scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RESPUBLIKAMIZDA TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA BIOGUMUSNING AMALIY AHAMIYATI

Allamuratov M.O.; Atabayeva G.B.; Jumanbetova A.B.

Full text

182 RESPUBLIKAMIZDA TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA BIOGUMUSNING AMALIY AHAMIYATI Allamuratov M.O., Atabayeva G.B., JumanbetovaA.B. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392856 Annotatsiya:Ushbu maqolada biogumusning agronomik jihatdan ahamiyati, uning tuproq unumdorligi va o‘simliklar o‘sishiga ta’siri, Respublikamizdagi amaliyot va kelgusidagi istiqbollari tahlil qilinadi. Ilmiy manbalar va amaliyotga asoslanib, biogumusning kimyoviy, biologik va fizik xususiyatlari hamda uni samarali qo‘llashning yo‘nalishlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: biogumus, organik o‘g‘it, tuproq unumdorligi, agroekologiya, vermikompost, mikroorganizmlar. Abstract: This article analyzes the agronomic significance of biohumus, its impact on soil fertility and plant growth, practice in our Republic, and future prospects. Based on scientific sources and practice, the chemical, biological, and physical properties of biohumus, as well as the directions of its effective application, are highlighted. Keywords: biohumus, organic fertilizer, soil fertility, agroecology, vermicompost, microorganisms. Tuproq–tabiiy yoki antropogen omillar ta’sirida shakllangan unumdor qatlam hisoblanadi. Oziqa moddalar, issiqlik, namlik, havo va boshqa omillari, tuproq xossalari, unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning kimyoviy tarkibi, unumdorligi va tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Tuproqning unumdor haydalma qatlamida o‘simlik yaxshi o‘sib rivojlanadi. Tuproqdan oqilona foydalanishni to‘g‘ri tashkil etish kerak bo‘ladi. Chunki bugungi kunda tuproqlarimiz turli sabablar bilan degradatsiyadan, eroziyaga uchrashi kuzatilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 iyunda «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 277-sonli qarorida[1] yoki 2024 yil 13 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 71-son qarori, ham aynan respublikamizning tuproqlarining degradatsiya, eroziyaga uchragan xudularini aniqlash, salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan va bu bo‘yicha muhim vazifalar amalga oshirilmoqda. Qarorga asosan, respublikamizda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq salbiy ta’sirning oldini olish va qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasini kamaytirish, tuproqdagi gumus miqdorini ko‘paytirish orqali ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirish keng qamrovli amaliy ishlarni olib borish maqsad qilingan. [2] Bugingi kunda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda tuproq unumdorligini oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Aholining o‘sishi, 183 yerdan intensiv foydalanish, mineral o‘g‘itlardan haddan tashqari foydalanish tuproqning biologik faolligi va fizik-ximiyaviy xususiyatlarini susaytirmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ekologik muvozanatni buzmoqda. Shu sababli, so‘nggi yillarda ekologik toza, barqaror resurslardan biri-biogumusdan foydalanishga qiziqish ortib bormoqda. Biogumus-bu chervlar (asosan Eisenia fetida) yordamida organik chiqindilarni qayta ishlash orqali hosil qilingan yuksak sifatli organik o‘g‘it bo‘lib, o‘simliklar uchun biofaol moddalarga, makro va mikroelementlarga boy hisoblanadi. [3] Mazkur maqolada biogumusning respublikamiz sharoitida amaliy ahamiyati, ilmiy asoslari va uni qo‘llash istiqbollari tahlil etiladi. Biogumusning tarkibiy xususiyatlari va agronomik ahamiyati katta. Biogumus vermikultura usulida hosil qilingan organik o‘g‘it bo‘lib, uning tarkibida quyidagilar mavjud: • Organik moddalar: 40–60% • Gumin kislotalar: 10–12% • Makroelementlar: Azot (1–2%), Fosfor (1–1,5%), Kaliy (1–1,5%) • Mikroelementlar: Zn, Mn, Cu, Fe, B va boshqalar • Fermentlar va biologik faol moddalar • Mikroorganizmlar: Azotfiksatsiyalovchi, fosformobilizatsiyalovchi