scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AMUDARYO HOZIRGI DELTASI TUPROQLARINING O'RGANILISH TARIXI

Tulavayeva S.E.

Full text

235 AMUDARYO HOZIRGI DELTASI TUPROQLARINING O‘RGANILISH TARIXI Tulavayeva S.E. Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392951 Annotatsiya: Maqolada Amudaryo hozirgi deltasining o‘rganilish tarixi hamda ularni o‘rganishning bosqichlari yoritilgan. O‘rganilgan obektlarning qadimgi, kechagi va hozirgi holati bir-biri bilan taqqoslangan. Tuproqlardagi hozirgi hamda tarixdagi farqlarini olimlar fikrlari umumiy keltirilgan. Kalit so‘zlar: Amudaryo, delta, tuproq, oqim, qadim, hozir, geologik davr, bosqich, tadqiqotlar, tabiiy-geografik jarayonlar, davr, bo‘lim. Abstract: The article covers the history of the study of the present-day delta of the Amu Darya and the stages of their study. The ancient, past and present state of the studied objects are compared with each other. The opinions of scientists on the current and historical differences in soils are summarized. Keywords: Amu Darya, delta, soil, flow, ancient, present, geological period, stage, research, natural-geographical processes, period, section. Amudaryo hozirgi deltasida olib borilgan tabiiy-geografik tadqiqotlarni shartli ravishda ikki davrga boʼlish mumkin. Birinchi davr. XX asr boshlaridan 1961-yilgacha boʼlgan davr, yani bu davrda deltada gidromorf tabiiy-geografik jaryonlar ustunlik qilgan. XX asrning boshlarida olib borilgan tadqiqotlarda rus geografiya jamiyati Turkiston boʼlimining roli juda katta. Ana shunday tadqiqotlardan biri 1900-1902 yillarda L.S.Berg rahbarligida Orol dengizi va uning qirgʼoqlari atroflicha oʼrganildi. 1908 yilda nashr qilingan muallifning «Orol dengizi» monografiyasida [2] Orol dengizi va unga quyiladigan daryolar hamda dengiz qirgʼoq bo‘yining geologiyasi haqida atroflicha ilmiy maʼlumotlar keltiriladi. 1912 yili Quyi Amudaryo okrugida, shu jumladan, Amudaryo hozirgi deltasida N.A.Dimo rahbarligida oʼzlashtiriladigan massivlardagi tuproqlarning kelib chiqishi va ularning fizik-mexanik xususiyatlar ilk bor tadqiq qilingan. Bu tadqiqotlarda tuproqshunos agronom olimlardan V.V.Nikitin va P.A.Manteyfel ham ishtirok etganlar. Tuproq tadqiqotlari 1917 yilgacha davom etgan. Tadqiqot davomida allyuvial yotqiziqlarning geologiyasi va tuproqlar geografiyasi haqida ilmiy maʼlumotlar keltirish bilan bir qatorda, deltada sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish uchun ilk bor tuproqlar meliorativ jihatdan baholandi. [1] 236 S.S.Neustruyev 1911 yilda Orol dengizi bo‘yidagi shoʼrxokli choʼllarda oʼzining dastlabki ekspeditsiya ishlarini olib boradi va bu xududda qumlarni allyuvial yo‘l bilan hosil boʼlganligini aytadi. Amudaryo hozirgi deltasida geologik tadqiqotlarda G.V.Lopatinning roli alohida ahamiyatga ega. G.V.Lopatin Amudaryo hozirgi deltasining geologik taraqqiyotini hisobga olib, uni ikki qismga ajratadi: Amudaryo hozirgi deltasidagi janubiy qismi, yaʼni sug‘orish ishlari rivojlangan «qadimgi hududlar va Erkindaryo kichik deltasidan Orol dengizi -1961 yildagi chegarasigacha boʼlgan yosh «tirik» qismi. Olim delta janubiy qismining yoshini 5000 yil deb bilsa, shimoliy yosh «tirik» yoshi esa 2500 yil deb aniqlaydi. Boshqacha soʼz bilan aytganda, Amudaryo hozirgi chap qirgʼogʼidagi Uldaryo kichik deltasining yoshi 5000 yil bo‘lsa, Oqboshli, Qipchoqdaryo kichik deltalarining yoshi 2500 yildir. XX asr 60-yillarining boshlarida O‘zbekiston Respublikasi Akademiyasi Tuproqshunoslik institutining olimlari yirik masshtabda mukammal dala ekspeditsiya tadqiqotlarini olib borganlar. Ekspeditsiyaning