scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTONNING AHOLI BANDLIGI VA MEHNAT RESURSLARI TARKIBI

Turdimambetov I.R.; Oteuliev M.O.; Edilbekov M.X.

Full text

123 QORAQALPOG’ISTONNING AHOLI BANDLIGI VA MEHNAT RESURSLARI TARKIBI Turdimambetov I.R., Oteuliev M.O., Edilbekov M.X. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392762 Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpog’iston Respublikasining 2020-2024-yillar oralig’idagi aholi bandligi va mehnat resurslari tahlil qilingan. Shuningdek, o’rtacha oylik ish haqilarining sohalar bo’yicha taqsimlanishi ham keltirib o’tilgan. O’tgan besh yil davr mobaynida o’rtacha hisoblangan oylik ish haqi 2 barobar ko’payganini ko’rishimiz mumkin. 2020-2024-yillar mobaynida o’rtacha hisobda 791,04 ming kishi mehnat resurslari mavjud bo’lib, uning 92 % i iqtisodiy band aholi bo’lib hisoblanadi. Kalit so’zlar: aholi, ishsizlik, bandlik, mehnat resursi, iqtisodiy band aholi, iqtisodiy band bolmagan aholi. Abstract. The article analyzes the employment and labor resources of the population of the Republic of Karakalpakstan in the period 2020-2024. Furthermore, the distribution of average monthly salaries by sector is also presented. Over the past five years, the average monthly salary has increased by 2 times. During 2020-2024, an average of 791.04 thousand people had labour resources, of which 92% were economically employed. Keywords: population, unemployment, employment, labour resources, economically employed population, economically unemployed population. Mehnatga layoqatli aholi deganda yoshi va salomatligiga ko‘ra mehnatga layoqatli bo‘lgan barcha kishilar tushuniladi. Ish bilan band aholi tarkibiga iqtisodiyotning bozor tuzilmalariga yo‘naltirilganlar kiritiladi. Mehnatga layoqatli yoshdagi, ayni paytda ishga ega bo‘lmagan, mehnat bozoriga kirib kelgan va uni faol izlayotgan shaxslar ishsizlar deb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktyabrdagi "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-642-sonli Qonuni (2021-yil 21-yanvarda kuchga kirgan) aholi bandligini tartibga solishning asosiy huquqiy doirasini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasida mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar kiradi. Lekin bu yoshdagi aholining hammasi ham mehnatga layoqatli hisoblanmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida shahar posyolkalarini shakllantirish muammolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar aholisining demografik muammolari, Shaharlarning shakllanishi va rivojlanishi, Qoraqalpog‘istonning zamonaviy urbanistik jarayonlarini G.Xodjaeva va boshqalar tadqiq etgan [2, 4]. G.Utepova va Q.Uzaqbaevlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlik muammosining o‘ziga xos xususiyatlarini o’rgangan [1]. 124 Mehnat resurslari va ularni geografik tarqalishni (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida) N.Embergenov va O.Auezovlar tadqiq qilgan [3]. Qoraqalpog’iston Respublikasidagi mehnat resurslari doimiy aholiga nisbatan so’ngi 5 yillik o’rtacha statistik ma’lumotlar 54,3% ni tashkil etadi. Shu jumladan mehnatga layoqatli yoshdagi aholining ulushi doimiy aholiga nisbatan 54% bo’lsa, mehnat resurslariga nisbatan 99,5% ni tashkil qiladi (1-jadval). 