AHOLI SALOMATLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA KASALLIKLARNING IJTIMOIY GEOGRAFIK TAHLILI (QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)
Full text
60 AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA KASALLIKLARNING IJTIMOIY GEOGRAFIK TAHLILI (QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA) Komilova N.K. Mirzo Ulugʻbek nomidagi OʻzMU, Oʻzbekiston Maxmudov B.X., Nizomiy nomidagi OʻzMPU, Oʻzbekiston Yoʻldoshev J.S. Nizomiy nomidagi OʻzMPU, Oʻzbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392661 Annotatsiya: mazkur maqolada aholi salomatligiga taʻsir etuvchi omillar va ularning tahlili hamda aholi kasallanishining ijtimoiy geografik xususiyatlari tadqiq qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi olingan. Darhaqiqat soʻngi yillarda hududda ekologik vaziyatning keskinlashuvi natijasida aholi orasida ayrim kasallik turlarini ortishi kuzatilingan. Tayanch soʻzlar: aholi salomatligi, nazogeografik vaziyat, ekologik holat, atrof-muhit ifloslanishi, Orolboʻyi mintaqasi Abstract: This article examines the factors affecting population health and their analysis, as well as the socio-geographic characteristics of population morbidity. The Republic of Karakalpakstan was taken as the object of the study. Indeed, in recent years, as a result of the worsening ecological situation in the region, an increase in certain types of diseases has been observed among the population. Keywords: public health, nasogeographical situation, ecological situation, environmental pollution, Aral Sea region Kirish. BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish boʻyicha dasturining 3maqsadi “Sogʻlom turmush tarzini taʻminlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga koʻmaklashish” vazifalari yechimiga yoʻnaltirilgan. Mazkur maqsadga erishish esa mintaqalar aholisi salomatligi va kasallanishining hududiy xususiyat hamda tafovutlarini tahlil etish, ularning tabiiy-ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini manzilli hal etishni taqozo etadi. Soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan ekologik ofat oqibatlarini yumshatishga qaratilgan keskin choralar koʻrilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakatlar rejasi, iqlim oʻzgarishiga qarshi chora-tadbirlar dasturi, ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni bosqichma-bosqich kamaytirish va toʻxtatish milliy dasturi, landshaftlarning choʻllanishiga qarshi kurashish va atrof-muhit salomatligi boʻyicha milliy harakatlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu chora-tadbirlar ichimlik suvi,
61 atmosfera havosi, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanish darajasini bosqichma-bosqich kamaytirishga xizmat qilmoqda. Biroq shunday boʻlsada mintaqada qator ekologik muammolar mavjud. Jumladan, qachonlardir jahonning yirik koʻllaridan biri boʻlgan Orol dengizining qurishi XX asrning oxiri va XXI asrning eng mudhish ekologik ofatlardan biri boʻldi. Bu hodisa hanuzgacha Markaziy Osiyo mintaqasida yashovchi millionlab aholining iqtisodiy va ijtimoiy holatiga, salomatligiga, oʻlkaning ekologik vaziyatiga oʻz taʼsirini koʻrsatib kelmoqda. Fojea oʻchogʻi, yaʼni undan eng katta zarar koʻrgan hududlar sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasini alohida eʼtirof etish mumkin. Muammo oʻzi bilan tuproqlar degradatsiyasi, ichimlik suvi tanqisligi, choʻllanish jarayonining kuchayishi, mahalliy aholi salomatligining yomonlashishi kabi qator salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Mustaqillik yillarida mintaqa ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan muhim tadbirlar amalga oshirildi. 2018-yildan buyon qurigan Orol dengizi hududini koʻkalamzorlashtirish uchun qumli shoʻr choʻllarda asosan qurgʻoqchilikka chidamli saksovul, qandim ekilib kelinadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2019-yilda Orolboʻyi hududi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi”, deb eʼlon qilindi. Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi kasallanishining hududiy tarkibi tahlili Taxtako’pir, Ellikqal’a tumanlarida juda yuqori. Bo’zatov, Kegeyli tumanlarida nisbatan past ko’rsatgichga ega (1-rasm).
62 1-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasida aholining kasallanishining hududiy tarkibi [1]. Aholining yosh-jins tarkibi bo’yicha o’smir (15-17 yosh) yoshdagilarning kasallanishi har 10 ming aholiga 2010-yilda 5081,9 ta, 2015-yilda 8298,4 ta, 2020yilda 9842,2 ta, 2023-yilda 9164 ta tashkil etgan. O’smirlar orasida asosan nafas olish a’zolari, qon aylanish tizimi, ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari ko’p uchraydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisining yosh-jins tarkibi boʻyicha kasallanish koʻrsatkichlari (tegishli jinsdagi va yoshdagi 10 000 aholiga) Yillar Jami Erkaklar Ayollar 0-14 yosh 15-17 yosh 18 yosh va undan kattalar 2010 4121,9 - - 4512,2 5081,9 3838,6 2015 4685,1 4297,1 5075,1 4614,7 8298,4 4416,3 2020 5208,9 4804,5 5616,7 4407,0 9842,2 5222,7 2023 4765 4419 5114 4070 9164 4734 Jadval O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan. Xulosa qilib aytganda, aholining kasallanishi turli xil omil va sabablarga bog’liq bo’lib, ularni hududiy tarqalishini o’rganish sotsial geografiya xususan tibbiyot geografiyasi va nozogeografiyaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O’zbekistonning tibbiy geografik atlasi. 3-qism. Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Komilova N.K. tahriri ostida – Toshkent: Kartografiya ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi. 296 – b. 2. Komilova N.K. Iqlim oʻzgarishi sharoitida mintaqalarni barqaror rivojlantirishning iqtisodiyekologik jihatlari. Monografiya.. – T.: “ZEBO PRINT”, 2025. 236 b. 3. Komilova N.K. Inson ekologiyasi va nozogeografik tadqiqotlar. Monografiya. – T.: “ZEBO PRINT”, 2023. -208 b.