bakteriyalar Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, biogumus qo‘llanilganda tuproqda gumus miqdori ortib, fizik strukturasi yaxshilanadi, suvni saqlash qobiliyati ortadi, agronomik foydali mikroorganizmlar soni ko‘payadi. Biogumus tuproqning mikrobiologik faolligini oshirib, simbiotik bakteriyalar (masalan, Rhizobium, Azotobacter)ning o‘sishini rag‘batlantiradi. U patogenlarga qarshi raqobatchi muhit yaratib, o‘simlik kasalliklarini kamaytiradi. Biogumus qo‘shilgan tuproqning ko‘chma strukturasi yaxshilanadi, vodorod ko‘rsatkichi (pH) 6.5–7.0 oralig‘ida barqarorlashadi, bu ko‘plab ekinlar uchun qulay hisoblanadi. [4] Shu bilan birga, undagi gumin kislotalar metall ionlarini xelatlash qobiliyatiga ega bo‘lib, ularning o‘suvchi o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishini osonlashtiradi. Shu bilan birga, u tuproqning uzoq muddatli unumdorligini saqlab qolishga yordam beradi va o‘simliklarning sog‘lom o‘sishiga ta’sir qiladi. Biogumus tarkibidagi ozuqaviy elementlar va mikroorganizmlar o‘simliklarning ildiz tizimini rivojlantiradi, ozuqa moddalarning so‘rilishini yaxshilaydi va o‘simlikning umumiy sog‘lig‘ini oshiradi. Shu bilan birga, biogumusda mavjud antibiotik moddalar zararli patogenlarga qarshi kurashishda yordam beradi. [5] Qator tadqiqotlarga ko‘ra, kishlok xujaligi va tamarka yerlarda biogumus qo‘llanilganda quyidagi natijalar qayd etilgan: • Paxta hosildorligi 20–30% ga oshgan 184 • Pomidor va bodringda 40% gacha hosil o‘sishi qayd etilgan. • Sabzavotlarda C vitamini va antioksidant moddalar miqdori oshgan. • Tuproqning fizik va kimyoviy xususiyatlari yaxshilangan; • Nam saqlash qobiliyatini oshiradi; • O‘simlik ildiz tizimini mustahkamlaydi; Masalan, pomidor, bodring, g‘alla va boshqa ekinlarda biogumus qo‘llanganida o‘sish sur’ati va xosil sifatining yaxshilanishi kuzatilgan. Biogumusning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi va ekologik ahamiyatini hisobga olib, Respublikamizning bir qator tumanlarida biogumus ishlab chiqarish sexlari tashkil etilgan va yaxshi yulga quyilgan. Masalan, Nukus, Xujayli, Amudaryo va Kegeyli tumanlarida fermer xo‘jaliklari vermifermalarni yo‘lga qo‘ygan. Hozirgi kunda kelgusidagi istiqbollari tahlil qilinadi. Ilmiy manbalar va amaliyotga asoslanib, amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi korxonalari va dehqon xo‘jaliklarida chervyakchilik (vermikultura) faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa nafaqat tuproq unumdorligini oshiradi, balki ekologik barqarorlikni ham ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, Kelajakda biogumus asosida yangi bioproduktlarni yaratish va keng miqyosda qo‘llash istiqbollari mavjud. Biogumusdan foydalanish ekologik muammolarni kamaytiradi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini oshirishga yordam beradi. Kelajakda biogumus texnologiyalarini yanada takomillashtirish va ommalashtirish zarur. Biogumus — barqaror agrosanoat rivoji uchun ekologik va iqtisodiy jihatdan manfaatli o‘g‘itdir. Uning qo‘llanilishi tuproq unumdorligini tiklash, mikroekologiyani yaxshilash va hosil sifatini oshirishga xizmat qiladi. Respublikada biogumus ishlab chiqarish va foydalanishni kengaytirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: - Ilmiy tadqiqotlarni yanada kengaytirish; - Biogumus standartlari va sifat nazorati tizimini yaratish; - Fermerlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish; - Davlat tomonidan kreditlar va subsidiyalar ajratish; Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 iyunda «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 277-sonli qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 13 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 71-son qarori. 3. Aripov A.Q., Ismoilov A.I. Tuproqshunoslik. – T.: “O‘qituvchi”, 2015. – 320 b. 4. Xamidova S.A. Biogumusning paxta yetishtirishdagi ahamiyati // Qishloq xo‘jaligi ilmi. – T., 2020. – №1. – B. 60–63. 5. Murodov A. Biogumus – organik o‘g‘it sifatida uning xususiyatlari // “O‘zbekiston agrar islohotlari” jurnali. – Toshkent, 2021. – №3. – B. 25–29