TURIZM TUSHINCHASINING MOHIYATI VA BUGUNGI KUNDAGI XALQARO AHAMIYATI
Full text
38 TURIZM TUSHINCHASINING MOHIYATI VA BUGUNGI KUNDAGI XALQARO AHAMIYATI Bekbulatova G.A., Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tajibaeva L.R Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392602 Annotatsiya: Hozirgi kunda turizm tarmoqlarining rivojlanishi va dunyo bozorida turistik resurslarga bo’lgan ehtiyojlarni ortishi kuzatilmoqda. Bir vaqtning o’zida tashqi (xalqaro) va ichki (mahalliy) turizmning rivojlanishi va sayyohlarning turistik hizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarining ortishi bu sohaning yanada rivoj topishiga turtki bo’ldi. Kalit so’zlar: tour, tourism, turistik marshrut, butun jahon turizm tashkiloti, ekstrimal turizm, ekskursiya, viza, turistik mahsulot. Annotation: Сurrently there is an increase in the development of tourism networks and the need for tourist resources in the world market. At the same time, the development of foreign (international), domestic (local) tourism, and an increase in the needs of tourists for tourist services stimulated the further development of this industry. Keywords: tour, tourism, tourist route, world tourism organization, extramural tourism, excursion, visa, tourist product. Turizm sohasi bugungi kunda dunyo bo’ylab xar taraflama eng foydali va samarali tarmoqlarning biriga aylanib bormoqda. Uning davlat iqtisodiyoti uchun qo’shayotgan hissasi borgan sayin ortib boryatganini ko’rib turibmiz. Bu esa ko’plab davlatlarda turizm sohasining rivojlanishiga yaxshi sabab bo’ladi. Bu jarayonda turist bir davlatdan boshqa davlatga safar maqsadida borib, kamida 24 soat ichida o’sha joyning turistik hizmatlaridan foydalangan insonga “turist” deymiz. Turist bu vaqt davomida hech qanday haq to’lanadigan hizmatlar bilan bant bo’lmasligi lozim. Bu borada turistning maqsadidan kelib chiqqan xolda turizmning turlaridan foydalanish mumkun bo’ladi, yani tanishish, dam olish, davolanish va h.k turizmning turlari juda ko’p va har bir turist o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib ixtiyori ravishta tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’kidlash joizki bu tarmoq bo’yicha bizni mamlakatimizda ham ko’plab ish-ilojlar olib borilmoqda. O’zbekiston qadimdan tarixiy-madaniy merosga boy hududlarning biri hisoblanib kelgan, shu sababli mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish uchun har hil chora-tadbirlar, Prezdentimizning qaror va farmonlari ishlab chiqilib amalga oshirilib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018yil 3-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish
39 uchun qulay sharoitlar yaratish bo’yicha qoshimcha tashkiliy chora tadbirlar to’g’risida” PQ3509 sonli va “O’zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” PQ3510 Qarorlari shular jumlasidan bo’lib hisoblanadi. Butun dunyo tan olgan tarixiy va madaniy obidalar, tog’lar, cho’llardan iborat bo’lgan go’zal va takrorlanmas go’zalikga ega bo’lgan ajoyib tabiatimiz, yurtimizda yashab kelayotgan turli millat vakillarining ma’naviy-etnik meroslari butun dunyo xalqlarining qiziqishini uyg’otib yurtimizga chorlamoqda. Kundan kunga yurtimizga tashirif buyuruvchi xalqaro sayyohlar sonining ortib borishi sir emas. Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz ichidagi mahalliy turizim ham avvalgi yillarga qaraganda ancha rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib turizm inson hayoti va faoliyatining ko’p sohalarini qamrab olmoqda. Turistik resurslar yer sharining barcha burchaklarida, qit’alarida va mamlakatlarida mavjud. Turizm tashkilotlari turizm yo’nalishi (marshrut) va turizm turini erkin tanlash imkoniyatiga egadirlar. Aynan qaysi mavsumda turistlar oqimining qaysi davlatlarga ko’proq borishi va aynan turizmning qaysi turlari eng mashhur ekanligi muhimdir. Sayohatni amalga oshirish - turistlarning yoshi, intelikt darajasi, moliyaviy ahvoli va ko’pgina boshqa omillarga bog’liq. Dam olish, dunyoqarashni kengaytirish, notanish narsalarni bilish, ko’ngil ochish, diniy, davolanish, qarindoshlar va do’stlarni ko’rish va boshqa maqsadlar bilan insonlar umri davomida takror va takror sayohatlarga chiqishadi. Turizm sohasida insonlar o’zi yashaydigan hudud va boshqa hududlarni yani atrof muhit va tabiyat manzaralari ko’rib solishtiradi imkoniyatiga ega boladilar. Bunday sayohatlar insonlarning dunyoqarashlari kengaytiradi va ish faoliyatini oshirishga yordam beradi. Bugungi kun turizmining yangidan yangi turlari (yo’nalishlari) ortib bormoqda. Albatta buning bari insonlar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi: turizmning ikki turi mavjud bo’lib, bular ichki (mahalliy) va tashqi (xalqaro) hisoblanadi. Mahalliy turizm bu har bir inson o’zi yashaydigan joy, shahar yoki aynan shu mamlakatning o’zida amalga oshiriladigan sayohatdir. Bunday sayohatlar odatda xech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi, sababi sayohat mamlakat ichkarisida bo’lganligi sabab bojhona, viza kabi xujjatlar talab qilinmaydi. Xalqaro turizm bu endi insonlardan ancha masuliyat va xarajat talab qiladi. Sababi turizmning bu turi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga chiqishga aytiladi. Bunday vaziyatda insonlar bormoqchi bo’lgan davlati bo’yicha miyori hujjatlar to’ldirishga to’g’ri keladi, yani mamlakatdan chiqish uchun viza to’g’irlash, valyuta ayirboshlash va tibbiy ko’rikdan o’tishi lozim bo’ladi. Xalqaro turizm ma’lum bir maqsadda tashkil qilingan marshrut yo’nalishi asosida guruh yoki yakka tartibda