ilmiy natijalari institut hodimlarining birinchi ilmiy toʼplamida nashr qilingan. Bu toʼplamdan oʼrin olgan N.V.Bogdanovichning [3] «Amudaryo deltasidagi tuproq hosil boʼlishining baʼzi bir xususiyatlari» nomli maqolasi alohida ahamiyatga ega. Olim deltadagi allyuvial yotqiziqlarni uch guruxga ajratadi: 1). O‘zan 2) Qatlamli-majmuali; 3) Ko‘l. Tuproqlarning mexanik tarkibi bilan bu guruhlar yotqiziqlari oʼrtasida alohida bogʼliqlik borligini taʼkidlab oʼtadi. N.V.Bogdanovich oʼzining tadqiqotlarini Amudaryo hozirgi deltasining chap va oʼng qirgʼoqlarida olib borgan. Ikkinchi davr. 1961 yildan hozirgi yillargacha olib borilgan tadqiqotlar davri. Bu davrda, Amudaryo hozirgi deltasida roʼy berayotgan tabiiy-geografik jarayonlar Amudaryo suv rejimining oʼzgarishi va Orol dengizi sathining pasayishi bilan chambarchas bogʼlangandir. Ana shuning uchun ham bu davrda olib borilgan va borilayotgan tadqiqotlarda Amudaryo suv rejimining oʼzgarishiga, Deltada ro‘y berayotgan avtomorf jarayonlarga hamda Orol dengizi sathining pasayishi bilan bogʼliq boʼlgan choʼllanishga katta eʼtibor berilmoqda. 1961 yil va undan keyingi yillarda nashr qilingan baʼzi bir ilmiy asarlardagi maʼlumotlar deltaning avtomorf rejimi bilan bogʼliq boʼlgan jarayonlarni aks ettiradi. Ana shunday asarlar qatoriga 1961 yilda G.I.Vaylert va boshqalar [4] tomonidan nashr qilingan «Quyi Amudaryo chap qirgʼogʼining tuproqlari» asaridir. Monografiyada Amudaryo hozirgi deltasi chap qirgʼogʼining tuproqlari ilk bor har tomonlama oʼrganiladi. 1964 yilda N.V.Kimberg, M.I.Kochubey, S.A.Shuvalov tomonidan nashr qilingan «Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasining tuproqlari» [6] asarida 237 Respublika tuproqlarining geografiyasi har tomonlama tadqiq qilingan va tuproq kartasi tuzilgan. Asarda Amudaryo hozirgi deltasi chap qirgʼogʼining tuproqlarida asosan o‘tloqli, botqoq-oʼtloqli va sug‘oriladigan oʼtloqli tuproqlar ustunlik qiladi. Amudaryoning quyilish qismidagi gidrologik tadqiqotlar garchi 1961 yilgacha olib borilgan bo‘lsada, ammo, uning natijasi 1968 yilda nashr qilingan M.M.Rogovning «Amudaryo quyilish qismining gidrologiyasi» asarida oʼz aksini topadi. Bu asar 1950 yillardagi Amudaryo quyilish qismining gidrologiyasi haqida toʼliq maʼlumot beradi. 1970 yillardan boshlab Amudaryo hozirgi deltasidagi koʼllarning oʼlchamida va Amudaryoning quyilish qismidagi suv rejimida oʼzgarishlar ro‘y berdi. Ana shuning uchun ham Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti xodimlari Taxiatosh gidrouzelidan Orol dengizigacha bo‘lgan hududlarda gidrologik tadqiqot ishlarini olib bordilar. Tadqiqotlarning natijasi A.M.Nikitin va V.A.Bondarlarning asarida oʼz aksini topgan. Bu asarda Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg‘og‘ida joylashgan Sudoche ko‘liga alohida eʼtibor berilgan. 1976-1980 yillarda Sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi geografiya instituti hodimlari I.P.Gerasimov rahbarligida Orol dengizi sathining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan regiondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni va sodir bo‘layotgan salbiy tabiiy geografik jarayonlarning oldini olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish boʼyicha tadqiqotlar amalga oshirildi. Bu oʼrinda, V.P.Kosyuchenko, R.A.Sorokina, V.A.Timoshkinalarning «Izmeneniya zemelnogo fonda Amudarinskoy delti v svyazi s umensheniyem pritoka rechnix vod» [8] nomli maqolasi alohida ahamiyatga ega. O‘zbekistonlik geograf mutaxassislarimiz ham Amudaryo hozirgi deltasida 1961 yildan soʼng sodir bo‘layotgan tabiiy-geografik