QO'NG'IROT TUMANNING DEMOGRAFIK HOLATI VA UNINDAGI O'ZGARISHLAR
Full text
72 QO‘NG‘IROT TUMANNING DEMOGRAFIK HOLATI VA UNINDAGI O‘ZGARISHLAR Nurillaeva S., Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392696 Annotatsiya: Maqolada Qo‘ng‘irot tumanining aholisining demografik jarayonlari atroflicha o‘rganilib uning hozirgi paytda qanday o‘zgarishlarga ucharayotganligi haqqida, yany tuman bo‘yicha aholining tug‘ilish, o‘lim jarayonlari ko‘rsatkichlari, ularning dinamikasi ko‘rib chiqilgan. Ro‘y bergan o‘zgarishlarning sabaplari aniqlanib uni yaxshilash bo‘yıcha taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit co‘zlari: aholi, demografiya, region, holat, tug‘ilish, o‘lim, tabiiy o‘sim, koefficiyent. Abstract: This article provides a detailed examination of demographic processes and their current changes in the Kungrad district, specifically focusing on birth and death rates in the region and their dynamics. The study identifies the causes of these demographic changes and presents proposals and recommendations for improving the situation. Keywords: population, demography, region, state, birth rate, mortality, natural increase, coefficient. Tug‘ilish va o‘lim bu - biologik hodisa. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy mehnatga qay darajada jalb etilishi, moddiy shart-sharoitlar, milliy an’analar va h.k. misol bo‘la oladi. Bolalar o‘limi qancha yuqori bo‘lsa, tug‘ilish ham shuncha yuqori bo‘ladi. Bolalar orasida o‘limning keskin kamayishi tug‘ilishning ham kamayishiga olib keladi. Biroq bu yerda har bir xalqning an’anaviy, diniy turmush tarzi, aholining madaniy, iqtisodiy va ma’rifiy darajasining o‘sishi, shahar aholisi ulushining ortishi kabi omillar ta’siri katta hisoblanadi. Xotin-qizlarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko‘plab jalb etilishi tug‘ilishning pasayishiga olib kelishi mumkin. Qo‘ng‘irot tumani aholisining 1990-2025-yillar oralig‘idagi tug‘ilish ko‘rsatkichlarini tahlil qilganda yillar bo‘yicha bir tekis emasligini ko‘ramiz. 1jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, eng yuqori tug‘ilish 1990-yillarga to‘g‘ri keladi. Shu yillarda 1000 kishiga tug‘ilish 40,5 kishini tashkil etgan (1-jadval). 1-jadval Qo‘ng‘irot tumani aholisining demografik ko‘rsatkichlari (promilleda) Yillar Tug‘ilish O‘lim Tabiiy o‘sish 1 yoshgacha bolalar o‘limi 1990 40,5 10,4 30,1 23,4 1996 26,5 7,0 19,6 23,7
73 2000 24,6 5,8 18,8 20,0 2001 23,6 6,2 17,4 19,7 2002 22,9 6,7 16,2 19,1 2003 22,5 6,4 16,1 21,0 2004 24,3 5,3 19,0 19,7 2005 22,7 5,8 16,9 18,4 2010 24,2 5,0 19,2 10,3 2015 22,5 4,7 18,1 11,0 2020 19,7 5,0 14,7 11,5 2021 20,7 4,8 15,9 10,9 2022 21,4 5,3 16,1 11,7 2023 21,2 4,9 16,3 10.8 2024 19,2 5,6 13,2 11,9 Jadval Qo‘ng‘irot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida tuzildi. Keyingi yillarda, ayniqsa 1996-yildan boshlab tug‘ilish pasaya boshladi. 1990yilga nisbatan 2025-yilga kelib ikki barobarga kamaygan. 2024-yilning yanvardekabr oylarida tug„ilganlar soni 2629 kishini tashkil qildi va 2023-yilning shu davriga (2872 kishi) nisbatan 243 taga kamaydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda 19,2 promilleni tashkil qildi va 2023-yilning shu davriga (21,2 promille) nisbatan 2,0 promillega kamaydi. Har yili tug‘ilishning pasayishi 0,5-1 kishiga to‘g‘ri kelyapti. 2010-yildan boshlab tug‘ilish oz bo‘lsa-da ko‘paygan, lekin 2024-yilda yana eng minimal darajaga tushganligini ko‘ramiz. Bunga sabab 2000-yillarda tug‘ilganlarning reproduktiv yoshga qo‘shilishi, oilada bolalar sonining cheklanishi vakech turmush qurish jarayonlaridir(1-rasm). Tuman aholisining o‘limiga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘limning mutlaq miqdori 1990-yillarda har 1000 kishiga 10,4 kishini, 2014-yilda bu ko‘rsatkich 4,7 kishini tashkil etdi. Demak, 1990-yillarga nisbatan qariyb ikki barobardan ko‘p miqdorga kamaygan. O‘limning so‘nggi yillarda bunday past bo‘lishining asosiy sabablari tug‘ilishning pasayganligi, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning bir qadar yaxshilanishi, toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator amaliy ishlarning qilinganligi asosiy sabab bo‘lmoqda.