1-jadval Qoraqalpog’iston Respublikasi mehnat resurslari tarkibi (ming kishi) 2020 2021 2022 2023 2024 20202024 Mehnat resurslari (ming kishi) 1 074,6 1 066,1 1 067,6 1 072,6 1 098,6 1075,9 shu jumladan: mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi 1 071,3 1 061,8 1 061,9 1 065,4 1 089,6 1070,0 mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar 3,3 4,4 5,7 2,9 2,8 3,8 Manba: qrstat.uz Hozirgi vaqtta mamlakatimiz jadal suratta taraqqiy etmoqda, shu bilan parallel ravishda davlat sohasida ishlovchi xodimlarning oylik moashlari ham o’sib barmoqda. Qoraqalpogʻistonda aholi bandligi sohasida huquqiy asoslar yaratilgan boʻlib, amaliyotda mahalla darajasidagi aniq tashabbuslar orqali ishsizlikka qarshi kurashilmoqda. Natijada iqtisodiy band bo’lgan aholi ulushining iqtisodiy band bo’lmaganlarga nisbatan o’sishiga sabab bo’lmoqda. 125 1-rasm. Qoraqalpog’iston Respublikasining 2020-2024-yillardagi o’rtacha iqtisodiy faol aholisi Qoraqalpog’iston Respublikasida 2020-2024-yillar oralig’ida o’rtacha iqtisodiy faol aholining 92%i iqtisodiy band aholi hisoblansa, 63,28 ming kishi iqtisodiy band bo’lmagan aholi ro’yxatiga kiradi (1-rasm). Hududda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar doimiy aholiga nisbatan o’rtacha 0,2% ni qurasa, mehnat resurslariga nisbatan o’rtacha 0,4%ni ko’rsatadi. 2-rasm. O’rtacha oylik ish haqilarining sohalar bo’yicha taqsimlanishi (qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) Qoraqalpog’iston Respublikasida oylik ish haqini tahlili 2020-2024-yillar oralig’ida 2 barobar ko’payganini ko’rish mumkin (2-rasm). Respublikada o’rtacha oylikni sohalar kesimida tahlil qilganimizda eng yuqori daromat moliyaviy va sug’urta faoliyatiga 8054171ming so’mdan to’g’ri kelgan bo’lsa, eng kam maosh to’lanadigan sohalarga ta’lim 2547447 ming so’m, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 2741908 ming so’m, san’at, ko’ngil ochish va dam olish tarmoqlariga 2466769 ming so’mdan tog’ri keldi. O’sish sur’ati bo’yicha eng yuqori ko’rsatgich axborot va aloqa (2,7 barobar) sohasiga to’g’ri keladi, moliyaviy va sug’urta faoliyati esa 2,3 barobar, savdo sohasi 2,1 barobar, sog’liqni saqlash, san’at va ko’ngil ochish, ta’lim sohalari bo’lsa derlik bir xil natijani ya’ni 1,7 barobarga o’sgan. 126 Foydalanilgan ádebiyatlar: 1. Utepova G.B. Uzaqbaev Q. Qaraqalpaqstan Respublikasínda jumíssízlíq máselesiniń ózine tán ózgeshelikleri, xalíqtí jumís penen támiyinlewde baslí wazíypa hám is-ilájlar. Research and Education 2 (9). 2023. -B. 76-85 2. Xodjaeva G.A., Dauletbayeva D.D. Qaraqalpaqstan Respublikasí qala xalqíníń demografiyalíq mashqalalarí hám oní úyreniw. “Geografiya fani va uni o’qitishning dolzarb masalalari” Respublika miqyosidagi konferentsiya. 27-aprel 2022-yil. -B. 120-123 3. Ембергенов, Н. Ж., & Ауезов, О. Т. (2022). ТРУДОВЫЕ РЕСУРСЫ И ВОПРОСЫ ИХ ГЕОГРАФИЧЕСКОГО ИЗУЧЕНИЯ (НА ПРИМЕРЕ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН). Экономика и социум, (12-2 (103)), 312-315. 4. Ходжаева, Г. А., Даулетбаева, Д. Д., & Байрамова, М. (2020). ПРОБЛЕМЫ ФОРМИРОВАНИЯ ГОРОДСКИХ ПОСЕЛЕНИЙ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. ХАБАРШЫСЫ, 1, 35.