scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GEOINFORMATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA GIDROGRAFIK TARMOG'INING RAQAMLI MODELINI YARATISH MASALALARI

Avezov S.A.; Allanazarov D.Y.; Baxtiyorova M.M.; Yovbosarov B.B.

Full text

291 GEOINFORMATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA GIDROGRAFIK TARMOG‘INING RAQAMLI MODELINI YARATISH MASALALARI Avezov S.A., Allanazarov D.Y., Baxtiyorova M.M., Yovbosarov B.B. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17393023 Annotatsiya: Tadqiqotda topografik xaritalar va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ArcMap hamda OpenStreetMap (OSM) dasturlari yordamida tahlil qilindi. Gidrografik tarmoqlar geoinformatsion texnologiyalar asosida raqamlashtirildi. Natijada suv tarmoqlarining joylashuvi va uzunligi aniqlanib, yagona fazoviy ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Kalit so‘zlar: Shapefile, topografik xarita, ArcMap, OpenStreetMap (OSM), fazoviy tahlil, suv resurslari. Annotation: In this study, topographic maps and satellite images were analyzed using ArcMap and OpenStreetMap (OSM) software. The hydrographic networks were digitized based on geoinformation technologies. As a result, the location and length of water channels were determined, and a unified spatial database was developed. Keywords: Shapefile, topographic map, ArcMap, OpenStreetMap (OSM), spatial analysis, water resources. Kirish. Keyingi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida geoinformatsion tizimlar turli fan va tarmoqlarda, jumladan yer resurslarini boshqarish, ekologik monitoring, qishloq xo‘jaligi hamda suv xo‘jaligi sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Geoma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va hududiy rejalashtirish jarayonida Geografik axborot tizimlarining roli tobora ortib bormoqda. Gidrografik ob’ektlar, qishloq xo‘jaligi yerlari melioratsiyasi hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, ularning aniq joylashuvi, dinamikasi va o‘zaro bog‘liqligini aniqlash zamonaviy raqamli vositalar geoinformatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ–113-son qarorining 4-ilovasi 40-bandida belgilangan “Suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish, Respublika hududlaridagi gidrografik ob’ektlarni raqamlashtirish va elektron xaritalarni yaratish” vazifasi tadqiqot bilan bevosita bog‘liqdir. 1 Shu sababli Qo‘shko‘pir tumani gidrografik ob’ektlarini zamonaviy geoinformatsion yondashuv asosida raqamlashtirish, ularning fazoviy-tahliliy modelini yaratish hamda suv infratuzilmasi haqida ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirishga qaratilgan. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 113-son Qarori. 292 Asosiy qism. Qo‘shko‘pir tumani - O‘zbekiston Respublikasining Xorazm viloyati tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklardan biri bo‘lib, 1936-yil 17-aprel kuni tashkil etilgan. 1962-yil 14-dekabrda tuman Xiva tumani bilan birlashtirilgan, biroq 1966-yil 9-yanvarda yana mustaqil ma’muriy birlik sifatida qayta tiklangan. Hudud tabiiy-geografik jihatdan Amudaryo deltasining pastqam tekislik qismida joylashgan bo‘lib, relefi asosan silliq va yassi tekisliklardan iborat. Tumanning mutlaq balandligi 85–95 metr oralig‘ida bo‘lib, bu holat hududdagi suv tarmoqlarining tabiiy oqim yo‘nalishlari hamda gidrografik tizimlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tuman hududida tabiiy suv manbalari asosan Amudaryodan olinadi. Hududning gidrografik tarmog‘i sug‘orish tizimlariga asoslanib, qishloq xo‘jaligi