scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA KRIMINOGEN VAZIYATNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI STSENARIYLARI

Urazimbetova Yu.X.; Uralbaev T.K.

Full text

136 QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA KRIMINOGEN VAZIYATNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI STSENARIYLARI Urazimbetova Yu.X., Uralbaev T.K. Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392775 Annotatsiya. Tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikning 2014–2023 yillar statistik ma’lumotlari asosida hududiy tafovutlar o‘rganilib, hududlar o‘rtasidagi jinoyatchilik farqlari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, stsenariylar (optimistik, realistik, pessimist) yordamida baholangan. Tadqiqot natijalari hududiy xavfsizlik siyosatini yanada takomillashtirish zarurligini asoslaydi. Kalit so‘zlari: demografik, ijtimoiy omillar, prognoz, hududiy xavfsizlik siyosati, optimistik, realistik, pessimist. Abstract. The thesis examines regional differences in crime rates within the Republic of Karakalpakstan based on statistical data from 2014 to 2023, highlighting the variations in criminal activity between different areas. The study also evaluates these differences using optimistic, realistic, and pessimistic scenarios. The research findings underscore the necessity for further refinement of regional security policies. Key words: demographic and social factors, forecast, regional security policy, optimistic, realistic, pessimistic. Jinoyatchilik va uning hududiy taqsimlanishi zamonaviy ijtimoiy-geografik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Chunki jinoyatlar soni va tuzilmasi nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga, balki jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari, migratsiya oqimlari hamda aholining turmush darajasiga bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan, kriminogen vaziyatning istiqboldagi rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish hamda hududiy ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash uchun alohida ahamiyat kasb etadi[4]. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘ziga xos tabiiy-geografik va ijtimoiyiqtisodiy sharoitlari bilan ajralib turadi. Bir tomondan, hududning urbanizatsiya darajasi, mehnat migratsiyasi, ishsizlik va ekologik muammolar jinoyatchilik darajasiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 2022–2026” hamda “O‘zbekiston–2030” konsepsiyasida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish va profilaktika mexanizmlarini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shunday ekan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kriminogen vaziyatning rivojlanish istiqbollarini turli ssenariylar asosida ko‘rib chiqish nafaqat hududiy 137 xavfsizlikni ta’minlash, balki jinoyatchilikka qarshi tizimli choralarni rejalashtirishga ham xizmat qiladi. Kriminogen vaziyatning rivojlanish istiqbollari uchun uchta stsenariy (optimistik, pessimistik va realistik) ishlab chiqildi. Har bir stsenariy ijtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlar va davlat siyosatining ta’sirini hisobga oladi (1-rasm). 1-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilik holatini baholash va xavfli zonalarni aniqlash asosida uchta asosiy rivojlanish stsenariysi. Har bir stsenariy hududiy siyosatni shakllantirish, xavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish va resurslarni samarali taqsimlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, GAT texnologiyalari yordamida jinoyatlarning fazoviy monitoringi va ogohlantiruvchi tahlilning joriy etilishi stsenariylar bo‘yicha faol harakat strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi[3]. Optimistik stsenariy – bu kelajakda ijtimoiy barqarorlik va jinoyatchilik darajasining pasayishiga ishonch bildiruvchi prognoz hisoblanadi. Kutilayotgan ijobiy natijalar. Hududiy xavf zonalarining qisqarishi. GAT orqali xavfli hududlar aniqlanadi; Resurslar aynan og‘ir vaziyatdagi hududlarga yo‘naltiriladi; Jinoyatlar profilaktikasi manzilli amalga oshiriladi; Natijada yuqori xavfli tumanlar soni kamayadi masalan, Mo‘ynoq, To‘rtko‘l, Beruniy tumanlari astasekin “sariq” yoki “yashil zona”ga o‘tadi. Jinoyatchilik darajasining pasayishi. Bandlik ta’minlanadi → iqtisodiy jinoyatlar kamayadi; Yoshlar va ishsizlar orasida reabilitatsiya, ijtimoiy dasturlar ishga tushiriladi; Huquqni muhofaza qiluvchi tizimning ishonchliligi ortadi; Aholi va davlat o‘rtasidagi ijtimoiy ishonch tiklanadi. 