scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING AHOLISI VA UNING PRAGNOZI

Turdimambetov I.R.; Yembergenov N.J.; Dauletbaeva D.D.

Full text

127 QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING AHOLISI VA UNING PRAGNOZI Turdimambetov I.R., Yembergenov N.J., Dauletbaeva D.D. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, O‘zbekiston. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392766 Annotatsiya: Ushbu maqolada aholi prognozining ahamiyati tadqiq etilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi 2030 va 2035-yillarga prognoz qilingan. Kalit so‘zlar: aholi soni, aholi prognozi, ekstrapolyatsiya usuli, prognoz muddatlari, prognoz variantlari. Abstract: This article discussed the importance of population projections and forecasts the population of the Republic of Karakalpakstan for 2030 and 2035. Keywords: number of population, population projection, extrapolation method, projection timeframe, projection options. Barcha davrlarda mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti markazida aholi, uning soni va extiyoji yotadi. Shu bois, o‘sib borayotgan aholini ish bilan ta’minlash maqsadida ularga ish o‘rinlari yaratish, yashash imoratlari, bog‘cha, maktab, kasalxonalar va boshqa shu kabi qurilishlar hamda moddiy extiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishni rivojlantirish, rejalashtirish va hududiy tashkil etishda aholi sonini prognoz qilish muhim ahamiyatga ega. Kelajakda aholi sonining miqdori nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy geografiya yoki demografiya sohasida, balki jamiyatning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlari uchun ham zarurdir [3]. Fanda aholi sonini prognoz qilishning oddiy va eng keng qo‘llaniladigan usullaridan biri ekstrapolyatsiyadir. Ushbu usul aholining tarixiy retrospektiv ma’lumotlariga asoslangan holda hisoblanadigan matematik modeli sifatida oddiy, murakkab va nisbiy ekstrapolyatsiya usullaridan iborat. Oddiy ekstrapolyatsiya aholini prognoz qilishda eng qulay va oson usul bo‘lib, o‘z navbatida uning o‘zi ham chiziqli, geometrik va eksponensiyal usullarga bo‘linadi. Bu usulni amalga oshirishda faqat tadqiq qilinayotgan mintaqaning yaqin o‘tgan davrdagi ma’lumotlari asos qilib olinadi. Odatda, aholini prognoz qilishning uchta: quyi, o‘rta va yuqori (minimum, optimum va maksimum) variantlari mavjud. Quyi variant tashqi migratsiya salbiylashuvi, tabiiy ko‘payish sur’atining esa kamayib borishi natijasida aholi soni sekin o‘sadi yoki turg‘unlashadi, ayrim hollarda kamayishi bilan izohlanadi. Aholi prognozining o‘rta variantida tashqi migratsiya saldosi yoki tabiiy ko‘payish qaysi birining kamayishi ikkinchisining o‘sishi bilan uning o‘rnini to‘ldirilishi yoki ikkala jarayonning ham barqaror bo‘lishi bilan bog‘liq holda aholi soni o‘rtacha darajada 128 o‘sadi. Uchinchi variantda tashqi migratsiya ijobiylashib, tabiiy ko‘payish darajasi turg‘un yoki o‘sishi natijasida aholi soni tez ko‘payadi [1]. Shunday qilib, ekstrapolyatsiya usulining o‘rtacha varianti natijasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda aholi soni 2030-yili 2163,0 ming kishiga, 2035-yili esa 2296,3 ming kishi bo‘lishi kutilmoqda. Prognoz tahlillariga ko‘ra aholi soni 2025-yilga nisbatan 2030-yili 106,6 foizga, 2035-yilga borib 113,1 foizga o‘sishi kuzatiladi. 2025-2035-yillar mobaynida aholining o‘rtacha yillik ko‘payishi 1,3 foizdan yuqori bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlaridan ko‘p yoki kam bo‘lishi aholi prognozining quyi va yuqori variantlarida o‘z ifodasini topgan (1-jadval). 1-jadval Qoraqalpog‘iston shahar va qishloq joylari bo‘yicha aholi prognozi (ming kishi) Jadval ekstrapolyatsiya usulida muallif tomonidan ishlab chiqilgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yili respublikada urbanizatsiya darajasi 48,8 foizni tashkil qilgan. Lekin, 2009-yili mamlakatimizda amalga oshirilgan ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar natijasida bu jarayon 50,4 foizga yetgan edi [6]. Demak, mintaqada shaharlarga nisbatan qishloq joylarida aholi soni o‘sishi biroz yuqori. Prognozning o‘rtacha variantdagi natijalariga ko‘ra, urbanizatsiya darajasi 2030-yili 48,5 foizga, 2035-yili esa 48,2 foizga tushishi kutiladi. Biroq hozirda mamlakatimizda industriyalashtirish siyosatini amalga oshirish natijasida umumiy urbanizatsiya ko‘rsatkichi kutilgandan biraz yuqori bo‘lishi ham mumkin. Quyidagi 2-jadvalda Qoraqalpog‘iston qishloq tumanlari ekstrapolyatsiya usuli bo‘yicha uchta