yerlari suv bilan ta’minlanadi. Tumanda 1 ta magistral kanal, 2 ta tumanlararo kanal, 27 ta xo‘jaliklararo kanal, 663 ta ichki kanal, 1572 ta kollektor hamda 5900 ta ariqlar faoliyat yuritadi. Ushbu tarmoqlar o‘zaro bog‘lanib, murakkab gidrografik tizimni tashkil etadi. Qo‘shko‘pir tumani ma’muriy jihatdan 1 ta shaharcha, 13 ta qishloq fuqarolari yig‘ini va 97 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan tashkil topgan. Hudud asosan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bo‘lib, dehqonchilik, chorvachilik, pillachilik, bog‘dorchilik hamda baliqchilik yo‘nalishlari keng rivojlangan. Qo‘shko‘pir tumanining asosiy suv manbalaridan biri hisoblangan Polvon– G‘ozovot magistral kanali tumanning sug‘orish tizimida muhim o‘rin tutadi. Ushbu kanal orqali Amudaryo suv resurslaridan olinadigan suv tuman hududidagi xo‘jaliklararo va ichki kanallarga taqsimlanadi. Natijada, tuman qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining barqaror sug‘orilishi ta’minlanadi. Polvon–G‘ozovot magistral kanali uzunligi 43,4 km bo‘lib, u 5 ta massiv hududi orqali o‘tadi. Ushbu massivlar orqali suv taqsimlanib, dehqonchilik yerlari, bog‘dorchilik va chorvachilikka mo‘ljallangan yaylovlar suv bilan ta’minlanadi. 1-rasm. Qo‘shko‘pir tumani geografik joylashuv xarita sxemasi 293 Mazkur tadqiqot olib borilayotgan tumanning gidrografik ob’ektlari ArcMap dasturi yordamida raqamlashtirilishi natijada uning aniq fazoviy joylashuvi, uzunligi va tarmoqlanish yo‘nalishlari raqamli xaritada aks ettirildi. Raqamlashtirish jarayonida topografik xaritalar va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asos qilib olindi. Hosil bo‘lgan vektor qatlam (shapefile) ma’lumotlari kanalning atribut jadvali bilan birgalikda yagona gidrografik ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Ushbu raqamli ma’lumotlar keyinchalik gidrografik ob’ektlarning fazoviy tahlili va monitoringida foydalanish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Quyidagi 3-rasmda Qo‘shko‘pir tumani hududidan o‘tuvchi tumanlararo kanallarning fazoviy joylashuvi va yo‘nalishlari raqamli shaklda aks ettirilgan. Raqamlashtirish jarayonida 1-Zeyyab va 2-Toshsaka kanallari asosiy tumanlararo suv yo‘nalishlari sifatida aniqlangan. Zeyyab kanali — uzunligi 42,3 km bo‘lib, tumanning shimoliy qismi orqali o‘tishi aniqlangan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi maydonlarini sug‘orishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan. Toshsaka kanali — uzunligi 25,7 km ni tashkil etib, janubiy yo‘nalishda joylashgani hamda asosiy suv taqsimlovchi tarmoq vazifasini bajarishi aniqlangan. b) a) 2-rasm. Polvon–G‘ozovot magistral kanalining geografik o`rni xarita sxemalari (a — OSM da raqamlashtirilgan, b — ArcMap da raqamlashtirilgan). Magistral kanal 294 Tadqiqot jarayonida ushbu tumanlararo kanallar ArcMap va OpenStreetMap (OSM) platformalari yordamida raqamlashtirilgan, natijada atribut ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Mazkur ma’lumotlar kanallarning uzunligi, yo‘nalishi, o‘tuvchi massivlari hamda suv taqsimotidagi funksional rolini aniqlashda asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Xo‘jaliklararo kanallar (4-rasm) umumiy uzunligi 254,1 km bo‘lib, tumanning turli hududlarida joylashgan va magistral hamda tumanlararo kanallardan keladigan suvni qishloq xo‘jaligi maydonlariga yetkazishda asosiy vazifani bajaradi. Tadqiqot jarayonida kanallar OSM va ArcMap platformalarida raqamlashtirilgan, natijada atribut ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Ushbu ma’lumotlar kanallarning