jarayonlarni tadqiq qilishga alohida ahamiyat berdilar. Bu oʼrinda, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Geografiya boʼlimining hodimlari 1977 yildan boshlab, A.A.Rafiqov rahbarligida tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bu tadqiqotlar hozirgi davrda ham bo‘lim hodimlari tomonidan davom ettirilmoqda. Ayniqsa, 1981 yildagi A.A.Rafiqov, G.F.Tetyuxinning «Orol dengizi sathining pasayishi va Quyi Amudaryo tabiiy sharoitining oʼzgarishi» monografiyasi katta ahamiyatga ega. Bu asar oʼsha davrda regionda roʼy berayotgan salbiy tabiiy-geografik jaraynlarni ilk bor majmuali bayon qiladi. Bu asarda Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg‘og‘idagi landshaft komponentlarining oʼzgarishlari alohida taʼkidlab oʼtiladi. Mualliflarning taʼkidlashicha, Amudaryo hozirgi deltasi chap kirg‘og‘ida roʼy berayotgan tabiiygeografik jarayonlar oʼng qirgʼogʼidagi jarayonlardan tubdan farq qiladi, ya’ni chap qirgʼogʼida gidromorf va yarim gidromorf rejimidagi tuproqlar ustunlik qiladi. A.A.Zaparov, A.K.Urazbayevlarinig 1987 yildagi «Hududlarning strukturaviy yaxlitligi tabiiy-meliorativ sharoitni baholashning va bashoratlashning asosi sifatida 238 [5] nomli ilmiy ishida kichik deltalarning strukturaviy yaxlitligini oʼrganishga alohida eʼtibor beradi A.K.Urazbayev 1988 yildagi nomzodlik dissertatsiyasida ilmiy g‘oyani davom ettirib, sugʼorilmaydigan hududlarning tabiiy-meliorativ sharoitini baholashda kichik deltalarning strukturaviy yaxlitligi yetakchi rol oʼynashini taʼkidlab oʼtadi. Ko‘hnadaryo-Qozoqdaryo kichik deltasi misolida sugʼorilmaydigan hududlarning tabiiy-meliorativ sharoitini baholaydi va bu tajribani Amudaryo hozirgi deltasi chap qirgʼogʼidagi sugʼorilmaydigan hududlarni baholashga tavsiya etadi. N.A.Kogay, Sh.S.Zokirov [7] Amudaryo hozirgi deltasida 14 ta landshaft tiplarini ajratadi hamda ularning asosiy taraqqiyot bosqichlarini asoslab beradi. U asosan oʼzining ilmiy ishlarini Amudaryo hozirgi deltasi chap va oʼng qirg‘oqlaridagi sugʼorilmaydigan hududlarida olib boradi. Xulosa qilib aytganda, Amudaryo hozirgi deltasi tuproqlarini o‘rganilishi davom etayotgan bo‘lib zamonaviy tadqiqotlar ham davom etmoqda. Tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Бекбулатова А. Из истории географической изученности территории Каракалпакии. Нукус: Изд-во "Каракалпагистан", 1977. -123 с. 2. Берг Л.С. Аральское море //Изв. Туркестан. Русск. Географ, об-ва. Вып. 5.- СПб, 1908. - 580 с. 3. Богданович Н.В. Некоторые особенности почвообразования в дельте Амударьи //Труды институте почвоведения. Вып. 1. -Т.: Изд-во АН Уз ССР, 1955. 3-24 с. 4. Вайлерт Г.И. и др. Почвы Левобережной части низовьев Аму-Дарьи. -Т.: Изд-во Мин-ва сельского хозяйства УзССР, 1961. -180 с. 5. Запаров А.А., Уразбаев А.К. Структурная селостность территории как основа для оценки и прогноза природно-мелиоративных условий. //ДАН УзССР, 1986.-№ 7, 53-55 с. 6. 6.Urazbayev A.K., Tadjiev Q.K., Ibroimov Sh.I., Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg’og’ining tabiiy meliorativ sharoitini baholash. Toshkent, Info capital Books, 2022-142 b 7. Фридланд В.М. Структура почвенного покрова.-М.: Мысль, 1972. -424 с. 8. Хурсанов Д.Б., Жониев О.Т. Системно-структурный подход как методологическая основа в изучении мелиоративных условий ландшафтов неорошаэмых массивов Современной дельты Амударьи //Актуальные проблемы националной системы образования: приоритеты, проспективы развиия. Материалы международной научнопрактической конференции. Жеттисай, 2018. 411-412 с. 9. Шульгин А.М. Мелиоративная география. -М.: Высшая школа, 1980. -288с.