resurslari ko‘proq band bo‘lsa, o‘sha soha mazkur shaharning ixtisoslashuvini belgilab beradi. O‘rganilayotgan viloyatida 2 ta yirik shahar (Samarqand, Kattaqo‘rg‘on), 9 ta shahar (Ishtixon, Oqtosh, Bulung‘ur, Jomboy, Payariq, Chelak, Juma, Urgut, Nurobod) va 88 ta shaharchalar mavjud. Samarqand viloyatida urbanizatsiya jarayonlari kuchayishi bilan aholi manzilgohlari tarmog‘i, ularning funksional tiplari va klassifikatsiyasi doimiy o‘zgarib, rivojlanib bormoqda. Ularning shakllanishi ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va transport-geografik kabi omillar bilan bog‘liq. 34 Asosiy qism. Samarqand viloyati shahar aholi manzilgohlarining shakllanish davrlarini geografik, tarixiy va iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga tayanadigan tarzda shartli ravishda bir nechta asosiy bosqichga ajratish mumkin. Bu davrlar har biri o‘zining shaharlashuv xususiyatlari, aholi joylashuvi va iqtisodiy vazifalari bilan farq qiladi. Mazkur jarayon viloyatdagi demografik o‘sish, iqtisodiy faollikning ortishi, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayishi shuningdek, ma’muriyhududiy islohotlar bilan izohlanadi. Shahar aholi punktlari sonining ortishi urban infratuzilmaning kengayganini, yangi aholi punktlariga shahar va shaharcha maqomi berilganini ko‘rsatadi. Bu yillarda Samarqand shahri respublika miqyosida ham muhim urban markazga aylangan bo‘lsa, Kattaqo‘rg‘on, Oqtosh, Urgut kabi aholi punktlari esa hududiy ahamiyatga ega o‘rta va kichik shaharlar sifatida shakllanib bordi. Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarining viloyatga bo‘ysunuvchi shahar maqomi, qolgan 9 ta shahar esa tuman markazlari sifatida faoliyat yuritmoqda. Ular atrofidagi shaharchalar bilan birgalikda aglomeratsiyalashuv jarayonini shakllantirib, aholining shahar atrofida zichlashuviga sabab bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda viloyatda 11 ta shahar va 88 ta shaharcha mavjud bo‘lib, viloyat aholisining 37 foizi shaharlarda yashaydi. 1-jadval. Samarqand viloyati shahar aholi manzilgohlarining davrlar bo‘yicha guruhlanishi № Davrlar Shahar va shaharchalar soni Shahar va shaharchalar nomi 1 Qadimiy davr (mil. av. davr) 1 Samarqand shahri 2 Chor Rossiyasi davri 7 Kattaqo‘rg‘on shahri, Suv hovuzi, Ingichka, Kimyogarlar, Hishrav, Oqtosh. 2 Sovet industrializatsiyasi va shaharlarning jadal o‘sishi Davri (1979-1988) 9 Dahbed, Charxin, Ziyovuddin, Urgut, Jomboy, Juma, Nurobod (Sovetobod), Dahbed, Bulung‘ur. 3 Yangi davr (1989-2008) 5 Payariq, Metan, Farhod, Loyish, Chelak shahri, Ishtixon. Eng yangi davr (2009-yil hozirgi vaqt) 78 Avazali, Bolta, Qirqdarxon, Kumushkent, Oytamg‘ali, Oqdaryo, Yangiqo‘rg‘on, Tomoyrat, Qorasuv, Ko‘ksaroy, Xo‘ja Ismoil, G‘ujumsoy, Tupolos, Oqqo‘rg‘on, Do‘stlarobod, Do‘stlik, Chortut, Balhiyon, Go‘zalkent, Jag‘alboyli, Mehnat, Hindiboyi, Agron, Iskandari, Saribosh, Yangiobod, Kildon, Soxibkor, Bog‘bon, Dehqonobod, Eski Jomboy, Xo‘ja, G‘azira, Kattaqishloq, Azamat, Damariq, Bahrin, Qirayigit, Odil, Sug‘ot, Xalqobod, 35 Shayxislom, Sheyxlar, Payshanba, Mundiyon, Polvontepa, Qoradaryo, Vayrat, Yangiqo‘rg‘oncha, Kattaming, Qo‘shrabot, Zarkent, Toyloq, Adas, Bog‘izag‘on, Qodirist, Past Burkut, Sanchiqul, Suluvqo‘rg‘on, Urgich, Xumor, Gulobod, Xo‘ja Ahrori