OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA SUN'IY INTELLEKTNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI
Full text
320 OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA SUN’IY INTELLEKTNING IJOBIY VA SALBIY JIHATLARI Tajetdinova G.A. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17393075 Annotatsiya: Ushbu tezisda oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etish naqadar muhimligi hamda uning ijobiy va salbiy jihatlari nimalardan iboratligi muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt texnologiyasi, oliy ta’lim muassasalari, sun’iy intellekt texnologiyalarining ustunliklari, salbiy jihatlar. Abstract:This thesis discusses the importance of introducing artificial intelligence technology into the activities of higher educational institutions, as well as its positive and negative aspects. Keywords:Artificial intelligence technology, higher education institutions, advantages and disadvantages of artificial intelligence technologies. Bugungi kunda mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini turli jabhalarga, jumladan, oliy ta’lim tizimiga joriy etish zamon talabidir. Mamlakatimizda sun’iy intellektdan foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan samarali ishlar natijasida tegishli xalqaro reytinglardagi o‘rnimiz ham mustahkamlanib bormoqda. Masalan, Okford universiteti tomonidan e’lon qilingan Hukumatning sun’iy intellektga tayyorgarligi indeksida O‘zbekiston 2024-yilda 2021-yilga nisbatan 14 pog‘ona yuqorilab, 93-o‘rindan 79-o‘ringa ko‘tarildi. Bundan tashqari, AQSH ning “OpenAI” kompaniyasi O‘zbekistonni ChatGPT (Chat Generative Pre-Trained Transformer) – sun’iy intellektga asoslangan chatbotdan foydalanish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Natijada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi dunyoda eng ommalashgan mazkur chatbotdan unumli foydanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotgan sun’iy intellekt texnologiyasi inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, oliy ta’lim tizimiga ham chuqur kirib kelmoqda. Ayrim yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari allaqachon sun’iy intellekt texnologiyasini o‘z faoliyatida qo‘llashni boshlagan bo‘lsa, ba’zilari hali-hamon mazkur texnologiyani tatbiq etish bo‘yicha bir qarorga kelmagan. Bunga oliy ta’lim muassasasi xodimlarining sun’iy intellektni o‘z sohasi doirasida qo‘llash bo‘yicha zarur bilim, ko‘nikma va tajribaga ega emasligi, axborotni himoyalash bo‘yicha yangicha mexanizmlar ishga tushirilmaganligi hamda har qanday yangilikka nisbatan insonlarda bo‘ladigan tabiiy xavfsirash holatlari sabab bo‘lmoqda.
321 Oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyasini tatbiq etish ularga quyidagi bir qator ustunliklarni taqdim etadi: • Individual ta’lim (Personalized Learning): sun’iy intellekt talabalarning bilim darajasi va salohiyatiga qarab moslashtirilgan o‘quv dasturi va kontentini yaratish orqali individual ta’limni ta’minlaydi. Shuningdek, talabalar faoliyatini tahlil qilish, bilim va ko‘nikmalaridagi kamchiliklarni aniqlash, ta’lim natijalarini yaxshilash uchun moslashtirilgan tavsiyalar berishi mumkin. • Yuqori samaradorlik (Enhanced Efficiency) borasida esa sun’iy intellekt texnologiyalari baholash, rejalashtirish va hujjatlarni yuritish kabi ma’muriy vazifalarni avtomatlashtiradi. Bu o‘z o‘rnida oliy ta’lim muassasasi professoro‘qituvchilari va xodimlarining ish yukini kamaytirib, mehnat unumdorligini oshiradi. • Intellektual tyutorlik tizimlari (Intelligent Tutoring Systems) bo‘yicha esa sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalari, talabalarning so‘rovlariga darhol javob qaytarishi, taklif va tavsiyalar berishi hamda yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi mumkin. Mazkur texnologiya talabalarga o‘z tezligida ta’lim olishi uchun qo‘shimcha tushuntirishlar, interfaol mashqlar va shaxsiy tavsiyalarni taklif qilishi mumkin. • Ma’lumotlarga asoslangan tahlil (Data-Driven Insights) borasida sun’iy intellekt katta hajmdagi ta’lim ma’lumotlarini tezkorlik bilan qayta ishlash qobiliyati orqali tahliliy hujjatlarni oson va vaqt yo‘qotmasdan tayyorlash imkonini beradi. Sun’iy intellekt yordamida tegishli ma’lumot va tendensiyalarni tahlil qilish orqali oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda o‘z faoliyatini yaxshilash uchun ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. • Foydalanish imkoniyati va inklyuzivlik (Accessibility and Inclusivity) jihatidan sun’iy intellekt muqobil o‘quv platformalari, moslashuvchan va yordamchi texnologiyalarni taqdim etish orqali nogiron yoki maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan talabalarning ta’lim olish jarayonini yanada osonlashtiradi. Bu inklyuzivlikni rag‘batlantirishi hamda ta’lim olish imkoniyatini barcha toifadagi talabalar uchun ochiq va qulay qilishi mumkin. • Plagiatni aniqlash (Plagiarism Detection) bo‘yicha sun’iy intellektga asoslangan plagiatni aniqlash vositalari professor-o‘qituvchilarga talabalarning ishini ilmiy resurslar va nashr etilgan materiallarning keng ma’lumotlar bazalari bilan taqqoslash orqali ko‘chirmachilik illatlarini aniqlashda yaqindan yordam beradi. Oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyasini joriy etishning salbiy jihatlari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
322 • Bu borada ahloqiy mulohazalar (Ethical Considerations) jihatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oliy ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish ma’lumotlar maxfiyligi, algoritmik tarafkashlik va shaffoflik kabi ahloqiy muammolarni keltirib chiqaradi. Oliy ta’lim muassasalari sun’iy intellekt tizimlarini integratsiya qilish jarayonida ijtimoiy adolat, javobgarlik va shaffoflik masalalarini jiddiy uylab ko‘rishi hamda taqdim etilayotgan ma’lumotlar ahloq qoidalariga zid bo‘lmasligini ta’minlashi juda muhimdir. • Ikkinchi jihati insonlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotning yetishmasligi (Lack of Human Interaction) bo‘lib, sun’iy intellekt talabaning bilim olish bo‘yicha tajribasini yaxshilashi mumkin, ammo u professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro jonli muloqotning o‘rnini to‘liq egallay olmaydi. Aksariyat talabalar hali ham professoro‘qituvchilar va tengdoshlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilishni hohlashadi. • Yana bir jihat – realizatsiya qilish muammolari (Implementation Challenges) bo‘lib, sun’iy intellekt texnologiyalarini mavjud oliy ta’lim tizimlariga integratsiya qilish murakkab jarayon bo‘lib, katta resurs va mablag‘ talab qilishi mumkin. Shu sababli oliy ta’lim muassasalari sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘z faoliyatiga samarali joriy etishlari uchun infratuzilma, kadrlar tayyorlash va doimiy texnik ta’minot tizimlariga sarmoya kiritishlari lozim bo‘ladi. • Ish joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq muammolar (Job Displacement Concerns) ham ko‘zga ko‘rinishi mumkin. Bunda sun’iy intellekt ma’lum vazifalarni avtomatlashtirgani sababli oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari ish o‘rinlarining qisqarishi yoki ish joyini o‘zgartirish kabi holatlar yuzaga keladi. Shunga qaramasdan oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt tizimini ishlab chiquvchi dasturchilar, ma’lumot tahlilchilari va ta’lim texnologlari kabi yangi ish o‘rinlari ham yaratilishi mumkin. • Texnologiyaga haddan tashqari ishonish (Overreliance on Technology) jihatidan olib qaraydigan bo‘lsak, tegishli tekshiruv o‘tkazmasdan turib sun’iy intellekt tizimlariga haddan tashqari ishonish talabalarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va muammoli holatlarga yechim topish kabi qobiliyatlarning pasayishiga olib keladi. Talabalarning samarali bilim olishlarini ta’minlash uchun sun’iy intellekt va insonga yo‘naltirilgan ta’lim o‘rtasidagi muvozanatni saqlash lozim bo‘ladi. Umuman olganda, bugungi kun talabidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, buning uchun sun’iy intellekt texnologiyalarining nafaqat ijobiy eihatlari, balki salbiy jihatlariga ham katta e’tibor qaratish zarur. Agar, salbiy jihatlarga yetarli darajadagi
323 e’tibor bilan yondashilmasa, bu mutaxassislar tayyorlash sifatining oshishi emas, balki pasayishiga olib keladi. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida nafaqat tashqi, balki ichki bozorda ham rivojlanib borayotgan raqobat sharoitida bunday holatning yuzaga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb uylaymiz. Adabiyotlar 1. Sulamaan Rahim and others. Government Al Readiness Index 2024. Oxford Insights, 2024. 50 pages. 2. ChatGPT Supported Countries: Countries, regions, and territories we can currently support access from. 24 July 2024.