40 amalga oshirilishi mumkun. Turizm qadim zamonlardan xalqlar (xalqaro) o’rtasidagi munosabatlar (iqtisodiy, savdo-sotiq, fan va madaniyat, badiiy sa’nat, hunarmandchilik va h.k) manbayi sifatida muhim ahamiyatga ega. Butun dunyo turizm tashkilot dunyoni 6-ta turistik regionga ajratadi. Ammo bu rayonlashtirishda to’liq geografik omillar emas balki turizmdagi ahamiyatli va siyosiy geografik farqlar hisobga olingan. Har bir turistik hudud, har bir mamlakat, har bir region bir-biridan geografik joylashgan o’rni va tabiyat manzaralari bilan farq qiladi va bu jarayonlar turistlar etiboriga tushadi. Bunday e’tibor tortadigan maskanlar yurtimizda ham ko’plab topiladi. Madaniy tarixiy estaliklar bo’lsin yoki tabiyat manzaralari, dam olish va davolanish, ziyorat qilish maqsadidagi har bir sayohatchi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. So’nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotimizning o’sish omillaridan biri sifatida boshqa turli tarmoqlarni rivojlantirish drayveriga aylandi. Bu esa o’z navbatida yangi ish o’rinlarining yaratilishiga aynan turizm sohasi beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda O’zbekiston turizm industiryasi va hizmatni rivojlantirishga davlat tamonidan alohida e’tibor berilmoqda. Bir so’z bilan aytganda aynan shu yilning o’n oyi davomida 18 me’yoriy hujjat - Prezdentimizning 3 farmon va 6 qarori, hukumatning 9 qarori tasdiqlangani ham fikrimizni isbotlaydi. O’tgan yilning o’zida yurtimizga 8,6 million xorijlik sayyohlar kelgan bo’lsa, ularga 2,7 milliard dollarlik hizmat ko’rsatildi. Bu ko’rsatkish bo’sa oldingi yilga nisbatan 1,5 barobarga o’sganini ko’rsatadi. Yevropa va boshqa mintaqalardan keluvchilarning o’rtacha harajati 2022 yilga nisbatan 1,5 barobar oshganini ko’ramiz. Maqsadli xorijiy davlatlardan turistlar oqimi sezilarli darjada jadallashdi. Yurtimizga shegaradosh o’lkalarda keluvchi sayyohlar ulushi 2018 yildagi 87 foizdan 80 foizga tushgan bo’lsa, Yevropa va boshqa qit’alardan keluvchi turistlar ulushi bo’lsa 5,3 foizdan 9,0 foizga oshganini ko’rishimiz mumkun. Yurtimiz turistik salohiyati bo’yicha va bugungi kundagi rivojlanish darajasiga ko’ra jahon iqtisodiy forumi tomonidan e’lon qilingan “Sayohat va turizmni rivojlantirish indeksi" tadqiqotiga ko’ra, mamlakatimiz 2024 yil “Turizmnin rivojlantirish bo’yicha dunyoning eng faol davlati” deb topildi. Turizm yonalishi yoki marshutlar bilan ta’minlanganlik darajasi bugungi kundaga kelib ancha yaxshi yo’lga qoyilganligini turizm sohasining bugungi kunda ancha rivojlangan bildiradi. Sababi “turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o’rinlardan birini egallar ekan barcha turistik yo’nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga olib chiqish va ularni uyga qaytarish uchun transport vositasi bo’lishni taqazo qiladi”. Shuningdek
41 turizmning asosiy faoliyat turi sifatida turistlarning turistik sayohatni amalga oshirishi yani o’zi yashab turgan makondan sayohat maqsadida chiqishi va qaytishi bilan uzviy bog’langan. Turizm sohasini transportsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Transport bu - turistik infratuzilmaning eng muhum elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport turlari ichida avtomabil transporti turizmda eng ko’p va keng miqiyosida foydalaniladi. Alabtta xalqaro turizmda havo transporti, dengiz transporti va temir yo’l transportlari yetakchilik qilib kelgan, ammo “eshikdan-eshikgacha” yetkazish hizmati faqat avtomabil transportiga xos hisoblanadi. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati: 1. O’zbekiston Respublikasining Turizm to’g’risidagi” Qonuni : T.: 1999 2. G.A. Bekbulatova, G.A Xodjaeva “Turizm ham rekratsiya geografiyasi” Nokis “BILIM” 2024 3. Бекбулатова Г.А., Наурузбаева Г., Далжанов К. Факторы и условия развития туризма, Сборник материалов II Международного научно-практической конференции «Обеспечение устойчивого развития в контексе географии, зеленой экономики, зкологии и туризма» 30-ноября, 2022. Актобе. 4. N.M. Mirsabirova “Turizm iqtisodi va geografiya”. Toshkent 2021 5. G. R. Xadirova, F. M. Rahmatullaeva. “Mintaqaviy turizm” Buxora 2020 6. M.R. Usmonov, T.J. Sherxolov “Turizm geografiyasi” 1-2 Samarqand 2013