Vali, Nurbuloq, Jartepa, Kamangaron, G‘o‘s, Pochvon, Ispanza, Uramas, Tomoyrat. Jami 99 Manba: Jadval muallif tomonidan ishlab chiqilgan Mazkur yondashuv mulkchilikning turli shakllarini yuzaga kelishi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi natijasida aholi bandlik tarkibi keskin o‘zgargani, aholining mobilligi intensivlashgani, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xizmat ko‘rsatish sohalarining ahamiyati ortib borayotgani, qolaversa, statistik hisob-kitoblar aholi punktlari darajasida olib borilmayotgani singari omillar bilan asoslanadi. Viloyatda mavjud bo‘lgan 11 ta shaharni va 88 ta shaharchani 9 ta funksional tiplarga ajratish mumkin (1-jadval). Bunda shahar va shaharchalarni funksiyalarini aniqlashda mavjud sanoat tarmoqlarining diversifikatsiyalashganligi yoki aksincha, tor ixtisoslashganligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining ta’sir doirasi, oliy ta’lim va ilm-fan, rekreatsiya va turizm sohalarining rivojlanganligi, shahar ma’muriy markaz vazifasini bajarishi yoxud bunday maqomga ega emasligi kabi omillar muhim o‘rin tutadi. Viloyatning Xishrav, Suv hovuzi shaharchalarini gidrotexnik shaharchalar sifatida tasniflash mumkin. Xishrav shaharchasining tor ixtisoslashgan shaharchalar toifasiga kiritilishi uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va aholisi bandligida shu nomdagi gidroelektrostansiyalar kaskadi va boshqa suv xo‘jaligi tashkilotlari muhim o‘rin egallashi bilan izohlanadi. Suv hovuzi shaharchasi o‘tgan asr o‘rtalarida Kattaqo‘rg‘on suv ombori qurilishi jarayonida tarkib topganligi va aholisining asosiy qismi mazkur suv omboriga aloqador tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi sababli tor ixtisoslashgan sanoat shaharchalar toifasini tashkil yetadi. Bulung‘ur, Oqtosh, Juma, Ishtixon, Loyish shaharlari va Ziyovuddin, Gulobod, Tayloq shaharchalari agrosanoat va servis funksiyali shaharlar – tuman markazlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu guruhdagi shahar va shaharchalarning ta’sir doirasi asosan, tegishli qishloq tumanlari bilan chegaralanib, mahalliy ahamiyatdagi sanoat korxonalari va servis obektlari va boshqaruv idoralari joylashganligi bilan tavsiflanadi. Ma’muriy funksiyasi mavjud shaharlar orasida sanoat ishlab chiqarishining sustligi bilan ajralib turadigan Payariq shahri, Nurobod, Payshanba, Qo‘shrabot shaharchalari, mahalliy servis funksiyali shahar shaharchalar – tuman markazlari guruhini tashkil etadi. Viloyat shaharchalari maqomiga ega aholi punktlarining eng katta ulushi mahalliy agrosanoat va servis funksiyali shaharchalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ma’muriy boshqaruv funksiyalariga ega bo‘lmagan holda joylashgan 36 tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar mavjudligi hamda ayrim xizmatlarni taqdim etishi bilan belgilanadigan Chelak shahri, Dahbed, Avazali, Bolta, Qirqdarxon, Kumushkent va boshqa shaharchalar mahalliy agrosanoat va servis markazlari sifatida alohida funksional tipni namoyon etadi. Samarqand viloyatining shaharlari va shaharchalari o‘zining tabiiy-geografik joylashuvi, tarixiy taraqqiyoti va resurs salohiyatiga qarab turli sohalarga ixtisoslashgan. Viloyatdagi shahar va shaharchalarning iqtisodiy rivojlanishida ularning muayyan sohalarga