74 1-rasm. Tuman aholisining tug‘ilish ko‘rsatkichlari Ayniqsa, so‘nggi yillarda 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘lim darajasi ko‘rsatilgan yillarga nisbatan kamaygani quvonarli albatta. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘limning mutlaq miqdori 1990-yillarda har 1000 tug‘ilgan bolaga 23,4 bolani tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 10,8 bolagacha yani bu ko‘rsatkich ham 2 baravardan ko‘proq ko‘rsatkichga pasaygan. Keyingi vaqtlarda, xususan 2000-yildan keyin 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘lim ancha kamaydi. Biroq bu ko‘rsatkichning pasayishi, bolalar o‘rtasida o‘limning kamayganligidan emas, tuman aholisining tug‘ilishining pasayganligi bilan ham belgilanadi. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘lim koeffitsiyenti miqdorining keyingi yillarda respublikaga nisbatan yuqori bo‘lishiga Qo‘ng‘irot tumani Orol ekologik muammosining markazida joylashganligi katta ta’sir ko‘rsatgan deb o‘ylayman. Tug‘ilish va o‘lim oralig‘idagi farq tabiiy o‘simni tashkil etadi. Agar tug‘ilish o‘limdan yuqori bo‘lsa, aholi soni uzluksiz o‘sib boradi. Agar aksincha bo‘lsa aholi soni yildan-yilga kamayishi kuzatiladi. Lekin bizning mintaqamiz tabiiy o‘sishning yuqori bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qo‘ng‘irot tumanining tabiiy o‘sishi 1990-yillari yuqori bo‘lib, har 1000 kishiga 30,1 kishidan to‘g‘ri kelgan. Keyingi yillarda, ayniqsa 2024-yilda boshlab tabiiy o‘sish har 1000 kishiga 13,2 kishigacha pasaydi. Tabiiy o‘sish har yili 1,0-1,4 promillega pasaymoqda. Tabiiy o‘sishning pasayishi ham tug‘ilishning pasayganligi bilan bog‘liq. 2005-yildan keyingi yillarda tabiiy o‘sish oldingi yillarga nisbatan ancha darajada o‘sgan. Buning asosiy sababi tumanda iqtisodiy barqarorlik tufayli
75 deb o‘ylayman. Kelgusida tumanda iqtisodiy sharoitlar yaxshilansa, tabiiy o‘sish qaytadan ko‘tarilishi mumkin. Aholi sonining o‘sish dinamikasida aholining tabiiy o‘sishi bilan birga, aholining mexanik harakati, ya’ni migratsiya jarayoni ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi (2-rasm). 2-rasm. Aholining migratsiya ko‘rsatkichlari Tumanda 2004-2010-yillarda migratsiya saldosi eng yuqori teskari saldoga ega bo‘lgan. Bunga asosiy sabap tumandagi rus va qozoq millatlarining o‘z ota-yurtlariga ko‘chishi, ayniqsa Qozog‘iston Respublikasida olib borilgan “o‘ralman”larning chaqirilishining oxirgi yillari bo‘lganligi sabab bo‘lgan dep o‘ylaymiz. Diagrammadan ko‘rib turganimizdek 2024-yilda 2023-yilga nisbatan o‘sish kuzatiladi. Har bir mintaqaning tug‘ilish, tabiiy o‘sish va mehnat resurslarining o‘sishini oldindan bashorat qilish uchun aholining yosh va jins tarkibini o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Chunki xalq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish uchun asosiy omillardan biri mehnat resurslari hisoblanadi. Mehnat resurslarining tuzilishi va kelajakdagi holatlarini oldindan bashorat qilib rejalashtirish uchun aholining demografik holatinin yanada mukammal o‘rganish zarur. Qo‘ng‘irot tumanining yosh tarkibini tahlil qilganimizda 2024-yilgi ma’lumot bo‘yicha 0-16 yosh oralig‘ida 41469 kishi, yoki tuman aholisining 30,5%i, 16 yoshdan -55, 60 yosh oralig‘ida 78995 kishi, yoki 58,1%, 55-60 yoshdan yuqorilar 15500 kishini, yoki 11,4%ini tashkil etgan.
76 3-rasm. Aholining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi Tumanning jins tarkibini tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, erkaklar bilan ayollar soni deyarli teng ekanligini ko‘ramiz. 2008-yil statistik ma’lumotga qaraganda, tuman hududida erkaklar 51,3 ming (45,0%), ayollar 62,7 ming kishini(55,0%) tashkil etgan. 2014-yildan boshlab esa erkaklarning ulushi ayollarga nisbatan oshgan. Bunga so‘nggi vaqtlarda aholi tug‘ilishining cheklanishi, tumanda sanoat sohalarining rivojlanishi ta’sir ko‘rsatmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Жолдасов А., Ходжаева Г.А., Умаров Е.К. УЗБЕКИСТАН Р. АРАЛЬСКИЙ ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ КРИЗИС И ОСОБЕННОСТИ ДЕМОГРАФИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОЙ МЕСТНОСТИ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. – 2009.(Монография) 2. Умаров Е.К. Қарақалпақстанның экономикалық ҳәм социаллық географиясы. Нөкис2010. 3. Ходжаева, Г. А., Е. К. Умаров, and К. Ж. Алланазаров. "Демографические факторы территориальной организации производства в районах Южного Приаралья." Актуальные проблемы современной науки 4 (2003): 151-153.