variantda 2030 va 2035-yillarga prognoz qilingan. Mazkur prognozning o‘rtacha varianti natijasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston qishloq tumanlarini 2035-yilgacha aholi sonining o‘sishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Prognoz variantlari va hududlar 2030-yil 2035-yil Quyi Jami aholi 2156,3 2283,0 Shahar aholisi 1045,5 1101,1 Qishloq aholsi 1110,8 1181,9 Urbanizatsiya darajasi (% da) 48,5 48,2 O‘rta Jami aholi 2163,0 2296,3 Shahar aholisi 1048,5 1106,9 Qishloq aholsi 1114,5 1189,4 Urbanizatsiya darajasi (% da) 48,5 48,2 Yuqori Jami aholi 2169,7 2309,6 Shahar aholisi 1051,4 1112,8 Qishloq aholisi 1118,3 1196,8 Urbanizatsiya darajasi (% da) 48,5 48,2 129 • Birinchi guruhga, aholi soni o‘sishi nisbatan (115,0 foizdan) yuqori bo‘lishi kuzatilayotgan Amudaryo, Beruniy, Nukus, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlari kiradi; • Ikkinchi guruh, ushbu jarayon o‘rtacha (110,0-114,9 foiz) bo‘lishi kutilayotgan Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Xo‘jayli tumanlari va Nukus shahridan iborat; • Uchinchisi - aholi soni o‘sishi (109,9 foizdan) past bo‘lishi kuzatiladigan Bo‘zatov, Qorao‘zak, Kegayli, Taxiatosh, Taxtako‘pir, Chimboy va Shumanay tumanlaridir. 2-jadval Qoraqalpog‘iston qishloq tumanlari aholisining o‘rtacha variantdagi prognozi (ming kishi) Ma’muriy hududiy birliklar nomi Quyi O‘rta Yuqori 2030 2035 2030 2035 2030 2035 Amudaryo 231,6 247,5 232,4 249,1 233,2 250,8 Beruniy 225,8 242,6 226,7 244,3 227,6 246,1 Bo‘zatov 22,2 22,6 22,2 22,6 22,3 22,6 Qorao‘zak 56,8 58,9 56,9 59,1 57,0 59,3 Kegeyli 78,2 81,1 78,4 81,4 78,5 81,7 Qo‘ng‘irot 144,5 151,9 144,9 152,6 145,3 153,4 Qanliko‘l 57,6 60,8 57,7 61,1 57,9 61,5 Mo‘ynoq 35,8 37,8 35,9 38,0 36,1 38,2 Nukus 59,7 64,4 59,9 64,9 60,2 65,4 Taxiotosh 80,0 82,6 80,1 82,9 80,3 83,2 Taxtako‘pir 39,0 39,0 38,9 39,0 38,9 39,0 To‘rtko‘l 249,8 267,1 250,7 268,9 251,6 270,7 Xo‘jayli 137,2 144,2 137,5 144,9 137,9 145,7 Chimboy 119,9 123,3 120,1 123,6 120,2 124,0 Shumanay 60,8 63,2 60,9 63,4 61,1 63,7 Ellikqala 188,6 203,3 189,4 204,8 190,1 206,3 Nukus shahri 365,6 386,5 366,7 388,7 367,8 390,9 Jami: 2156,3 2283,0 2163,0 2296,3 2169,7 2309,6 Jadval ekstrapolyatsiya usuli va Excel dasturi asosida muallif tomonidan hisoblangan. Keltirilgan birinchi guruh tumanlarida aholi soni o‘sishi yuqori bo‘lib, 20252035-yillarda ularning Qoraqalpog‘iston aholisidagi ulushi 43,7 foizdan 45,1 foizga ortadi. O‘z navbatida, ikkinchi va uchinchi guruh tumanlarida uning soni va ulushining jadal kamayishi kuzatiladi (mos ravishda 34,5 foizdan 34,3 foizga hamda 21,8 foizdan 20,6 foizga). Bundan xulosa qilish kerakki, Qoraqalpog‘istonda hududi kichik mintaqada aholi soni jadal o‘sib, kelajakda aholi joylanishidagi hududiy tafovutlar kattaligi saqlanadi. Shunday qilib, shimoliy mintaqada aholi soni 130 siyraklashadi va uning joylanishida janubga tomon siljishi davom etadi. Bunga esa, demografik jarayonlardan tashqari Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik vaziyat va keyingi yillardagi suv tanqisligi muammosi ham ta’sir qiladi. Umuman olganda, yuqoridagi aholi prognozi matematik hisoblash yo‘li bilan aniqlangan optimal variantidir. Unga bevosita aholining tabiiy ko‘payishi va tashqi migratsiyasi ta’sir qilib, keltirilgan aholi prognozining quyi yoki yuqori variantida o‘z aksini topishi ham mumkin. Shu bois, aholini prognoz qilishda uning ko‘p variantlarini ishlab chiqish, qisqa muddatga prognoz qilish va tug‘ilish, o‘lim hamda migratsiya jarayonlarini chuqur tahlil qilish aholi sonining aniqroq natijalarini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Ата-Мирзаев О.Б. Региональное прогнозирование расселения и управление процессом урбанизации. – Т.: Фан, 1979. – 92 с. 2. Винокуров А.А. Демографические прогноз: формирование, методы и результаты. Экономический анализ: теория и практика. 3-2002. Стр. 30-48. 3. Ембергенов Н.Ж. Қорақалпоғистон Республикаси аҳолисининг ўсиши ва жойланишидаги ўзгаришлар. Г.ф.н. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияси. – Т, 2011. – 152 б. 4. Шелестов Д.К. Историческая демография. М.: Высшая школа, 1987. 5. Jacob S. Siegel, David A. Swanson. The Methods and Materials of Demography. Copyright © 2004 by Elsevier Academic Press. Printed in USA. pp.819. 6. Ходжаева, Г. А., Даулетбаева, Д. Д., & Калмуратов, Р. Ф. (2025). ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ ГОРОДСКИХ ПОСЕЛКОВ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. Экономика и социум, (5-1 (132)), 1525-1528.