ixtisoslashuvi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Hududlar asosan sanoatning turli tarmoqlari, xususan, mashinasozlik, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda meva-sabzavotni qayta ishlash sohalariga yo‘naltirilgan. Ushbu tarmoqlar viloyat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, ayrim hududlar konchilik, farmatsevtika, transport-logistika va xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘lib, bu sohalar istiqbolli yo‘nalishlar sifatida ajralib turadi. Ayniqsa, turizm va xizmatlar sektori viloyatning iqtisodiyoti uchun katta imkoniyatlarni taqdim yetadi va uni kompleks rivojlantirish zarur. Xulosa. Viloyat miqyosida shahar aholi manzilgohlari to‘rining shakllanishi va uning tarkibiy tuzilishi uzluksiz shaharlashuv jarayoni bilan bevosita bog‘liqligi aniqlandi. Urbanizatsiya jarayonlari samarasida aholi manzilgohlari iyerarxiyasi o‘zgarib borishi bilan birga ularning funksional roli bir xil bo‘lmagan shahar va shaharchalar tizimi vujudga keladi. Viloyat shaharlari tizimi yangi iqtisodiy sharoitlarga moslashib, yarim funksional va tarmoqlashgan urban bo‘g‘inlar shaklida qayta tashkillanmoqda. Bu esa hududiy rejalashtirish, transport tarmoqlarini moslashtirish va shahar va qishloq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yanada yaxshilash zarurligini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ата-Мирзаев О., Гентшке В., Муртазаева Р., Салиев А. Историко-демографические очерки урбанизации Узбекистана. - Ташкент: Университет, 2002. — С. 115. 2. Ахмедов Э., Файзиев Н. Узбекистан — население. Справочник. — Ташкент: Фан, 1967. — С. 215. 3. Arabov, N., Nasimov, D., Abduramanov, X., Utemuratova, G., & Lutfullo, I. (2024). Addressing the economic impacts of climate change in Uzbekistan: Challenges and strategies. In E3S Web of Conferences (Vol. 542, p. 04006). EDP Sciences. 4. Зокиров С.С. Ўзбекистонда урбанизация жараёнларини тартибга солиш тизимини такомиллаштириш: монография -Т.: Тафаккур нашриёти, 2020.- 33, 45, 48 б. 5. Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G. (2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mapping-based study. In E3S Web of Conferences (Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences. 37 6. Namozov, J., Arabov, N., Aduramanov, X., Nasimov, D., Makhmudova, M., & Ibragimov, L. (2024). Dynamics of transformation and economic resilience in agricultural lands: An anthropogenic perspective. In E3S Web of Conferences (Vol. 541, p. 03003). EDP Sciences. 7. Kadirov M.A. Shaharlar geografiyasi. O‘quv qo‘llanma. - Т.:, LESSON PRESS 2019.b-31. 8. Қодиров М.А. Шаҳарлар географияси. Ўқув услубий қўлланма. Самарқанд, 2022-й. 9. Мавлонов A.M. Чул урбанизацияси: илмий рисола. Дурдона нашриёти, 2015-176 б. 10. Қурбонов П.Р. Жанубий Ўзбекистонда урбанизация жараёнлари. Монография. -Т.: «МUMTOZ SO‘Z». 2019 йил. – б. 11. VVL, A. P., Suhail, M., Lutfullo, I., & Shodiyor, B. (2024). A Comparative Study of Three Supervised Algorithms for Mixed Crop Classification. In E3S Web of Conferences (Vol. 590, p. 01004). EDP Sciences. 12. Ходжаева, Г. А., Даулетбаева, Д. Д., & Калмуратов, Р. Ф. (2025). ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ ГОРОДСКИХ ПОСЕЛКОВ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. Экономика и социум, (5-1 (132)), 1525-1528.