uzunligi, yo‘nalishi, o‘tuvchi massivlari va suv taqsimotidagi rolini aniqlashda muhim manba hisoblanadi. Tuman gidrografik va kollektor-drenaj tarmoqlarining raqamlashtirilgan natijalari ArcMap va OSM (OpenStreetMap) dasturiy platformalari yordamida amalga oshirilib, tumandagi barcha gidrografik ob’ektlar — magistral, tumanlararo, a) b) 3-rasm. Qo‘shko‘pir tumani tumanlararo kanallarining geografik o`rni xarita sxemalari (a — OSM da raqamlashtirilgan, b — ArcMap da raqamlashtirilgan). Tumanlararo kanallar a) b) 4-rasm. Qo‘shko‘pir tumani xo‘jaliklararo kanallarining geografik o`rni xarita sxemasi (a — OSM da raqamlashtirilgan, b — ArcMap da raqamlashtirilgan). Xo‘jaliklararo kanallar 295 xo‘jaliklararo, kichik kanallar hamda ariqlar to‘liq ro‘yxatga olindi. Ayni vaqtda har bir suv tarmog‘ining aniq uzunligi, fazoviy joylashuvi, yo‘nalishi hamda suv taqsimotidagi roli aniqlanib, yagona fazoviy ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Raqamlashtirish natijalari quyidagicha bo‘ldi: Magistral kanal — 1 ta (Polvon– G‘ozovot magistral kanali) uzunligi 43,4 km; Tumanlararo kanallar — 1-Zeyyab kanali (42,3 km) va 2-Toshsaka kanali (25,7 km), jami 68,0 km; Xo‘jaliklararo kanallar — 254,1 km; Kichik kanallar — 47,6 km; Ariqlar — 1501,4 km, umumiy tuman hududidagi gidrografik tarmoqlarning uzunligi 1914,5 km. Ushbu ma’lumotlar asosida yaratilgan raqamli xaritalar tuman suv ta’minoti tizimini takomillashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda irrigatsiya infratuzilmasini rejalashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mazkur elektron xaritalar yordamida suv tarmoqlari bo‘yicha fazoviy tahlil, monitoring va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish imkoniyati beradi. Xulosa o‘rnida tadqiqot davomida mavjud kartografik manbalar, topografik xaritalar va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tizimli ravishda yig‘ilib, ularning aniqligi va yangiligi tahlil qilingan. ArcMap va OpenStreetMap (OSM) platformalari kombinatsiyasidan foydalanish raqamlashtirish jarayonining tezligi va aniqligini oshirgan, turli manbalar o‘rtasidagi moslikni ta’minlashga yordam bergan natijada tuman bo‘yicha barcha asosiy gidrografik ob’ektlar kanallar raqamlashtirildi. Raqamlashtirish jarayonida magistral va tumanlararo kanallar bir nechta massiv hududlar orqali o‘tishi aniqlangan (masalan, Polvon–G‘ozovot — 5 massiv; Zeyyab — 6 massiv; Toshsaka — 4 massiv), bu esa suv taqsimotining fazoviy jihatdan qanchalik keng qamrovli ekanligini ko‘rsatadi. Ariqlar va ichki kollektorlarning katta ulushi (ayniqsa ariq uzunliklari) suvni mahalliy darajada yetkazib berish va ortiqcha suvni olib chiqishda muhim rol o‘ynashi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Bekmuratov A., Mirzaev Sh. — Gidrologiya asoslari. — Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2017. — 180 bet. 2. G‘ulomova L.H., Safarov E.Yu., Abdullaev I.O‘. Geografiya axborot tizimlari va texnologiyalar (2-qism). — Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2013. — 200 bet. 3. G‘ulyamova L.H. Geografik axborot tizimlari va texnologiyalari. — Darslik. — Toshkent: “Universitet”, 2018. — 188 bet. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 113-son Qarori. 5. Saidov J.B. Geoaxborot tizimlari va masofadan zondlash texnologiyalari. — Toshkent: TIIAM, 2020. — 210 bet. Internet manbalari 6. Esri Inc. ArcMap Documentation — ArcGIS Desktop Help. — Available at: https://desktop.arcgis.com. 7. OpenStreetMap Foundation. OpenStreetMap: The Free Wiki World Map. — Available at: https://www.openstreetmap.org.