138 Barqaror rivojlanish muhiti shakllanadi. Orolbo‘yi ekologik hududlarda ham ijtimoiy muvozanat tiklanadi; Ichki migratsiya oqimi kamayadi (insonlar o‘z hududida qoladi); Jinoyatlarning ko‘rinishlari (diversifikatsiyasi) torayadi. Realistik stsenariy — jinoyatchilik va ijtimoiy barqarorlik masalalariga hozirgi real vaziyat asosida qarash imkonini beradi. Bu hozirgi sharoitda mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional holat saqlanib qolishini nazarda tutadi. Realistik stsenariy mohiyati. Hukumat va jamoat sektorining harakatlari mavjud bo‘lsa-da, ular o‘rta samaradorlik bilan cheklanadi va jinoyatchilikning keskin oshish xavfi past, ammo uning barqarorlashuvi ham sust bo‘ladi. Jinoyatchilik darajasi o‘rtacha saqlanadigan tumanlar tahlili. Qorao‘zak tumani. Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari bor, ammo barqaror ish o‘rinlari hali yetarli emas; Jinoyatlarning asosiy turlari: o‘g‘rilik, mayda firibgarlik, oilaviy zo‘ravonlik; Nazorat bor, lekin ijtimoiy profilaktika kuchsiz. Xo‘jayli tumani.Nukusga yaqinligi sababli migratsion oqim yuqori; Jinoyatlar – transport sohasida, muhojirlar bilan bog‘liq mojarolar, firibgarliklar; Huquqni muhofaza qilish tizimi faol, ammo barqaror ijtimoiy infratuzilma yetarli emas. Ellikqal’a tumani. Demografik jihatdan jadal o‘sib borayotgan hudud;Ijtimoiy xizmatlarga bosim kuchli: ta’lim, tibbiyot, kommunal xizmatlar; Jinoyatchilik barqaror, lekin yangi massivlarda xavf zonalari mavjud. Pessimist stsenariy — jinoyatchilikning o‘sishiga olib keluvchi salbiy omillar kuchaygan holatni aks ettiradi. Pessimist stsenariy – bu mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatlar keskin yomonlashgan, boshqaruv institutsional jihatdan zaiflashgan, va jinoyatchilik nazoratdan chiqish xavfi ostida bo‘lgan holatdir. Jinoyatchilikning og‘irlashuvi ehtimoli yuqori bo‘lgan tumanlar. Mo‘ynoq tumani. Ekologik fojia markazida; Aholi yashash sharoiti og‘irlashadi → majburiy migratsiya kuchayadi; Mehnat bozori yo‘qoladi, yoshlar jinoyatga moyil bo‘ladi; Jinoyatlar: o‘g‘rilik, vandalizm, giyohvandlik, noqonuniy migratsiya. Taxtako‘pir tumani. Iqlim qattiqligi va resurs yetishmovchiligi ijtimoiy tanglikni kuchaytiradi; Oziq-ovqat, suv ta’minoti muammolari aholi orasida norozilik keltiradi; Jinoyatlar: guruhli hujumlar, qarama-qarshiliklar, ijtimoiy portlash xavfi. To‘rtko‘l tumani. Aholisi zich, migratsiya kuchli. Ishsizlik – asosiy ijtimoiy xavf omili. Jinoyatlar: mayda jinoyatlar ommaviy tus oladi, tashkilotlangan jinoyat turlari ko‘payadi (kontrabanda, reket, firibgarlik). Stsenariyning vizual natijalari. Jinoyatchilik xaritasida “qizil zonalar” soni ortadi. GAT orqali aniqlangan xavf zonalari kengayadi. Aholi o‘z hududidan chiqib ketishga urinadi → demografik bo‘shashuv. Migratsion bosim boshqa hududlarga ko‘chadi → ikkilamchi ijtimoiy beqarorlik [3]. 139 Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Optimistik stsenariy – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, bandlikni oshirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va GAT asosidagi boshqaruv orqali jinoyatchilikni pasaytirish imkonini beradi. Bu holat Qoraqalpog‘iston Respublikasining jinoyatchilik xaritasida: “qizil” zonalarning kamayishi, xavfli hududlarning barqarorlashuvi, migratsiya bosimining pasayishi, ijtimoiy muvozanatning tiklanishi bilan ifodalanadi. Realistik stsenariy – bu mavjud ijtimoiy, iqtisodiy va institutsional sharoitlar o‘zgarmagan taqdirda yuzaga keladigan holatdir. Bu sharoitda jinoyatchilik ustuvor xavf sifatida qoladi, lekin davlat nazorati ostida bo‘ladi. Xavfli hududlar soni oshmaydi, lekin kamaymaydi ham. Qorao‘zak, Xo‘jayli, Ellikqal’a tumanlari bu stsenariyga mos hududlar bo‘lib, jinoyatchilik o‘rtacha darajada saqlanadi. Agar qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmasa, realistik stsenariy uzoq muddatda pessimist holatga o‘tish xavfini ham o‘z ichiga oladi. Pessimist stsenariy – bu iqtisodiy inqiroz, ekologik falokat va boshqaruvning zaiflashuvi bilan jinoyatchilik portlashi ehtimoli yuqori bo‘lgan holatdir. Mo‘ynoq, Taxtako‘pir va To‘rtko‘l tumanlari bu xavfli ssenariyning markazida joylashadi. Bu holatni bartaraf etish uchun favqulodda chora-tadbirlar, ijtimoiy himoya dasturlari va GAT asosidagi monitoring talab etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatchilik holatini geografik va statistik yondashuvlar asosida har tomonlama tahlil qilish, mavjud vaziyatni baholash, istiqboldagi o‘zgarishlarni bashorat qilish va rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish asosiy maqsad bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Бадов А.Д. География преступности в России. МГУ, 2009. 2. Durkheim E. De la Division du Travail social. Paris, 1893. 3. Turdimambetov I.R., Urazimbetova Yu.X. “Jinoyatchilikni GAT asosida xaritalashtirish” (2024). 4. Shaw C., McKay H. Juvenile Delinquency and Urban Areas. Chicago, 1942.